June 15, 2022

@myGovUzSupportBot telegram botiga kelib tushgan murojaatlarning eng ko'p qismi qaysi yo'nalishlarda kuzatildi?

Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida inson manfaatlari bosh mezon sifatida belgilangani hamda "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", degan ulug'vor g'oya ilgari surilgani davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Xizmatdan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni tezkor ko’rib chiqib ularga yechim topish, xizmat ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida telegram bot faoliyati yo’lga qo’yilgan.

2022-yilning bugungi kuniga qadar jami 9 542 ta murojaat kelib tushgan. Ularga Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi mas’ul xodimlari bilan birgalikda javoblar berilishi ta’minlab kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlar saralanib, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid murojaatlarga mas’ul xodimlar bilan birgalikda muammolar yechimi berilishi ta’minlanmoqda. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga tegishli bo‘lmagan murojaatlarga namunaviy javoblar yo‘llanilmoqda hamda yuzaga kelgan muammoli vaziyatning tegishliligi bo’yicha vakolatga ega organga yo’naltirilmoqda.

Telegram botga joriy yilning yanvar oyidan bugungu kunga qadar kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinganda, ularning asosiy qismini, id.egov.uz tizimida identifikatsiya qilish bilan bog‘liq murojaatlar (874 ta), bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish (811 ta), DXMlar ish vaqti, telefon raqamlari, ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish tizimi bilan bog’liq masalalar (615 ta), uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlanishi bo’yicha (464 ta), pensiya va nafaqalar olish tartibi (432 ta), ichki ishlar sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari (346 ta), elektron raqamli imzo olish va shu bilan bog’liq bo’lgan muammolar (353 ta), milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish (271 ta) tashkil etadi. id.egov.uz tizimida identifikatsiya qilish bilan bog‘liq murojaatlar tashkil qiladi. Qolgan 66 tasi davlat xizmatlarini ko‘rsatilishiga oid bo‘lmagan murojaatlardir.

Takidlash joyizki aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan aloqani ta’minlash hamda muammolarni tezkor aniqlash maqsadida murojaatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qilish bir qancha qulayliklar yaratdi.