February 25, 2021

So'zning Qudrati

Ko'chada bir ko'r tilanchi oldiga pul uchun idish va yozuvli taxtacha qo'yib o'tirar edi. Taxtachaga "Men ko'rman , menga yordam qilinglar" , deb yozib qo'yilgandi. Shu yerdan o'tib ketayotgan bir odam uning oldida to'xtadi , yozuvni o'qidi va idishga qaradi. Idishda ikki dona tanga bor edi. U idishga ikki tanga tashladi , keyin taxtachadagi yozuvni o'chirib , boshqa narsa yozdi va ko'rning oldiga qo'yib ketdi. Bir necha soatdan so'ng haligi odam qaytayotib , yana o'sha ko'rning oldidan o'tdi. Qarasa , uning oldidagi idish tangalarga to'lgan ekan. Ko'r u odamning qadam tovushlaridan tanibdi va:

- Sen boya shu yerdan o'tayotganingda taxtachamga nimadir deb yozib ketgan eding. Sendan keyin men ancha pul yig'dim. Menga ayt-chi , taxtachamga nima deb yozding? Yo'lovchi:

- Men taxtachangda yozib qo'yilgan narsaga hech qanday yolg'on qo'shmadim , faqat undagi gapni boshqacharoq ifodaladim , xolos , - debdi.

Taxtachaga "Bahor keldi , men esa uni ko'rmayapman" , deb yozilgan edi.

Xulosa

Ey farzand , bilginki , insonning hayotida nimadir o'zgarishiga , albatta , so'z ham ta'sir qila oladi. Xalqimiz: "So'zning qudrati bor" , "O'ynab gapirsang ham , o'ylab gapir" , deb bejiz aytmagan.