June 16, 2022

FHDY organlari tomonidan 2022-yil yanvar oyidan 1 iyun kuniga qadar F.I.Shga o’zgartirish kiritgan fuqarolar soni haqida ma’lumotlar.

Oila kodeksiga asosan familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi belgilangan (https://lex.uz/docs/104720).

📌Unga ko'ra familiyani, ismni va otaning ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o‘n olti yoshga to‘lgandan keyin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan, ushbu shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar, ko‘rib chiqiladi.

📌Shu bilan birga familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.

📝FHDY organlari tomonidan 2022-yilning 1-chi iyun holatiga respublika bo’yicha jami 2 683 nafar fuqarolarning arizasiga asosan familiyasi, ismi va ota ismiga o’zgartirish kiritilgan.

⚡️Eng yuqori koʻrsatgich: Toshkent shahar (516 ta), Xorazm viloyati (882ta), Andijon viloyati (364 ta) va Farg‘ona viloyati (229 ta) .