July 13, 2020

Aloy

ALOYNING SHIFOBAXSH XISLATLARI:

Uni iste'mol qilsa , jigardagi nuqsonlarni , tanadagi boshqa illatlarni ochadi , qorin bodlarini taxlil qiladi , me'da , bosh va boshqa a'zolardagi ortiqcha moddalarni zudlik bilan badandan xaydab , yoqotishga yordam beradi.Biroq boshqa a'zolardagi illatlarga davo ta'siri aytarli darajada sezilmaydi . Badanning chuqur joylaridagi moddalarni tortib chiqaradi, me'da va tomirlarni yiringlardan tozalaydi, savdo , quyuq shaffof balg'am va safrolarni pishirib , xaydab chiqaradi , sariq kasalligini o'zining shifobaxshlik quvvati bilan muolajalaydi, jigarning dimiqishlarini ochadi, ayniqsa , me'da uchun eng samarali dori bo'lib , quvvat baxsh etuvchi ,tozalovchi vazifasini o'taydi . Shuningdek , ko'zning ko'rish quvvatini oshiradi , ruxiy xastaliklar xamda me'daga bog'liq bo'lgan miya dardlariga shifo baxsh etadi . Chunki ana shu a'zolarning sustligi , bexol va bemorligi me'daga aloqador bo'lib , shu xastaliklar sababli odamni uyqu bosa boshlaydi. Aloy esa me'dani shu illatlardan tozalab , unga aloqador bo'lgan a'zolar faoliyatini yaxshilashda eng samarali davo vositasi sifatida qo'l keladi.

Agar aloy xo'l tomirlarga ko'yib bog'lansa dardlar zaxmidan xalos qiladi , xamisha og'riq beradigan ko'xna dardlarga shifo bxsh etadi , ildizi yo'q yaralarni tuzatadi , ayniqsa orqa chiqaruv teshigidagi yaralarda yomon moddalar yig'ilib , ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishiga barxam beradi.

6,75 gram aloy iliq miliq suv bilan ichilsa , me'dadan shiddatli moddalar chiqishiga olib keladi va me'dani zararli moddalardan tozalaydi . Shu miqdordagi aloy asalsuv bilan ichilsa , balg'am va safroni ichketar yordamida tashqariga xaydaydi . Shunday xolatlar xam bo'ladiki , ertalab va kechqurun bir nechta dardni bartaraf etuvchi tabletkalarni ,sanavbar elimiga toza asal aralashtirib , issiq suv bilan yutishga to'g'ri keladi Bu usul ichni keltiradi va me'dadagi ta'mni buzmaydi .Shuningdek , me'dadagi dardlarni bir kunda daf qiladi . Agar o'sha aloy mustaqo bilan yeyilsa , miyani, daraxt tanasidagi oppoq zamburug' bilan yeyilsa, ko'krak qafasidagi a'zolarni begona moddalardan tozalaydi ,bo'g'imlar va nafas yetishmasligi dardiga shifo bo'ladi.

3,5 gramm aloy sovuq suv bilan yeyilsa, qon qusishi illati va sariq xastaligiga davo bo'ladi , agar shu miqdordagi aloy qizilgul va mustaqo bilan yeyilsa, me'daning barcha xastaliklariga davo bo'ladi . Achchiq shuvoq bilan yeyilsa , savdoli xastaliklari , me'da va ichakdagi qurtlarni xaydash , qora jigaru buyrak illatlarini islox qilish va tashnalikni bosishda , agar bu xastalik balg'amni safro yig'ilishidan bo'lsa , ishtaxani tiklashda yaxshi dori bo'ladi , shuningdek , me'dada safro to'planishi oqibatida tilchaning qizishi dardini bartaraf etadi . Va agar islox qiluvchi dorilarga qo'shib iste'mol qilinsa , uning zarari me'daga o'tishga yo'l qo'ymaydi.

Aloyni achchiq shuvoq bilan qo'shib emizikli go'daklarga berilsa , agar achchiqligi sababli unga yedirish qiyin bo'lsa , onasiga yedirilsa , ona suti orqali bolaga ta'siri o'tib qornidagi qurtlarni yo'qotadi...

Bordiyu aloyni topish qiyin bo'lsa , o'sha miqdorda achchiq shuvoq yoki uning yarmi vaznida zafaron istemol qilish tavsiya etiladi..