October 10

SHACKLED HEART - EP_13

Yoqimsiz salqinlik tanamga urilarkan bu gʻashimga tegib uyqudan uygʻondim. Yoqimli atir hidi dimogʻimga urildi. Koʻzimni xona boʻylab aylantirgancha oynaga qarab kiyimlarini rostlayotgan Taehyungni koʻrdim. Bir muddat qorachiqlarim oʻsha nuqtada qotib qoldi. Biz bu kecha birga boʻldik... va birga bir yotoqda uxladik. Shu paytgacha ham shunday boʻlgan ammo hech qachon biz tunda bir birimizni koʻrib uyquga ketmaganmiz va hech qachon tongda koʻrishmaganmiz. Har safar men uxlab qolganimdan soʻng Taehyung uxlash uchun kirardi, tongda ham shu ahvol men uygʻonishimdan ilgari offisga ketar edi. Ammo bugun u hali ketmagan, balki men erta uygʻongandirman?! Oynaga yaqinlashib shundog'am chiroyli turmaklangan sochlarini tartibga keltirgan erim nihoyat ortga oʻgirildi. Koʻzlarimiz toʻqnashar ekan ikkimiz ham soʻzsiz bir birimizga qarab qoldik. Kecha tunda nega bunday jasorat koʻrsatganim yodimga tushib egnimda hech qanday kiyim yoʻqligiga qaramay oʻrnimdan turdim. Choyshabni yuqoriroq tortib oʻranib oldim. Uning nigohlari tanam boʻylab kezib lab chetida jilmaygancha boshini egdi. Men bu istehzoli tabassumni har narsadan koʻproq yomon koʻraman.
– Xayrli tong.
Iloji boricha yumshoq muomalada boʻlishim kerak.
– Senga ham xotinjon.
– Ketyapsanmi?
– Qolishimni istaysanmi?
– Y..yo'q, haligi...
– Senda hammasi joyida boʻlsa yuvinib pastga tush, nonushta qilamiz. Gaplashishni istasang nonushta vaqtim tugagunicha vaqting bor.
U gaplarini tezda yakunlab xonadan chiqib ketdi. Kiprik qoqib ulgurmasimdan xona eshigi yopildi. Oʻrnimdan sapchib turarkanman egnimdagi choyshabni irgʻitib yuvinish xonasiga kirib ketdim. Biroz ogʻriqni hisobga olmasa menda hammasi yaxshi. Jin ursin* u qancha payt nonushta qiladi oʻzi? 10 daqiqada dush qabul qilib, kiyinib, biroz oʻzimga qarab pastga tushdim. Shoshganimdan zinalardan yugurgilab tushar ekanman oxirgisiga kelganda oʻzimni xotirjam tutgancha qadamlarimni sekinlatdim. Zal eshigidan kirar ekanman doimgidek telefonida nimalardir qilib nonushta qilayotgan erimni koʻrdim. Kechagi tun yodimga tushib oʻzimdan qancha uyalayotgan boʻlsam-da buni sezdirmaslikka harakat qilyapman. U mening kelganimni koʻrib telefonini oʻchirgancha choʻntagiga soldi.
– Kecha tundan buyon muloyim mushukchaga aylanib qolganingni sezyapsanmi?
Yonimdagi stakanga sharbat quyayotib uning gaplariga tishlarimni birlashtirdim. Kesatmay turishini hech qanday iloji yoʻq.
– Bu nima uchunligi yaxshi bilasan.
– Bordi-yu agar men ruxsat bermasam-chi?
Doimgi kibrli nim tabassum bilan menga qaragan yigit asablarimni chatnatib yubordi. Hozirning oʻzida uni burdalab tashlashga tayyorman. Menga tikilib turar ekan kulib yuborgan yigit hech narsa boʻlmagandek sharbatdan hoʻplaboʻrnidan turdi. Buning maʼnosi nima? Axir u hech qanday javob bermadi-ku. Xonadan chiqib ketayotgan yigit tomon oʻgirilib oʻrnimdan turdim.
– Taehyung
U ortiga burilib savol nigohi bilan menga qaradi.
– Ruxsat berasan shundaymi?
Unga yaqinlashar ekanman qoʻllarini choʻntagiga solgan yigit pastki labini tishlab jimib qoldi.
– Men uchun bu qanchalik muhim ekanligini aytdim, axir.
– Qachon Parijda boʻlishing kerak?
– 5 kundan soʻng festival. Kamida 1kun oldin Parijda boʻlishim kerak.
– Tushunarli
Nihoyat uning yuzida jiddiylikni koʻryapman.
– 2kundan soʻng ish bilan Parijga boraman, seni ham olib ketaman.
– Nima?
– Nima?
– Demak Parijda shaxsiy ishing bor.
– Ha muammo bormi?
– Shunchaki meni oʻzing bilan olib ketishing mumkin edi, ammo sen unday qilmading. Atayin meni mazax qilish uchun kechagi tomoshani oʻylab topding.
Jahlimni tiya olmay unga yaqinlashgancha vishillar ekanman qanchalar yerga urilganimni his qilib koʻzlarimga yoshlana boshladi. Ammo qarshimdagi yigit aksincha. Koʻzlarini katta-katta qilgancha menga tikilib kulib yubordi. Jin ursin* shu kelishgan yuzini majag'lab tashlashga tayyorman.
– Tomosha? Seningcha bu tomosha edimi?
– Boshqa nima boʻlishi mumkin? Eng boshidan akamga qarshi ish qilish maqsadida meni tanlading. Endi esa har tomonlama meni kamsitishga urinyapsan.

