December 26, 2019

Xavotirlanish-Qotil

Ko'pchilik insonlar xavotirlanishdan azob chekadilar. Har kuni asab kuchini oz-ozdan yemiradilar, lekin baxtsizliklarini hech qachon yengolmaydilar. Oqibatda asab kuchini to'la yemirib, kishini ayanchli ahvolga soladi. Xavotirlanish muammoni hal qilmaydi, balki yanada bo'rttiradi.

Mening ayol qo'shnimning muammolari ko'p edi. Uning boshi qattiq og'rir, juda azob berar edi. Surunkali ichi qotardi, uyqusizlikdan azoblanardi, eri aroqxo'r, o'g'li va qizi esa faqat tashvish keltirardi.

Bechora ayol xavotirlanaverib, o'zini jar yoqasiga olib keldi. Uning turli ichki a'zolari ish faoliyati buzildi. Natijada ayol sog'ligi yomonlashdi. Kuzatishlad shuni ko'rsatdiki, Amerikadek mamlakatda minglab odamlar xavotirda yashab, o'zlariga turli muammolarni keltirib chiqaradilar. O'z-o'zini o'ldirish hodisasi borgan sari ko'payib bormoqda.

Shunday qilib qo'shnim kunlarning birida biznikiga kelib, muallolarini hal qilolmagani va hayotdan beziganini aytdi. Muammolardan qutilish mumkin, faqat tabiat qonunlariga rioya qilish kerak va asab kuchini tiklash zarur, deb unga tushuntirdim. Men unga haqiqatni aytdim, davolash uchun mo'jizaviy dorim yo'q. Qo'limdan keladigani - hayot dasturini maslahat beraman, unga asosan tabiat qonunlariga bo'ysunib yashashni o'rganasiz.

Pol Bregg "Asab kuchi" kitobidan