November 6

FELONY - EP 05

You know that, I'm obsessed with your body...

Hyeri: N.nimani nazarda tutyapsan?
U nigohlarini koʻzlarimga qadab bir necha soniya tikilib turgach kuch bilan meni ortga itargancha lablarimga yopishdi. Uni tishlab soʻrayotgan yigit tanamni yostiq ustiga butunlay qadab oʻz ogʻirligi bilan ustimga chiqib olgandi. Oyoqlarim ustidan yuqoriga ko'tarilayotgan taftni his qilib entikib ketdim. Ochiq belimdan ohista silagan yigitim lablarimni qiynashdan bir soniyaga ham voz kechmay kalta futbolkam ichiga qoʻl suqdi. Bu xato. Hozir emas, bunga tayyor emasman. Biroq qarshilik ham qila olmayapman. Uning qattiq qoʻli yumshoq tanamni silab ichkiyim ustidan koʻkragimni qattiq siqdi. Ichimdan sizib chiqqan qaynoqlik va kichik ogʻriq taʼsirida lablariim orasidan ixtiyorsiz ingroq qochdi. Tok urgandek koʻzlarimni ochib Jungkookning nigohlarini topdim. Bu bir juft qorachiqlarda oxiri yoʻq shaxvat bor edi.
Jungkook: Davom etishimni istaysanmi?
Jimib qoldim. Na yoʻq deyishni istayman na ha deyishni. Bir necha soniya unga tikilib turdim. Oʻrnimdan qoʻzgʻalgancha uning yoʻgʻon boʻynidan qoʻlimni oʻrab ikkilanish bilan lablarimizni birlashtirdim. Koʻzlarini men bilan tengma teng yumgan yigit qoʻpollik bilan emas aksincha yumshoq tarzda boʻsa olayotgandi. Daqiqalar oldingi pala partish harakatlar oʻrni mayin va yoqimli o'pichlarga almashdi. Jungkookning belidan oyoqlarimni oʻrab oʻtirib olganim sabab ostimga qadalayotgan organ men bilan battar oʻynasha boshladi. Hansirab nafas olayotgan yigitim kiyimim ichidan badanimni qattiq silab lablarimni tishlab tortayotgandi. Lablarini mohirlik bilan lablarimdan olib pastlasha boshladi. Iyagimda yengil boʻsalar qoldirib boʻyin ostimdan tishlab oldi. Biroz ogʻriqli, ammo qandaydir ehtiros bagʻishlaydi. Uning sochlaridan changallab oʻzimni ortga tashlagancha ingrab yubordim. Aqlim meni Egnimdagi futbolkani yechib olgan yigit lablarini tishlab meni oʻziga kuch bilan tortdi. Boʻynimdan boʻsa olayotgan lablari ohistalik bilan pastlarkan tili yordamida tanamni erkalab yurak urishimni oshirib yuborardi. U tishlarini koʻkragimga botirgancha ortimdan siqimlab meni oʻziga tortdi. Koʻzlarimni ochish uchun hatto kuchim qolmagandek. Meni bir urinishda yotoqqa qulatgan yigit ustimga chiqib oyoqlarim orasiga joylashdi. Ikkimiz ham nima qilayotganimizni bila turib davom etayotgandek. Harakatlarim tanamdagi kuchli xoxish haqida aytib tursa-da ich ichimdan titrab ketayotgandim. Albatta qoʻrquvdan. Hozir emas. Bu ish birdan, bu tarzda, kutilmaganda boʻlishini xoxlamayman. Aqlim va yuragim oʻrtasida toʻsiq paydo boʻldi. Bir biriga qarama qarshi ikki tuygʻu haqida oʻylab toʻxtab qoldim. Javob qaytarmayotganimni sezgan Jungkook koʻtarilib koʻzlarini menga qadadi. Soʻzsiz unga tikilib birdan oʻrnimdan turdim. Harakatlarimga tushunmagan Jungkook qaddini koʻtarar ekan qoshlari chimirildi.
Jungkook: Nimadir boʻldimi?
Hyeri: Yoʻq.
Jungkook savol ifodasi bilan menga qarab turib boshini eggancha kulib yubordi. Bu kulgu sababini tushunmay unga anqayib qoldim.
Hyeri: Nega kulyapsan?
Jungkook: Sen hatto oʻzingni oʻzing tushunmaysan, Hyeri, yana menga meni tushunishga harakat ham qilmaysan deysan-a?!
Lablarini tishlari orasiga olib kulgan yigit kulgichlarini koʻz koʻz qilgancha yotoqqa choʻzilib yotib oldi. 2 daqiqa oldin oʻrtamizda boʻlgan ish miyamda charx urib egnimdagi kiyimni yechilib olinganini esladim. Yotoq ustidagi pastelni oʻzimga tortib uning ichiga kirar ekanman Jungkookning baland kulgusi xonani toʻldirdi. Koʻzlarini yumib miriqib kulayotgan yigit tirsagiga tayangancha kulishdan toʻxtab menga qaradi. Uning mushakdor tanasidan koʻzimni olib qocha boshladim, ammo beixtiyor yana qorin boʻshligʻidagi qattiq preslarga tomon qorachiqlarim burilib qadalib qolardi.
Hyeri: Bunday qarashni bas qil menga!
Jungkook: Qanday qilib har qanday holatda ham yoqimtoy boʻla olasan?
Hyeri: Nima? Men yoqimtoy emasman.
Jungkook: Kulganingda dunyo toʻxtab qolgandek tuyiladi menga. Shunday chiroylik tabassum qilasanki... buni oʻzgalar koʻrishini istamayman. Kulganingda dunyo koʻr boʻlib qolishini xoxlayman.

