January 20, 2019

KUNDALIK SALBIY ODATLAR!!

Inson ongli ravishda ovqatlanadi,chanqog'ini bosadi,lekin bila turib o'zini tuta olmagani sababli yashashi mumkin bo'lgan middatning yarmisiga yetmasdan vafot etadi.Yovvoyi hayvonlar ular tashqaridan yo'q qilishmasa,o'zlariga ajratilgan muddatni to'la yashab so'ngra o'ladilar.Faqat inson bundan mustasno.Inson zotigina o'ziga berilgan hayot muddatini to'la yashamasdan dunyodan o'tib ketadi.Yovvoyi hayvonlar o'z instinglariga suyanib,qanday yashash, nima yeyish va nima ichishni sezadilar.Ular betobliklarida parhez qilib, ovqatlanmaydilar. Davolovchi o'simlik va boshqa vositalarni qidirib topadilar. Inson esa barcha narsani iste'mol qiladi,hatto hazm bo'lishi qiyin bo'lgan narsalarni ham,buning ustiga zaharli ichimliklar ichadi,keyin esa nima uchun yuz yoshga kirmaganiga ajablanadi. Aslida barchamiz uzoq umir ko'rishni istaymiz. Xayotimizda esa buning teskarisini qilamiz. Bunda mantiq bormi o'zi?

Ruh va tanani mujassam qilib,mukammal yaratilgan inson organizmi-mo'jizaviy mehanizm. Necha asrlardan beri haykaltaroshlar o'z mahoratlarini ishga solib,musoboqalashib keladilar. Lekin unga to'laligicha o'xshata olmaydilar. Nima uchun shunday mo'jizaviy mehanizmni o'zimiz buzishimiz kerak?

Vatikandagi Appolonning marmar haykali butun dunyoga mashhur bo'lgan san'at asari hisoblanadi. Haqiqatdan ham Appolon haykali mukammal ishlangan. O'sha davrda tanasi Appolinikidan qolishmaydigan odamlar ko'p bo'lgan. Lekin negadir Appolonning marmar haykali bebaho narsaday saqlanib kelinadi. Vaholanki inson oliyjanob,ilmli,nozik va sezgir bo'lsa ham, o'z ajabtovur tanasiga mushugi yoki itiga qaratadigan e'tibordan kam e'tibor qaratadi.

Barcha aqli raso insonlqr uzoq,baxtli va sog'lom hayot kechirishga loyiqlar. Afsuski, bu hammaga nasib etavermaydi.