FELONY - EP 07
– Har qachon boʻlsa-da hayotimda boʻlib oʻtganlarning bariga ozimni aybdor qildim. Kichik koʻngilsizliklardan tortib eng chirkinlarigacha. Kimnidir ayblashim uchun yuzim yoʻq edi ochigʻi. Axir menga boʻlgan ishonchni yoʻqotgan ham, mehrni soʻrib olgan ham oʻzimdan boshqasi emas. Eʼtiborsizlikka oʻzimni ravo koʻrganimga ishona olmayman. Lekin bu sen tomoningdan boʻlganida uning sanchig'iga chidash mushkuldek. Rad etmayman, hammasini boʻynimga oldim, lekin ogʻriqlarni ichimga yutish meni qiynab tashladi. Inson dardini kimdir bilan boʻlishib turishi kerak emasmi, axir?! Men ham istardimki, kimdir yelkamdan quchib, koʻzyoshlarimni koʻksi orqali berkitsin va shunday desin: " Hech biri sening aybing emasdi. Taqdirning senga qilganlarida zarracha boʻlsa ham ulushing yoʻq. Oldindan chizib qoʻyilgan yoʻlakdan faqat yurib oʻtding va shunday davom etmoqdasan. Kel yuragingga va ruhingga biroz dam ber. Oʻzingni azoblayverish joningga tegmadimi? Birpas nafas rostla, issiq quchoqqa va daldaga loyiqsan hatto ortigʻi bilan". Bilasanmi, men ayni sendan eshitishni istayman. Meni shunday ovut, shunday quch, shunday erkala va shunday sev. Mening ogʻriqlarimni tafting bilan davola. Ehtimol sendan sevgini talab qilishim xudbinlikdir, biroq istardimki, nafrat emas sening koʻzlaringda faqat muhabbat qalqishini... Qachondir shunday boʻlishiga hech boʻlmasa umid qila olamanmi?...
Gʻazabimni cheki yoʻqdek goʻyoki, buning ustiga Jungkookning savollariga javob topishim kerak. Shunchaki koʻz yumib ketishiga ishonmayman uning. Zina tutqichidan tutgan qoʻlimdan mahkam siqimlagancha meni oʻziga tortgan yigitimning qahr toʻla nigohlariga duch kelib yuragim shuvullab ketdi.
Jungkook: U bilan qayerdan kelyapsan?
Hyeri: Keyin gapshlashamiz.
Imkon qadar undan oʻzimni olib qochishga urinib koʻzlarimni Jungkookning qorachiqlaridan uzdim. Biroq u meni shunchaki qoʻyib yubormaydi. Bilagimdan tutgan qoʻlini borgan sari qisib meni oʻziga yana-da qattiqroq tortdi.
Jungkook: Hozirning oʻzidayoq savolimga javob berasan!
Hyeri: Gaplashishni istamayman deyapman, Jungkook! - qaysarlik bilan yer tepindim. Zardali ohangim zal boʻylab taraldi. Iyak suyaklari oʻynashni boshlaganidan bilishim mumkinki, tishlarini bir biriga jipslashtirgan yigitim men oʻzidan nihoyat uzoqlashtirdi.
Jungkook: Aslo qutildim deb oʻylama!
Ters oʻgirilgancha chiqib ketgan yigitning ortidan qarab chuqur xoʻrsindim. Uning jahl toʻla ovozi va chimirilgan qoshlari koʻz oldimda qoldi. Yuqoriga koʻtarilib xonamga kirdimda hafsala bilan eshikni yopib unga suyandim. Charchoq bilan koʻzlarimni yumar ekanman ablax Hyunjin bilan boʻlgan tushlikni oʻylab qonib ketdi. Yaramas uni aniq dadam yollagan. Yigiting deb Jungkookka ishora qilgan boʻlishi mumkinmi? Bir lahzaga boʻlsa ham bu fikrlar miyamdan chiqib ketmadi. Buning ustiga buni Jungkookka nima deb izohlab bera olaman?! Boshim shunchalar ogʻrib ketayotgandiki, hech narsani oʻylashni istamayman. Ayni damda xotiramni yoʻqotishni istab qoldim. Kiyimlarimni yengilroq futbolka va sport shimiga alishtirib pastga tushdim. Tush vaqtidan oʻtib ketgandi, biroq restoranda qarshimdagi yigitning yoqimsiz turqi sabab tuzukli ovqatlana olmaganim bois nimadir yeyishni istab oshxonaga kirdim.
– Nimadir istaysizmi, xonim?
Hyeri: Ha nimadir yemoqchiman. Ishingizni qilavering.
Xizmatkor qizga yuzimdagi tabassumimni aritmagan holda yelkasidan silan muxlatkich tomonga yoʻnaldim. Xoʻsh bu yerda nimalar bor? Meva istamayman, shirinlikni ham. Bir necha xil yeguliklarga qarab oʻylanib turgancha qoʻlimga steyk oldim va hafsala bilan eshikni qayta yopdim. Xoʻsh buni oʻzim pishira olaman, nazarimda. Qoʻlimdagi ziravorlar bilan tayyorlangan goʻsht boʻlagiga bir necha soniya tikilib turgach gazni yoqdim. Yogʻ qizigan joyi qizimaganini aniq bilmayman, shu sabab biroz uzoqlashib qoʻlimdagi goʻsht boʻlagini idish ichiga otib yubordim. Jin ursin* shuni ham eplay olmayman! Qanday qilib baqirib yuborganimni bilmay qoldim.
Qoʻlimga uchgan yogʻ sabab chinqirgancha tishlarim orasidan so'kinar ekanman bilagimni siqimlab qoʻlimdagi maxsus ushlagichni jahl bilan uloqtirib yubordim.
– Shsh
Hyeri: Jin ursin!