Kulgudan toʻxtagan Taehyungning yuzi jiddiylashib menga bir qadam yaqinlashdi. Oramizda hech qancha masofa qolmagani sabab uning nafasi meniki bilan qorishib yuzimga urila boshladi.
– Kecha tundagi voqea sen uchun tomoshami yoki boshqa narsa bilmadim, biroq bu men uchun rafiqam bilan birga oʻtkazgan ilk ajoyib tunim edi. Shunday ekan boʻlmagʻur gaplarni bas qil va oʻzingni yovvoyilardek tutishni toʻxtat. Parijga chindan borishni istasang jahlimni chiqarma, Aera.
U chiqib ketgan eshikka uzoq vaqt tikilib qoldim. "Rafiqam bilan oʻtkazgan ilk ajoyib tun" dedimi? Chindan bu tun yoqimli oʻtdi, biroq men nima boʻlganda ham Taehyung meni sevishiga ishonmayman. Uning aytayotgan gaplari ham menga nisbatan qilayotganlari ham sevgiga mutlaqo mos emas.

~

Erta tongda dengizning koʻrinishi yana-da oʻzgacha boʻlarkan. Osmon aksi tushib jilvalangan musaffo suv meni oʻziga shu qadar tortardiki... Biroq afsuski, men suzishni bilmayman va suvni ham yomon koʻraman. Ortimdan quchgan Jin sovuq boʻlishiga qaramay tashqarida oʻtirganim uchun qosh chimirdi. Ikkimizning ustimizda faqatgina choyshablar bor edi xolos.
– Shamollab qolasan, Liye
– Menga shunday turish yoqyapti. Qaynoq qahva ichayotganim sababli ham sovuqni unchalik his qilmayapman.
– Ammo baribir sovuq.
U yelkamdan qoʻllarini oʻrab majburlab meni ichkariga olib kirdi.
– Jin, bir muammo bor.
– Qanday muammo, sevgilim?
Yuzimda mayin boʻsa qoldirib yonimga choʻkkan yigitim sochlarimni yuzimdan olib chuqur tikildi.
– Menga bunday qarama.
Choyshabni yana-da tortib oldimbi berkitdim. Sababi adyol ostida faqatgina ich kiyim bilan oʻralgan tanam bor xolos. Yovvoyilarcha oʻtkazgan tunimizni hisobga olsak men tunda hatto kiyinmasdan uxlab qoldim, Jin ham. Qilgan ishim sabab yuzida tabassum aks etgan yigit boshini egib piqillab kula boshladi.
– Nega kulyapsan?
– Oʻzim shunchaki.
– Jin, jiddiy gaplashib olishimiz kerak.
– Yaxshi sevgilim, men ham shu sabab senga yaqinroq oʻtirgandim, lekin sen meni notoʻgʻri tushunding, shekilli, oʻzingni choyshab bilan muhofazalay boshlading.
– Nima? Men... Sen... Jahlimni chiqarishni bas qil, Jin!
U yana ochiqchasiga meni mazaxlab kula boshladi. Kaftini yuziga bosgancha kularkan asabiylashishdan boshqasini qila olmasdim.
– SeokJin!
– Khm, qanday muammoni nazarda tutayotganding, chagi?
– Akam... Raewoon haqida gaplashmoqchiman. Unga bu haqida qachon aytamiz.
Barmogʻidagi uzukka ishora qilib kecha tunda qilgan qarorimizga shama qildim. Yuzi tezda jiddiylashgan Jin tirsagiga suyanib bir nuqtaga tikilib qoldi. Menimcha chuqur oʻyga botdi.
– Bu haqida tashvishlanishga hojat yoʻq. Qanday boʻlsa hammasini boricha aytamiz.
– Ammo, Suga masalasichi?
– Uni ham. Nimalar boʻlgan boʻlsa hammasi haqida toʻgʻrisini aytamiz. Yolgʻon gapirishga ham qandaydir bahona oʻylab topishga ham hojat yoʻq. Biz bu yoshdan allaqachon oʻtganmiz.
– Bugun shu masalani hal qilamiz, maylimi?
– Albatta, faqat avval nonushta qilib olamiz. Qani turaqol.

