MAG'RUR ISHQ • Part - 11
– Meni o'ldirish uchunmi bu?
Past, shivirga o'xshash tanish ovoz eshitilgach pichoq ushlagan bilagim qaltirab ketdi. Rani... Qizim xotirjam uxlab yotibdi degan umiddaman. Kelgan odam yolg'iz bo'lmasachi? Daxshatdan qichqirib yuborishga tayyorman. Ammo bu ovoz...
– Bunday qilolmasligingni ikkimiz ham bilamiz.
Bu kim bo'lishi mumkin? Hech narsa deya olmadim, hatto chiroqni yoqa olmayman. Qorong'u xona meni battar vahimaga solardi. Oldinga qadam bosgan ham edimki tirsagimdan tutib meni o'ziga tortgan yigit qo'limdagi qurolni yulqib olib polga uloqtirdi. Uning tim qora ko'zlarini ko'rib nafasim to'xtab qolay dedi.
– S..siz....
Ovozim xonada yangradi. Qarshimda turgan kimsa... U tirik...
– Men ham seni sog'indim...
Sochlarimni silab yuzimdan nari surgan yigit bo'ynimdan kaftini o'ragancha lablarimga labini bosdi... Shunchalik qo'rquv va hayratdan qotib qolgandimki, aqlim hech narsani qabul qilmadi. Soniyalar ichida uni o'zimdan itarib yubordim. Men bu insonni oxirgi marotaba 8 yil ilgari ko'rgandim. Mening sobiq yigitim jinoyatchi sifatida qarshimda turibdimi? Aqldan ozish hech gap emas.
- Nega qochyapsan? - orqaga qadam tashlaganim sari men tomon yaqinlashib kelayotgan erkak tirsagimdan siqimlab meni o'ziga tortdi.
- Menga yaqinlasha omaysiz! Hoziroq keting bu haqida politsiyaga xabar beraman.
- Politsiya? - dedi u shivir ostida kulib. Ochiqchasiga meni mazax qilayotgani battar jig'imga tegdi. Hech ikkilanishsiz uning kulib turgan yuziga tortib yubordim. Bu insonga nisbatan nafratim cheksiz edi. U bilan bog'liq hamma narsa og'riqli. O'tmish yoqimsiz xotiralarga to'la.
- Nima istashingni bilmayman, ammo yarim tunda uyimga bostirib kirib menga qo'l tekkizishga haqqing yo'q! - imkon qadar past ovozda gapirishga uringan sarim g'azabim qaynab nafasim ovozi atrofni tutib ola boshladi.
- Sen ulg'ayibsan, Xarin.
Qarshimdagi erkakning men tushirgan tarsakidan so'ng aytgan gaplari shumi? Tushunarsizlik bilan qoshlarimni chimirdim.
- Men ketaman, ammo hammasi endi boshandi. Bu safar boshqacha bo'lishiga va'da beraman.
Meni shunchaki o'sha yerda qoldirgan yigit oyog'i ostidan pichoqni oldi-da uni tutqich ostidan zinaga qo'ygancha chiqib ketdi. Shunchaki uyni tark etdi, qanday osonlik bilan kirgan bo'lsa shunday silliq va qarshiliklarsiz ketdi. Tanam muzlab bir yerda qotib qolgandek miq etolmadim. Hushim o'ziga qaytganida esa Ranining xonasiga yugurdim. Qanchalik xavotrim kuchli bo'lmasin bu men bilgan inson ekanligii ko'rganimdan so'ng qizim xavfsiz ekanligini his qildim. Men undan nafratlanishim va qayta ishonmasligim mumkin, biroq bunchalikka razillikka boradi deb o'ylamayman. Xona eshigini ohista ochib ichkariga mo'ralaganimda Rani sevimli ayiqchasini quchoqlagancha pishillab uxlab yotardi. Churuq nafas olib uning yoniga bordim. Qizimning sochlarini silab o'pich qoldirdim-da o'zimning ham ustimga choyshab tortdim. Kichkintoyimning bir maromda olayotgan nafasiga quloq tutib o'tmish haqida xayol surdim.
