February 9

MAG'RUR ISHQ • Part - 8

Ishonamanki, kun kelib sen afsuslanasan. Men ko'rishni istardim, pushaymonlikdan egilgan qaddingni, uyatdan siqilgan g'azab to'la ko'zlaringni va nimadir deyishga uringancha titroqdan beriga o'ta olmagan ojiz lablaring sukunatini... Biz qachondir qayta ko'rishamiz, buni aniq bilaman, hammasi bunday tugamaydi. Qiziq, o'shanda yuzimga qaray olar ekansanmi?

PovXarin: Oradan 2kun o'tdi. Telefonda yakunlangan suhbatimizdan so'ng Jimin bilan qayta bog'lana olmadim. U shunchaki menga qayerda ko'rishishimiz kerakligini yozib yubordi, xolos. Hozir esa aynan o'sha manzildaman. Nihoyat eshikdan kirib zal tomon yurib kelayotgan yigitni ko'rishim bilan asabiylikdan chuqur nafas oldim. Uning tund qiyofasidan ko'rinib turibdiki, hsuhbatimiz unchalik yoqimli bo'lmaydi. Ammo men allaqachon qaror qabul qilib bo'lganman. Qarshimga kelgan yigit menga bir og'iz ham gapirmasdan stulga joylashdi. Biz bir necha haftalar davomida ko'rishmagandik, u bo'lsa hatto yuzomga qarashni istamaydi.
Xarin: Senga ham salom Park Jimin.
Asabiylik barmoqlarimni tirnar ekanman allaqachon achisha boshlagan etimdan yuzim burishib borardi. Men buni sezib turardim, u sukut bilan jazolayapti. Biroq tushunishini istardimki, sukunat doim ham yechim bp'lmaydi, hozir biz hammasini chuqur gaplashib yechim topishimiz kerak.
Xarin: Chindan hech narsa demaysanmi? - faqatgina bir muqtaga tikilgancha nigohlarini oynaga qadab o'tirgan yigit hamon bir so'z aytishni lozim topmadi. Ehtimol meni xafa qilmaslikka urinayotgandir. Har qalay ich-ichimdan shundayligiga ishonishni xohlayman.
Xarin: Agar hech qanday gaping bo'lmasa men ketaman.
Jimin: Menga gapirishga imkon qoldirding deb o'ylaysanmi?
Xarin: Bu nima deganing, Jimin? Go'yoki hammasiga men aybdordek tutyapsan o'zingni.
Jimin: Menga bu xavfsiz emasligini aytganingda edi... Sen jim eding, allaqachon himoyalangansan deb o'ylagandim - g'azabini ikki soniyaga qo'yib yuborgan yigitim o'dag'aylagancha menga yaqinlasharkan stol men tomon tisarilib ketdi.
Xarin: Bunday bo'lishini bilmagandim...
Jimin: Ehtimol maqsading shunday bo'lgandir - beparvolarcha gapirgan Jimin tishlari orasidan vishillab yana mendan yuz o'girarkan yuragim notanish og'riq bilan sanchib ketdi. Tomog'imda qotib qolgan nafasimni arang yutarkanman o'rnimdan turdim.
Xarin: Men ko'chadagi ayollar kabi emasman, shuni bilib qo'y. Boshqa yo'lingdan chiqmayman, hammasi tugasin, Biz shunchaki do'stlar edik. Bundan katta muammo yasashim aslida ham noto'g'ri. Shunday emasmi?
Jimin boshini ko'targancha menga qarar ekan lablari mazaxomuz kulgidan yoyildi.
Jimin: Menimcha allaqachon barbod bo'lgan hurmatingni bunday bemani gaplar bilan tiklay olmaysan Xarin. Haqsan ikkimiz ham aybdormiz, ammo sen mening butun hayotimni yoqqa chiqargan ayol sifatida aybdorsan. Biz turmush quramiz. Men farzandimni ko'chada, boshqalar qo'lida qoldirmayman. Lekin mendan bundan ortig'ini kutma.
Hayratda edim. U shunchalik sovuq nafrat bilan gapirdiki, xuddi bu dunyoda mendan boshqa yomon odam yo'qdek his qildim o'zimni.
Jimin: Keyingi hafta dadam Janubiy Koreaga qaytadilar. Oilang bilan kechki ovqat ustida hammasini gaplashib olamiz.
U gaplarini shunchaki hissizlik bilan aytib tugatgach cho'ntagidan chiqargan uzuk qutisini chiqarib stol ustiga qo'ydi.
Bu shunchalik oson va kutilmaganda bo'ldiki, jaranglagan stol sirtining yoqimsiz ovozidan ko'zlarim pirpirab ketarkan Jimin meni shu yerda qoldirgancha yonimdan o'tib ketdi. U shunchaki ketdi. Bugun men o'zim sevgan insonning daxshatli tomoniga guvoh bo'ldim. Xudbin va yovuzlikka qorishgan shaxsiyat bilan u men tanigan yigitga o'xshamas edi.
Xarin: Sen menga va'da berganding, Jimin. Bugun o'sha qiyofada, sen hech qachon menga ko'rsatmaslikka so'z bergan yuzingni ko'rdim. Aldabsan, menga quruq va'da bergan ekansan...

