Paxtaobod tumanida zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi
Bino qurilishida, zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor berildi.
Davlat xizmatlari markazining eski binosida bir kunda 300 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, yangi maskanda bir kunda 1000 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko'rsatish imkoniyati yaratildi.
Maskanda elektron navbat tizimi joriy etilgan va Xalq banki kassasi joylashtirildi. Markaz bir vaqtning o'zida 11 ta qabul oynasida murojaatchilarga xizmat ko'rsata oladi. Zamon andazalariga mos ravishda jihozlangan binoda 6 ta monitorda 200 dan ortiq davlat xizmati turlari yuzasidan ma'lumotlar fuqarolarga taqdim etilgan.
Yangi maskanda fuqarolar davlat xizmatlardan mustaqil foydalanishlari shuningdek, turli imkoniyatlardan xabardor bo'lishlari uchun axborot stendlari va posterlar qo'yilgan.
Jismoniy imkoniyati cheklangan, turli sabablarga ko'ra nogiron bo'lib qolgan murojaatchilarga barcha sharoitlarni yaratish maqsadida nogironlik aravachasi orqali binoga kirish imkonini beruvchi pandus hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun alohida xona shuningdek, “surdo-online” xizmatlari mavjud.
Shuningdek, tumanning olis hududlari aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, Paxtaobod tuman Madaniyat qishlog'ida davlat xizmatlari markazining filiali tashkil qilingan.
Tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida fuqarolarga 40,000 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi.