March 3, 2021
Qozonda Bori
Bozorda ikki sotuvchi yonma-yon o'tirib savdo qilishar edi. Ularning biri jizzaki bo'lib , bo'lar-bo'lmasga qo'shnisini haqorat qilib , unga ozor berar edi. Qo'shnisi esa uni faqat duo qilar edi. Atrofdagilar bir kuni undan so'rashdi:
- Sheriging seni haqorat qilsa , sen uni duo qilasan , buning sababi nimada? Haligi odam:
- Men hamyonimda bor narsanigina ishlata olaman , - deb javob beribdi.
Xulosa
Qalbi go'zal inson hamisha o'zligini saqlay oladi. U shu jihati bilan ham yuksak ma'naviyat sohibidir.