MAG'RUR ISHQ • Part - 12 [ 18+ ]
....
O'sha kecha uzoq yig'ladim. Sababsizmi yoki bunga arzirdimi bilmayman lekin ko'zimdan oqqan yoshlarni hisobi yo'q edi. Yuragim og'rib ketardi. G'oyoki o'zimni aldangan va bechora his qilardim, ammo tushuna olmadim nega men bunchalik hissiyotga berilayotganimni. Axir hammasi eng boshidan ma'lum edi, men bilardim. U meni sevmasligini ham, o'rtamizdagi munosabatning na boshi na oxiri yo'qligini ham. Bu qadar og'rinish nega edi axir?! Ehtimol u aytgan har bir so'zni jiddiy qabul qilib yuborganman, chamamda. Yoki u meni jiddiy qabul qilishimni xohlagan. Aynan qay biri haqiqatga yaqin anglolmayapman, shunisi ma'lumki, yuragim ko'ksimni o'yib tushgudek qattiq og'riyapti. Men ayta olmadim, u har gal meni o'zidan itarganida, yuzimga uni telbadek sevib qolganimni solganida va har gal ojizlarcha qarshisida ko'zyosh to'kkanimda bularning bari juda og'riqli ekanligini ayta olmadim. Aqldan ozgandek har safar u yana kelishini kutdim. – Kelmaysanmi? Meni ovutmaysanmi? Aytgan gaplaring uchun uzr so'ramaysanmi? Nahotki mendan birgina so'zingni ayasang?! Aqalli nomiga bo'lsa ham "sen bularga loyiq emasding" deb ayta olmaysanmi? deyishni istardim. Lekin yo'q, men shunday kuchsiz va zaif kimsaman, xuddi sen kabi, Park Jimin.
Hammasini birma bir yodimga olishdan to'xtatolmadim o'zimni. Men o'sha kechadan so'ng, o'sha tungi 3:00 dan keyin senga nisbatan his qilgan hamma tuyg'ularimni unutdim. Sen bilgan qiz endi men emasman. Biz o'rin alishamiz. Endi sen savollar ichida qolasan. Men esa ahvolingni maroq bilan kuzataman. Taqdir senga qachondir jazo berishini kuta olmayman. Qalbim shunchalik nafratga to'lganki, bu azobni shaxsan o'zim ko'zlaringda alanga olayotganini ko'rishni xohlayman. Imkon qadar tezroq...
Rani uxlab qolganini payqagan Xarin uning ustini yopib peshonasidan o'pib qo'ydi. Jimin esa imkon qadar shovqinsiz harakatlar bilan televizor tugmasini bosib chiroqni o'chirdi. So'ng xonadan chiqib ketayotgan rafiqasini ko'rdi. Uni to'xtatishni istadi, lekin yana nimadir sabab gapirmadi. Shunchaki pastga tushib oshxonaga kirdi. Ortidan kelayotgan qadam tovushlarini payqarkan xotirjamlik bilan lablari yoyilib muzlatkichga butun gavdasi bilan suyanib kelayotgan insonni mamnuniyat bilan kuta boshladi...
Ko'p o'tmay, tanish ifor dimog'ini qitiqlar ekan u hali ham nafasini ohista havoga qo'yib yuborgancha jim turardi. Xarin chiroqni yoqmadi, muzdek suv quyib ichdi-da stakanni qo'liga olgancha orqaga burildi. Shundagina sovutgich yonida turgan inson sharpasini ko'rdi. Birinchi xayoliga kelgan fikrdan qichqirishga tayyor turgan qiz ichayotgan suviga tiqilarkan pitirlagan ko'yi ortga qadam tashladi.
Jimin: Hoy hoy Xarin, hammasi yaxshi hammasi joyida!
Tezda qizning yonida paydo bo'lgan Jimin rafiqasining yelkasidan silab ohista qoqib qo'yarkan tanish ovozdan keyin qiz anchagina tinchlandi. Bo'lgan voqea haqida hali Jimin bilmaydi. Sobiq yigiti haqida...
Xarin: Men yaxshiman...
Yigitdan uzoqlashdi u va sochlarini yelkasi osha ortga tashladi. Ayni shu daqiqalarda issiq nafas bo'yniga kelib urilayotganini his qildi. Juda yaqinda edi u... Oldingi tegishlarga o'xshamagan mayinlik... Qizning bel qismidan ushlagan Jimin tanalar o'rtasidagi masofani ikkilanishsiz keskin qisqartirdi. Endi Xarin erining qattiqligini* sezib turardi. Ko'zlari kattalashib ketgan qiz biroz esankirab qoldi. Ular aloqa qilishmaganiga uzoq yillar bo'lgan, lekin hozir... Nima Jiminni bunchalik hayratlantirganini bilmagan qiz miyasidagi fikrlarni tartiblab olarkan o'zini tezda nazorat ostiga oldi.
Xarin: Aqldan ozma, Jimin, - erini itarib yuborgancha ketishga chog'langan qizning tirsagidan qattiq ushlab o'ziga tortdi-da uning lablariga o'zinikini bosdi. Lablari ustida harakatlanayotgan iliqlikdan bir onga o'zini yo'qotib qo'ygan XArin erini o'zidan itarib tanasini ortga olarkan, Jimin lablarini artgancha nigohlarini olib qochdi.
Xarin: Bu nima qilganing? - miyasi deyarli ishlashdan to'xtagandi uning. Ehtimol yigitdan bunday yoqimli va yumshoq harakatlar kutmagani uchundir?! Isib ketayotganidan chuqur-chuqur nafas olib sochlarini ortga tashlarkan Jiminning nogphlari rafiqasining ochiq ko'ksiga tushishi bilan ichidan qaynab kelayotgan ehtiros to'lqini battar oshirib yubordi. Aynan shu qaynoqlik uni yana-da oldinga qadam tashlashga undadi. O'rtada hosi bo'lgan uzoq masofani qisqartirgan Jimin qizga yaqinlashgan ko'yi uning iyagidan barmog'i bilan silab yuzini o'ziga qaratdi.
Jimin: Sen buni istamaysanmi, Xarin?
Xarin: Nima haqida gapirayotganingni tushunmayapman.
Jimin qizni ortga itargancha yo'lini to'sdi. Nozik bel qismidan sirg'alib siqimlagan ulkan kaft qizning tanasini o'ziga yaqinroq tortdi.
Jimin: Meni ichingda his qilishni... - shivirladi Jimin uning terisini kuydirar darajada. Qizning oyoqlari orasiga sekinlik bilan kirgan barmoqlar namlikni his qilarkan Jiminning nafasi og'irlashdi. Uni o'ziga yana-da yaqinlashtirarkan titrayotgan lablar ichidagi ehtirosni kuchaytiribgina qo'ymay butun tanasini jumbushga keltirgandi. Xarin yuziga urilayotgan nafasdan butunlay nazoratni yo'qotdi. U hatto eslay olmaydi, oxirgi marotaba qachon aloqada bo'lganini. Tanasiga botayotgan barmoqlar chinakam ehtirosdan harakatlanayotgani ham so'nggi marta qachon sodir bo'lgani esida emas.
Xarin: Mendan nari tur, Jimin.
Xarin yigitni o'zidan uzoqlashtirishga uringan paytida yigit bir harakat bilan uni yelkasiga ko'tardi va son qismidan siqimlagan ko'yi shivirladi.
Jimin: Hammasini yotoqda hal qilamiz, azizam...
Xarin: Jimin...
Ovozini birdan ko'tarib yuborgan qiz tezda lablarini kafti bilan to'sar ekan Ranining uxlayotgani yodiga tushib asabiylikdan uf tortdi. Ular anchadan buyon alohida xonalarda tunashadi, shu sabab Jimin o'z yotoqxonasiga kirdi va qop qora rangdagi choyshab ustiga qizni avaylab yotqizdi.