- HOZIRGI KUN -

Atrof yomg'irga burkangan, ularning kiyimlari ham allaqachon shalabbo bo'lishga ulgurgandi. Jimin qizni yerga qo'yishi bilan uning yelkasidan itarib yuborgan rafiqasi qattiq g'azablanganidan chuqur-chuqur nafas olardi. Ammo Jimin jim. U nimadir deyishga hatto urinmadi ham. Na jahl qilardi, na boshqa biror nima deydi. Faqatgina qarshisidagi ayoliga tikilishdan boshqa hech narsa qilmayotgan edi.
Xarin: Nima istaysan o'zi? Nima xohlayotganingni tushuna olmayapman! Senga mening g'ururim bilan o'ynashib rohatlanish yoqadi shundaymi? GAPIR SHUNDAYMI?
Bir necha soniya bo'g'iq ovoz bilan o'shqirgan rafiqasiga tikilib turgan yigit uning barcha gaplarini inkor etib bo'ynidan qo'lini o'ragancha uni o'ziga tortib lablarini birlashtirdi. Sharros quyayotgan yomg'ir ostida muzlab qolgan lablar tamini his qilishga urinib tobora chuqurlashayotgan yigit ikkinchi qo'lini qizning belidan o'rab oldi.
Jimin: Shu yerda birinchi marta uchrashganimiz yodingdami?
Bo'sa olishdan bir zumga to'xtagan yigit o'tmish xotiralarini eslagan ko'yi savol berdi.
Xarin: Hayotimda qilgan eng katta xatoyimni yuzimga solib o'zingni qanday his qilishing mumkin, qiziq?
Jimin: O'rtamizdagi nafrat yillar sayin kengayib borayotganini ikkimiz yaxshi bilamiz. Sen esa mening xudbinligimni allaqachon anglagansan, Xarin.
Xarin asabiy kulgancha sochlarini ortga tarab yana qarshisidagi eriga yuzlandi.
Xarin: Xo'sh shunga nima? Meni rashk qilganingga ishonishimni kutmayotgandirsan?
Jimin: Seni boshqa erkak bilan ko'rishni xohlamayman.
Imkon qadar b osiq gapirishga urinayotgan yigit o'z qilmishini ham hisobga olgan holda ikkilanish bilan davom etdi.
- Bilaman, bu g'alati eshitilishi mumkin, ammo ko'z oldimda boshqa erkaklarga senga yaqinlashishiga, tanangning hech bir qismiga qo'l tekkizishiga ruxsat berma.
Xarin: Demak ko'z oldingda bo'lmaydi, ammo boshqa yerda istaganimni qilishim mumkin.

Barcha o'ylaganlari chippakka chiqqan qiz orqa o'girib bir nechta qadam bosarkan eshik yonida turgan qizga ko'zi tushdi. O'sha erining hamrohi bo'lgan Xong Chayongga.
Xarin: Unda biroz oldin bo'lgan bo'sani qanday izohlaysan? - qo'qqisdan savol berdi u ortga qaragancha, ko'zlarida afsus va o'z o'ziga bo'lgan achinish hissidan paydo bo'lgan asabiylik bor edi.
Jimin: Shunchaki, seni tinchlantirish uchun edi, buni jiddiy qabul qilma.