Ortimdan kelgan ovoz sabab yana bir bor baqirib yubordim. Eshikka suyanib turgan Jungkook menga yaqinlashar ekan tortmadan boshqa ushlash uchun buyum olib idish ichidagi steykni qovura boshladi. Kuygan yerimni yengil silagancha oshxona jihoziga suyanib uning harakatlarini kuzata boshladim. Menimcha hali ham jahldan tushmagan, bir chiziqqa yetmagan qoshlaridan buni fahmlash qiyin emasdi. Yengini tirsagigacha koʻtarib olgan yigitim men uchun yegulik tayyorlamoqda. Qoyil. Shunchaki men uni sevaman, qancha jahl qilib meni xafa qilsa ham sevaveraman. Nazarimda u ham shunday. Xayolimga kelganlar sabab lablarim oʻzidan oʻzi yoyildi. Menga bir koʻz tashlagan yigit yana eʼtiborini tovaga qaratdi.
Jungkook: Nimadir kulgilimi?
Hyeri: Oʻzingni jiddiy tutishni bas qil, Jungkook. - nigohlarimni qoʻlimga biriktirgancha biroz past ovozda gapirdim. Menga uning jiddiyligi yoqmaydi. Chunki doim mendan gʻazablansa yoki qoʻriqchilarga dakki berganida mana shunday qiyofaga kirib oladi. Rashk sabab boʻladigan urushlar haqida gap so'z boʻlishi mumkin emas. Uni bunday paytda hatto taniy olmay qolaman. Steykni likopchaga olgan Jungkook uni stol ustiga qoʻyib menga yuzlandi.
Jungkook: Qilish qoʻlingdan kelmasa "xizmatkorlaringizga" aytishingiz mumkin edi Kim xonim, - zardali ohang quloqlarim ostida jarang sochar ekan u nega aynan "xizmatkorlar" soʻziga alohida urgʻu berib oʻtganini tushuna olmadim. Uning oʻtkir nigohlariga tikilib turib undagi maʼnoni uqib olishga tirishardim, ammo boʻlmadi. Bu tundek qora nigohlarda qahr boʻlak hech vaqo yoʻq. Hafsala bilan xoʻrsinib sanchqi oldim va yigitim tayyorlagan taomni yeya boshladim. Mendan soniyaga boʻlsa ham koʻz uzmagan Jungkookka qarab-qarab koʻz tashlab qoʻyar ekanman nihoyat tilimdan qochgan soʻz sabab uning chuqur uh tortgan ovozi oshxonada yangradi.
Jungkook: Deyarli 15 daqiqadan buyon gapirishingni kutyapman.
Hyeri: Aynan nimani?
Jungkook: Nega oʻzingni go'llikka solyapsan?
Yuzi yana-da jiddiylashib ketgan Jungkook oʻrnidan turdi. Gavdasini bir qoʻliga tashlagancha tirsagi bilan stolga suyandi va menga yaqinlashib koʻzlarini menga qadadi.
Jungkook: Bilmaysanmi nima haqida gapirishing kerakligini?
Bu nigohlardan qochish shunchalar mushkulki, oʻzimni qay tarzda ortga olib oʻzimdagi luqmani yutganimni hatto bilmay qoldim. U nega men va boshqa yigitlar haqida gap ketsa bunchalar oʻzgarib qoladi?!
Jungkook: Savolimni yana qaytarishimni istaysanmi?
Ochigʻi unga nima deyishni ham bilmayman. Sababi hali toʻliq va bafurja oʻylab olishga ulgurmadim. Nima haqida aytishni bilmayman. Toʻgʻrisinimi yoki biroz aldov qoʻshibmi? Yana sukut saqlab likopchadagi goʻshtdan bir boʻlagini ogʻzimga soldim. Uning bu nigohlari ostida ovqat chaynash ham shunchalar qiyinki, u meni chinakamiga siquvga olayotgandi.
Jungkook: Meni sukuting bilan sinama, Hyeri!
Hyeri. U ismimni kamdan kam hollarda toʻliq talaffuz qiladi. Xoʻsh demak hozir gapirmasam vaziyat jiddiylashadi.
Hyeri: Biz shunchaki faqat tushlik uchun birga restarantga kirdik.
Nihoyat lablarimni yalagancha unga qaradim.
Jungkook: Biz? Ya'ni sen va oʻsha sariq oliftami?
Hyeri: H.ha
Uning savoliga javob tariqasida bosh irgʻab tasdiqlar ekanman qoʻli bilan iyagini ishqagancha oʻrnidan turgan Jungkook o'ta asabiy koʻrinayotgandi. Zimdan uning harakatlarini kuzatib turgan bir paytimda oshxona stoli ustiga qattiq zarba bergan ham ediki, turgan oʻrnimdan sakrab tushdim.
Jungkook: Hech kimni biz deb atay olmaysan, Kim Hyeri!
Menga keskin yaqinlashgan yigit butun tanamni ortimdagi shkafga tirab deyarli o'shqirdi.
Jungkook: Isming yonida ham jisming yonida ham oʻzga birini aslo tilingga olma! Men borman! Faqatgina men! Sabrimni sinashni bas qil.
Nega endi bunday hurmatsizlikka jim qarab turishim kerak?! Uni kuch bilan oʻzimdan itarib yubordim. U menga bunday muomala qilmagandi.
Bunchalik jahl qilmagan, bunday bosim oʻtkazmagan. Gʻururimni oyoqosti qilishlariga yo'l qoʻymayman, hatto u men sevgan inson boʻlsa ham! Menga tushunarsizlik bilan qarab qolgan Jungkookning koʻzlari yanada gʻazab bilan qisildi.
Hyeri: Menga bunday muomala qilolmaysan, Jeon Jungkook! Hamma narsaning chegarasi borligini unutib qoʻyding. Tinchlanib oʻzingni yigʻib olmaguningcha gaplashmaymiz. Menga yaqinlashma!
Qoʻlimni bigiz qilgancha eshik tomon yurdim. Biroq boʻlmadi, yana yoʻlimni toʻsgan yigitning bir juft oʻlim nigohlariga duch keldim.
Jungkook: Yana qanday chegara haqida gapiryapsan? Jin ursin* nega oʻrtamizga toʻsiq qoʻyyapsan?
Hyeri: Hammasi oshib ketdi, Jungkook! Qóyvor, sen bilan hozir hech narsani gaplashishni istamayman! Hurmat qilishni oʻrgan, men sening shaxsiy buyuming emasman!
Undan qoʻlimni siltalab tortib olishga urindim, ammo bu poʻlat qollar orasidan shunchaki yulqinib chiqa olmas edim.