Xarinning kaftlari hali ham yigitning yelkasida turardi. Keyin esa boshining ikki yonidan o'tgan baquvvat bilaklarga nazar tashlarkan bo'rtib chiqqan tomirlar sabab og'ir yutindi.
PovXarin: U nima qilayotganini yaxshi bilib turardi. Muammo ham shunda. Men qanday yo'l tutishni bilmayman, lekin agar hozir o'rtamizda nimadir bo'lsa ham bo'lmasa ham keyin qiladigan ishim aniqligini bilaman. Shunday ekan nega endi uning ham hissiyotlari bilan o'ynashmasligim kerak?! Nigohlarimiz bir biridan uzilmasdi. O'rtadagi havo ham qaynoqlashib ketayotgandek... O'ng qo'l tirsagiga tayangancha pasaygan Jimin yanog'im bo'ylab lablarini yuritdi. Ko'zlarimni yumib buni yaxshiroq his qilishni istadim. Lablarimizni hech qanday ikkilanishsiz birlashtirarkanmiz, uning ho'l tili og'zim ichiga kirishi bilan tanam titrab ketdi. Pastki labimni kuchli xoxish bilan so'rib tortgan yigitning qorachiqlaridagi qorong'u istak meni aqldan ozdirmoqchidek edi... Har bir nafasimni imkon boy bermay yutib yuborayotgan Jimin butun tanasi bilan ustimga chiqib oldi. Uning lablari bo'ynimga tushib tobora pastlashar ekan ochiq ko'ksim ustidagi issiq nafas qornim ostiga yoqimli hissiyot yoydi. Entikib entikib nafas ola boshladim. Uning qattiq kafti belimdan mahkam ushlab egnimdagi tungi kiyim tasmasini bo'shatib yubordi. Jimin endi to'xtamasligini, hatto buni endi o'zim ham davom etishini xohlashimni bilardim. U kindik atrofimda barmoqlarini bosib so'ng pastlatdi. Chuqur nafas olgancha boshimni ortga tashladim.
Jimin: Buni xohlaysan, shundaymi? - u barmoqlarini chuqurroq botirib shivirladi. Klitor atrofida atayin aylanayotgan mayinlik ta'sirida nafasim tomog'imga tiqilib qoldi. Uning yo'g'on barmoqlari ostimga kirib harakatlanarkan qo'llarim beixtiyor erimning sochlarini siqimlab oldim. U ustimdagi libosimni yulqib yechib tashladi. Men ham uning futbolkasini yuqoriga ko'tarib erimning mushakdor tanasini his qilishni istadim.
Jimin: Oyoqlaringni kengroq yoy, - Jimin sonimga kaftini bosib oyog'imni kengroq ocharkan menga yana-da yaqinlashganini his qildim. Sport shim bog'ichini yechgach allaqachon qattiqlashgan organini* ostimga to'g'irlarkan sabrsizlik bilan uning yelkasiga tirnoqlarimni botirib ingray boshladim. Qin devorlarimni to'ldirib ichimga chuqurroq kirib borayotgan azodan deyarli chinqirib yubordim. Bir kafti bilan ko'kragimni siqimlab irillagan yigitim qattiq harakat bilan butun tanamni siltalab yubordi. Xonani ikkimizning ovozimiz qoplab oldi. Jiminning peshonasida kichik ter tomchilari paydo bo'ldi....
PovJimin: Butun vujudim ehtirosdan yonayotgandek edi go'yo. Kaftim ichida turgan yumshoqlikni siqimlagancha harakatlanarkanman Xarinning ingragan ovozi o'zim uchun belgilagan barcha chegaralarni yanchib tashladi. Men endi ko'proq istayman. Uni yana-da chuqurroq his qilishni xohlayman. Qop qora to'shak ustida mening ta'sirimda ingranayotgan rafiqamning oppoq tanasi ichimdagi yovvoyi hayvonni tashqariga chiqarib yubordi.
