Baxt Pulda Emas
Talabalar ustozlaridan "Baxt pulda emas!" degan gapni isbotlab berishini so'rashdi. Muallim javob berdi:
- Bu gap to'g'ri aytilgan , chunki pulga yaxshi to'shak sotib olish mumkin , lekin uyquni emas ; qimmat dori sotib olish mumkin , lekin sog'likni emas ; tansiq taom sotib olish mumkin , lekin ishtahani emas ; hizmatkor yo'llash mumkin , lekin do'stni emas ; pulingiz bo'lsa , chiroyli ayolni topasiz , lekin sevgini emas ; katta uy sotib olish mumkin , lekin oilani emas ; ko'ngilxushlik topasiz , lekin quvonch emas ; ma'lumot olishingiz mumkin , lekin aqlni sotib ololmaysiz. Bu ro'yxatni atrofingizga qarab o'zingiz ham davom ettirsangiz bo'ladi...
Xulosa
Ey farzand , ko'rganingdek , hayotda pulga sotib olib bo'lmaydigan narsalar ham bor. Lekin pul topilmasa ham , o'sha narsalarning borligi yaxshidir.