Xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududldrida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda.
Davlat xizmatlari sohasidagi qonunchik bo‘yicha ekspert Georgiy Sxakaya va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ekspert Agavni Xarutyunyanlar tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda tomonlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish salohiyatini oshirishni davom ettirish, fuqarolarga tezkor va sifatli davlat xizmati koʼrsatish, sohani jadal rivojlantirish, shuningdek, 2022-yil oxirigacha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Xususan, X. Meliev aholining davlat xizmatlaridan qoniqish darajasini oshirish, sohani jadal rivojlantirishimiz uchun ekspertlarning fikrlari dolzarbligi shu o‘rinda davlat xizmatlarini koʼrsatish, Elektron hukumatni rivojlantirish sohasida Gruziya davlati tajribasi va qonunchiligi juda yaxshi rivojlanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida xalqaro ekspertlar bilan davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasida ishlab chiqilgan loyihalar bo’yicha fikr almashildi. Davlat xizmatlarini jamoatchilikka qulay usullarda tushunarli tarzda yetkazish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Samarali muloqot so'ngida tomonlar aholiga davlat xizmatlari koʼrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish, xizmat koʼrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʼrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʼzgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tajriba bilan vazirlik mas’ul vakillarini tanishtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar xususida hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha kelishib oldilar.