Xarin: Sekinroq, Jimin! - bo'ynimdan qo'lini o'ragan qiz nafas aralash qichqirarkan hammasini tushunib battar tezlashdim.
Jimin: Bilaman, sen yaqinsan.
Xarin: JIMIN! - u bo'shanishga tayyor edi. Bu lahzani uzoq kutishga sabrim chidamaydi. Qattiq kirib chiqishdan so'ng uning qotib qolgan nafasi va yo'qolgan qorachiqlarini ko'rib lablarim keng yoyildi. Shunchalik kuchli ishtiyoq bilan aloqa qilayotgandimki, oxirgi marta bunday ehtirosga berilganim hatto yodimda yo'q. Holsizlik bilan yuzimdan silagan qiz meni o'ziga yaqinroq tortdi. Men ostimdagi bu betakror tanani lablarim bilan erkalashni boshladim. Eng yoqimli hissiyot bu sen qilayotgan harakatlar unga qanchalik zavq bag'ishlayotganini his kuzatish bo'lsa kerak. Lablarimni shimigancha bo'sani chuqurlashtirayotgan qiz o'rnidan turishga urinayotganini sezdim. Unga yo'l berganimdan so'ng Xarin azoyim* ustiga o'tirgancha tanasini pastga egdi. Qo'llarim ixtiyorimga qarshi rafiqamning ortini siqimlaganida o'zimni tiya olmay allaqachon qizarib ketgan lablarini tishlay boshladim...
Uzoq yillik sog'inch natijasida birlashgan tanalarning hovuri uzoq vaqt xonada saqlanib qoldi.
Vaqt yarim tundan o'tganida bir necha bor aloqadan keyin ikkisi ham charchab qolishdi. Xarin egnida bazo'r choyshabni tortib ochiq yuvinish xonasiga tikildi. Ular aloqa davomida ham undan keyin suhbatlashishmadi, ammo qiz sevgan insonining ko'zlaridagi ishtiyoq va zavqni aniq ko'rdi. Xuddi bir necha yillar ilgarigi ehtiros edi bu. Hech qanday so'zsiz insonning yuragigacha yetib borgan shovqinli hissiyotlar...
Qizning kipriklari sekin-astalik bilan tutasharkan oyoqlari orasidagi pastelni quchoqlagan ko'yi uxlab qoldi. Oradan 10 daqiqalar o'tib xonaga qaytgan Jimin butunlay to'zib ketgan yotoq ustida oppoq tanasining yarmini zo'rg'a ko'rpa bilan yopgancha uxlab qolgan qizni ko'rib chuqur nafas oldi. Uning biroz namiqqan sochlari va yigitning kichik qo'polliklari sabab oppoq tanasida qolgan qizarishlar Jiminni qayta taranglashtirdi. Hozir uning o'zi ham bilmasdi ichida nimalar bo'layotganini ammo aniq hech narsa odatiy emas. Karavotning bir chetiga o'tirgan yigit tirsagini tizzasiga tiragancha Xarinni sinchkovlik bilan kuzata boshladi. Qop qora sochlarni mayin silab faqat o'zi eshitadigan ovozda shivirladi:
– Bunchalik chiroyli bo'lmasang-a...
Erta tongdanoq shovqindan yuzim burisharkan ko'zlarimbi arang ochdim.
– Dada, Oyi!! - Ranining ovozi edi bu. Bir zumda kecha tundagi ishlar yodimga tushib ko'zlarim moshdek ochilib ketdi. Keyin esa egnimda hech vaqo yo'qligini sezdim.
Xarin: Jimin! - yonimda uxlab yotgan yigitni turtib uyg'otarkanman u ham bazo'r ko'zlarini ochib savol ifodasi bilan tikildi menga.
Xarin: Rani shu yerda! - dedim vahima bilan.
Jimin: Kelaversin, - uning xotirjamligi battar jahlimni chiqarib yubordi.
