SHACKLED HEART | EP_12
PovLien: Jinning taklifi sababli akam bilan munosabatlarni qayta oʻrnatgunimcha u bilan yashashga qaror qildim. Balki shu orqali bir birimizga yana-da yaxshiroq imkon berarmiz?! Raewoon ishda ekanligidan foydalanib oʻz uyimga borib kerakli narsalarimni olib qaytdim. Yoqsa u meni bir qadam ham kirishimga ruxsat bermas edi. Deyarli tayyor boʻldim. Soʻnggi taqinchoq qisqichini qadab oyna orqali oʻzimga mayin tabassum hadya etgancha xonadan chiqdim. Jin meni salkam yarim soatdan buyon kutmoqda. Zinalardan tushib unga qarar ekanman, yigitim menga yaqinlashib yanog'imdan oʻpib qoʻydi.
– Ochilib ketibsan.
– Raxmat.
Yuzim qizarganini his qildim. Xuddi 5 yil oldingi hayotimga qaytib qolgandekman. Bu hissiyotlar menga begona emas, ammo birinchi marta boshdan kechirayotgan kabi Jin menga yaqinlashishi bilan yuragim hapqirib ketmoqda. Qoʻl ushlashgancha uydan chiqib mashinaga joylashdik.
– Xoʻsh qayerga boramiz?
Qiziqish bilan endigina ro'lga joylashgan yigitimga savol berdim.
– Borganda koʻrasiz, Kim xonim.
U burnimdan chertib soʻng erkalab oʻpib qoʻydi. Men esa shunchaki tabassum bilan javob qaytardim.
PovJin: Qanchalar yoqimli hissiyot. Sevgan insonim sevgisini endi his qilayotgandekman. Men bu borada omadli boʻlish uchun qanday savob ish qilgandim, hatto bilmayman. Sevgilimning koʻrinishi butun tanamga oʻzgacha his yoydi. U goʻzal, u betakror, tabassum qilganida esa yanayam yoqimtoy koʻrinadi. Men astoydil harakat qilaman, Lienning sevgisiga, ishonchiga qayta erishishga. Hammasini ortigʻi bilan oʻz oʻrniga qaytaraman.
PovLien: Mashinada qanday uxlab qolganimni hatto bilmabman. Jinning shirin boʻsalari taʼsirida uygʻonib ketdim. Koʻzlarimni ochganimda esa biz qandaydir dengiz boʻyida ekanligimizni koʻrdim. Qiziq, bu yigit yana nimalarni boshlayotgan ekan-a?! Oʻzimni biroz tartibga keltirib pastga tushdim. Jin qoʻlimdan mahkam tutib meni olib keta boshladi.
– Qayerga boramiz?!
– Yana biroz sabr qil, sevgilim.
Boshqa savol bermay uning ketidan ketaverdim. U meni oʻsha yerdagi oʻrindiqda qoldirib "hozir kelaman" degancha gʻoyib boʻldi. Atrofda qayiqlar va yaxtalar bor edi. Havo esa sovuq, shamol ham terimni shilib olgudek esmoqda. Sochlarimni silab emas yulib olmoqchidek xuddi. Qoʻllarim bilan yelkamni oʻrab oldim. Hayriyatki Jin uzoq qolmadi.
– Ketdik.
– Qayerga?
U meni oʻrnimdan turishimga ishora qilib yoʻl boshladi. Oppoq yaxtalardan biriga yaqin kelib chiqishim uchun yoʻl boʻshatdi. Jinga qarab ikkilanib qoldim. Suvni yoqtirmasligimni bilardi axir. Yaxta bilan sohil oʻrtasidagi masofa ham kengroq. Tushib ketishdan qoʻrqdim ochigʻi. Oʻzimni ortga olib qocha boshladim.
– Liye boʻlsangchi.
– Yoʻq, men bunga chiqmayman.
– Nima?
– Havoni koʻrmaysanmi? Dengiz oʻrtasida nimadir boʻlib choʻkib ketsakchi.
– Nima?
Jin gaplarimdan hayratlanib chinakamiga kulib yubordi. Qoshlarim chimirildi.
– Men uyga ketishni xoxlayman.
– Qo'ysangchi, Lien, bu xavfli emas. Barcha xavfsizlik xizmatlari mavjud, qoʻrqishga hojat yoʻq. Qani kel.
