Biz nima yesak - o’shamiz

Asab yemirilishiga olib keladigan sabablarning eng asosiysi - noto'g'ri parhez. Tanangiz sog'lom va baquvvat asab kuchiga ega bo'lishi uchun iste'mol qilayotgan ovqatlar ro'yxatini ko'zdan kechirib chiqish zarur.

Hayotingizga xavf soluvchi asab yemirilishiga qarshi turish uchun tanani oziqlantirib, kuchli qiladigan, aqlingizni raso etadigan, tabiiy, vitaminlarga boy ovqat iste'mol qilish zarur.

Markaziy asab tizimi iste'mol qilinayotgan ovqatga bog'liq ekan, ayting-chi, qanday qilib uni kuchaytirasiz?! Modomiki, iste'mol qilayotganingiz buterbrod, sosiska, turli burgerlar, qovurilgan kartoshka bo'lsa, buning ustiga tarkibida kofein bor choy, kofe yoki koka-kola ichasiz. Demak, vitamin va minerallar yetishmovchiligi markaziy asab tizimini kuchsizlantiradi. Bizda zaharli va zararli ximikatlarga boy, "o'lik" oziq-ovqat mahsulotlari tiqilib yotibdi. Biz iste'mol qilayotgan ovqatlarda DDT zaharli moddasi mavjud. Ma'lumki, u hasharotlarni o'ldirish uchun sepiladi. Bundan tashqari, ovqatlarga turli qo'shimchalar va ximikatlar qo'shiladiki, ular inson hayotini qisqartiradi.