Foydali Gap
Stol ustida bir nechta oq qog'oz va qalam bor edi. Bir kishi kelib qalam bilan qog'ozga nimalarnidir yozdi va chiqib ketdi. U ketgach , qog'oz qalamdan o'pkalab:
- Men oppoqqina , top-toza edim. Sen esa mening betimni iflos qilding , - debdi. Shunda qalam unga muloyimlik bilan:
- Men seni iflos qilmadim , aksincha , haligi odamning qimmatli fikrlarini senga muhrlab qo'ydim. Sen bu bilan toza qog'ozlardan ustun turasan , - debdi.
Oradan ancha yillar o'tibdi , stol ustini chang bosib , qog'ozlar sarg'ayibdi. Bir kuni bir kishi kelib , stol ustini tartibga sola boshlabdi. Sarg'ayib ketgan qog'ozlarni to'plab chiqib ketmoqchi bo'lganda haligi qog'ozdagi yozuvga ko'zi tushib , uni o'qib chiqibdi va avaylab stol javoniga solib qo'yibdi.
Xulosa
Ey farzand , bilginki , birovga foydali gap ayta oladigan odam hech qanday maslahat bera olmaydigan odamdan qadrliroqdir.