Onamdan soʻng meni bu darajada rom qilgan yagona ayol sensan.
Uning gaplarini eshitib lablarim ixtiyorsiz yoyildi. Uyalgancha tabassum qilarkanman sochlarim yuzini to'sganidan foydalanib lablarimni yana-da kengroq yoydim.
Hyeri: Jeon xonim, chindan ajoyib inson. Senga chiroy oyingdan oʻtgan.
Jungkook: Rad etolmayman, ammo dadam ham kelishgan inson boʻlgan, Kim xonim. ( dadasiyam ciroyli bogan mejduprocm😂
Hyeri: Afsuski men ham sizning kelishgan yigit ekanlingizni rad etolmayman, janob Jeon.
Jungkook: Oyim aslida... Shoshma, oyim... Yoʻq-yoʻq unutgan boʻlishim mumkin emas!
Birdan sergaklanib oʻrnidan turgan Jungkook xona atrofidan nimanidir qidira boshladi.
Hyeri: Jungkook nima boʻldi? Hammasi yaxshimi?
Jungkook: Aysh soat necha? Bugun oyimning tugʻilgan kunlari edi. Buni qanday qilib esdan chiqardim.
Yotoq yonidagi tumba ustida turgan soatga qarab Jungkookka yuzlandim.
Hyeri: Allaqachon 00:23.
Jungkook: SHIT* JIN URSIN!
Qattiq asabiylashayotgan yigit axiyri yotoqnong qarshi tomonidan jaketini topib egniga ilgancha eshik tomon yura boshladi.
Hyeri: Hoy shoshma! Men ham boraman.
Jungkook: Qayerga?
Hyeri: Men ham Jeon xonimni tabriklayman. Nima ularni quruq qoʻl bilan tabriklamoqchimisan?
Jungkook: Yóq albatta.
Yoʻq. Demak u allaqachon sovgʻa tayyorlagan.
Hyeri: Men ham boraman.
Ortiq bahslashmay qat'iy gapirgancha ustimdagi koʻrpa bilan oʻrnimdan turdim.
Hyeri: Kiyinib boʻlgunimcha kutib tur, 1 daqiqa.
Arang yurib kiyinish uchun yuvinish xonasiga kirib ketdim. Garderobim ochiq boʻlgani sabab dushga kirib kiyinishga majbur boʻldim. Tezda yengil pejama kiyib sochlarimni tartibga keltirib oldim.
Jungkook: Chindan men bilan bormoqchimisan?
Savol nigohi bilan qarab qolgan yigitga bosh irgʻab shkafdan hali taqilmagan taqinchoqlarimni oldim. Ularni birma bir koʻzdan kechirar ekanman birini tanlab eshikni ochdim.
Jungkook: Bu nega?
Hyeri: Bumi? Bu sen uchun sevgilim, xizmatda boʻlgan vaqting taqib yurasan.
Jungkook: Nima?
Hyeri: Aqldan ozganmisan, Jungkook? Albatta oyingga-da. Sovgʻa bu, sovgʻa! Qani ketdik.