~

Jin bilan hech qanday muammolarsiz va shubhalarsiz qilgan ilk nonushtamiz ajoyib oʻtdi. Suhbatimiz hech qachon tugamaydi, kecha tunda ham bir birimizga navbat bermay suhbat qurdik. Hozir ham shunday. Ovqatlanib boʻlgach biz yaxtani tark etdik va shaharga yoʻl oldik. Birinchi qiladigan ishimiz Raewoon bilan koʻrishish edi, ammo u mening raqamimni allaqachon oʻz qora roʻyxatiga kiritib qoʻygan. Shu sabab uni ishda boʻlsa kerak deb taxmin qilgancha toʻgʻri politsiya mahkamasiga bordik. Uni tashqarida kutib turarkanmiz meni koʻrgan akamning yuzi tundlashib qovoqlari uyildi. Oʻzimni shu qadar aybdor his qilyapmanki, hech qachon bunday boʻlmagan.
– Xayrli kun, aka
– Senga ham.
Raewoon oʻsha sovuq yuz ifodasi bilan mendan yarim qadam ortga turgan Jinga boshdan oyoq razm solgach menga yuzlandi.
– Nega kelding?
– Sizga qoʻng'iroq qilib bogʻlana olmadim.
– Nima sababdan endi yoʻqlab qolding?
– Aka, jiddiy gaplashib olishimiz kerak.
– Endimi? Endi men bilan suhbatlashishni istab qoldingmi? Sen bilan gaplashib vaqtimni behuda sarflashni xoxlamayman.