Uning ózi yaxtaga chiqib menga qoʻl uzatdi. Yigitimning uzatilgan kaftiga qarab yuz burdim.
– Istamayman, Jin!
– Buning hecham qoʻrqinchli joyi yoʻq dedim-ku axir, Liyee ~
– Tegma menga, istamayman deyapman axir!
U men tomon oʻtib belimdan ushlab kelin uslubida koʻtargancha yaxtaga chiqdi. Qichqirib yuborishimga bir bahya qoldi. Uning changalidan chiqquncha sochlarimni tartibga keltirar ekanman yaxta harakatlana boshladi. Biroz oldin qoʻyib yuborgan qoʻllarni qayta tutib Jinga yopishib oldim. U esa kulib meni ichkariga boshladi. Xuddi hashamatli uydek edi. Meni ovqatlanish stoliga taklif qilgan yigitim mulozamat bilan oʻtirishimga yordamlashdi. Hatto taomlar ham tax. Qoyil. Birgalikda suhbat qurib ovqatlana boshladik.
– Nega endi aynan shu yer?
– Qandaydir romantik kecha tashkillashtirishni xoxladim.
– Lekin men hech qachon dengiz bilan bogʻliq joylarda uchrashishni istashimni aytmaganman.
– Ha, lekin bu qiziqarli boʻladi deb oʻyladim.
– Toʻgʻri oʻylabsan.
Salat boʻlagini chaynash barobarida bosh irgʻab kulib yubordim.
– Hozirgina inkor qilayotganding.
– Men aniq nima istayotganimni bilomayapman.
Gaplarimdan Jin oʻylanib qolganini sezdim. Yuzida biroz maʼyuslik ham aks etdi.
– Liye...
U koʻzlarini menga qadadi.
– Bilaman, men hech qanday imkoniyatga ham ishonch va sevgiga ham noloyiqman. Baxtli boʻlishing uchun sendan uzoq turishim kerak edi, balki. Senga toʻsiq boʻlayotgan boʻlishim ham mumkin. Sen shu kabi oʻylar ichida adashib qolding, shundaymi? Aslida unday emas, men seni baxtli qila olishimga, yuzingda yana tabassum paydo qila olishimga ishonganim uchun ham seni qoʻyib yubormayapman. Men ahd qildim. Hammasini oldingidan ham yaxshiroq qilishga va baxtni ortigʻi bilan his qilishimizga bor kuchim bilan harakat qilaman. Endi oʻtmish yoʻq. Hammasini unut. Bilaman, bu mushkul, balki ilojsizdir. Biroq biz baxtli boʻlishimiz, kelajagimizni yaratishimiz uchun oʻtmishni va undagi yomon xotiralarni qoʻyib yuborishimiz kerak. Oʻtmishga faqatgina xatolarni bir bora koʻrib chiqish uchun nazar solsang kifoya. Keyin esa yanglish qadamlarni oʻz oʻrnida toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltiramiz. Bas, ortiq yuragingni qoʻrquv va ishonchsizlik bilan hovuchlama. Baxtli boʻlishimizga ishonsang kifoya, men senga va'da bera olaman, Lien. Yana quvonchni his qilishga va yoʻqotganlarimiz oʻrnini toʻldirishga hech boʻlmasa urinib koʻramiz.
– Jin, bizning sevgimiz mana shunday goʻzal soʻzlar va unutilmas lahzalar ortida qolib ketishini istamayman. Ikki oʻt orasidaman, har ikki qarorda ham azoblanaman. Shuning uchun hammasini unutib yana qoʻlingdan tutdim. Hech boʻlmasa senga imkon berib ko'rmaganimdan afsuslanmaslik uchun.
U kichik tabassum bilan qoʻlimdan tutdi. Issiq kafti sovuq sabab muzlagan qoʻlimdan tutganda xuddi butun tanamga issiqlik yugurgandek his qildim oʻzimni.
– Bundan afsuslanmaysan. Hammasini oʻz oʻrniga qaytaraman hatto oldingidan ham baxtliroq yashaymiz.
Men ham tabassum qildim. Ichimdagi shubha aridi, ammo butunlayga emas. Uni yenga olaman deb oʻylayman.
– Qani dasturxonga qara, aks holda taomlar sovub qoladi, xuddi senga oʻxshab.