Uning qoʻlidan tutib tashqariga tortqiladim. Ikkimiz ohista harakatlar bilan pastga tushdik.
Jungkook: 1-noyabr sanasiga oʻtganiga 40 daqiqa boʻldi. Allaqachon shuncha vaqt yoʻqotdim.
Telefonini asabiy choʻntagiga solgan yigit xonasidan kichik tort olib chiqdi. Qoʻlimga yomdirgichni ( zajgalka ) tutarkan yoqishimga imo qildi. Kichik tort ustidagi shamchalarni yoqib birgalikda Jeon xonimning xonasiga yoʻl oldik. Yigitim eshikni ohista ochib menga kutib turishimni tayinladida ichkariga kirib ketdi. Eshik tirqishidan uning harakatlarini kuzata boshladim. Jungkook yotoq ustida uxlayotgan ayolning yoniga choʻkkalab uning sochlaridan siladi va yuzidan mayingina oʻpib qoʻydi. Bu holatni kuzatish negadir maroqli edi.
– Jungkook?
Boshini koʻtargan ayol oʻgʻlini koʻrib hayron boʻlgani uning so'roqli ohangidan ma'lum edi.
Jungkook: Uygʻotib yuborganim uchun kechiring.
U oʻrnidan turarkan Jungkookning ishorasini kutmag ichkariga kirdim. Oʻzim bilan birga qoʻshiq xirgoyi qila boshladim. Bundan hayron boʻlgan faqat Jeon xonim emasdi. Tezda oʻzini yigʻib oʻrnidan turgan Jungkook men bilan birga tortni tutib menga qoʻshildi. Ikkimiz birgalikda Jeon xonimning yoniga tiz choʻkib shamlarni oʻchirishga ishora qildik. Koʻzlarida quvonch porlayotgan ayol koʻzlarini yumib tilak bildirgach shamni oʻchirdi.
– Kim xonim siz nega bu yerdasiz?
Hyeri: Men xonim emasman, Jeon xonim. Shunchaki Hyeri deb chaqirishingiz mumkin. Va bu mendan sizga sovgʻa.
Qoʻlimdagi qutichani ularga tutar ekanman xonim uni qatʼiy rad etdi.
– Yoʻq-yoʻq buni qabul qilolmayman.
Qutini oʻzim tomon itararkan men ham bo'sh kelmadim.
Hyeri: Qoʻlimni qaytarsangiz chindan ranjiyman. Bu shunchaki arzimagan sovgʻa.
Bu gaplarimdan soʻng ular qoʻlimdagi sovgʻani olishga majbur boʻldilar. Jungkook ikkimiz ham bir birimizga qarab jilmayib qoʻydik.
Jungkook: Mening ham bir sovgʻam bor.
Jungkook choʻntagidan shiqirlatgancha qandaydir kalitlarni chiqardi. Unga bejirim qilib oʻralgan tasma eʼtiborimni tortdi.

Jungkook: Bu oʻsha siz xoxlagan narsa, oyi. Seoul markazidan uy sotib oldim.
Jeon xonimning koʻzlarida yosh jimirlab qoʻllari titragancha kalitni Jungkookdan oldi. Bir qoʻlidagi uy kalitiga bir oʻgʻliga qarab qoʻyardi. Jungkook onasini oʻziga tortib qattiq bagʻriga bosdi. Ayolning kichik jussasi oʻgʻlining keng yelkalari orasiga singib ketgandi.
– Oʻgʻlim, hatto nima deyishni bilmayman. Buni qattiq xoxlagan edim, oʻz uyimiz boʻlishini.
Ular janob Jeonning qarzlari sabab Busandagi uyini ham sotib yuborishgandi. Shu sabab ham Jungkook onasini Kimlar xonadoniga ishchi sifatida olib kelishga majbur boʻlgan.
Chetdan ularni jim kuzatar ekanman mening ham koʻzlarimda yosh aylanib tabassum qilishdan beri kelmay qoldim. Kutilmaganda bilagimdan ushlab tortgan Jungkook meni ham quchogʻiga tortdi. Bir tomondan Jeon xonimning tushunarsiz nigohlaridan hijolat boʻlsam, bir tomondan uyatdan yuzim qizarib koʻzlarimni olib qocha boshladim. Soʻng bir birimizdan ajralib uzoqlashgach xonadagi stol ustiga tortni qoʻydim. Bu paytda esa Jungkook onasi tomonidan soʻroqqa tutilayotgan edi.
Jeon xonim: Sovgʻalar uchun va bunday ajoyib kutilmagan syurpriz uchun katta raxmat, bolalar. Xoʻsh endi menga tushuntiringchi...
Jungkook: Nimani tushunmadingiz oyi?
Jeon xonim: Nimani deb oʻylaysan, oʻgʻlim? Siz nega birgasiz?
Koʻzlarimni qancha olib qochishga urinmay ayolning oʻtkir nigohlaridan qocha olmayotgandim. Jungkookka qarar ekanman u lab chetida kulib devorga suyandi.
Jungkook: Biz yarim yildan oshiq vaqtdan buyon uchrashamiz, oyi.
Jeon xonim: NIMA?
Birdan baqirib yuborgan ayolning bunga qanday munosabatda boʻlishi men uchun qanchalik qiziq boʻlmasin, yuzimni yerdan koʻtarib unga qaray olmadim. Kaftim bilan peshonamni ishqagancha koʻz ostim bilan Jungkookka qaradim.
Jungkook: Buni sizga avvalroq aytmaganim sababi ham shu. Qarshi boʻlishingiz.
Jeon xonim: Albatta qarshi boʻlaman. Aqldan ozganmisan, Jungkook? Kim xonim, bu haqida janob Kim xabar topsa nima boʻlishini bilasizmi?
Hyeri: Xonim, men shundog'am paytini topib bu haqida dadamga aytmoqchiman. Faqat hozir emas. Universitetni tugatmagunimcha bu haqida ogʻiz ocha olmayman. Jeon xonim, ehtimol koʻzingizga yengiltak boʻlib koʻrinmayotgandirman, ammo bu siz oʻylagandek shunchaki oʻyin-kulgi emas.
Jungkook: Siz xavotir olgan barchasi haqida biz ham oʻylab koʻrganmiz, oyi.
Jeon xonim: Jungkook, bu qanchalik qaltis ekanligini bilasanmi?
Jeon xonimning qanchalaar tashvish bilan soʻzlayotganini koʻrib ularning qoʻlidan tutib oʻzimga qaratdim.
Hyeri: Xolajon, bunga faqat Jungkook javobgar emas. Biz hammasini birgalikda yengib oʻtishimizga ishonamiz. Iltimos hech boʻlmasa siz bizni qoʻllab quvvatlang.
Gaplarimni diqqat bilan tinglagan Jeon xonim boshini eggancha jimib qoldi. Uning javobini kutib tikilar ekanman qoʻllarim ustidan silab bosh irgʻadi.
Jeon xonim: Ikkingiz ham ehtiyot boʻlishga soʻz bering. Ayniqsa sen Jungkook.
Ortimga o'girilar ekanman boshini egib kulayotgan yigitni koʻrdim.
Jeon xonim: Hoy bola men hazillashmadim.
Jungkook: Yaxshi-yaxshi, oyijon, soʻz beraman!