Faqatgina bir lahza, soniyalar ichida barcha tuyg'ulari parchalanib ketgandek tanasi titrab ketgan qiz ortga chekindi. Faqatgina bir onga u o'sha qalbidagi yosh qizaloqqa hissiyotga berilishga qo'yib bergan edi, ammo hammasini noto'g'ri o'lchadi. Qarshisidagi inson boshqa hech qachon u sevgan yigit bo'la olmasligini unutdi. U shunchaki Jiminning eski holatini qabul qilishi kerakligini yodidan chiqarib qo'ydi.
Xarin: Shunchaki... Demak shunchaki ovozimni o'chirish uchun shundaymi? Sen tanishganimizdan buyon menga xirsingni qondiruvchi mashuqa, zerikkaningda ovunish uchun xo'rak, farzandingning onasi va umring davomida qilgan eng katta xatoying sifatida qadrsiz ayol sifatida ko'rib kelding, ammo hech qachonchin yurakdan sevish haqida jiddiy o'ylab ko'rmading, to'g'rimi?
Har bir gapi davomida zaiflashib ketayotgan ovoz titrog'i atrofga jaranglar ekan Jimin qotib qolgan nigohlar bilan jim turishni tanladi. Xuddi doimgidek.
Xarin: Demak boshqa gaping yo'q... Xuddi oldingidek. 4 yil ilgarigi kabi, shundaymi, Jimin?
Xarin yana kutdi. Qandaydir sado chiqishiga ich ichidan qattiq ishondi. Yoshlanib borayotgan ko'zlarida tushayotgan yomg'ir tomchilari sababli achishish paydo bo'larkan qalbi tubida miltillab turgan umid uchquni ham butkul so'nganini his qildi. U ham bu gal hech narsa demadi. Tilidan bir un chiqmagan bo'lsa-da bu go'yoki aytilmagan haqiqat va ovozsiz vidolashuvga o'xshardi. Ortiga qarashni ham lozim topmay to'xtab turgan mashina tomonga ketayotgan qiz ko'zidan tomishga ulgurgan bir tomchi yoshni jahl bilan siriqtirib tashladi.
Xarin: Yig'lamayman. Sen bunga arzimaysan, Jimin. Boshqa sen uchun bir tomchi ham ko'z yosh to'kmayman.
U do'stining mashinasiga joylashib eshikni yopdi.

O'zini tartibga keltirib olgan Sehun chuqur nafas olarkan yonida o'tirgan qizga qaradi.
Sehun: Ketamizmi? - u boshqa hech narsa demadi va izoh ham talab qilmadi. Shunchaki qizdan javob kutgancha unga tikilib turardi.

Sehun

Xarin: Ha.
Quruq javob qaytargan Xarin yon oynalardan suhbatlashib turgan juftlikni ko'rdi. Bu boshqa pg'riq bermadi, ammo butun tanasi bo'ylab joylashgan tomirlaridan oqayotgan qonning qanday shiddat bilan oqayotganini his qilishga majburlay oldi...

~

- Janob, Xonim Kim Sehun bilan birga ketdi. Kuzatib borishimni istaysizmi? - telefon orqali xo'jayinidan javob kutayotgan erkak o'zi o'tirgan mashinani sekinlik bilan o't oldirdi.
- Ha kuzat. – Xarin va Hajoonning hamkori Kim Sehunni kuzat, Xarinni emas.
Aniq aytilgan buyruqni yaxshi anglagan yigit xuddi buyurilgani kabi ishini davom ettirdi.

~

Hashamatli uy qarshisida kelib to'xtagan mashinadan ust kiyimlari butkul ivib ketgan qiz tushishga shaylanarkan ortidan o'z ismini eshitib to'xtadi.
Sehun: Ishonching komilmi?
Xarin savol qiyofasi bilan orqaga qaradi.
Sehun: Yana o'sha inson bilan bir uyda yashay olaman deb o'ylayapsanmi?
Xarin: U qizimning otasi va Raniga kerak.
Sehun: Rani seningcha sog'lom muhitda ulg'ayaptimi?
Xarin: Sehun, iltimos... bugunga chindan hammasi yetarli bo'ldi.
Charchoqdan arang gapirgan qiz uni deb do'pposlangan va nomi odamlar og'ziga tushgan do'stining yuziga qarashga ham botina olmay yana oyna tomon burildi.
Sehun: Lekin sen ertami kechmi qaror qabul qilishga majbur bo'lasan.
Xarin: Men allaqachon qabul qildim. Uyimgacha keltirib qo'yganingdan minnatdorman.
Yigit shunchaki horg'inlik bilan mashinadan tushib ketayotgan qiz ortidan qarab qoldi. U hammasini ancha oldin payqagan. Hatto Xarin bilmagan haqiqatlarni ham bilardi.

