Xalqaro ekspertlar davlat xizmatlarini takomillashtirish va ommalashtirish sohasida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar
Toshkent, 2022-yil 23-iyun – “Radisson Blu” mehmonxonasida Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMTTDning “O’zbekistonda qishloq hududlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasining xalqaro maslahatchilari Giorgiy Tsxakaya va Agavni Arutyunyan ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatining maqsadi davlat xizmatlarini ko‘rsatish va rivojlantirish tizimida samarali boshqaruvni muhokama qilish, amaldagi qonunchilikni, shuningdek, zamonaviy PR sohasida va davlat sektoridagi kommunikatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Davra suhbati davomida davlat xizmatlari qonunchiligi sohasidagi ekspert Giorgiy Tsxakaya davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashdi, davlat xizmatlari sohasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etish bilan birga O‘zbekiston tajribasi va amaliyoti bilan o‘xshashliklarni ta’kidlab o’tdi.
Xizmat ko‘rsatish tizimini isloh qilishga urinayotgan turli mamlakatlar tajribasiga asosolangan xulosa va saboqlardan shunchaki “nusxa ko‘chirish va joriy etish”dan ko‘ra mahalliy sharoitga mos yechimlar va yondashuvlarni taklif qilish ahamiyatini ko’rsatib berish muhim, chunki hamma sohalarda birdek yaxshi ishlaydigan universal formulalar mavjud emas.
Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekiston muayyan model yoki rejaga amal qilishdan ko’ra, xizmatlar ko‘rsatishning turli tarkibiy qismlari bo‘yicha namunali darajaga erishgan jahonning turli eng sara va yetakchi yechimlari hamda tajribasidan foydalanishi mumkin. Bunga misol tariqasida innovatsiyalar va AKTga yo‘naltirilgan hamda Yevropa qit’asida raqamli davlat xizmatlari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblangan, kuchli uchlikka kiruvchi Daniya, Estoniya va Finlyandiyadan iborat Skandinaviya triosining tajribasini keltirish mumkin. Proaktiv xizmatlarni joriy etishda lider bo’lgan Gollandiya tajribasi noyobdir. Gruziyada Public Service Hall (Adliya uyi) joriy etishda flagman bo'lib, fuqarolar va tadbirkorlarga misli ko'rilmagan “yagona oyna” uslubida davlat va FHDYo xizmatlarini taqdim etadi. “Diя” mobil va onlayn elektron hukumat platformasi fuqarolarga dunyodagi birinchi qonuniy tartibda to‘liq elektron pasportni taqdim etish natijasida ukrain modelini xalqaro chempionga aylantiradi.
Misollar ro‘yxati salmoqli, lekin turli mamlakatlar, jumladan Qozog‘iston kabi mintaqaviy davlatlar tajribasini o‘rganib, O‘zbekiston ham xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mintaqada yetakchi bo‘lishga yordam beradigan o‘zining noyob va muvaffaqiyatli formulasini ishlab chiqishi kerak.
Aloqa sohasidagi xalqaro ekspert Agavni Xarutyunyan davlat xizmatlari sohasida strategik kommunikatsiyalarning ahamiyati haqida fikr bildirar ekan, shuningdek, fuqarolar bilan proaktiv muloqot qilish vositalari bilan ham o‘rtoqlashdi. Xalqaro mutaxassis nafaqat aholining davlat xizmatlaridan xabardorligini oshirish, balki xizmat ko‘rsatuvchi davlat organlari va idoralar o‘rtasida o’zaro aloqa sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidladi. Maqsadli auditoriyangizga erishish, ya'ni odamlar davlat xizmatlaridan foydalanadigan joyga borish muhimdir. Barcha axborot materiallari ushbu ma'lumot foydalanuvchiga to’gridan to’g’ri yetib boradigan hududda tarqatilishi kerak: muayyan xizmatlar - muayyan joylarda bo’lishi lozim.
Shubhasiz, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda butun mamlakat bo‘ylab davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash borasida ko‘p ishlar qilindi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, islohotlar hukumatdan doimiy sa'y-harakatlarni talab qiladi. Bir tomondan, erishilgan natijalarning ortga qaytarilmasligini va barqarorligi davomiyligini ta’minlash, ikkinchi tomondan esa, istiqbolli kelajakka yo‘naltirilgan tizimga o‘tish uchun turli imkoniyatlar mavjudligini hisobga olsak, ulardan foydalanish ahamiyatli. Misol sifatida, proaktiv davlat xizmatlarini joriy etish, raqamli davlat xizmatlarini kengaytirish va mustahkamlash, Adliya vazirligi, tashkilot va idoralarning birgalikdagi sa’y-harakatlari orqali davlat boshqaruvining turli yo‘nalishlarida tarmoq islohotlarini amalga oshirilayotganligini, davlat xizmatlarini ko'rsatishda, jalb etilgan davlat tuzilmalarining funktsional auditini o‘tkazish, undan keyin biznes-jarayonlarni reinjiniring va boshqalarni keltirish mumkin.