~

Biroz suhbat qurganimizdan soʻng kuchli charchoqdan mudray boshladim. Jeon xonim Jungkookning kichikligidagi odatlari va baʼzi shoʻxliklarini aytib berdi. Buni eshitish u bilan suhbat qurishdan-da maroqliroq kechdi. Koʻzlarim yumilib ketayotganini sezgan ayol ketishim mumkinligini onalarcha mehr bilan aytib sochlarimdan silab qoʻydi. Ularning qoʻllari yogʻdek erishimga sabab boʻlgandi. Ularga xayrli tun tilab xonadan chiqdim. Xizmatkorlar qavatidan koʻtarilib yuqoriga chiqay deganimda bilagimdan tutib qolgan baquvvat kaft meni oʻziga qattiq tortdi. Nafasimni ichimga yutib shovqin chiqarib yubordim.
Jungkook: Shhhh! Jim!
Meni zina tutqichiga tirab labim ustiga barmogʻini bosgan yigit boʻynini choʻzib yoʻlakka qaragach koʻzlarini meniki bilan birlashtirdi.
Jungkook: Ertaga darsdan seni olishga boraman.
Hyeri: Yaxshi. Demak soat 1:00 da seni kutaman.
Gapirish mobaynida nafaslarimiz yuzimizga tegib dimogʻimizha urilayotganini sezdim. Biz bir birimizga juda yaqin turgan edik.

Jungkookning ko'zlari lablarimga qadalib qolganini ko'rib uning quchog'idan chiqishga urindim. Belimdan quchib qayta joyimga qotirgan yigitim sochlarimni yuzimdan olib pichirladi.
Jungkook: Shunchaki ketib qolmoqchimisan?
Hyeri: Shunchaki? Axir biz xayrlashdik.
Jungkook: Men bilan boshqacha xayrlashmaysanmi?
U menga tobora yaqinlashib kelayotgandi. Uzun barmog'ini yuzim bo'ylab yurg'izgancha lablarini labimga bosdi. Ohista harakatlar bilan pastki va tepa lablarimni shimib tortgan yigitning koʻksidan itarib bo'sani buzdim.
Hyeri: Ertaga vaxli turishim kerak. Sen ham. Xayrli tun, sevgilim.
Tezda zinalardan yuqorilab u yerni tark etdim. Ortimga hatto qaramay yugurgancha ikkinchi qavatga chiqib eshikni qattiq yopdim. Eshikka suyanib koʻzlarimni chuqur yumar ekanman bugungi boʻlgan ishlar haqida oʻylab qoldim. Bugun Jungkook bilan har qachongidan yaqinroq boʻldik. Oʻrtamizdagi masofa ham his-tuyg'ularimiz ham chegaralarni yanchib tashlagandek. Koʻz oldimda faqatgina Jungkookning pushti biroz hoʻl lablari va mushakdor tanasi aylanmoqda. Qiziq u ham men haqimda shunday oʻylayotgan ekanmi? Lablarimni tishlarim bilan qiynab oʻzimni kulgidan tiyishga harakat qildim.

