Oʏʙᴇᴋ
@adavxizmat
21 posts

Shofirkon tumanida zamonaviy Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 32 yilligida Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Shofirkonliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endilikda ushbu markaz orqali fuqarolar 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Paxtaobod tumanida zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi

Bino qurilishida, zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor berildi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati

1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tug‘uruq jarohatlari oqibatida bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, periventrikulyar leykomalatsiya, markaziy asab tizimining virusli infeksiyalari natijasida chuqur harakatlar buzilishi bilan asoratlangan holatlar.

📌Davlat xizmatlari doimiy nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 74-son Farmoniga ko‘ra 2022-yil 1-apreldan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasi tayinlanishi joriy etildi.

Международные эксперты поделились опытом в сфере совершенствование и продвижения государственных услуг

Ташкент, 23 июня 2022 г. – в гостинице «Radisson Blu» состоялся круглый стол с участием международных консультантов Совместного проекта Министерства юстиции, Европейского Союза и ПРООН «Совершенствование предоставления государственных услуг и повышение уровня управления в сельских районах Узбекистана» Гиорги Цхакаиа и Агавни Харутюнян, целью которого обсудить эффективное управление в системе предоставления и развития государственных услуг, разработать рекомендации по совершенствованию действующего законодательства, а также в сфере современного PR и коммуникаций в государственном секторе.

Xalqaro ekspertlar davlat xizmatlarini takomillashtirish va ommalashtirish sohasida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar

Toshkent, 2022-yil 23-iyun – “Radisson Blu” mehmonxonasida Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMTTDning “O’zbekistonda qishloq hududlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasining xalqaro maslahatchilari Giorgiy Tsxakaya va Agavni Arutyunyan ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatining maqsadi davlat xizmatlarini ko‘rsatish va rivojlantirish tizimida samarali boshqaruvni muhokama qilish, amaldagi qonunchilikni, shuningdek, zamonaviy PR sohasida va davlat sektoridagi kommunikatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududldrida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda.

“@tezkor_murojaat_bot”ga murojaat – masalaga tezkor yechim

Davlat xizmatlari sohasida, xususan, xodimlarning muomala madaniyati, xizmat ko‘rsatish sifati, elektron tizimlarda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, yechimini topishda aholi va tadbirkorlik subyeklari bilan samarali aloqani ta’minlash maqsadida vazirlik tizimida murojaatlarni sayyor va shaxsiy qabullarda, elektron pochtalar orqali, “Ishonch telefoni” hamda ijtimoiy tarmoqlarda orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Fargʼonada yana bir DXM filiali ish boshladi

Davlat xizmatlari koʼrsatish sohasida aholi orasiga chuqurroq kirib borib, fuqarolarning dardu tashvishlari bilan birga boʼlish niyatida markazdan yiroq, qatnov qiyin boʼlgan olis choʼl va togʼli hududlarda ham davlat xizmatlari markazlari filiallari tashkil etilmoqda. Filiallarning yerli aholi taklifi asosidagi belgilangan kun va vaqtda ishlayotgani xalqqa manzur boʼlayotir. Boisi, markazga tushish uchun uzoq yoʼl bosishmaydi, mablagʼ yoʼqotmaydi, vaqt sarflamaydi.