– Buning ustiga sobiq sevgiling bilan ham yarashib olibsan. Nahotki, shuncha ishdan soʻng ham tushunib yetmagan boʻlsang?!
– Aka...
– Sen allaqachon hammasiga oyoq qoʻyib uyni tark etding. Endi aslo qaytishga urinma!
Raewoonning qoʻlidan tutib toʻxtatishga urindim. Ammo qoʻlimni siltab tashlagan akam hatto bir marta boʻlsa ham ortga burilib qarab qoʻymadi.
– Raewoon!
Jinning ovozi atrofga jarang socharkan ikkimizning ham nigohimiz oʻsha tomonga burildi.
– Jahl ustida vaziyatni yana-da chigallashtiryapsiz.
– Sen qanday qilib qarshimga chiqishga jurat etding, ablax?!
Raewoon olaygan ko'zlar bilan Jinning yoqasidan tutgancha o'ziga kuch bilan tortdi.
– O'zingga qanday ep ko'rding buni yaramas?!
Uning qo'lidan ushlayman degunimcha yigitimning yuziga musht tushirgan akam meni chinakamiga hayratda qoldirdi.
– Aka, shoshmang! Raewoon, to'xtasangizchi, axir!
U meni siltalab tashlab yana bir necha marta Jinga tashlandi. Ammo Jin ham ortiq jim turmadi. Bir urinishda akamning yoqasidan ushlab orqaga itarib yubordi.
– INKOR QILMAYMAN, HA MEN SHUNDAY PASTKASHMAN! SHUNDAY IFLOS ODAMMAN MEN! Lienga arzimas inson ekanligimni ham bilaman. Biroq qalbimga, yuragimga buyruq bera olmayman. Men uni baxtli qila olaman. Qancha yashayman, necha yil umr ko'raman bilmayman, biroq uning yuzida faqatgina tabassum bo'lishiga va buning sababchisi o'zim bo'lishga qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Bizga qarshilik qilmang, chunki nima bo'lgan taqdirda ham uni o'zimniki qilaman.
Ikkisi ham bir biriga o'qraygancha chuqur-chuqur nafas olar ekan tezda ular orasiga tushdim.
– Aka, iltimos meni eshiting. Jin xato qildi, qilgan barcha ishlarini tan olyapti axir. Unga imkon berishni istadim va shunday qildim. Bizga qarshilik qilmang. Siz... Men sizsiz, sizning gʻamxoʻrligingizsiz baxtli boʻlolmayman.
– Sen qachon mendan soʻrab nimadir qilgan edingki endi qilsang? Qanchalar xudbinsan, Lien. Seni taniyolmay qoldim.
– Sizningcha uni sevishga haqqi yoʻqmi? Sevishi va sevilishi xudbinlikmi sizning oʻylashingizcha?
– Sening hatto gapirishga haqqing yoʻq. Ha bu xudbinlik! Bu ayb! U seni qayta sevishi va imkon berishi xato! Eshitib ol, Lien, men hech qachon mana shu advokatga turmushga chiqishingga rozi boʻlmayman. Agar mening fikrim sen uchun qiziq boʻlsa deb aytdim, aksincha boʻlsa ham hayron qolmas edim.
– Aka, unday emas bu...
– Biz allaqachon qaror qabul qilib boʻldik.
Jin qoʻlimdan tutgancha uni yuqoriga koʻtarar ekan, nomsiz barmogʻimda jilvalangan uzukka koʻzi tushgan Raewoon qoshlari bir nuqtada uyilib oʻlim nigohlarini menga qadadi. Boʻldi. Bari tamom. U meni endi ham kechirmaydi. Bu ortiqcha edi. Jinning nooʻrin paydo boʻladigan doimiy jahli hammasini chippakka chiqardi.
– Bu nima? Aslo yashirincha nikohdan oʻtdim dema!
– Y..yoʻq nimalar deyapsiz, unday emas! Biz...
– Xoʻsh shunday boʻlsachi?
– Jin, iltimos, hozir ortiqcha.
Suhbatga aralashgan Jinning ogʻzini yopishga urinib uning gaplarini kesib tashladim.
– Hali unday narsa boʻlmadi. Biz shunchaki qaror qabul qildik. Raewoon, tushuning men uni sevaman. U meni baxtli qilishiga ishonganim uchun ham shu yerda siz bilan buni tushuntirishga chiranyapman. Men yetarlicha azoblandim, hammasini shunchaki unutmadim. Hammasini tushundim, tahlil qildim nima kerak boʻlsa barini qildim va chuqur oʻyladim. Xato qilmaganimga ishonchim komil. Keling hammasiga barham beramiz. Bir birimizdan boʻlak yaqinimiz yoʻq, axir.
– Senda bor. Boʻlajak turmush oʻrtogʻing yoningda turibdi. Meni esa ortiq bezovta qilma. Ha aytgancha haligi qotil mijozing ham bor, uni ham yaqinlaring safiga qoʻshishing mumkin.
– Aka, bu haqida...
– Bas, Lien. Mening oxirgi gapim shu. Boshqa yoʻlimdan chiqma!
– Nima? Aka... Raewoon!
U menga ters burilgancha mahkamaga kirib ketdi. Toʻxtatish uchun ortidan bormoqchi boʻlgan ham edimki, Jin bilagimdan qattiq tutib bir qadam bosishga ham qoʻymadi. Qanday qilib yigʻlab yuborganimni hatto anglolmay qoldim. Silkinayotgan yelkamdan quchib oʻrindiqqa oʻtirgʻizgan yigitim meni quchib ovutishga urinardi.