~

Erta tongdan uyquga toʻymaganim uchun bosh ogʻriq bilan uygʻondim. Ogʻriq qoldiruvchi dori ichib pastga tushayotib, baland kulgi ovozini eshitdim. Bu dadamning ovozimi? Demak ular allaqachon kelibdi. Asosiy mehmonxonaga kirar ekanman nonushta stoli atrofida oʻtirib, telefonda kimdir bilan miriqib suhbat qurayotgan dadamni koʻrdim. Bir birimizga koʻz tashlagan chogʻimiz hurmat yuzasidan bosh egib qoʻydim-da stulga joylashdim. Qiziq bunday yorqin tabassum va baland kulgularning boisi ne ekan?! Ularni bunday holatda kamdan kam koʻraman, koʻrganimda ham doimo soxta tabassum qiladi. Biroq bu safar undayga oʻxshamayapti.
Janob Kim: Koʻrishguncha, azizam.
Qoʻlimga sanchqi olib bir boʻlak salat bo'lagidan ogʻzimga solishim bilan ularning ogʻzidan chiqqan soʻz meni qotirib qoʻydi. Tishlarim harakatdan toʻxtab dadamning nigohlarini taqib qila boshladim. Goʻshakni oʻchirib telefonini choʻntagiga solgan dadam ana endi menga qaradi.
Janob Kim: Bunday qarama, Hyeri, bugun kechga restaranda ovqatlanamiz. Seni bir inson bilan tanishtiraman.
Hyeri: Oʻsha, telefon ortidagi azizangiz bilanmi?
Tilimdan zahar tomib turishi rost, bu gal dadam oshirib yubordi. Ortiq oʻzimni bosib tura olaman deb oʻylamayman! Savol nigohi bilan ularga tikilar ekanman, tomoq qirib oʻrnidan turgan janob Kim koʻz qirini menga tashlab g'oldiradi.
Janob Kim: Odobingni yoʻqotmagan holda gaplash, qizim. Uning ismi Lee YongYe.
Hyeri: Siz nimalar deyapsiz? Yana qanday Lee YongYe?
Janob Kim: Mening boʻlajak rafiqam! Ovozingni menga balandlatma! Hozir esa oʻqishga bor, oqshomda koʻrishamiz.
Hyeri: Men hech qayerga bormayman. Qanday qilib bunday qila olasiz? Menga nisbatan, onamning xotirasiga nisbatan? Koʻzingiz qiya olganiga hayratdaman.
Janob Kim: Sabrimni sinayapsan, Hyeri.
Hyeri: Men bu toʻyga qarshiman. Shu yoshingizda uylangani uyalmaysizmi? Hech boʻlmasa mendan hijolat chekmaysizmi, dada?!
Ovozim qanday balandlashib ketganini sezmay qoldim. Koʻzimdan oqib tushgan yosh yanog'imni qizdirib pastlar ekan dadamning vajohat toʻla nigohlariga hatto bir tukimni ham qimirlatmadim.
Janob Kim: Qara qizim, qattiq jahlim chiqmoqda. Bu haqida sen bilan maslahatlashishga majbur emasman, buni oʻzing ham bilasan. Qolaversa nahotki oʻz otangni baxtli boʻlishini xoxlamaysan? Shu kungacha seni deb bu uyga boshqa ayol qadamini yo'latmadim. Sen sabab bu toʻgʻrisida hatto oʻylab koʻrmadim.
Hyeri: Baxt? Shu yoshingizda qaysi ayol shunchaki baxtli boʻlish uchun sizga turmushga chiqarkan? Agar shuncha boyligingiz boʻlmaganida oʻsha Le YongYe deganlari ham boʻlmasdi, janob Kim!
Janob Kim: JIM BOʻL, UYATSIZ!
Ularning men tomon koʻtarilgan qoʻli yarim yoʻlda toʻxtab qoldi. Hatto kiprik qoqmay qorachiqlarimni dadamning koʻzlaridan uzmay qadadim.
Hyeri: Siz hech qachon onamga munosib inson boʻlmadingiz!
Sumkamni zarda qilib qoʻlimga olgancha uydan chiqib ketdim.

Dadamning baqiriqlari qulogʻim ostida jarang sochsa-da oyoqlarim yurishdan sira toʻxtamasdi. Tashqariga chiqib haydovchidan mashina kalitini olgancha ro'lga oʻzim joylashib uni haydab ketdim. Yuzimni yuvib tushayotgam tomchilarga eʼtibor berishni istamayman. Ulardan nafratlanaman. Ojizligimni har daqiqa uqtirib turuvchi bu koʻzyoshlardan har nafasimda nafratlanaman! Bor tezlikda mashinani oʻt oldirib tezlikni yana-da oshirib borardim. Ammo ichimdagi hovur bosilmasdi. Nega endi hamisha hamma narsani ichimga yutishga majburman?! Shahar chekasiga mashinani haydadim. Dengiz boʻyida toʻxtab bor ovozim bilan baqirdim. Odamlar nima deb oʻylashi va men haqimda qanday fikrga borishlari mutlaqo ahamiyatsiz. Koshki ichimdagi dardlar shu hayqiriq bilan chiqib dengiz toʻlqinlariga singib ketsa...