Xarin: Aqldan ozganmisan, axir men... men kiyimsizman
Eshik tutqichi pastga tortilib sevimli o'yinchog'ini quchoqlagancha qizim kirib kelarkan choyshabni yaxshiroq tortib o'rnimga yotib oldim.
Jimin: Rani, qizalog'im - meni yaxshi tushungan erim o'rnidan turishga shaylanarkan ko'rpa ostidan sonimni siqib qo'yishi sabab hayratdan dong qotib qoldim. Nima bir kechada baxtli er-xotinga aylanib qoldikmi?!
Jimin: Yuraqol, qizim, oying kiyinib olishi kerak ekan.
Aysh jin ursin bolaga nimalar deyapti u?!
Rani: Oyim nega kiyimsiz yotadilar axir?! - dadasining qo'lidan ushlab olgan qizim yelkasi osha xona ichiga qayta qayta qararkan uyatdan yanoqlarim qizarib ketdi.
Xarin tezda o'rnidan turib yuvinib chiqarkan o'z xonasiga qaytganida javonga suyangan ko'yi telefonini tutib turgan Jiminni ko'rdi. Yotoq ustida esa Rani o'ynab o'tirardi. Xarin yigitning o'tkir va g'azabdan qizarib ketgan nigohlarini ko'rib bir onga ikkilanib qoldi. "Nima?" degandek yelka qisdi u yigitga.
Jimin: Gaplashamiz, Xarin, tezroq pastga tush.
U atayin ko'rsatib qo'lidagi telefonni jahl bilan yotoqqa uloqtirarkan zardali ohangda shivirlab chiqib ketdi. Qiz tezda qo'l telefonini tekshirdi. Bu Yoongi. Chuqur uh tortdi u. Bu yigit nima istaydi o'zi?! Offisga borish uchun kiyimlarini kiygach Ranining yuzidan o'pdi-da xonadan chiqdi. Jimin uni allaqachon mashinaga suyangancha kutib turardi. Qiz yigitni ko'rdi, ammo atayin yo'nalishni o'z mashinasi tomonga o'zgartirdi.
Jimin: Men bilan o'yin o'ynama, Xarin, - keskin ohangda baqirdi yigit. Aslida u shunchaki baland ovozda gapirgandi.
Xarin: Men ishga ketyapman, biz hech qachon bitta mashinaga kompaniyaga bormaganmiz. Shunday ekan drama yasamaganing ma'qul.
Jimin: Biz gaplashishimiz kerak, dedim senga.
Xarin: Hozir ishga ikkimiz ham kech qolamiz.
Ko'zoynagini xotirjamlik bilan taqqan qiz ro'lga joylashib mashinani o't oldirdi.
Park asabiylikdan chuqur nafas olarkan qora rangli mashina chiqib ketishi uchun yo'l berarkan uning ortidan o'zi ham yo'lga chiqdi.
PovXarin: Yoongidan kiruvchi qo'ng'iroq amalga oshirilgan va unga Jimin javob bergan. Ular nima haqida gaplashgan? Yo'l bo'yi shu haqida o'ylab keldim. Bilmayman, nega lekin Yoongi o'tmishimiz haqida 1daqiqalik qo'ng'iroq davomida hammasini aytib tashlagan deb o'ylamayman. U o'ylab gapiradigan va ish qiladigan odam.
– Xayrli kun, Xarin - yo'limdan chiqqan qizni ko'rib qoshlarim chimirildi.
Xarin: Boshlig'ingizga qanday muomala qilish yodingizdan chiqib qoldiz shekilli, Xong Chayong xonim.
Uning ensa qotirganini aniq ko'rdim. Ko'zlari ochiq bo'ynimga qadalib pastlasharkan kechagi tundan qolgan izlarni sinchkovlik bilan tomosha qilayotganiga ishonchim komil edi.
– Janob Park bugun ishga chiqadimi yoki yo'q so'ramoqchi edim.
Xarin: Tushuna olmadim? - borgan sari taranglashib borayotgan asab tolalarim ovoz ohangim o'zgarishiga sabab bo'ldi.