– U oʻziga kelib qoladi, biroz sabr qilsang boʻlgani.
– Unga bu haqida aytmaslik kerak edi.
– Liyee, nega endi qilgan qarorimizdan afsuslangandek gapiryapsan.
– Unday emas. Men afsuslanyapman demadim, Raewoon uzukni koʻrgach battar qizishib ketdi.
– Sevgilim, u sening akang, shunchaki sendan kechib ketishiga ishonasanmi?
– Bilmayman. Ouf toʻgʻrisi charchadim.
Yuzimni kaftim bilan toʻsib piqillab yigʻlab yubordim. Meni quchogʻiga tortgan Jin ohista sochlarimdan silab peshonamdan oʻpib qoʻydi. Koʻzyoshlarimdan ivib ketgan yuzimni koʻksiga berkitib tasalli beramoqda u.
– Yur yaxshisi bu yerdan ketamiz. Raewoon bilan yana gaplashamiz faqat bu yaqin kunlarda emas. U jahlidan tushishini va seni sogʻinishni kutishimiz kerak.
– Uning diydasi qattiq.
Koʻzyoshlarimni artib ming'irladim.

– Sening qarashlaringga yumshamaydigan inson hali tugʻilmagan, sevgilim. Shunday ekan siqilma, akang hammasini tushinib yetadi. Oz muncha vaqt uni yolgʻiz qoʻy. Ózi bilan oʻzi kelishib olsin.
– Shunday deb oʻylaysanmi? U bizni qabul qiladimi, seningcha.
– Bu ahamiyatsiz. Bir birimizdan hech qanaqasiga kechmaganimizni koʻrishgach shunga majbur boʻlishadi.
Hafsala bilan boshimni egib qarshimdagi binoga qaradim. U hatto oyna ortidan ham koʻrinmaydi. Koshki bilsaydingiz, sizni yoʻqotishdan qoʻrqib oʻsha ablax Sugaga yordam berganimni, aka.
Oʻzimcha xayol qilib sumkamni olgancha oʻrnimdan turdim.

~

BIR NECHA KUNDAN SOʻNG.

PovLien: Oʻsha kundan soʻng akam bilan hech qanaqasiga bogʻlanishga urinib koʻrmadim. Jin aytganidek uni biroz oʻz holiga qoʻyishga qaror qildim. U ham men kabi biroz oʻylab xulosa qilardimi balki. Ammo biz yana bir muammoni boshdan oʻtkazdik. Mening shoshqaloq yigitim hokimning qizi bilan uchrashuvga chiqib unga sevgan qizi bor ekanligini aytgan. Buning ustiga "agar meni sevib qolgan boʻlsangiz afsusdaman, men albatta koʻrkam yigitman, biroq bu inson boshqa biriga allaqachon tegishli. Shu sabab sizni rad etishga majburman" degan gaplarni aytib qizni kamsitib ham qo'ygan. Kecha tunda xuddi Raewoon bilan boʻlgani kabi janob Kim bilan ham ancha-muncha koʻngilsizliklar boʻldi. Hamma bizning birga boʻlishimizga qarshi. Men shu qadar omadsizmanmi yoki Jin?! 3kundan buyon miyamga kelmagan o'yning oʻzi qolmadi. Ikkimiz ham uyda diqqinafas boʻlib ketdik. Balki shu sabab bugun tashqarida ovqatlanishga va sayr qilishga chiqmoqchimiz.

