February 28, 2021
Ustozning O'kinchi
Ko'zga ko'ringan bir rassomning shogirdlari o'z ustozlarining oxirgi chizgan rasmining oldida yig'lab turganini ko'rib hayron bo'lishibdi va:
- Ustoz , nima sababdan yig'layapsiz? - deb so'rashibdi. Shunda rassom:
- Men oxirgi chizgan ishimdan hech ayb topa olmayapman , - deb javob beribdi.
- Bu yaxshi emasmi? - so'rashibdi shogirdlar.
- Yo'q , bu mening isde'dodimning so'nayotganidan darak beryapti , - debdi rassom.
Xulosa
Ey , farzand , bilginki , har bir ustaning bajargan ishi , garchi atrofidagilarga mukammal bo'lib ko'rinsa-da , uning o'zi kamchiligini ko'radi. Keyingi ishlarida shu nuqsonlarni bartaraf etishga harakat qiladi. Bu uning o'z ustida ishlayotganini bildiradi.