Uning gapiga kulib dudlangan goʻshtni kesa boshladim. Ammo oʻzimnikini ogʻzimga solishimdan oldin Jin chaqqonlik bilan sanchqida bir boʻlak goʻshtni tutdi. Biroz hijolatli jilmayish bilan uni qabul qildim.
Ovqatnalish mobaynida oʻspirinlik damlarimizdagi voqealarni esladik. Birga vaqt oʻtkazganlarimiz va qanday sevishib qolganimiz hammasi haqida maroqli suhbat qurdik. Ovqatlanib boʻlgach, oʻrnimdan turib xonadan chiqdim. Yengi unchalik uzun boʻlmagan libosim sabab yelkamga sovuq shamol tegib etim junjikib ketdi. Ustki kiyimimni olish yodimdan chiqibdi. Biroz vino ichganimiz sabab ichimda issiqlik bor, sovuqni judayam his qilmayapman. Ortimdan kelib quchgan yigitim yelkamga oʻz kostyumini tashlab peshonamdan oʻpib qoʻydi. Soʻngsizdek tuyilayotgan dengizga tikilib shunchaki bir birimizning haroratimizni his qila boshladik. Oʻzimni ancha xotirjam his qilyapman. Erkin va yengil nafas olyapman, meni tashvishlantiradiga hammasini oʻylashdan toʻxtab yaxshi narsalar va umidli kelajak haqida xayol surmoqdaman. Jin meni oʻziga qaratar ekan belimdan qoʻllarini oʻrab tanalarimizni yaqinlashtirdi. Men ham yigitimning boʻynidan quchib oldim. Lablarimdan kichik boʻsa olgan Jin, mendan uzoqlashmay keyingi o'pichlarni chuqurlashtirdi. Lablarimni soʻrib tortgan sevgilim, hatto nafas olishni unutib chanqoqlik bilan lablarimni shimiy boshladi. Men ham xuddi u kabi harakatlariga javob qaytarardim. Lablarimdagi achishish sabab undan uzoqlashdim. Jin yana bir bor o'pishga urinib yaqinlasharkan, bu gal mayin oʻpich bilan cheklandi. Sochlarimni yuzimdann olib yuzimni kaftlari orasiga oldi.
– Liye, bir narsa haqida senga aytishim kerak.
– Qanday narsa? Nima haqida gapiryapsan?
Negadir ichimni shubha gumon oʻrab oldi. Qoshlarimni chimirib unga qarar ekanman, Jin mendan biroz uzoqlashib choʻntagini kovlay boshladi. Zum oʻtmay qoʻllarida porlagan pushti, kichik quticha koʻzimni oldi.
U qutichadan koʻzini uzib menga tikildi. Soʻngra qoshlarini koʻtarib qop qora koʻzlarini jimjimador qutichaga tomon egib unu ohistalik bilan ochdi. Shu bilan birga tizzalab qarshimda tiz choʻkdi. Yuragim shu onda toʻxtab qolishiga bir bahya qoldi. Bu kutilmagan holatda va paytda sodir boʻlayotgandi. Koʻzlarim chaqnab ham hayrat ham hayajon bilan unga qarar ekanman, Jin xotirjam ovozda gap boshladi.
– Garchi bunga ancha kech qolgan boʻlsam-da, menga turmushga chiqishga rozi boʻlasanmi?
Koʻzlarim chaqnab ketdi. Nega bunchalar tasirlanmoqdaman. Hatto oʻzim ham oʻzimni tushuna olmayapman. Koʻzlarimdan yosh chiqishga tayyor. Keng tabassum bilan bosh irgʻadim, yigitimning ham yuzida iliq jilmayish ask etdi. Lablarini tishlab chuqur nafas chiqargan Jin oʻrnidan turgach uni quchib oldim. Lablarimdan mayingina oʻpib qoʻydi u. Soʻngra qoʻlidagi bejirim brilliant uzukni nomsiz barmogʻimga taqib qoʻydi. Yuragim entikib ketdi. Baxtni his qilmoqda, hech qanday xavotirsiz quvonch...
– Hech dengizda tun oʻtkazganmisan?
Jin sochlarimni oʻynab savol berarkan yuzim boʻylab lablari bilan sayr qilayotgandi. Uning harakatlariga qitig'im kelib yuzimni yelkalarim orasiga koʻmishga urinib kichrayardim.
– Yoʻq, ammo sen bilan boʻlsa rad etmasdim.
U bir zum toʻxtab qolib lablarimizni birlashtirdi. Qaynoq boʻsa taʼsiridan ikkimiz ham shunchaki rohatlanardik. Bir birimizni his qilish, haroratlarimiz birlashishi va mayda qadamlar bilan ichkari tomonga harakatlanish... Bularning barini qalbimizning amri bilan bajarmoqdamiz. Jin meni qoʻliga koʻtarib oldi. Jilmayishdan lablarim birlashmayapti. Uning boʻynidan qoʻlimni oʻrab lablariga talpindim. Meni yotoq ustiga qoʻygan sevgilim yonimga oʻzi ham joylashdi. Tirsagiga tayanib peshonamdan oʻpib qoʻyarkan qoʻlini qornimga qoʻyib jilmaydi.
– Negadir oʻsha kungi suhbatimizdan soʻng, bu yerda kimdir bordek tuyiladi menga.
Kulib yubordim. Chindan u xuddi homilador ayolini erkalab quchayotgandek qornimdan silab meni bagʻriga tortayotgandi.
– Oʻtmishni unutish kerak degan oʻzing emasmi?
– Toʻgʻri, ammo aytganimdek xatolarni tuzatish uchun ortga bir bora nazar tashlab qoʻyishimiz kerak.
U oʻylanib qoldi va kaftini biroz qattiroq bosib past va mayus ohangda shivirlay boshladi.
– Balki otang biroz jasoratliroq bolganda hayotda bo'larmiding. Qanday bolarding mittivoy katta boʻlib qogan bolarding, ehtimol, oyog'im tagida meni dunyolarcha savolga tutarding. Men esa ularga qanday javob berishni bilmay "katta boʻlsang bilib olasan" derdim. Men senga erisha olmadim, qo'limga olaolmadim, oyingning qornida to'polanchilik qilib tepinganingda o'zimning kaftlarim bilan seni yoqimli harakatlaringning his eta olmadim. Kechalari bir nimalarni istab qolib meni sarson etishga erisha olmading... men sabab. Seni qo'limga olishga, dunyodagi eng qimmat atirlardanda shirinroq bo'lgan iforingni hidlashga, mittigina kaftingni yanog'imda sezishga erisha olmadim. Kechalari yig'lab bezor qilsang ham senga baqirmasdim, o'sha payt seni quchog'imga olib tebratardim uxlaguningacha tushunmasang ham ertak aytardim. Birinchi so'zing "dada" bo'lardi, garchi men sening otang bo'lishga arzimasamda. Oyingning qornidaligingda ham hali dunyo yuzini ko'rishga ulgurmasingdan...
Ont ichaman otang ortiq zaiflik qilmaydi endi kurashadi oying uchun...
Yanog'imdan sizib chiqqan yoshni berkitish uchun yuzimni yerga egdim. Biz chindan bularning hech biriga erisha olmadik. Yuragim uvushdi. Jin ham mendan kamroq azob chekmayotganini endi his qildim. Uning armonga toʻla ovozi qanchalar afsuslanayotganini aniq namoyon qilayotgandi. Sevgilim namlangan yanog'imdan barmoqlarini yurgizib yuzimdagi koʻzyoshni artib tashladi. Meni qattiq bagʻriga bosdi va shu asnoda ikkimiz ham sukut saqladik. Ammo koʻpga bormay yelkamda uning lablarini his qildim. Yoqimli boʻsalar taʼsirida nafas olishim ham oʻzgarib borardi. Bir birimizni quchib mayin oʻpichlar bilan erkalar ekanmiz, tanalarimizdagi xoxish ortib kiyimlardan ham xalos boʻla boshladik. Yuragimning ovozi Jinning nafasidan ham balandroq chiqmoqda...
PovAera: Ikkilanish bilan uyoqdan buyoqqa yurar ekanman, Damidan qoʻngʻiroq qabul qildim. Dugonam mendan battar asabiylashmoqda.
– Aera, ering bilan festival haqida gaplashdingmi?
– Qaniydi bu shunchalar oson boʻlsa?! U hech qanday gapimni eshitmaydi. Nima deyish haqida 1 soatdan buyon o'ylayapman.
