Harakatda Barakat
Bir o'rmonga o't ketibdi. Jonivorlarning bir qismi kuchlari yetgan narsa bilan suv tashib , o'tni o'chirmoqchi bo'libdi. Ikkinchi qismi esa bundan hech narsa chiqmaydi , debdi va chetroqqa chiqib tomosha qilib turibdi.
Bir chumoli o'tni o'chirish uchun hovuchida suv olib ketayotgan ekan. Buni ko'rgan qarg'a uning ustidan kulib debdi: "Mana shu suving bilan olovni o'chiraman , deb o'ylayapsanmi?"
Chumoli unga javob beribdi: "Bilaman , bu suv bilan o'tni o'chirib bo'lmaydi. Lekin men bu harakatim bilan kim tomonda turganimni bilaman".
Xulosa
Ey farzand , bilginki , to'qilgan matoda har bir ipning o'z o'rni bor. Matoning qaysi yeridagi ip chirigan bo'lsa , mato shu yerdan boshlab yirtiladi. Hayot zanjirida ham xuddi shunday: Har bir odamning o'z o'rni va vazifasi bor.