
Bilasanmi sen kimsan? Miyamdagi qaysidir qismga o'rnashib olib butun tanamda tushunarsiz, kuchli va g'alati to'lqin uyg'ota oladigan kimsasan. Ehtimol bu yeforiya . Xuddi sening qaynoqliging meni yutib yuborayotganga o'xshaydi. Umrimda his qilmagan hissiyotlarni qanday qilib uyg'ota olasan menda? Kapalaklarga o'xshash. Ya'ni ichimdagi hissiyotni nazarda tutyapman... Yelkangdagi kapalakni emas. Bu nima ekanligini aniq bilmayman. Dafaminmi? Ehtirosmi? Yoki shunchaki qiziqish? Yo'q hech qaysi biriga o'xshamaydi. Yoki aralashma tuyg'ulardir. Tuyg'u men uchun kattaroq tushuncha. Hissiyot deyishim to'g'ridir. Chunki bu tez sodir bo'ladi va soniyada yo'qoladi. Lekin. Ehtiros... Menimcha... Bu haqida chuqurroq o'ylash kerakka o'xshaydi. Hech...

.... O'sha kecha uzoq yig'ladim. Sababsizmi yoki bunga arzirdimi bilmayman lekin ko'zimdan oqqan yoshlarni hisobi yo'q edi. Yuragim og'rib ketardi. G'oyoki o'zimni aldangan va bechora his qilardim, ammo tushuna olmadim nega men bunchalik hissiyotga berilayotganimni. Axir hammasi eng boshidan ma'lum edi, men bilardim. U meni sevmasligini ham, o'rtamizdagi munosabatning na boshi na oxiri yo'qligini ham. Bu qadar og'rinish nega edi axir?! Ehtimol u aytgan har bir so'zni jiddiy qabul qilib yuborganman, chamamda. Yoki u meni jiddiy qabul qilishimni xohlagan. Aynan qay biri haqiqatga yaqin anglolmayapman, shunisi ma'lumki, yuragim ko'ksimni o'yib tushgudek qattiq og'riyapti. Men ayta olmadim, u har gal meni o'zidan itarganida, yuzimga uni...

– Meni o'ldirish uchunmi bu? Past, shivirga o'xshash tanish ovoz eshitilgach pichoq ushlagan bilagim qaltirab ketdi. Rani... Qizim xotirjam uxlab yotibdi degan umiddaman. Kelgan odam yolg'iz bo'lmasachi? Daxshatdan qichqirib yuborishga tayyorman. Ammo bu ovoz... – Bunday qilolmasligingni ikkimiz ham bilamiz. Bu kim bo'lishi mumkin? Hech narsa deya olmadim, hatto chiroqni yoqa olmayman. Qorong'u xona meni battar vahimaga solardi. Oldinga qadam bosgan ham edimki tirsagimdan tutib meni o'ziga tortgan yigit qo'limdagi qurolni yulqib olib polga uloqtirdi. Uning tim qora ko'zlarini ko'rib nafasim to'xtab qolay dedi. – S..siz.... Ovozim xonada yangradi. Qarshimda turgan kimsa... U tirik... – Men ham seni sog'indim... Sochlarimni silab...

- Rani tezroq tusha qol endi, qizim. Qizaloqning bugun shifoxonaga boradigan kuni edi. Xarin u tug'ilganidan buyon birinchi marta qizini Jiminsiz kasalxonaga olib bormoqchi. Albatta bu uchun unga Sehun hamroh bo'lishini aytgan edi. Biroq tongdan buyon u bilan hech bog'lanishni eplolmayotgan qiz xunob bo'lgancha yana bir marta tanish raqam ustidan chaqiruv tugmasini bosdi. - Aysh Sehun nega tongdan buyon telefoning o'chgan-a?! - Men tayyorman, oyi, dadam kelmadilarmi? - zinalardan enagasi yordamida tushib kelayotgan qizaloq dadasiniki bilan bir xil mallasochlarini yuzidan nari surgancha savol berdi. - H..Haligi, Rani... Endi gairishga og'iz juftlagan Xarinning telefoni jiringlar ekan "bu Sehun" degan o'y allaqanday unga xotirjamlik...

Tuyg'ularim chalkash, go'yoki hamma hissiyot miyamda aylanib qay biriga quloq solishim kerakligini shivirlashayotgandek qulog'im ostida jaranglaydi. Hech qachon tinchlanmaydigan shivirlar. Chindan o'zimni qanday tutishni bilmayman. Bilmayapman. Sukut saqlash qanchalik to'g'ri? Men uni jimlik bilan jazolayapman deb o'ylaganimda u allaqachon bosh erkakning tasallisi ostida bo'lsachi? Keyin qanday yo'l tutaman? Yo'q, avval men anglab olishim kerak... Bu sevgi emas. Men shunchaki farzandimning onasi bunday xulq-atvorda bo'lishini xohlamayman xolos. Bundan ortiq narsa bo'lishi mumkin emas. Eng boshidan bu sevgi bo'lmagan. Do'stimga nisbatan bir lahzalik qiziqish va xato harakat. - Jimin, - shift bilan tutashgan oynadan shaharni kuzatgancha...