– Sen bormasang hammamiz tamom boʻlamiz. Qanday qilsang ham uni koʻndir.
– Bu yerdan qochib boʻlsa ham Parijga boraman. Borishim kerak!
– Ustoz Kim ertaga chipta bron qilishini aytdi.
– Xabarim bor.
– Shu sabab ertaga tonggacha aniq javob aytishing kerak.
– Aysh bilaman, Dami! Yaxshi senga oʻzim qoʻngʻiroq qilaman, ungacha menga xabar ham yozma, maylimi?
– Yaxshi, xayrli tun.
– Xayrli tun, dugonajon.
Goʻshakni oʻchirib oʻylay boshladim. Nima qilishim mumkin?! Bugun tongdagi sovuq suhbatdan soʻng uning ruxsat berishi otilayotgam vulqonning oʻz oʻzidan to'xtab qolishidek gap. Ammo nimadir qilishim kerak. Ouf!!!
Chuqur uy tortib telefonimni yotoqqa uloqtorgancha erim boʻlmish Kim Taehyungning ish xonasi tomon ketdim. Nima deyishim haqida xayolimda takrorlab borar ekanman, hammasi yodimdan chiqib ketayotgandi. Eshik yoniga kelib uni 2 marta chertgancha javob kelishini kutmay ichkariga kirdim. Oʻlim nigohlari bilan menga tikilib turgan yigitni koʻrib ogʻir yutindim. "Kirishingiz mumkin" deyishini kutishim kerak edimi, balki?!
– Mumkinmi?
– Ichkariga kirib boʻlgach ruxsat soʻraydigan darajada, hurmatsizsan.
Uning doimgi sovuq ohanggi ilk bor meni qoʻrqitmoqda.
– Sen bilan gaplashib olishim kerak.
U koʻzoynagini yechib qora charm krislosiga suyandi.
– Yaxshi, qulogʻim senda, xotinjon.
– Bu haqida aslida tongda ham aytdim va...
– Va men ham javobni aytdim, shunday ekan chiqishing mumkin, men bandman.
U mening gaplarimni kesib tashlab qaddini koʻtargancha qayta koʻzoynagini qoʻliga oldi.
– Yoʻq shoshma...
Savol ifodasi bilan menga tikilgan yigit bir qoshini koʻtarib bosh irgʻadi.
– Men shunchaki bundan voz kecholmayman axir! Nima meni bu qasringga mahbus sifatida olib keldingmi? Qanday insonsan oʻzi? Men bu qobiliyatim oʻzim bilan birga chirib ketishini istamayman! Bilib qoʻy, Kim Taehyung sen ruxsat bermasang ham bu yerdan qochib boʻlsa-da Parijga ketaman!
Qoʻlimni unga bigiz qilgancha vishillar ekanman, hatto pinagini ham buzmagan yigit oʻrnidan turib menga yaqinlashdi. Oʻzimni qanchalik jasoratli qilib koʻrsatmay uning ulkan gavdasi va doimiy jiddiy yuz ifodasi tanamga titroq olib kiradi.
– Shunday degin?
U qoʻlimdan tutib meni oyna oldiga olib bordi. Pardani ochib tashqariga qarashimga ishora qildi.
– Bu uyning orqa tomoni va har bir eshikni kamida senga 4 baravar keladigan, qurollangan erkaklar qoʻriqlashadi. Har bir burchakda maxsus tarbiyalangan itlar ham bor. Endi aytchi mening kichik va miyasi no'xotdek boʻlgan suyukli xotinim, bu yerdan qanday qilib qochib ketmoqchisan?
Oynadan tashqariga qarar ekanman, chindan qoʻriqchilar hushyor va sergak turganini payqadim. Yana kamiga ogʻzidan soʻlagi oqib turgan vaxshiysifat itlar ham bor. Ogʻir yutinib lablarimni tishladim. Oʻzimcha tahdid qilmoqchi edim, ammo oʻxshamadi. Balki yigʻlab berarman, ammo u bunga erishiga ishonchim komil emas.
– Qachongacha meni shu tish tirnogʻigacha qurollangan barzangi yigitlaring bilan mana bu sovuq devorlar orasida qamab oʻtirasan?
– Bunchalik asabiylashish kimga kerak? Agar muloyimlik bilan soʻrasang, balki ruxsat berarman...