– Xodim o'z deriktori haqida so'rashi sizningcha olamshumul yangilikmi, Xarin xonim?
Xarin: Sen yana qanday xodim deriktor haqida gapiryapsan-a? - men deyarli nazoratni yo'qotayozgandim. Ammo ortimdan eshitilgan ovozdan sapchib tushdim.
– Siz bilan gaplashib olishimiz kerak, Xarin xonim.
Ortga qayrilib ko'rgan insonimdan hayratga tushdim. U qachon kelgandi o'zi?!
Xarin: Bizni hech kim bezovta qilmasin.
Xong Chayongga buyruq bergancha majlislar xonasiga ketdim.
Xarin: Siz aqldan ozganmisiz, nima?
Eshikni yopishimdan oldin, o'shqirib boshlarkanman Yoongi xotirjamlik bilan stulga joylashdi.
Yoongi: Senga ham salom, sevgilim.
Xarin: Jim bo'ling! - unga barmog'imni niqtagancha jahl qildim, - men erlik ayolman. Jimin ham shu yerda u hozir keladi.
Yoongi: Ha qo'lidan hech vaqo kelmaydigan eringni nazarda tutyapsanmi?
Xarin: Nima bo'lganda ham u mening erim. Tongda nimani gaplashdingiz?
Nigohlarimni olib qochgancha savol berarkanman qarshimda o'tirgan yigit sokinligini yo'qotmagan holda allakimga qo'ng'iroq qila boshladi. Ko'p o'tmay u bu yerga o'z kotibini chaqirdi. Jimin esa allaqachon shu yerda.
Jimin: Xayrli kun, janob Min Yoongi.
Ertalabki sokinlik hali ofisni to‘liq tark etmagan. Katta oynalardan kirib kelayotgan xira quyosh nuri xonani sovuq yorug‘lik bilan to‘ldirardi. Hammasi juda tinch… lekin bu tinchlik qandaydir xavfdan darak berib turgandek. Jimin rafiqasining qarshisida o'tirgan erkakni ko'rib qadamlarini sekinlatdi. Keyin chimirilgan qoshlar bilan qizga ma'noli qarash qildi.
Yoongi: Biz ham Kim Xarin xonim bilan sizni kutayotgandek, Janob Park.
Hatto hurmat yuzasidan o'rnidan turishni ham lozim topmagan yigit qo'lidagi yondirgichni shisha stolga urib xonaga shovqin taratgancha gapirdi.
Jiminning nigohi birinchi bo‘lib Yoongiga tushdi… keyin esa, sekin Xaringa ko‘chdi.
Jimin: Park Xarin. Qarshingizdagi ayol mening rafiqam bo'ladi, janob Min Yoongi.
Bir lahza. Faqat bir lahza. Lekin o‘sha lahzada nimadir o‘zgardi. Jiminning ichidagi rashk alanga oldi ayni shu lahzada.
Jimin: Xarin? - Jiminning ovozi past, lekin shubha aralash edi. – Sen bu yerda nima qilyapsan, sevgilim?
U go'yoki mehribon erdek o'zini tutishga urindi, ammo Yoongi hammasidan xabardorligi bois buni yashirmay lab chetida kulib yubordi. Uning mensimas harakatlari borgan sari vaziyatni jiddiylashtirardi.
Yoongi: sizlarning munosabatingiz yaqinda ajrashishi kutilayotgan oila uchun o'ta iliq emasmi? - Xarinning qoshlari chimirilib ketdi. Jimin esa undan battar hayratga tushdi. Investor sifatida bu yerga kelgan biznes hamkori ularning shaxsiy hayoti haqida qayerdan bilishi mumkin?
Jimin: Xarin...
Jimin oldinroq bergan savoliga javob olish uchun qayta qizga murojaat qildi. Xarin javob berishga shoshilmadi. Nigohi bir soniya Yoongiga qadaldi… keyin yana Jiminga qaytdi.