~

PovAera: Nihoyat eng qiyin kunni boshdan oʻtkazdim. Sahnadan pastga tushar ekanman meni eng birinchi kutib olgan inson ustoz Kim edi. Men bu chiqishga 6 oy, yarim yil tayyorlandim va butun Yevropa va Osiyo davlatlari orasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdim. Oʻzimda shu qadar kuchli faxrni his qildimki, xursandligimdan ikkilanishsiz borib ustozimni quchib olibman. Uning yelkasi osha quvonchdan porlayotgan koʻzlarimni ochib erimni koʻrganimda tok urgandek miyamda portlash sodir boʻldi. Tezda oʻzimni yigʻib ustozdan uzoqlashdim.
– H.. haligi kechirasiz men...
U menga eʼtibor qilmay qoʻlimdagi kubikni qoʻliga olgancha uni koʻtarib baqirgancha guruhdagilarga oʻgirildi. Chindan men juda xursand edim va uning quchganimni nimasi yomon, axir ustoz Kim akamdek boʻlib qolgan. Ularni chetdan kuzatib oʻzim erishgan yutuqdan boshim osmonga yetayotgandi, toki nigohlari qorayib borayotgan Taehyung qarshimga kelmaguncha.
– Tabriklayman, azizam.
U meni oʻziga tortgancha yanog'imdan oʻpib qulogʻimga issiq nafas bilan shivirladi.
– Men hech narsani nazardan chetda qoldirmadim.
Tanam boʻylab jimirlashni his qilib undan uzoqlashdim. Guruhdagilarga qoʻshilib xursandchilik qilishda davom etdim.
– Janob Kim Taehyung, sizga ham tashakkur. Homiyligingiz asosida hammasi ancha oson boʻldi.
– Tushunmadim?
Ustozning gapini tushunmay oraha suqilar ekanman Kim Suhyon men tomon burilib tomoq qirdi.
– Janob Kim Parijga kelishimiz uchun yordam berdilar. Yuqoridagi barcha hujjatlarni ózi toʻgʻirlab berdi, buning ustiga hamma harajatlarni ham oʻz boʻyniga oldi. Xabaring yoʻqmi, Aera?
Men bu gaplarni hazm qilgunimcha ancha vaqt ketdi.

Toki ustozning qirsillagan barmogʻi koʻz oldimdan oʻtmaguncha bur nuqtaga tikilib qotib turaverdim.
– Haligi... Men kiyimlarimni almashtirib qaytaman.
Ularga taʼzim qilgancha u yerni tezda tark etdim.
– Janob Kim, Aera uchun xursandman. Turmushdan soʻng uning isteʼdodini qadrlashingiz meni juda xursand qildi ochigʻi.
– Men aynan shu isteʼdod uchun Aerani tanladim. Biroq endi shuni aniq ayta olamanki, rafiqam boshqa siz bilan ishlamaydi, ustoz Kim Suhyon.
– T..tushunmadim...
Ustoz Kimning yuzi tundlashib tushunarsizlik bilan Taehyungga yuzlandi.
– Nimasi tushunarsiz? U endi hech qanday tanlovlarda ishtirok etmaydi va universitetga ham bormaydi. Uyda unga oʻzim barcha shart-sharoitlarni yaratib beraman. Ruxsatingiz bilan.
Taehyung doimiy iltifot bilan madaniyatli shaxslar kabi u yerdan nari ketdi va oʻng qoʻli hisoblanmish qoʻriqchisining yonidan toʻgʻri ishtirokchilar uchun moʻljallangan boʻlimga kirib ketayotgan yigitga qarab qoldi.
– U bizning odam emasmi?
Qoʻriqchi tomoq qirib Taehyungning qarshisida bosh eggancha unga javob berdi.
– Ha, u yaqinda ishga kelgan yigitcha. Haligi... mazur tutasiz janob u hojatga ketdi.
Taehyungning qoshlari chimirilib nigohlarini yana u ketgan tomonga yoʻnaltirdi.