– Nima?
Oʻylanib qoldim. Yana qanday muloyimlik? U nimani nazarda tutdi, yuzidagi gʻalati tabassum va oʻtkir nigohlari...
– Nima istaysan?
– Nima istayman? Istaganimni bera olasanmi?
– Agar Parijga borishimga ruxsat bersang, nima istasang qilishga roziman.
– Shunchalar borishni istaysanmi?
Koʻzlarimni undan olib qocha boshladim, arang bosh irgʻab "ha" deya oldim xolos. Men tomon bir qadam yaqinlashgan tana sabab sezilar sezilmas ortga chekindim. Uzun barmoqlar yuzimga tegar ekan nigohlarimni unga qaratdim.
– Yaxshi, bunisi menga yoqdi. Unda Ms Aera, hozir xonamizga chiqasan va ering uchun ajoyib koʻrinish yaratasan. Men seni qop qora tungi libosda koʻrishni istayman.
U oxirgi soʻzlarini qulogʻimga yaqin kelib shivirlab aytdi. Tanamda uchmagan tuk qolmadi. Koʻzlarim olayib unga qarar ekanman, buni qanday qilish haqida oʻylay boshladim.
– Senga 20 daqiqa vaqt, men shu vaqtgacha ishlarimni yakunlayman va toʻgʻri yotoqxonaga chiqaman. Agar aqlli rafiqa boʻlsang Parij haqida aniq nimadir deya olishim mumkin. Xoʻsh mening istagimni bajara olasanmi?
U barmogʻini yuzimdan tushirib menga keskin yaqinlashdi. Bir juft shahvatga toʻlgan qorachiqlarga duch kelib butunlay tilim aylanmay qoldi. Oqarib ketgan boʻlsam ajab emas. Unga tikilib turar ekanman qosh uchirgan yigit mendan javob kutayotganini fahmladim.
– Keyin ruxsat berasan, shundaymi?
– Aniq nimadir deya olmayman, bu senga bogʻliq, oʻzingni qanday tutishingga.
U mendan uzoqlashib qoʻllarini koʻksiga bogʻladi. Endi tushungandekman nega toʻydan soʻng menga qoʻl tekkizishga oshiqmaganini, mana shunday meni kamsitadigan qulay payt poylagan boʻlsa ajab emas.
– Yaxshi!
Bu soʻzni tilimdan chiqarishga qanchalik qiynalgan boʻlsam-da adabiyligimni sezdirmaslikka urinib unga ters burilgancha eshik dastagidan tutdim. Ammo yana bir yoqimsiz gap sabab joyimda toʻxtadim.
– Aytgancha, qora rangli tungi kiyim. Libos ostidan keraksiz kiyimlar kiyishni xayolingga ham keltirma. Ichkiyimlarsiz libosda hech qanday bo'yoqlarsiz qarshimga chiqishingni xoxlayman.
Chuqur nafas olib uning gaplariga hech qanday munosabat bildirmay eshikni zarb bilan yopgancha xonadan chiqib ketdim. Jin ursin*
Yotoqxonaga qaytib peshonamni ishqagancha uyoqdan buyoqqa borib kelar ekanman nima qilishni bilmay tipirchilardim. Balki akamga qoʻngʻiroq qilarman?! Yoʻq aks holda katta urush boshlanadi. Bundan Yoongi zarar koʻrishini istamayman. Yuvinish xonasiga kirib yuzimni sovuq suvga yuva boshladim. Tanamdagi titroq bosilmayapti. Oynaga tikilib qanchalar oqarib ketganimni koʻrdim. Menda atigi 20 daqiqa bor. Chuqur nafas olib yomon xayollardan chalg'ishga urinmoqdaman. Ammo boʻlmayapti. U mening erim va istaymanmi yoʻqmi u istagan ish qachondir boʻlishi kerak. Lekin men hali tayyor emasman. Jin ursin* buni qanday qilaman?! Tavakkal qilishdan boshqa choram yoʻq. Tezda kiyimlarimni yechib dush qabul qildim. Ablax Kim tartibli inson ekanligini hisobga olsam u aniq aytgan vaqtida xonada boʻladi, men ham u aytgan vaqtda tayyor boʻlishim shart. Laʼnati Parijga ketsam undan qutilish yoʻllarini izlab koʻraman. Tezda dush qabul qilib