Jungkook: Hech birining qizigʻi yoʻq! Hoziroq menga bugungi holatni izohlab berasan! Kibor oyimchalar kabi maruza qilishni reja qilgandingmi?
Hyeri: Ha men shundayman! Bu senga malol kelsa kelsin, men oʻsha sen hamisha nafratlanib kelgan kibor oyimchalardanman! Hatto qoʻlidan goʻsht qovurish ham kelmaydigan badavlat xonimchaman men! Istaganimni qilaman va senga hisob bermayman! Tort qoʻlingni mendan, jin ursin!
Bo'sh qoʻlim bilan uni itarib yubordim. Yoki aksincha u meni qoʻyib yubordi. Kuchli gʻazabdan tez tez nafas olayotgan yigitim bu safar menga mutlaqo boshqacha nazar bilan tikildi. Ikkimiz ham bir birimizga ajal nigohlari bilan tikilib turar ekanmiz bir qadam bosib menga yaqinlashgan Jungkook past ammo qahrli ovozda gapirdi.
Jungkook: Yaxshi. Bilganingdek istaganing bilan yasha. Ortiq seni bezovta qilmayman!
U meni chetlagancha o'tib ketdi. Uning yelkamga tekkan tanasi tasirida orqaga tisarilib ketdim. Koʻzyoshlarimni qancha oʻzimda saqlab turmay baribir achchiq alam bilan yigʻlab yubordim. Tomogʻimga tiqilib qolgan nafasimni qoʻyib yuborar ekanman stolga suyangancha koʻzlarimni qattiq yumdim. Nega hammasi bugun rejalashtirilgandek sodir boʻldi?! Jungkook bilan hammasi qiyin. Aqldan ozgandek menga bor gʻazabini sochishi nimasi?! Gapirgan gaplarimni bir muddat qayta xayolimdan oʻtkazib chuqur nafas chiqardim. Oshirib yubordimmi? Uni oʻzim bilmagan holda kamsitgan boʻlishim mumkinligi xayolimni kesib oʻtdi va aybdorlik hissi meni chulgʻab oldi. Yoʻq, aslida hammasiga aybdor u emasmi? Meni shunday deyishga majburlagan ham u. Axir chindan hurmatsizlik qildi. Men uning sevgan insoni ekanman, nima sababdan koʻchadagi ayollarga qilgandek qoʻpol muomala qiladi?! Aysh. Oxirgi aytgan gaplari battar jahlimni chiqarmoqda...
PovJungkook: Hech qachon u bilan murosaga kela olmaganim kabi gʻazablanmaganman. Ichimdan toshib kelayotgan jahlning chegarasi yoʻqdek goʻyo. Nafasim borgan sari siqib kiyimimning yuqori tugmalarini boʻshatar ekanman sovuq shamolga yuzimni tutdim. Nima deb oʻylagan eding, Jeon Jungkook! Sen boshidan uning hamma narsasini boricha qabul qilishga jazm qilding endi nega gaplarini tan ololmayapsan? U haq emasmi aslida ham. Ha men sevgan qiz shunday kazo-kazolarninh arzandasi. Men esa aynan uning qoʻriqchisi. Bundan battari boʻlishi mumkin emasdek. Men uni sevdim. Ayni shu oʻjarligini, qaysarligini va zahar tomib turadigan zabonimi sevdim. Biroq nega bunchalar bu gaplar meni quyushqondan chiqarib yubordi. Yuragimni nafrat chulgʻab olgandi. U meniki! Meniki boʻlgan hech biriga boshqa erkak koʻz olaytira olmaydi. Hattoki bir bora koʻz tashlashlariga ham ruxsat bermayman! Uning nazdida xoh vaxshiy boʻlay xoh yirtqich ahamiyatsiz. Men oʻzimniki aslo boshqasi bilan boʻlishmayman. Hatto buni u istasa ham.
Kimlar qoʻrgʻonida allaqachon kechki taomlanish uchun dasturxin tuzalgan va kelgan mehmon uy egalarini kutish bilan kifoyalanayotgandi. Nihoyat zinadan viqor bilan tushib kelayotgan yoshi 40dan oshib borayotgan boʻlsa-da hali tetik va sochiga bitta ham oq tushmagan erkak koʻrindi.
Janob Kim: Xush kelibsan, oʻgʻlim.
Baland ovoz zalda aks-sado berar ekan markazda joylashgan divanda oyoqlarini chalishtirib oʻtirgan Hyunjin ortga nazar tashladi. Tezda oʻrnidan turib yuziga mayin tabassum olgan yigit – Xush vaqt boʻling, amaki, - degancha javob qaytardi. Janob Kim qalin doʻstining oʻgʻli va shu bilan birga oʻz shogirdi boʻlgan bu kelishgan yigitchani chindan yaxshi koʻrardi. Uning yelkasidan yengil quchib dasturxonga taklif qildi u.
Hyunjin: Hyeri uyda emasmi?
Hech tortinmay Kim Nominga murojaat qilgan yigit stulga joylashib amakisiga savolli ifoda bilan tikildi.
Janob Kim: Uyda, albatta, xizmatkorlar chaqirib tushishadi hozir.
Hyunjin: Yaxshi, - mamnun jilmaygan yigit eʼtiborini yonidagi ichkilikka qaratdi.
Janob Kim: Xoʻsh bugun qizim bilan nimalarni gaplashdingiz.
Hyunjin: Bilasizmi, Hyeri ham xuddi siz kabi aslo sir boy bermaydigan inson ekan. Ochigʻi uning ichidagilarni bilishga qiynalib ketdim. Har qanaqasiga savollar berdim.
Erkak ogʻzi ichidagi tilla tishlarini koʻz - koʻz qilgancha kularkan faxr bilan soʻzladi.
Janob Kim: Chindan qizim, menga juda oʻxshaydi. Qat'iyatli va magʻrur, shu bilan birga sen aytgandek qaysar.
Hyunjin: Ha juda magʻrur.
Janob Kim Hyunjinni diqqat bilan eshitib turdi va oʻylagan savolini yuzaga chiqardi.
Janob Kim: Xoʻsh natija qanday?
Sariq sochli yigitcha oʻzini stulga tashlagancha ochiq magʻrurlik bilan kerildi.