– BIR NECHA SOATDAN SOʻNG –

Darsga borishni istamadim. Yolgʻiz qolish ayni damda eng yaxshisi deb oʻyladim. Oʻzimni yolgʻiz qolganimda yaxshiroq his qilaman. Vaqt allaqachon tush boʻlgan. Uydan chiqqanimdayoq Jungkookdan kelgan sanoqsiz qoʻngʻiroqlar sabab hech kim bilan suhbat qurishni istamay telefonimni oʻchirib tashlagandim. Uni qayta yoqishim bilan koʻplab xabar va javob berilmagan qoʻngʻiroqlardan telefonim portlab ketishiga bir bahya qoldi. Ulardan faqat birgina insonninh xavotiri yuzimga oz boʻlsa-da tabassum yugurishiga sabab boʻldi. Jungkookka qayta qoʻngʻiroq qilib u javob berishini kuta boshladim. Koʻp oʻtmay yigitimning yoʻgʻon, ammo yoqimli ovozi yangradi.
Jungkook: Hye? Qayerdasan? Ahvoling yaxshimi? Sendan qanchalik xavotir olganimni bilasanmi? Nega telefoning oʻchgan edi? Hye? Javob bersangchi!
Hyeri: Oppaaa ~
Uning nafas olmay bergan savollari meni shoshirib qoʻydi. O'pkam toʻlib chuqur nafas olarkanman Jungkook jimib qoldi. Soʻng oʻzini bosib olgan holda gapirdi.
Jungkook: Sevgilim, qayerdasan?
Hyeri: Meni olib ket. Seni koʻrishni istayman.
Jungkook: Qayerdaligingni ayta olasanmi? Seni olib ketaman.
Hyeri: Senga joylashuv oʻrnimni yuboraman.
Jungkook: Yaxshi.
Meni ortiq savolga tutmagan Jungkook goʻshakni ochirdi. Unga manzilni yuborgach oʻrindiqqa oyoqlarimni chiqarib tizzamni quchib oldim. Shu darajada kayfiyatsiz edimki, xuddi butun dunyo tashvishi mening boshimga tushgandek. Yigʻlayverib yuzim ham shishib ketdi. Endi esa koʻzyosh yoʻq, barchasini toʻkib boʻldim. 15 daqiqaga qolmay motosiklda yetib kelgan yigit yonimga kelib toʻxtadi. Undan pastga tushib yonimga cho'karkan hech qanday gap soʻzsiz koʻzlarimga qaray boshladi. Men ham hech narsa demay uni quchdim. Qattiq bagʻrimga bosdim. Soniyalar ichida belimdan oʻralgan qattiq va baquvvat qoʻllarni his qilib boshimning uning yelkasiga qoʻyib oldim. Bir urinishda meni koʻtargan yigit hech qanday qiyinchiliklarsiz motosiklga oʻtirg'izdi. Mendan uzoqlashib sochlarimni rostlagancha boshimga shlem kiydirdi. Hamon bir birimizga hech narsa demadik, demayapmiz. Jungkook ózi ro'lga oʻtirgach uning belidan qoʻlimni oʻtkazdim. Yelkasiga boshimni qoʻygancha koʻzlarimni yumdim.

~

Jungkook va Hyeri kerakli manzilga yetib kelishgach motosikldan tushishdi. Hyeri atrofga qarar ekan bu qandaydir eski uylar bilan oʻralgan shaharning chetroq joyiga oʻxshardi. Jungkook qizning qoʻlidan tutib uni qayergadir olib keta boshladi.
Hyeri: Jungkook
Jungkook: Savol berma, hozir bilib olasan, qayerga borayotganimizni.
Shundan soʻng qizning ogʻzi o'z oʻzidan yumildi. U qandaydir doʻkonga kirib boʻyoqlar xarid qildi.
Hyeri: Bular nega?
U qizga burilib koʻz qisgancha sirli tarzda jilmayib boʻyoqlarni oldi. Ikkisi birgalikda bir yerga kelishdi va Jungkook qoʻlidagi boʻyoqlarni bir chetga qoʻydi. Yenglarini shimarib nihoyat gapira boshladi.
Jungkook: Kichikligimda eng sevimli mashgʻulotim rasm chizish boʻlgan. Eng yomon vaziyatlarda, xafa boʻlganimda, koʻnglim o'ksiganida oʻzimni shunday ovutardim. Qanday surat chizishim, aynan nimani chizishim ahamiyatsiz. Muhimi ichimdagi shuncha gʻamginlik orasida meni xursand qilgan yagona ishni bajarganim meni oz boʻlsa ham xursand qilardi.
U qizning qoʻlidan tortib qoʻliga katta hajmdagi shotkani tutib uni boʻyoqqa botirishini ta'kidladi.

