Davlat xizmatlari doimiy nazoratda
So‘nggi paytlarda fuqarolarimiz tomonidan aholiga sovuq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ko‘plab murojatlar kelib tushmoqda.
Bunga sabab, “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan jismoniy shaxslarning abonent shaxsiy raqamlari toʻliq raqamlashtirilmaganligi hamda yuridik shaxslarning mavjud shaxsiy hisob raqamlari yangi joriy etilgan tizim bilan integratsiya qilinmaganligi natijasida, aholiga sovuq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida eski abonent raqami kiritilganda avtomatik rad javobi berilgan.
Ushbu holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJ mas’ul xodimlari bilan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida bu kabi qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan taqdirda qat’iy javobgarlik choralari qo‘llanilishi to‘grisida ogohlantirildi.
“O‘zsuvta’minot” AJ xodimlari tomonidan yuqoridagi holatlarni bartaraf qilish yuzasidan DXM hamda YIDXP orqali ariza yuborish jarayonida “eski abonent raqami kiritilganda keyingi bosqichga o‘tkazmaslik” hamda “maxsus telegram bot” kanali orqali eski abonent raqami kiritilganda yangi hisob raqamini berish tizimi yaqin kunlarda ishga tushirilishi ma’lum qilindi.