Hyunjin: Topshiriq bajarildi.
Janob Kim baland ovozda kular ekan u yonidagi shogirdining quvligiga hayron qolganini yaqqol namoyon qilib uning yelkasidan qoqib qoʻydi.
Janob Kim: Xoʻsh nimani aniqlading?
Hyunjin: Hozircha aniq emas, ammo bir necha kunda hammasini sizga aytaman. Men uchun sabr qila olasizmi?
Janob Kim: Albatta, oʻgʻlim, menga maʼlumot kerak.
Hyunjin: Yaxshi. Xavotir olmang men buni uddalayman, ammo qizingizga biroz yaqinlashishim kerak.
Keyingi gaplarini biroz hadik va ikkilanish bilan aytgan yigit Kimning gapirishini kutib koʻzlarini unga qadadi. Vaholanki, Kim Nomin ham tezda javob bermadi. U oʻylayapti. Hyunjinning niyati yomon boʻlishiga ishonmaydi, ammo bu yigitning qandayin ayyor ekanligidan ham xabardor edi u.
Janob Kim: Faqat meni gumonlardan holi qilguningcha.
Hyunjin: Tushunarli.
U ózi uchun bilib oldi. Demak Hyeriga keragidan ortiq yaqinlashish mumkin emas. Afsuski uning niyatlari boshqa edi. Iyagini ishqab oʻylanib qolgan yigitning eʼtiborini tortgan qadam tovushlari uni oʻsha tomonga qarashga undadi. Nihoyat u kutgan inson - Kim Hyeri. Kayfiyatsiz ahvolda tushgan qiz hatto pardoz qilmagan edi. U uy shippagini ham alishtirishga erinib oddiy sport shimi va keng futbolkada edi. Dadasining yonida oʻtirgan Hyunjinni koʻrgach eshik yonida toʻxtab qoldi u. Qoshlarini uyib bir unga bir oʻziga qarab turgan dadasiga yuzlanar ekan qarshisidagi yigitga o'qraygancha oʻrniga joylashdi.
Hyeri: Mehmoningiz borligini aytganingizda xonamda ovqatlangan boʻlardim.
Har doimgi sovuq ohang. Janob Kim qizining qay bir maʼnoda tarbiyasizligidan qoshlarini chimirib tomoq qirdi.
Janob Kim: Hyunjin faqat mening mehmonim emas. Qolaversa u bilan doʻstlashib olgansiz deb oʻylagandim.
Dadasining gaplariga ensa qotirgan Hyeri o'qraygan koʻzlarini qarshisida oʻtirgan yigitga qadadi. Qizning ichidagi hissiyotlar qaynab toshmoqda. Hozirning oʻzida shu stolni chetlab oʻtib bu sariq soch iblisnusxa yigitni boʻgʻizlab tashlashga tayyor.
Kim Nomin: Qani ovqatga marhamat.
Janob Kim qoʻliga pichoq va sanchqi olarkan beixitiyor qoʻllarini koʻksida birlashtirib oʻtirgan qiziga qaradi.
Janob Kim: Nimani kutyapsan, Hyeri?
Hyeri: Ishtaham boʻgʻildi. - koʻzlarini endi ogʻziga bir luqma solgan yigitga qadab gapirdi qiz.
Hyunjin: Uyingizga kelganim qizingizga yoqmadi shekilli, amaki.
Hyeri koʻzlarini kosasi boʻylab aylantirdi-da ensa qotirib yuzini boshqa tomonga burdi.
Janob Kim: Hyeri qachondan bunday betgachopar boʻlib qolding?
Janob Kimning baland ovozi xonada yangradi.
Hyunjin: Ehtimol uy xizmatchilari yoki "past tabaqadagi" odamlar bilan koʻp muloqot qilib yuborgani uchundir bu...
Lablarini sochiq bilan tozalagancha tilini ogʻiz boʻshligʻida aylantirgan yigit bu safar Hyerining eʼtiborini toʻlaqonli tortishni uddalagandi.
Uning yuzida bilinar bilinmas jumboq aks etar ekan Hyerining ichidagi shubha ortib ketdi.
Hyunjin: Hechqisi yoʻq men xafa emasman, Hyeri xonimning fe'l - atvori menga malum boʻlgani sabab unchalik ahamiyat bermadim.
Tezda soxta tabassumga burkangan yigit koʻzini Hyeriga qisib qoʻygancha ovqatlanishda davom etish oldidan yonidagi ichkilikdan ho'pladi.
PovHyeri: Nihoyat bu la'nati kechki ovqat oʻz nihoyasiga yetdi. Aslida hech qancha narsa yemasdan yuqoriga chiqib ketmoqchi edim, afsuski, dadamning qistovi bilan tashqarigacha chiqishga majbur boʻldim. Hurmatli mehmonimizni kuzatib qoʻyish uchun. Hayriyatki, bu paytda Jungkook boʻlmaydi. Oʻz uyida onasi bilan issiq choy ichib televizor koʻrib yotgan boʻlsa ham hayron qolmasdim. Axir ichidagi bor gʻam - anduxini mening yuzimga sochib ketdi-ku. Sovuqdan etim junjikib burishib oʻtirar ekanman mashina oynasidan boʻynini choʻzib koʻz qisgancha ketgan yigitning turqini ilgʻab qoldim. Ablax! Mendan nima istaydi bu?! Tezda uyga qaytdim. Dadam bilan suhbatdan qochib tezlashib ketar ekanman, afsuski ulgurolmadim. Zalda ism yangradi. Xoʻrsinib ortga burildim va qarshimda dadam.
Janob Kim: Bu yerga kel, senda gapim bor.
Hyunjinning qilgan shamalari bir onga miyamni kesib oʻtdi. Nima haqida gaplashishni istaydi? Divanga, yani dadamning qarshisiga joylashdim va ularning ogʻzini poylay boshladim. Xizmatkor keltirgan qahvadan xotirjam ho'plagan dadam gapirish uchun ogʻiz juftladi.
Janob Kim: Hyunjinga nega bunday muomala qilyapsan?
Bor myammo shu edimi? Shuni bafurja muhokama qilmoqchimi dadam?! Erkin nafas chiqarib koʻzlarimni aylantirdim.