Ishonamanki, kun kelib sen afsuslanasan. Men ko'rishni istardim, pushaymonlikdan egilgan qaddingni, uyatdan siqilgan g'azab to'la ko'zlaringni va nimadir deyishga uringancha titroqdan beriga o'ta olmagan ojiz lablaring sukunatini... Biz qachondir qayta ko'rishamiz, buni aniq bilaman, hammasi bunday tugamaydi. Qiziq, o'shanda yuzimga qaray olar ekansanmi?

Sukunatni afzal ko'raman. Bu menga yoqadi, jimlikda insonning hislarini tushunishga harakat qilaman. Chunki odam ichida o‘ylaganini yashira olmaydi, buni esa aynan jimlik oshkor qiladi, azizam. Jiminning soʻzlari qandaydir chuqur ma'noga ega bo'lsa-da uning koʻzlarida sovuqlik bor edi. Biroq ovoz ohanggi yumshoq, goʻyoki men bilan xavfsizsan deyayotgandek. Xarin yuragini tezroq urayotganini sezdi. – Sen hozir nimani o‘ylayapsan? - dedi u asta. Jimin tez javob bermadi. Unga yaqinroq kelib, iforini his qilishiga qoʻyib berdi, soʻng ovozini pasaytirgancha shivirladi. – Seni bu yerda yolg‘iz qoldirmaslik kerakligini. Xarin beixtiyor lablarini tishladi. Yuziga juda yaqin turgan yigitning nafasi shundoqqina lablariga kelib urilib turardi...

Mendan g'azablanyapsanmi? Harakatlarim jahlingni chiqaryapti shundaymi? Sensiz hammasi yaxshiligi, hayotim oldingidan-da qiziqarli va qaynoqroq ekanligi, eng muhimi men sensiz baxtli bo'lishimni tushunganim, sen yo'q bo'lgan hayotda erkin va betashvish yashay olishim mumkinligi seni baridan ming chandon ortiq azoblayapti, to'g'rimi? Ha shunday, xuddi o'ylaganingdek. To'xtama, meni ko'rib kimni yo'qotganingni qayta va qayta his qil. Bu men istagan narsa. Bilasanmi, men hamisha seni tark etish eng to'g'ri qaror ekanligini his qilib turardim. Hech qachon o'zgarmasliging menga ma'lum bo'lsa-da qandaydir umid uchquni munosabatlarimizni saqlab qolishga undagan, hatto bu bemanilik bo'lsa ham. Ehtimol, bu qadar oson taslim bo'lishingni...

Mag'rur yuragingning behayo oshig'i ekanligimdan nafratlanaman... O'zingni qanchalik qadrli deb bilasan? Mening hayotimdagi o'rning qay darajada muhim deb o'ylaysan? Beqiyosmi?! Bilasanmi ba'zida o'zingga juda yuqori baho berishing ensamni qotiradi. Ha bu chindan g'ashimga tega boshladi. Balki endi men uchun ahamiyatsiz insonga aylanib borayotganing uchundir?! Senga KUN KELIB o'zgaraman va sen meni butunlay yo'qotasan deganim yodingdami?! Biz bugun aynan o'sha chiziq ustidamiz. Boshqa bunday begunoh ko'zlarni ko'rmaysan. Endi sen ko'rib turgan bu qorachiqlarda faqat nafrat aks etadi. Sevgi haqida gapirmayman. Sen menga o'z qadrim va g'ururimga bo'lgan hurmat qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yding. Endi kimni uchratganingga bir qara...

Jimin to'xtalib qolgan rafiqasining beliga bosim o'tkazib yuzini u tomon burdi. Jimin: Park Jimin? - siqilib ketgan qorachiqlarini qizning nigohidan uzmagan yigit nimanidir uqtirmoqchidek rafiqasining belida kaftini harakatlantirdi. – Meni yaxshiroq tanishtir. Qizning ikkilanib qolgani uning qarashlaridan aniq edi. Jiminning hissiyotlari aynan nima ekanligini tushuna olmagan Xarin bu rashk ekanligiga ishongisi kelmasdi. Sehun: Park Jimin, Xarinning turmush o'rtog'isiz, shundaymi? - vaziyatni deyarli tushungan Sehun boshqaruvni qo'liga oligach gaplariga qo'shimcha qildi, - Hajoon menga bu haqida aytgan. Jimin: Tanishganimdan xursandman, Kim Sehun.