Hayot So'qmog'i
Bir badavlat odam uyining devoriga Himolay tog'larining sur'atini chizdirmoqchi bo'libdi. Buning uchun mashhur bir rassomni chaqirib , taklifini aytibdi va :
- Tog'lar haqqoniy bo'lishi kerak , bunga qancha vaqt ketadi? - deb so'rabdi.
- Rasm siz aytgandek bo'lishi uchun men kamida uch yil Himolay tog'larida yashashim kerak , - deb javob beribdi rassom.
- Uch yil juda ko'p-ku! Tezroq mumkin emasmi? - so'rabdi odam.
- Yo'q , kamida uch yil bo'lmasa , men ishni boshlamayman ham , - deb javob beribdi.
Haligi odam noiloj rozi bo'libdi. Oradan uch yil o'tibdi. Rassom qaytib kelibdi va uch kun ichida devorga tog'larning rasmini chizib bo'libdi. Rasm shunday ajoyib ekanki , uning oldida haqiqiy tog' ham nursizday ko'rinar ekan. Rasmni tomosha qilayotgan odam :
- Manavi yerda so'qmoqni ko'ryapman , u qayerga olib boradi? - deb so'rabdi.
- Bu so'qmoq yo'l meni u yerga chaqirib turadi , - deb javob beribdi rassom.
Hulosa
Muammoning hal etilishi uning qay darajada o'rganilganligiga bog'liq.