Hyeri: Men uni yoqtirmayman, dada. Oʻsha doʻstingizni oʻgʻlini qanday shilqim ekanligini bilasizmi?
Janob Kim: Uning yomon niyati yoʻq. U senga ortiqcha gapirdimi? Yoki harakat qildimi?
Hyeri: Shunchaki atrofimda oʻralashishni bas qilsin. Ertaga universitetga borishim kerak, xonamga chiqsam boʻladimi?
Janob Kim: Sen haqingda boʻlmagʻur gaplar eshityapman. Qadamingni toʻgʻri bos va ism-sharifingga munosib boʻl. Gaplarimni ikki qulogʻingga ham miyangga ham quyib olgan boʻlsang ketishing mumkin.
Qanday gap? Ular men haqimda nima eshitdi? Ikkilangancha oʻtirgan yerimdan turolmay qoldim. Qahvasini ichishda davom etayotgan dadamning koʻzlari menga qaralishi bilan ketishim kerakligi yodimga tushdi. Sapchib oʻrnimdan turdim-da ortimga qayrilmay yuqoriga chiqib ketdim...
Jungkook bilan gaplashmaganimizga 3kun boʻldi. Nihoyat bu axmoqona arazga oʻzim barham bermoqchiman. Oynaga qarab sochimga soʻnggi ishlovni berib oʻqishga otlandim. U bilan gaplashish uchun qulay fursat. Meni universitetga olib borishini soʻrasam bas, hammaning oldida qarshilik qilmasa kerak. Shu baxona esa u bilan gaplashib olaman. Eshikdan chiqish barobarida dadamga duch keldim. Ularga shunchaki tazim qilib eshikka yoʻnaldim. Haydovchilar yoniga borar ekanman mashina yonida turgan Jungkook bilan nigohlarimiz tutashdi. Negadir hech narsa deyishimni kutmay mashina eshigini ochgan yigitga maʼnoli qarab oʻtirishga shaylandim. Demak Hyeri xonim sevgiling seni sogʻinibdi. Ammo dadamning chaqiruvi sabab toʻxtab qoldim.
Janob Kim: Bugun seni oʻqishdan Hyunjin oladi, oilaviy kechki ovqat qilmoqchimiz. Darsdan keyin soat 17:00 gacha qoʻshimcha mashgʻuloting borligini allaqachon mister Yuandan soʻrab aniqlaganman, aslo bahona qila koʻrma. Borishing shart soat beshda Hyunjin universitet yonida boʻladi, uni kuttirma.
Dadamning gaplaridan yuzim burishib Jungkookka qarar ekanman uning chehrasi menikidan-da battar ahvolda edi.
Oʻtirishim bilan eshikni jahl bilan yopgan yigitim ózi ro'lga joylashdi. Ammo ikkimiz ham bir birimizga na bu toʻgʻrisida na boshqa mavzuda gapirdik.
Oyna orqali unga qarar ekanman nigohlarimiz toʻqnashishi bilan koʻzlarimni olib qochayotgandim. Ammo nega? Bugun tongda hammasiga barham beraman deb yonib chiqayotgan men emasmidim?! Jin ursin bu gʻururimni ham sevgimni ham. Oʻzimni oʻzim so'kkancha mashina derazasidan tashqariga qarab jim ketardim.
Jungkook: Lablaringni tishlayvermasdan ichingdagi gaplarni tashqariga chiqar. Xayollaringga kira oladigan qobiliyatim yoʻq.
Salonda yangragan dagʻal, ammo vazmin ovoz sabab yuragim qalqib ketdi. Nihoyat. Oʻsha tomonga bir qarab olgancha tomoq qirib qaddimni rostladim.
Hyeri: Xayolimda senga aytishim kerak boʻlgan hech narsa yoʻq.
Bergan ters javobimga hech narsa demagan Jungkook sabrimni battar sinay boshladi.
Universitetga yetmasdan bekat yonida toʻxtagan mashina sabab boʻyin choʻzib atrofga alangladim.
Hyeri: Nega toʻxtadik?
U chuqur nafas olgancha oʻzini oʻrindiqqa tashlab yuzini yon tomonga burdi.
Jungkook: Bugun oʻsha laʼnati kechki ovqatlanishga bormaysan!
Uning qatʼiy chiqqan gaplarini eshitib jimib qoldim. Dadamning aniq qilib tayinlaganini eshitgan boʻlsa-da bundan meni cheklashi... Demak hatto otamning emas uning aytganini qilishimni mendan talab qilmoqdami?! Telba!
Hyeri: Dadamning gaplarini eshitding deb oʻylagandim.
Ovozim ancha sokin chiqqan boʻlsa-da ortga burilgan Jungkookning oʻtkir nigohlariga duch kelib butunlay jim boʻldim.
Jungkook: Hammasini eshitdim. Bugun soat 13:00 da seni olib ketgani kelaman.
Hyeri: Ammo...
Jungkook: Hyeri. Hali ham tushuna olmagan koʻrinasan. Men shundayman, mening sevgim shunday, mening rashkim bu. Bundan ortigʻini qila olmayman. Sen uchun oʻsha yigitga hali hech narsa demadim va qilmadim. Agar ortiqcha harakat qilgudek boʻlsa, uni shaxsan oʻzim jahannamga ravona qilaman. Agar meni inkor qilsang ortiq hayotingga aralashmayman. Xoxlaganingdek yashayverasan shunda.
Aniq va loʻnda aytilgan gaplar. Hech narsa demadim. Deyolmagman ham. Eng boshidan hammasini qabul qilganman, endi rad etish shunchaki axmoqlik.
Hyeri: Yaxshi.
Jungkook: Koʻrishguncha.
U hatto qayrilib ham qaramadi. Yana nimadir deyishini istagandim, hech boʻlmasa "seni sevaman" deyishini kutgandim. Koʻnglimdagi xiralik yoʻqolmadi. Mashinadan tushib universitetga kirib ketdim...
