June 14, 2022

AYOLLAR MASLAHAT GURUHLARI SALOHIYATINI OSHIRISH

Toshkent – 2022-yil 13-iyun, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida MARTA markazining latviyalik ekspertlarining O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi boshlandi.

2021-yil oktabr oyida xotin-qizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida qo‘shma loyiha doirasida 7 ta pilot tumanda, tajriba tariqasida Xotin qizlar maslahat guruhlari (XMG) tashkil etildi. Ushbu faoliyat Latviyaning MARTA markazi va Oʻzbekistondagi NNT Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

XMG tashkil etilgan kundan hozirga qadar 2 494 nafardan ortiq xotin-qizlar, nogironlar va keksalar turli huquqiy, psixologik, tadbirkorlik yo'nalishi va boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatlar oldi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – tashkil etilgan XMG salohiyatini oshirishni davom ettirish, shuningdek, qishloq joylarda xotin-qizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.

O‘zbekistonga MARTA markazining quyidagi mutaxassislari tashrif buyurishdi:

·         Dita Lace xonim, ma'muriy va moliya bo'yicha mutaxassis

·         Gundega Tentere xonim, jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis

·         Diana Ielea xonim, ta'lim bo'yicha mutaxassis

Tashrif davomida quyidagi mavzularni qamrab olgan 3 kunlik trening o'tkaziladi:

1.       Kommunikatsiyalar (strategiyalar va amaliy vositalarni ishlab chiqish).

2.       Ma'lumotlar bazalari va mijozlar hujjatlarini jamlash va yuritish.

3.       Ko'ngillilar bilan ishlash (jarayonni tashkil etish, rag'batlantirish, uzoq muddatli hamkorlikni o'rnatish).

2000-yil may oyida tashkil etilgan MARTA markazi Latviyada ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha yetakchi tashkilot boʻlib, zoʻravonlik qurbonlariga professional ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar koʻrsatadi, shuningdek, og'ir vaziyatga tushib qolgan ayollar va bolalarga yordam beradi.

MARTA markazi mutaxassislari XMG maslahatchilari uchun aholining eng zaif qatlamlariga maslahat berish, press-relizlar, video va audio intervyular, ommaviy axborot vositalari va Internetda maqolalar tayyorlash, ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish davomida murojaatchilarning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilgan holda ishlash bo'yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Treningning muhim yo'nalishlaridan biri ko'ngillilarni XMG va umuman DXM faoliyatiga jalb qilishdir. Inson global miqyosda ta'sirni nafaqat o'zida his qiladi, balki o'zhartirish qobiliyatiga ega. Ko‘ngillilik odamlarda o‘z mamlakatidagi va jahondagi taraqqiyot jarayonlariga daxldorlik va mas’uliyat hissini shakllantiradi. Trening doirasida ko‘ngillilar bilan samarali ishlashni tashkil etish masalalari: ularning faoliyatga jalb etish, rag‘batlantirish, fikr-mulohazalarini almashinuvini ta’minlash va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi.

Shu bilan bir vaqtda mijozlarning ma'lumotlar bazalarini yaratish va saqlas masalalariga ham e'tibor beriladi. MARTA markazi misoliga asoslanib, mutaxassislar tomonidan to'planishi kerak bo'lgan ma'lumotlar qanday aniqlanishi, XMG ma'lumotlar bazalari loyihasinii va kelajakda to'plangan ma'lumotlardan qanday foydalanish va uning maxfiyligini saqlash tartibini to'g'risida ma'lumot beriladi.

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston qishloqlarida davlat xizmatlari ko‘rsatish va boshqaruv tizimini takomillashtirish” qo‘shma loyihasi ham Xotin-qizlar maslahat guruhlarini kompyuter va mebel jihozlarini, shu jumladan moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlamoqda. Kelgusida pilot hududlardagi XMG tajribasini respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish kutilmoqda.