~

PovAera: Bundan chiqdi Taehyungning ózi bu safarga bosh qosh boʻlgan va aslida mening bu yerga kelishimga ham qarshi boʻlmagan. Biroq men undan ruxsat olish uchun nimalar qildim... Kiyinish xonasiga qaytib eshikni qattiq yopgancha unga suyanib qoldim. Inson shu darajada ayyor boʻlishi mumkinmi? U meni atayin mazax qilganining yana bir isboti. Yoʻq bunisi oshib tushdi. Oʻzi ham bu yerga kelishimni bila turib, mening ismim bor hujjatlarning hammasini oʻzi tasdiqlatib yana meni oʻyin qildi. Ablax! Xonaning u yeridan bu yeriga borib kelarkanman eshik qattiq taqillab xayollarimni uchirib yubordi. Uni ochib tashqariga qarar ekanman Taehyungning qoʻriqchisi qarshimda turardi.
– Sizga nimadir kerakmi?
– Xonim, men bilan ketishingiz kerak. Meni bu yerga janob Suga yubordilar. Sizni ularning buyrugʻiga binoan Rossiyaga olib ketaman.
– Nima?
Koʻzlarim olayib baqirib yubordim. Hali oʻzimga kelmasimdan ikkinchi shok xabar.
– Xonim iltimos shoshiling, Kim Taehyung bizni sezib qolsa nima boʻlishini yaxshi bilasiz.
– Men... S..sizga qanday ishonishim mumkin?
– Meni ilgari koʻrmagansizmi? Men doim janob Xo Ingook bilan yurar edim.
U qoʻriqchilar ismini biladi, biroq bu yuz... U menga notanish. Qo'rqyapman, tavakkal qilish hayotimning tugashiga olib kelishi mumkin. Taehyung aniq oʻylab oʻtirmay uni ham meni ham yoʻq qiladi. Hammasiga koʻz yumib tezda xonaga qaytib sumkamni olgancha oʻsha qoʻriqchi bilan orqa eshik tomon shoshildim. Orqa eshikdan silliqqina chiqib ketishimizga ishonchim komil edi, ammo eshik ochilib tashqarida men koʻrgan chehra butun vujudimga qoʻrqinchli titroq yoydi... Uning kulib turgan yuzi ayni dam iblisning tabassumidek koʻrindi koʻzimga. Qaltiroq bilan ortga tisarilar ekanman kamaridan qora rangli toʻpponchasi sugʻurib olganini koʻrib qoʻrquvim battar oshib ketdi. Akam yollagan yigit boʻlsa qurol o'qtalgancha mening yoʻlimni toʻsdi. Xuddi meni himoyalagandek ortga olar ekan mening koʻzlarim Taehyungning oʻlik nigohlarida qotib qolgandi. U hecham yuz ifodasini oʻzgartirmasdi. Bu esa meni battar aqldan ozdirmoqda.
– Unga yaqinlasha koʻrma, yaxshilikcha bizga...
Yigitning gaplari ogʻzida qolib ketdi. Taehyung uni shu qadar hissizlarcha otib o'ldirdiki, koʻylagimga sachragan qonni koʻrib karaxt boʻlib qoldim. Oyoqlarim ostiga qulagan yigit tipirchilar ekan qorachiqlari g'imirlab bir nuqtada qotdi. Tanamni sovuq ter bosib nigohlarimni yana aqldan ozgan erimga qaratdim. Keyingi nishon menman...
– Biz... Bilasanmi sevgilim, senga nisbatan biz soʻzini faqat men ishlata olaman. Sen va men bu biz. Endi esa mashinaga chiq va biz sen bilan samolyotga chiqqanda bafurja gaplashamiz. Yigitlarim kiyinish xonasida shoshganingda yodingdan chiqarib qoldirgan kiyimlaringni olib qaytishadi.
Qoʻrqqanimdan hatto tilim aylanmay qoldi. Oyoqlarim falaj ahvolga kelib yurish uchun ham harakatlana olmasdi.

Taehyung menga qarab boshi bilan "yur" ishorasini qildi. Lekin mening ongim allaqachon oʻzimdan chiqib ketgandi. Oyogʻim ostida akam yuborgan qoʻriqchisining jasadi va uni bir necha daqiqa oldin oʻz erim otib tashladi. Eng yomoni esa men aynan shu odamdan qochayotgandim u esa meni tutib oldi. Bundan battari boʻlmaydi. Meni daxshatga solayotgan boshqa bir narsa esa Taehyung mutlaqo oʻzini xotirjam tutishi... U nega menga jahl qilmadi?
– Uning tanasini boʻlaklab egasiga yuboring.