PovJungkook: Universitetga kirib ketayotgan qizning ortidan kuzatib qoldim. Men uni deb telbaga aylanganimga ancha boʻldi. Men sevgan inson menga tegishli. U bilan bogʻliq hammasi. Agar bordi-yu unga kimdir yaqinlashsa nega? Nima uchun? Nima sababdan ahamiyatsiz. Men uni oʻldirishga ham tayyorman. Menga tegishli tanaga tegingan qoʻllarini yoqib yuborishni istayman. Tanasini chavaqlab tashlashni xoxlayman. Bu u uchun vaxshiylikdir yoki telbalik ammo bu men uchun sevgi. Rashk olovida yongan telba sevgi bu. Faqat unga atalgan, u uchun boʻlgan jinni muhabbat. Axmoqonlikdek tuyilsa-da qalbimdagi bu sovuq egalik hissi mening butun ongimni qamrab olmoqda. U meniki degan oʻyning ózi butun boshli dunyolarni yoqish uchun jasorat baxsh etayotganini u bilganida edi...
Hyerining qoʻshimcha mashgʻulotlari bor edi, ammo darslar tugashi bilan tanaffus vaqtida koʻplab talabalar orasiga singib sekinlik bilan binodan chiqib ketgan qiz buning keyingi oqibatlari haqida zarracha ham qaygʻurmadi. Tongda Jungkook tashlab ketgan bekat yoniga kelar ekan motosiklda kutib turgan yigitiga koʻzi tushdi.
Ertalabgi xayrlashuv biroz sovuq boʻlgani sabab nima deyishni miyasida tahlil qilib borayotgan qiz qaddini koʻtarib motosikldan uzoqlashgan yigitidan koʻzlarini uzdi. Ammo uning hech qanday gap aytishiga hojat qolmadi. Jungkook sevgilisini oʻziga tortgancha qattiq bagʻriga bosib uning shamol sabab toʻzgʻib ketgan sochlarini tartibga keltirdi.
Jungkook: Xoʻsh ketdikmi? - tabassum bilan aytilgan iliq soʻzlar taʼsirida beixitiyor yuziga nim kulgu yugurgan qiz bosh irgʻadi.
Hyeri: Qayerga boramiz?
Jungkook: Bir yerga.
Hyeri: Xoʻsh ótgan galgidekmi?
Jungkook: O'tgan safar borgan joyimizdan ancha farqli.
Jungkook ózi boshiga kiyib kelgan shlemini yechgancha uni Hyeriga kiydirdi.
Motosikl bir uy yonida toʻxtar ekan, bu qayer ekanligiga uncha tushuna olmadim. Nima bizni kimdir mehmonga taklif qildimi? Endigina motosikldan tushgan yigitimga yuzlanar ekanman u qoʻlimdan tutgancha meni ichkariga chorladi.
Hyeri: Bu kimning uyi?
Jungkook: Bu mening uyim.
Hyeri: Nima?
Ichkariga kirish uchun yonidan chiqargan kalit bilan eshikni ochganidan soʻnggina bu hazil emasligini tushundim. Qiziq uyga kirishim toʻgʻri boʻladimi? Nega bu yerga olib keldi meni? Hijolat boʻlayapmanmi yoki qo'rqyapmanmi? Xayolimga nega yomon fikrlar kelayotganini bilmadim, ammo bu shunchaki mening bemaʼni xayollarim ekanligiga umid qilaman. Tashqarida turib qolganimni Jungkook bilagimdan tortganidagina his qildim. Kirganimizdan soʻng eshikni yopgan yigitim egnidagi qora kurtkasini yechib zaldagi divanga tashladi.
Hyeri: Xoʻsh nima qilishni rejalashtirding?
Jungkook: Negadir hech narsa, - devorga suyangan koʻyi savolimga javob bergan yigit sochlarini qoʻli bilan ortga taragancha kulib yubordi.
Hyeri: Chindan hech narsami?
Jungkook yo'q degan maʼnoda bosh chayqaganidan soʻng uy bo'ylab koʻzlarimni aylantirdim. Judayam shinam. Demak bu borada yigitimning didiga ishonishim mumkin. Televizor yonida turgan kichik suratga koʻzim tushdi. Axir bu Jungkook. Faqat hozirgi gigant emas, kichkintoy Jungkook. Suratni qoʻlimga olgancha tabassum qildim. Yoqimtoy.
Jungkook: Oyimning aytishicha bu paytda 3 yoshda boʻlgan ekanman.
Koʻz ochib yumgunimcha ortimda paydo boʻlgan yigit men tutgan ramkaning bir chetidan tutdi. Unga qarab jilmayar ekanman nigohlarini menga koʻchirib kichik tabassum qilgan sevgilimning koʻzlari bir nuqtada qotib qoldi. Qoʻlimdagi suratni olgancha meni oʻziga kuch bilan tortdi. Uning qattiq qoʻllari belimdan ushlab oʻz tanasi bilan mening jussamni birlashtirar ekan tomogʻim ostida issiq nafasni his qilib entikib ketdim. Mayinlik bilan olingan boʻsadan soʻng botirilgan tishlar taʼsirida ingrab yubordim.
Mendan uzoqlashgan Jungkook sochlarimni qulogʻim ortiga oʻtkazib iyagimdan tutgancha lablarim tomon oshiqayotgan bir paytida qornimdan chiqqan yoqimsiz tovush uni toʻxtatib qoldi. Oshqozonimning bezbetligidan yuzim burishdi.
Hyeri: Yaxshi, ammo... haligi, mening qornim och...
Gaplarimga kulib yuborgan Jungkook mendan uzoqlashdi.
Jungkook: Unda avval seni toʻydiramiz, keyin birgalikda qilish uchun nimadir oʻylab topamiz. Yuzimni ikki ulkan kafti bilan siqimlagan yigit cho'chchaygan labimdan qisqa boʻsa olib keng tabassum bilan yonimdan nari ketdi. Qayerga ketdi u?
Hyeri: Jungkook?
Uning ortidan ergashdim. Oshxonaga kirgan Jungkook nimadirlarni yoniga yig'gancha men uchun tushlik tayyorlash bilan band edi. Eshik yonida uni biroz kuzatib turdim.
