March 1, 2021

Sodiq Do'st

Qadim zamonda ikki do'st ov qilish uchun o'rmonga boribdi. Tasodifan ularga ayiq ro'para bo'libdi. Do'stlardan biri miltig'ini tashlab , yaqin atrofdagi daraxtlardan birining ustiga chiqib olibdi. Ikkinchisi o'zini o'likka solib , yerga hafas olmay yotib olibdi. Ayiq yerda yotgan odamni hidlab ko'rib , nari ketibdi. Chunki ayiqlar o'laksa yemaydilar. Ayiq ko'zdan go'yib bo'lgach , daraxtdagi ovchi yerga tushib , do'stining oldiga kelib hazillashibdi: "Og'ayni , ayiq qulog'ingga bir nima dedimi?" Do'sti unga: "Ha , u do'st tanlashda adashibsan , dedi" , deb javob beribdi.

Xulosa

Ey farzand , bilginki , yaxshi kuningda do'stlaring ko'p bo'ladi. Lekin haqiqiy do'stlar safarda sinaladi.