Xarin: Men… - u chuqur nafas oldi, - uchrashuv haqida eshitdim. Bu kompaniya… mening ham hayotimning bir qismi.
Yoongi sekin jilmaydi. Bu jilmayish iliq emas edi. Qizning Jiminga yon bosayotgani uni jazavaga tushishga undardi.
Yoongi: Qiziq, - dedi u xotirjam. - Men sizni bu qadar… yaqin deb o‘ylamagandim.
Jiminning nigohi keskinlashdi.
Jimin: Janob Min, bu mening shaxsiy hayotim.
Yoongi: Ha shundaymi? Unday bo'lsa siz shaxsiy hayotingizni ko'pchilik bilan muhokama qilar ekansiz, janob Park.
Erkakning nigohi endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xaringa qadaldi. Xarin sobiq yigitining ilmoqli gaplari nimaga ishora qilayotganini tushuna olmay kalovlanardi.
Jimin: Rafiqamga qanday muomalada bo'lishni o'zim hal qilaman. Chunki u mening rafiqam.
Yoongi: Bilaman, - dedi u nihoyat qo'lidagi yondirgichni qattiq og'zini yopib. Uning shovqini yoqimsiz eshitildi. Go'yoki g'azablangan odamning baqirig'idek. Xarinning ko'zlari Yoongi bilan tutasharkan barmoqlari sekin qaltiradi, lekin u o‘zini qo‘lga oldi.
Xarin: Biz… ish haqida gaplashayotgan edik, to‘g‘rimi? - dedi u, ohangini barqaror tutishga urinib. Yoongi undan ko‘z uzmadi.
Yoongi: Albatta. Ish haqida.
U nihoyat stolga yaqinlashdi va Jiminga yuzlandi.
Yoongi: Janob Park, sizga taklifim oddiy: men kompaniyangizni qutqaraman.
Jimin kulimsiradi, lekin bu kulgi sovuq edi. Ayni damda bu erkakning barcha gaplari, hatto, xatti-harakatlari ham o'zini zaif his qilishga undardi.
Jimin: Evaziga-chi?
Yoongi bir soniya sukut qildi. Keyin… sekin gapirdi:
– 51 foiz aksiya.
Xonada sukunat cho‘kdi.
Xarinning ko‘zlari kattalashdi. Jimin esa qotib qoldi.
Jimin: Bu degani… Siz kompaniyaning asosiy egasiga aylanasiz.
Yoongi: To‘g‘ri, - Yoongi bosh irg‘adi. - Qarorlar mening qo‘limda bo‘ladi.
Jiminning ovozi qattiqlashdi:
Jimin: Bu hamkorlik emas. Bu egallab olish.
Yoongi yelkasini beparvolik bilan qisib labini burib qo'ydi.
Yoongi: Nomini qanday qo‘yish sizning ishingiz. Natija o‘zgarmaydi.
U stol ustiga barmog‘i bilan sekin urdi:
– Men sizning barcha qarzlaringizni yopaman. Banklar bilan muzokara qilaman. Kompaniyangizni uch oy ichida qayta oyoqqa turg‘izaman. Evaziga esa… nazoratni olaman.
Xarin: Jimin, bu juda katta xavf…
Yoongi birdan suhbatga aralashgan qizning gapini bo‘ldi.
Yoongi: Xavf? - u sekin kuldi. -Yo‘q. Bu sizning yagona imkoniyatingiz. Oldingizda turgan moliyaviy xavfdan emas mendan qo'rqishingiz aqlga sig'maydi.
Jimin birdan turib ketdi.
Jimin: Men kompaniyamni begona odamga topshirmayman.
Yoongi: Begona? - uning ovozi pastlashdi. Ishonchingiz komilmi?
Xarinning nafasi yana og‘irlashdi.
Yoongi davom etdi:
– Siz allaqachon hamma narsani yo‘qotish arafasidasiz. Men esa sizga tanlov beryapman. Yoki kompaniyangiz mening qo‘limda yashaydi… yoki siz bilan birga cho‘kadi.