Nega u bunday kelishgan? Peshonasini yopgan tim qora, birozgina uzun sochlari oʻziga shunchalar yarashganki, aqldan ozish mumkin. Vena tomirlari boʻrtib chiqib turgan baquvvat qoʻli va aynan ular bilan mohirlik bilan masalliqlarni to'gʻrashi... Lablarimni qay tarzda tishlab olganimni hatto sezmay qoldim. "Sss" degan ovoz chiqqanidan soʻng uning koʻzlari menga qadaldi.
Jungkook: Nima boʻldi?
Hyeri: H..haligi, men senga yordam bermoqchiman.
Jungkook kulgancha meni chaqirdi. Jin ursin nega unday dedim? Yordam bera olishimga ishonchim komil emas.
Jungkook: Yonimda tursang kifoya, senga pichoq berish xavfli.
U meni mazax qilgancha toʻgʻralgan mahsulotlarni ortga oʻgirilib yogʻga sola boshladi. Nima u meni qoʻlidan hech narsa kelmaydigan lapashang deb oʻylaydimi? Negadir gaplariga gʻashim kelib uning qoʻlidan idishni tortib oldim.
Hyeri: Buni men qilaman.
Jungkook: Ishonching komilmi? Yogʻ qizigan, kuyib qolishing mumkin.
U qoʻlimdan qayta idishni tortib olgancha hammasini oʻzi bajardi. Men esa anqayganimcha qoldim, doimgidek.
Jungkook: Darrov qovoq uymasangchi, mayli ketchupni sen solishing mumkin.
Qoʻlimga ketchupni olgancha Jungkookka ola qarash qilib uni siqqan ham edimki, birdan sachrab ketgan qip qizil tomat hamma yerimni ifloslantirdi.
Hyeri: Jin ursin*
Bu formam edi va eng yomoni mening boshqa kiyimim yoʻq.
Jungkook: Aysh adashibman, sen hatto buni ham qilishing mumkin emas ekan.
Hyeri: Jungkook, kesatishni bas qil! Boshqa kiyimim yoʻq axir. Ming lanat!
Jahlim chiqib ketyapti. Bir tomondan kiyimim rasvo boʻldi, boshqa tomondan esa chindan men hatto idishni olib tayyor ketchupni siqin chiqarishni ham uddalay olmadim. Quruq salfetka bilan kiyimimni tozalamoqchi boʻlib dogʻlarni artar ekanman pomidor qaylasi battar surkalib ketdi. Uf tortgancha qoʻlimdagi salfetkani uloqtirib yubordim. Qilgan ishlarimga kulib yuborgan Jungkook yonimga kelib dogʻlarga yaqindan qaradi.
Jungkook: Kimyoviy tozalashga berish kerak.
Hyeri: Bu kiyimda oʻtira olmayman. Bu yerda kiyim sotadigan doʻkon bormi?
Jungkook: Istasang yuqorida mening xonam bor u yerdan kiyimlarimdan birini kiyishing mumkin.
Hyeri: Nima? - kutilmagan taklifdan biroz hayron qoldim. Toʻgʻri bu kiyimda doʻkonga ham chiqa olmayman, Jungkookdan soʻrash esa hijolatli.
Hyeri: Y..Yaxshi, xonang qayerda?
Jungkook: 4-xona.
U aytgandek uning xonasiga kirdim. Javonni ochgancha bir nechta futbolkalardan birini tanladim-da tezda uni egnimga ildim. Xonada joylashgan ulkan oynaga qarar ekanman futbolka ostidagi yubka o'ta gʻalati turganini payqab qoldim. Jin ursin uni yechib tashlayman! Yubka tagida kalta shimim yoʻq axir. Ammo futbolka menga ancha uzun turibdi. Yubkadan xalos boʻlgach yana koʻzgu qarshisiga keldim. Yoʻq bu axmoqona koʻrinadi, Jungkook bilan uyda yolgʻizmiz. Bunday kiyinib chiqolmayman. Balki uning shimlaridan birini kiyarman. Qayta shkaf yoniga keldim. Bularning oʻlchami juda katta-ku. Bir nechta turli shimlarni titkilab oʻlchami biroz kichikrog'ini tanlab oldim. Uni kiyganimdan soʻng oʻrnimdan turgan ham edimki, belimdan sirgʻalib tushib ketgan shimga oʻralashib qoldim. Jin ursin nega bularning hammasi bunday katta?! Ouf chidab boʻlmaydi! Balki kechki ovqatga borganim yaxshi edimk?! G'ingshigancha oʻzimni yotoqqa tashlar ekanman kiyim izlab xonaga Jungkookning garderobini sochib tashlagandim. Nihoyat oʻz formamninh yubkasini kiyishga majbur boʻldim. Yigitimning sport shimini yechib hamma narsalar bilan shkafga joylash uchun egilgan ham edimki, ochilgan eshik sabab sapchib tushdim. Qichqiriq bilan quchogʻimdagi kiyimlarni egnimga tutib oʻzimni ortga oldim.
Hyeri: Nima qilyapsan, Jungkook!
Garangsib qolgan yigitim menga angraygancha qotib qoldi. Soʻng esa kulib yubordi. Ablax nega kuladi?!
Jungkook: Hye, tushlik tayyor boʻldi, sen esa hali ham yoʻqsan.
Hyeri: Yaxshi - yaxshi hozir chiqaman.
Jungkook: Egningda kiyiming bor axir, sevgilim, nimani berkityapsan?
Battar kulgan Jungkook menga yaqinlashar ekan orqaga tisarildim.
Hyeri: Kelma! Chiqib tur kiyimimni rostlab olishim kerak.
Jungkook: Yaxshi, oʻgirilib turishim mumkin.
Hyeri: Jungkook!
Jungkook: Istasang oʻzim yordamlashaman.
U ayyor tabassum bilan menga yaqinlashdi.
Hyeri: Yoʻq - yoʻq, yaxshi oʻgiril.
Jungkook ortga burilganidan soʻng yotoq ustida turgan yubkamni olgancha uni apil-tapil kiya boshladim. Qoʻlim harakatdan toʻxtagani yoʻq, koʻzlarim esa Jungkookdan uzilmadi. Jin ursin* qoʻlimga suqilgan narsadan g'ingshib pastga qarar ekanman yubkam zamogi ko'tarilmayotgan edi. Nega hamma narsa aksincha boʻladi?!