Ózi ham xuddi shunday qildi va qarshisidagi oppoq devorga chiza boshladi. Hyeri uning nima chiqayotganiga tushuna olmadi, ammo ortidan xuddi u aytgandek qilib bo'yay boshladi. Avvalgi 5 daqiqa shunchaki sukunatda ótgan boʻlsa keyingi daqiqalarda bir birini tushunib tushunmay surat chizishayotgani ularni kulishga undadi. Ikkisi ham bir biriga qaraganida oʻzlarini kulgudan tiya olishmasdi. Jungkook aslida oddiy mozaik surat choʻzmoqchi edi, biroq Hyerining hech qanday yoʻnalishsiz chizgan ishi sabab hammasi chippakka chiqdi. Yigit sevgilisining yuzida yana tabassum oʻynayotganini koʻrib ichida xursand boʻldi. Uning harakatlari oʻziga qanchalik yarashishini va bularning bari uni yoqimtoy koʻrsatishini koʻrib pastki labini tishlab kulib qoʻyardi. Boʻyoqqa botirilgan qo'lini qizning yuziga surkab olgan yigit uning choʻchib tushganini koʻrib baland ovozda kulib yubordi. Hyeri ham bo'sh kelmay uning yuziga boʻyoq surishga qasdlashdi. Oʻzini olib qochishga urinayotgan Jungkook kulgidan oʻzini tiya olmay qizning qoʻlidan tutib oldi. Qoʻlidagi shotkani sugʻurib olarkan uning belidan qattiq tortib labida qisqa, ammo yoqimli o'pich qoldirdi.
Hyeri: Shilqim.
Hyeri labini burgancha yigitdan uzoqlashgan ham ediki, yigit uni qayta quchogʻiga oldi.
Jungkook: Shilqim? Aslida shilqim boʻlish qanday ekanligini koʻrsatishimni istaysanmi?

U gaplarini yakunlab ulgurmay qizning tomogʻi ostiga avval ho'l tilini botirib soʻng aynan oʻsha yerni qattiq tishladi. Lablaridan kichik ingroq chiqib ketgan Hyeri oʻzini yigitdan tortarkan Jungkook xuddi ozorlagan yerini erkalagan kabi tishlagan yeridan mayingina oʻpib qoʻydi.
Jungkook: Senga teginganimda bunday ingrashni bas qil, aks holda oʻzimga javob berolmayman.
Hyeri: Agar men ham seni istasamchi?
Jungkook: Jiddiymisan?
Hyeri: ...
Hyeri tilini ichiga yutgandek jimib qoldi. Qoʻllari bilan Jungkookning jaketini oʻynar ekan koʻzlarini bir nuqtadan uzmasdi.
Hyeri: Kechagi boʻlgan ishdan soʻng bu haqida oʻylab qoldim.
Jungkook: Demak tayyorsan?
Hyeri: Yoʻq men hali bunday demadim.
Jungkook: Tushunarli.
Jungkook boshini egib yana oʻsha koʻyi kula boshladi. Uning bu kulgusi qizni ikkilantirib qoʻydi. Chunki hamisha bu istehzoli tabassumni qay ma'noda tushinishni bilmay qolardi u. Nihoyat boshini koʻtargan Jungkook lablarini qimtib qizni oʻziga yaqinroq tortdi. Uning nigohlaridagi ifoda oʻzgarib borayotganini sezib turgan Hyerining koʻzlari ham qisilib borardi.
Jungkook: Bir ish qilishimga qarshi emasmisan?
U qizning ustiga bostirib borarkan ikkisi birgalikda orqGa tisarila boshlashdi. Qizni butunlay devorga olib borib tiragan yigit uning lablariga yopishdi.
PovHyeri: Lablarimni tili bilan kavlagan yigitning ehtirosli harakatlaridan oʻzimni yoʻqotib qoʻydim. U bo'salarini boʻynimga koʻchirib chuqur soʻrib tortar ekan entikib-entikib nafas ola boshladim. Kalta yubkam ustidan qoʻlini yuritgan Jungkook barmoqlarini tobora yuqoriga koʻtarib borardi. Uning ulkan kafti ortimni siqimlab eza boshladi. Oʻzimni yoʻqotib qoʻydim. Oyoqlarim majolsizlanib oʻzim bilmagan holda ingray boshladim. Bir soniyaga ham lablarini mendan uzmagan yigitim koftamning boshidagi ikkita tugmasini ochib koʻkragim ustini lablari bilan erkalardi. Uning sochlarini kaftlarim orasiga olib gʻijimlar ekanman ortimda turgan qattiq qoʻl bu safar sonimning ichki qismini silayotganini his qildim. Oyoqlarimni kengroq yoydim, xuddiki uni chindan istayotgandek. Ammo bu rost. Ayni vaqtda uni his qilishni istayman, jin ursin* men haqiqatdan jinsiy aloqa qilishni xoxlayapman. Uning qoʻli ich kiyim ustidan ostimni silaganida oʻzimni bosa olmay lablarimdan nola qochirib yubordim. Bunga mutlaqo eʼtibor bermagan yigit bu safar ichkiyimim ichiga qoʻl suqdi va men ham bunga qarshilik qilmadim. Namlanib ketgan klitorim boʻylab sirgʻalib ichkariga kirgan barmoqlar taʼsirida vujudimni anglab boʻlmas hissiyotlar egallab oldi. Uning barmogʻi qatlamlar orasidan ichimga kirib balandroq ingrashimga sabab boʻldi. Oʻzimni boshqarishning hech qanday iloji yoʻqdek. Ongim oʻzimdan chiqib ketgandi.