~

Odatda kasalxona yo'laklari qorong'u bo'lmaydi. Ammo bu bo'lim toki hayotdan butunlay uzilib qolgan kabi. Go'yoki, o'limga tayyorlanayotgan bemorlarni bezovta qilmaslik uchun tiriklikni zulmatga qorishtirganga o'xshaydi. Bir meyorda bosilayotgan qadam tovushi devorlarga singib ketgan sukunatni parchalab tashlayotgandek. Hech bir qo'rquv va xavotirsiz palatalar yonidan o'tib ketayotgan erkak kerakli eshik yonida to'xtadi. Uzun sochlarini tartibga keltirib bo'yinbog'ini rostlab olgancha ichkariga qadam tashladi. Xonada faqat yurak urishini tekshirib turuvchi moslama ovozi jarang sochardi. Karavot yonida turgan yigitning buyrug'i bilan ahvolo yaxshilanayotgan Parkni shoshilinch tez tibbiy yordam bo'limiga ko'chirishgan. Qora kostyum-shimdagi erkak xotirjamligini yo'qotmagan ko'yi devorga suyandi. Oynadan shahar chiroqlarining yorug'i tushib turardi.
- Men shaxsan shu yerdaman, - jimjitlik cho'kkan xonada uning bosiq ovozi ham yetarlicha jarang sochdi.
- Siz yaxshi hayot kechirdingiz, janob. Men buni qadrlayman va ishonamanki narigi dunyoda xotirjam bo'lasiz.
U so'nggi gaplaridan keyib 5 soniya sukut saqladi. So'ng bir nechta qadam tashlagancha bemorga yaqinlashib ko'zlarini yumdi. Lablari orasidan go'yo duo o'qigandek nimalarnidir takrorladi.
- Ha men shu yerdaman, sizga yordam berish uchun keldim.
Bu pichirlagan juda vahimali yangradi. Yigit bemorga ulangan kislarod manbaini ohistalik bilan uzdi. Qora charim qo'lqop bilan erkakning sochlari ustidan mayin silab chuqur nafas oldi. Erkak bir necha daqiqa jon talvasa qilib o'ldi. Uning hayotiga yakun yasalganiga ishonch hosil qilgan qotil buni kiprik qoqmay kuzatgach undan uzoqlashib so'ng palatani ham butunlay tark etdi. Hammasi shunday tez va oson sodir bo'ldi.

Hamma Parklar xonadonini birma bir tark etarkan otasining xonasida ichkilik ichib turgan Jimin Janob Parkning ish stoli ustida turgan oilaviy suratdan ko'z uzmasdi. Bunga uzoq yillar bo'ldi. Endi rasmdagi insonlar hayot emas. Ota-onasidan ham judo bo'lgan yigit butkul yolg'zlikdan og'riqni his qila boshladi. Negadir ovunish uchun ham hech kim yo'qdek. Faqatgian bir insondan bo'lak. Jajji farishta. Bu Rani. Ayni damda faqatgina u Jiminga dalda bo'la olishi mumkin. Qizining xonasiga borishi uning ko'ngliga qandaydir yorug'lik olib kirgandek bo'ldi. Zinalardan yuqoriga ko'tarilarkan, kutilmaganda eshitgan ovozidan so'ng to'xtab qoldi.
- Ketish vaqti keldi, Xarin - erkakning yo'g'on ovozi unga tanish.
Xarin: Sehun, men shunchaki oilamdan voz kecholmayman.
Sehun: Oila? Sen shuni oila deb ataypsanmi? Afsuski men Rani kabi yosh bola emasman. Men bilan baxtli ona rolini o'ynay olmaysan.
Xarin uh tortgancha yigitni bag'riga bosdi. Jiminning zina tutqichini ushlagan qo'llari siqilib ketarkan jag' suyaklari o'zi kutmagan holda o'ynab ketdi. Ammo negadir bu safar rafiqasini bag'riga bosib turgan erkakning yoqasidan olishga jurati yetmadi.
Xarin: Qayg'urishingni qadrlayman, Sehun. Biroq chindan hozir vaqti emas.
Butunlay yo'nalishni o'zgartirib pastga tezlik bilan tushib ketgan yigit bu manzarani kuzatib turishga sabri yetmasligini angladi.
Xarin: Men va Rani hozir Jiminga kerakmiz. Buni akamga ham tushuntirib. O'zingni ehtiyot qil va meni o'ylama.
Sehun qizning qo'lini kaftlari orasiga olib tasalli bergan bo'ldi.
Sehun: Sen mening do'stim va eng yaqin birodarimning yakka-yu yagona singlisisan. Albatta bunday erkak bilan bo'lishingni xohlamasligim tabiiy.
Xarin: Hammasi joyida, - dedi qiz mayin tabassum bilan.
Jiminning lablari orasidan eshitiladigan ovozda chiqqan iflos so'zlar hatto uning o'zi uchun ham o'ta g'alati tuyilardi. U mashinasiga joylasharkan hatto o'ylab ham o'tirmay kerakli kontaktga qo'ng'iroq qildi. Ekranda Xong Chayong.
- Eshitaman, Jimin, - bugun tongda hamdardlik bildirish uchun kelib ketgan qiz o'ziga nisbatan hech qanday iliqlik his qilmagani bois hozirgi kutilmagan qo'ng'iroqdan gangib qolgandi.
Jimin: Tayyorlanib tur, Chayong seni olib ketaman.
- N..Nima?
Jimin: Menga keraksan...

8-Qism tugadi.