Xarin: Yo'q. Jimin bunday qilolmaysan.
Jimin: Shundog'am bunday qilmayman.
Yoongi: Yaxshilab o'ylab ko'ring, Janob Park. Ba’zi narsalarni saqlab qolish uchun… ba'zida ularni qo‘yib yuborishga to‘g‘ri keladi.
Bu safar uning nigohi ochiqchasiga Xaringa qadaldi.
Jimin bir nafasga bu taranglikni tushuna olmadi. Ammo yagona anglashilgan narsa Yoongi Xaringa befarq emasdi.
Jimin: Majlis tugadi. Ortimdan yur, Xarin.
Jimin rafiqasiga buyruq bergancha tashqariga shoshilarkan qiz o'tkir nigohlarini Yoongiga qadab erining ketidan ergashdi.
Ular xonaga kirgach yigit eshikni bor kuchi bilan yopib bo'yinbog'ini yulqib oldi.
Jimin: Uni taniysanmi? - bo'g'iq ovozda savol berdi erkak. Xarin esankiragancha divanga joylasharkan buni keskin rad etdi.
Xarin: Sen shunchaki jahlga berilyapsan.
Jimin: Hamkor bo'lishga kelgan investor tongda senga qo'ng'iroq qilyapti. Tongdan. Erta tongdan, ishdan tashqarida, Xarin.
Xarin: Axir bu ish yuzasidan...
Jimin: Rafiqamga qaysi biznes odami erta tongdan qo'ng'iroq qilishi mumkin? Xo'sh bundan oldin ham shunday bo'lgandimi? Ajrashishimiz haqida ham sen aytdingmi?
Xarin: Jimin aqlingni yig' nimalar deyapsan?
Jimin: Jin ursin! U SENGA QANDAY QARAGANINI KO'RDIM MEN, XARIN!
Xarin: Noo'rin g'azablanyapsan!
Jimin: Yaxshi. Juda soz. Men nohaqman deylik. Nega menga u haqida aytmading?
Xarin: Bizda gaplashishga imkon bo'ldimi, Jimin?
Endi qiz ham jiddiylashib o'rnidan turdi.
Jimin: Hazillashyapsanmi? Biz tunni birga o'tkazdik, Xarin!
Jimin yana-da yaqinlashib qizning ko'zlariga tikilarkan qiz o'yladiki, agar u haqiqatni biladigan bo'lsa uning g'azabi Xarinning dunyosini butunlay yo'q qilib yubora oladi.
Xarin: Biz kompaniyada shu darajada ko'p tortishganimiz sababli, ajrashishimiz haqida butun dunyo xabar topgan ko'rinadi. Yaxshisi, buni uzoq cho'zmaganimiz ma'qul. Eshik tagida sevgiling ham kutib qoldi.
Xarin boshqa so'z demay ortiga o'girilarkan uni o'ziga kuch bilan tortgan Jimin qizning qorachiqlariga juda yaqindan tikildi. Jahldan lablari titrab ketardi. Ammo gapirish uchun biror so'z topa olmadi. "Bunday bo'lmaydi, biz ajrashmaymiz! Seni qo'yib yubormayman!" Deyishni istadi. Xarin ham ich-ichidan qarshisidagi turgan inson "Meni qo'yib yuborma, gaplarim xato ekanligini ayt. Meni sevishingni ta'kidla" deyishini kutdi. Lekin yo'q, o'rtada sukutdan boshqa hech vaqo sado bermadi.
Jimin: Ajrashamiz.
Xarin: Ha ajrashamiz. Tez orada
Jimin: Yaqin qoldi.
Xarin: Ha. Shunday.
Ikkisi ham buni intiqlik bilan kutayotgan kabi gapirisharkan Xarin tirsagini siqib turgan kaftlar bo'shaganini his qilib xonadan chiqib ketdi.
13-qism tugadi. Yoqimli mutolaa xato va kamchiliklari bosa uzr soriman )))
#Aera