Jungkook: Nimadir boʻldimi?
Hyeri: Yoʻq-yoʻq hammasi joyida, faqat qarama!
Undan yana koʻzlarimni uzib kiyimimga eʼtiborimni qaratdim. Nima jin urdi bunga?! Hech narsa eplolmayman! Hatto kiyinish ham qoʻlimdan kelmaydi. Ming laʼnat bugunoq bu kiyimni olgan doʻkoniga qaytaraman. Yuziga shunday otamanki, qayta bunday ish bilan shugʻullana olmaydi. Ablaxlar bu kiyimni qanchaga olgandim, axir. Lablarim orasidan so'kingancha g'ingshirkanman tortqich xuddi qasam ichgandek tishlar bilan birlashmayotgandi.
Jungkook: Shoshma...
Ishimga shunchalik berilib ketganimdan allaqachon men tomonga burilib tikilib turgan Jungkookni hatto payqamabman. Uning ovozini eshitib sapchib tushdim. Kiyimdan qoʻlimni olib futbolkani pastga tushirganimda Jungkook poyimda tiz choʻkkan edi. Birdan qilgan tez harakatimdan hayron boʻlgancha yuqoriga qaragan yigitdan uyalib kozlarimni olib qochdim.
U esa futbolkani qayta koʻtardi. Ochiq tanamga Jungkookning barmoqlari tegishi bilan oʻrnimdan qalqib ketdim. Jin ursin* ich kiyimim... Yopilmagan zamok tagidan ich kiyimimning bir qismi koʻrinib turgandi, buning ustiga yalang badanim ham. Sinchkovlik bilan nimadirlar qilgan Jungkook nihoyat tutqichni yengil va osonlik bilan yuqoriga chiqardi.
Jungkook: Tishlar orasiga kiyimning ichki qismi tiqilib qolibdi.
Nima deb javob qaytarishni ham bilmay qoldim. Qult etib yutingancha bazoʻr duduqlanish bilan unga raxmat aytdim. Mendan bir qadam uzoqlashib chuqur tikilgan yigit tabassum qilgan koʻyi menga qayta yaqinlashdi. Nega kulyapti? Aqldan ozgandek koʻringanim uchunmi? Balki toʻzgʻib ketganim sababdir.
Hyeri: N.nega kulyapsan, Jungkook?
Jungkook: Shunchaki bu kiyimda yana-da kichkina koʻrinar ekansan.
U belimdan qoʻlimni oʻragancha yana kulib javob qaytardi.
Jungkook: Va bu yubkaning keragi ham yoʻq ekan, aslida...
Qulogʻimga egilib shivirlar ekan, hayron ifoda bilan unga qaradim. Bir muddat tushunarsizlik bilan uning qorayib ketgan koʻzlariga tikilib qoldim. Yelkamdan tutib meni ortga itargan onda ikkimiz ham yotoqqa quladik. Oyoqlarim ustidan oʻzining oyogʻini qoʻygan Jungkook tizzasi bilan harakatimni cheklab qoʻydi. Yuzimga tobora egilib kelarkan uning issiq nafasini his qildim. Soniyalar ichida esa lablarini ham. Avval lablari yopiq holatda nafasini qoʻyib yuborib lablarim ustini oʻzining labi bilan yengil silagan yigitim ohistalik bilan ularni tishlab oldi. Keyin esa ular orasiga tilini botirib ogʻiz boʻshligʻimga kirib bordi. Nafasimni qoʻyib yuborib uning koʻksiga kaftimni bosdim. Jungkook esa koʻksida turgan qoʻlimni olib yelkasi ortiga tashladi. Lablarimdan chuqur soʻrib tortayotgan yigit qoʻllari bilan ochiq sonimdan silashni ham unutmayotgandi. Futbolka ostidan kirgan qattiq barmoqlar taʼsirida koʻzlarimni ochdim, ammo Jungkook toʻxtamadi. Ichkiyimim ustidan koʻkragimni qattiq siqqancha lablarimni erkalab oʻpishda davom etdi. Ichimda tushunarsiz hissiyotlar joʻshib yurak ritmim tezlashib ketgandi. Butun vujudim qizib oʻt boʻlib yonayotgandek oʻzimni anglolmay qoldim. Uning yelkasida turgan qoʻlim futbolkasi ichidan kirib yalang tanasini silashni boshlaganida Jungkook bir lahza mendan uzoqlashib egnidagi kiyimini yechib oldi. Kipriklarimni pirpiratgancha uning badaniga tikilib qoldim. Mushakdor tanasi, bo'rtib chiqqan mushaklar va tanamni erkalab meni aqldan ozdiruvchi uzun barmoqlar... Hammasi meni telbaga aylantirgan. Jungkook engashishidan oldin oyogʻimdan silagancha biroz oldin yopgan zamokni qayta ochib yubkamni yechib oldi. Bu chindan kutilmagan ish edi. Tezda gavdamni tirsaklarimga suyagancha oʻrnimdan turib oʻzimni yigʻishga urindim, ammo u bunga ruxsat bermadi.
Jungkook: Shsh...
U yuzimga bir kaftini bosgancha hansirash bilan gapirdi.
Hyeri: Jungkook, hozir emas... M.men... m..men.n... tayyor emasman...
Jungkook: Bilaman. Qachon istasang bas. Tegmayman, qoʻrqma. Niyatim sen oʻylagandek emas.
U gaplarini yakunlab yana lablarini labimga bosdi. Chuqur chuqur tortgancha labimni shimiyotgan yigit borgan sari meni yotoqqa mixlayapti. Uning yalangʻoch yelkasidan quchib har bir bo'sasiga teng javob qaytarmoqdaman. Ammo u nimani nazarda tutdi?! Niyatim sen oʻylagandek emas degani nimasi?!
Keyingi qismda:
– Bu rostmi? Ishonching komilmi, Hyunjin?
*
– Yuzimga kelib tushgan tarsakigidan gangib qoldim, hatto otamning yonida ham meni ortiga olgan yigit oʻz dadamdan meni himoya qilayotganiga ishona olmayman...
*
1 oy kutganilaga yarasha koʻpgina qb yozdm shadows. Sizdan uzun uzun fikrlar kutib qolaman🫶🏻