U sovuqqonlarcha aytgan gaplari mening yuragimni teshib oʻtdi. Bu men yashayotgan olamga xos, biroq akam hech qachon mening koʻz oldimda qotillik qilmagan, men uning vaxshiy tomonini hech qachon koʻrmaganman. Taehyung esa bu gapdan soʻng menga ma'noli qaradi. Qoʻriqchilar jasadni koʻz oldimda olib ketishar ekan bir qadam ham bosmaganimni koʻrgan erim men tomon kelayotganini koʻrdim. Nigohlarimni o'lik koʻtarib ketayotgan yigitlardan uzib ulgurmay Taehyung meni yelkasiga koʻtarib oldi. Bir zumda oʻzimni mashina ichida koʻrdim. Keyingi manzil esa shaxsiy samolyot. Qoʻrquvdan xuddi sovuqda qolib ketgan odamdek qaltirayotgandim. Agar u akamga nimadir qilsachi?

~

PovLien: 10 daqiqa oldin qaynoq jo'ja qovurdoq olib kelishga ketgan sevgilim hamon kelmayotgandi. Sovuqdan qoʻllarim ham oyoqlarim ham muzlab qoldi. Ochiq havoda qaynoq qahva va issiq joʻja qovurdoq yeyishni rejalashtirgandik, lekin negadir Jindan darak yoʻq. Unga qoʻngʻiroq qilib oʻtirgan oʻrindig'imdan turib u ketgan tomonga yura boshladim. Go'shakka javob bergan sevgilimning erkalagan ovozini eshitib beixtiyor tabassum qildim.
– Oppaaa ~
– Hozir boraman, ozgina uzoqroqqa ketishga majbur boʻldim. Sevgilim uchun qovurilgan joʻja izlab.
Ikkimiz ham kulib yubordik.
– Men ham zerikib ketdim, sen tomon boryapman.
– Sabrsiz, sevgilim.
– Ha shunday ~
Ora yoʻlga kirar ekanman odamlar deyarli yoʻq koʻchadan telefonda gaplashib oʻtardim. Jinning jaranglab kelayotgan ovozi boʻsh yoʻlakda aks sado berib eshitila boshladi. Bu esa mening tabassumimga sabab boʻlgandi. Ammo kutilmaganda bu ovoz oʻrnini qandaydir shovqin egallab oldi. Goʻshak ortidan qadam ovozlari va mashina motorining tovushini eshitdim. Yurishdan toʻxtab telefonga gapira boshladim.
– Alo... Jin?
– ....
– Alo! Oppaa, shu yerdamisan?
Qoʻrquvim ortib tahlika bilan uni chaqira boshladim. Ammo javob yoʻq. Ovozim titroq bilan chiqib telefonni o'chirmasdan baqira boshladim. Shoshib yugurgancha toʻgʻriga harakatlandim va muyulishdan burilayotgan mashinaga koʻzim tushdi.
– SHOSHMANG! TOʻXTA ABLAX!
Bilmadim negadir Jin aniq oʻsha mashinada ekanligiga ishonayotgandim. Mashina raqamiga koʻz tashlab xotiramga muxrladim. Oyoq ostiga qarab maxsus paketdan yerga toʻkilgan joʻja qovurdoq va yerga to'kilib ketgan qahva idishlarini koʻrdim. Ichimdan nimadir uzilgandek tizzalab yerga choʻkar ekanman uzoqroqda yotgan telefonga koʻzim tushdi. Uning yonida qon tomchilari... Daxshatdan ichimni vahima egallab oldi. Unga nimadir qilgan boʻlsa-chi? U tirik... Ha u tirik. Nima qilishim kerak? Endi Nima qila olaman. Butunlay aqldan ozdim. Miyam nimadir oʻylash uchun butkul ojiz qoldi. Uning qoʻl telefonini hovuchlab yigʻlab yubordim. Ovozim qanchalik baland chiqmasin, meni hech kim eshitmayapti. Hech kimsa yoʻq...

~

Keyingi qismda:

– Seni ham oʻsha advokat mashuqangni ham yoʻq qilamiz! Qanday qilib janob Binga fitna uyushtirishga hadding sigʻdi, laʼnati?

~

– Koʻzyosh toʻkishni bas qil! Sen 18 yoshli ojiz qizaloq emassan.

~

– Qoʻzichoq arslondan qochaman deb oʻz jonini xatarga qoʻyibdi-da?!

~

Aera - Avtor.