Uzun va yoʻgʻon barmoq ostimga kirib borarkan kichik ogʻriq sezdim. Shu bilan birga kuchli ehtiros ham. U xuddi aloqaga taqlid qilgan kabi barmogʻini ostimga kiritib chiqara boshladi. Lablarini esa bir soniyaga boʻlsa-da mendan uzmadi. Goh lablarimni tishlab qiynasa goh boʻynim, baʼzan yelkam va koʻkragimning ustidan oʻpib tishlardi. Qayerda ekanligim ham yodimdan chiqib ketdi. Ostimga kirib chiqayotgan barmoqlar orasiga yana biri qoʻshilganida nafas olishni ham yodimdan chiqarib qoʻydim hatto. Uning yelkasiga osilgancha yuqoriga qarab chuqur-chuqur nafas olarkanman u harakatni tezlashtirib yubordi. Qin devorlarim yoqimli hisdan qizib borarkan nafas olishdan toʻxtab qoldim. Uning barmoqlari unchalik ichkariga kirmagan boʻlsa ham allaqachon meni buzib tashlashga ulgurgandi. Koʻzlarimni chirt yumib kuchli ehtirosdan qichqirib yubordim. Uning yelkasiga bor ogʻirligimni tashlab hansirar ekanman, oyoqlarim qaltirab muvozanatni yoʻqotib qoʻydim. Belimdan bir urinishda koʻtarib yelkam bilan meni devorga urgan yigit och yirtqichdek lablarimga yopishdi. Oyoqlarimni beliga oʻrab sonimdan siqimlagancha tilim bilan oʻynasha boshladi. Oʻzimni oʻnglab olishimga ulgurmay Jungkook keyingi harakatlari bilan meni mast qilayotgandi. Nihoyat boʻsa olishdan toʻxtagan yigit tuzukli nafas ololmayotganimni sezdi shekilli ortiq meni qiynamadi. U hatto o'pkamdan hali chiqmagan havoni ham soʻrib olayotgani bois butunlay kislorodsiz qoldim. Jungkook meni oʻpishdan toʻxtadi, ammo hamon yerga qoʻygani yoʻq. Agar qoʻlidan tushursa aniq yiqilib tushaman. Ogʻir yutinganimni koʻrgan yigit yanog'imdan erkalab oʻpib qoʻydi.
Jungkook: Sen hech qachon bunday betakror koʻrinishda koʻrmaganman.
Ahvolim haqida tasavvur qilib yuzim qizardi. Nima u endi meni mazax qilmoqchimi?
Hyeri: Ustimdan kulmoqchimisan?
Jungkook: Hech qachon. Yaqinlik qilganimizda aslo bu haqida oʻylama. Men hech qaysi vaqt bunday rostgoʻy boʻlmayman va sen bilan hazil qilmayman. Agar men sabab cheksiz lazzatni his qilsang va men bunga guvoh boʻlsam bu men koʻrgan eng goʻzal hodisa boʻladi.
Uning koʻzlaridagi jiddiylikni koʻrib biroz hayratlandim, chindan bu hazilomuz ifoda emas.
Hyeri: Bu chindan menga yoqdi.
Lablarim orasidan bazoʻr chiqqan gaplardan uyalib koʻzlarimni olib qocha boshladim. Bilinar bilinmas tabassum qilgan yigit meni yerga qoʻydi. Ogʻirligimni oʻzimga bermay belimdan qattiq quchib oxirgi bor labimdan mayin o'pgancha kiyimlarimni rostlashga yordam berdi...

Keyingi qismda:

– Uni kuzat! Agar notoʻgʻri harakatini sezsang darhol menga xabar ber. Oʻsha mishiqi bilan uchrashayotgan boʻlsa uni tirik qoʻymayman!

~

– Bu shaxsiy masala, bizning oilaviy ishlarimizga burningizni suqmang yaxshisi, janob Hyunjin!

.....

5-qism tugadi.