Odam Bo'l
Ko'chada yurgan bir bolakay yeb turgan buterbrodini yoniga kelgan itga berdi. Buni ko'rgan onasi:
- Nega noningni itga berding? Men o'zim yemay senga bersam , sen itlarga berasan. Sen bola odam bo'lmading , boshimga balo bo'lning , - deb koyidi. Shu atrofda buvasi bilan aylanib yurgan kichkina bola buni ko'rib buvasidan so'radi:
- Buva , odam bo'lish uchun nima qilish kerak?
- Tug'ilish kerak.
- It ham tug'iladi , u odammi?
- Yo'q , tushunmading , odam bo'lib tug'ilish kerak.
- Odam bo'lib tug'ilib , keyin odam bo'lmay qolish mumkinmi?
- Mumkin , - dedi buvasi o'ylanib turib.
- Anavi bola endi odam emasmi?
- Xozircha odam , lekin onasi uning odam bo'lishini xohlamayapti.
Xulosa
Bolalar qalbidan joy topgan mehr - shafqat ba'zan kattalar qalbiga sig'may qoladi.