xonaga qaytdim. Garderobdagi liboslarni hech qachon koʻrib chiqmaganman, oʻz uyimdan hatto telefonimni ham olib ketishimni taqiqlagan erim men uchun hamma narsani ózi tanlaganini aytgandi. Tungi liboslar javonini ochib ogʻzim ochilib qoldi. Yopinib olgan sochig'imni irgʻitib ular orasidan qora rangli tungi libos oldim. Tanamni arang yopadigan koʻylak. Lab jiyirib tezlikda uni kiydim va oynadagi aksimga tikildim. Bu qanday libos. Tanamning barcha qismi shundoqqina koʻrinib turibdi axir. Ichkiyim kiyishim kerak. Ularga qoʻl choʻzar ekanman Taehyungning aniq va qatʼiy aytgan gaplari qulogʻim ostida yangradi. Koʻz yumib garderobdan chiqdim. Oynalarga iloji boricha qaramaslikka harakat qilyapman. Sochlarimni tarab yuzimga arxideya iforli sprey sepgancha soatga qaradim. Vaqt boʻldi. Men esa hali ham titrayapman. Yotoqning bir chetiga oʻtirib libosning etagini siqimladim. Eshik sekinlik bilan ochilib vazmin qadamlarda kirib kelgan yigitdan koʻzlarimni olib qocha boshladim. Meni bu ahvolsa koʻrganidagi yuz ifodasini koʻrishni istamayman. U mayda qadamlar bilan atrofimni aylangancha xonadagi kichikroq boʻlgan divanga borib joylashdi. Yon tomonimda oʻtirgani sababli oʻzini qanday tutayotgani qisman boʻlsa ham koʻrib turgandim.
– Bunchalar osonlik bilan itoat qilishingni kutmagandim, ochigʻi.
Uning ovozi xona boʻylab yangrarkan ichimdagi gʻalayon koʻtarilib oʻzimdan nafratlana boshladim. Chindan mening uning aytganlarini xatosiz bajardim. Jin ursin axmoqman! Endi esa uning yuziga qarash uchun ham jurʼat topmayapman.
– Aera
Sekinlik bilan u tomonga qarar ekanman yuzida nim tabassum aks ettirgancha menga tikilib turgan yigitni koʻrdim.
– Yonimga kel.
Hozirgina unga gap soʻzsiz boʻysunganim uchun meni mazax qilgan yigitga yana itoat qilishim kerakmi? Hamon unga tikilib jim turaverdim. Qorachiqlarimiz bir biridan uzilmagan. Uning yuz ifodasi soʻroqqa oʻzgardi, shundagina oʻrnimdan turishim kerakligini tushundim. Bu kiyim* chuqur nafas olib oʻrnimdan turdim. Oyoqlarim qaltirayapti hatto. Mayda qadamlar bilan unga yaqinlashar ekan yurishim mobaynida tanamni koʻzlari bilan sintez qilgan yigit nihoyat koʻzlarimda nigohlarini toʻxtatdi. Qanchalar hayajonlanib qo'rqayotgan boʻlmay maqsadimga erishishim shart, shu sabab nigohlar orqali oʻzimni oz boʻlsada jur'atli etib koʻrsatmoqchiman. U bilagimdan tutib bir urinishda meni oyogʻiga oʻtirgʻizdi.
– Demak Parijga borishni shunchalik istaysan?
U gapirish davomida qoʻlini oyogʻim boʻylab yurgizib tobora yuqorilatar ekan xayollarimni jamlayolmay qoldim.
– Ha!
Uning qoʻli libos ichidan yuqorilab tanamni silay boshladi. Ammo bunga qarshilik qilmadim, iloji boricha oʻzimni sovuqqonroq tutishga urinmoqdaman.
– Tushunarli.
Uning ulkan va qattiq hafti koʻkragimni siqimlaganda ogʻriqdan yuzim burishdi. Tilimdan bir soʻz chiqmayapti. Qarshilik qilay desam hammasiga oʻzim sababchiman, uni koʻndirishim kerak edi. Jim turay desam u meni ochiqdan ochiq mazax qilyapti, eng yomoni esa men bilan xuddi arslon oʻljasi bilan maroq bilan oʻynashib keyin jonini olgan kabi oʻynayapti. Bu esa mening gʻashimga tegayotgandi.
– Nega buncha titrayapsan? Qiziq 20 daqiqa oldingi Aeraning tahdidli gaplari qayerda qoldi ekan?
U hamon tanamni ulkan kafti bilan ezg'ilar ekan nima deyishni bilmay tilimni tishlardim.
– Xoʻsh?
– Men...
– Hmm
– M..men...
U lablarini gapirishga qiynalib qaltirayotgan labimga bosib chuqur soʻrib tortdi. Bu mening birinchi boʻsam... Koʻzlarim kattalashib uning nimadir deyishini kutdim. Ammo u jim.
– Oʻrningdan tur.
Nima qilmoqchi oʻzi? Taehyung turishimga ishora qilarkan bir necha soniya anqayib turgach uning aytganini qildim. Men bilan birga turgan erim egnidagi koʻylagining tugmalarini birma bir boʻshata boshladi.
Tizzalarim hamon titramoqda. Nigohlarimiz bir birimizga qadalgan. Uning old qismi butunlay ochilgach oʻzim istamagan holda qarshimdagi erkak tanasiga koʻzlarimni yurgizdim. Soʻngra hushim oʻzimga qaytib Taehyungga qaraganimda u kulib yubordi.
– Shunchaki seni kuzatish maroqli. Nega bunchalar oʻzingni sirli tutishga urinasan, Aera?
Uning issiq kafti yuzimga tekkanida seskanib ketdim. Lablarimizni yana birlashtirgan yigit maroq bilan mendan boʻsa ola boshladi. Uning harakatlari qandaydir qoʻpol, ammo nozik ham edi. U ikkita katta qadam bilan meni yotoqqa qulatdi. Oʻzimni oʻnglab gavdamni biroz koʻtardim. Lablarim ustida achishish his qilyapman. Yana qayta menga yaqinlashgan yigitning yalang koʻksiga qoʻlimni qoʻyib uni toʻxtatdim.
– Shoshma
U "nima?" degandek menga biroz chimirilgan qoshlar bilan qarar ekan koʻzlarimni olib qochib gaplarimni tartiblay boshladim.
– H..haligi... Men...
– Sen?
– Men... Bu... Menda bu birinchisi.
Vanihoyat yuzim qizarib xayolimdagi gaplarni tilimga chiqardim. Taehyungning uyilgan qoshlari yoyilib pastki labini tishlagancha kulib yubordi.
– Buni bilaman.
– Nima? Q..Qanday?
– Bokiraligingni tanang aytib turibdi, izohga hojat yoʻq.
Uning gaplarini oʻylab qoldim. Buni sezish shunchalik osonmi? Oʻylanib qotib turar ekanman, boʻynimdan tishlab tortganidagina oʻzimga keldim. Ehtimol u buni bilgani uchun ham men bilan muloyim boʻlayotgandir. Bu harakatlar menga tobora gʻalati hissiyotlar bermoqda. Oʻzimni yengil his qilyapman va qandaydir kuchli hissiyot tanam boʻylab tarqayapti. Kalta tungi libosni yuqoriga butunlay koʻtarib tashlagan Taehyung oyoqlarimni yoyib orasiga oʻzi joylashib olgandi. Mayin lablari tanamga tekkanida ehtirosdan butun vujudim junbushga kelyapti. Aqldan ozyapman... Men u nima qilganida ham men bilan bunchalik mayin va yumshoq boʻladi deb sira oʻylamagan edim. Yana ancha kamsitib oʻynashiga shubha qilmagandim hatto. Negadir ayni damda Taehyungni haqiqiy turmush oʻrtogʻimdek his qilmoqdaman...
Keyingi qismda:
– Seni ham oʻsha advokat mashuqangni ham yoʻq qilamiz! Qanday qilib janob Binga fitna uyushtirishga hadding sigʻdi, laʼnati?
– Bu majburiy nikoh ekanligini bilaman.
– Men bunday hayotda yashashni istamagandim...
– Koʻzyosh toʻkishni bas qil! Sen 18 yoshli ojiz qizaloq emassan.
*
Yorobun anca kech qoldi uzr. Aktivga qarab tashladim bu qismni. Keyingi qismam shunaqa kech qolmasligi uchun fikr va reaksiyalar bilan myeni xursand qilila🫠