- 8 YIL OLDIN -
O'sha kuni yomg'ir yog'ardi. Meni irg'itib yuborgan mashina ketganiga taxminan 30 daqiqalar bo'lgandi, lekin men hali ham u qaytishiga umid qilib o'sha yerda turardim. Yomg'ir sabab ivib ketgan kiyimlarimga, o'pkamga kirayotgan havo tinmay yig'i sabab hiqillab chiqayotgani va sovuqdan ho'l kiyimlarda qaltirayotganimga qaramay bir nuqtaga ham siljimadim. U kelishi kerak edi, meni shunday tashlab keta olmas edi. Bizning 1 yil davom etgan sevgimiz pxir oqibatda mening keraksiz axkat kabi yo'lga uloqtirilib ketishim bilan tugamaslgiga ishonardim. Qattiq yig'ladim, juda ko'p ko'z yosh to'kdim, lekin bular yetarli bo'lmadi. U qaytmadi. Faqat aytadigan gapi birgina jumla edi: " Men sen uchun xavfiman". Men u ehtimol allaqachon mendan zerikkan va boshqa kimgadir oshiq bo'lgan deb o'yladim. Bu haqiqatga yaqin edi. Lekin ayni damda men sen uchun xavfliman degan uning so'ngi gaplari tinmay qulog'im ostida jarang sochmoqda. Oradan shuncha yil o'tib qaytgan sobiq sevgilim uyimda jinoyatchidek paydo bo'ldi. Bo'sa...
Ha u meni o'pdi. Ko'zlarim moshdek ochilib aqli hushiga qaytgan odam singari o'rnimdan turib ketdim. Yuragim qattiq urardi, kaftim esa lablarim ustida turibdi. Bunday bo'lmasligi kerak edi. U men turmush qurganimdan xabardormi yoki yo'q? Qiziq, bu yerga nega keldi? Nima sababdan yana hayotimga qaytdi? Eng daxshati uy ichiga qay tarzda kirdi? Signalizatsiya, xavfsizlik tizimi ishlaganini men eshitmay qolgan bo'lishim mumkin emas. Miyam portlab ketishga tayyor shunchalik ham ko'p tahminlar aylanayotganidan nimada, qaysi fikrda to'xtalishni bilmasdim. Tartibsizlik ustiga tartibsizlik.
- 1 HAFTADAN SO'NG -
Xarin: Mendan xavotir olmang, aka, hammasi yaxshi.
Xarin Hajoonni bag'riga bosgancha yelkasiga qoqib qo'ydi. Yigit mehribonlik bilan singlisining peshonasiga lablarini bosarkan majburan istamay jilmaydi.
Hajoon: Eringni sudiga qolmaganimdan xafa bo'lmaysan shundaymi? - yarim kesatiq ohangda gapirgan yigit singlisining tabassumiga sababchi bo'lgandi.
Xarin: Shundog'am biz ajrashyapmiz, aka. Jiminga keyingi hafta sud bo'lishini aytdim.
Hajoon: Otalik huquqichi?
Xarin jimib qoldi. Nigohlarini aeroport hududiga qadarkan chuqur xo'rsindi.
Xarin: Yo'q, Rani Jiminni qattiq yaxshi ko'radi.
Hajoon: Buni qadrlayman, azizam.
Xarin: Sizga oq yo'l aka, demak yozda yana ko'rishamiz.
Aka-singil bir birini quchib xayrlashishgach Hajoon jo'nab ketdi. U shaxsiy biznesini Sehunsiz yuritishga qiynalishi haqida ko'p bosh qotirdi. Jimin bilan bog'liq muammolar va yaqin do'stining o'limi sabab uning ham dunyo bo'ylab yoyilgan biznesi anchayin muvaffaqiyatsizliklarga sabab bo'lgandi. Endi ishga qaytmasa hammasi barbod bo'lishi turgan gap.
- Janob siz so'ragan, hujjatlar, - Jeyms qo'lidagi bir qancha fayllarni boshlig'iga tutib yana ko'zlarini planshetga qadadi.
- Hammasi joyida, hozir Park interprays kompaniyasining amaldagi deriktori huzuriga boramiz. U uzoq xarxasha qilishi mumkin, lekin hamkorlikka ko'ndira olishimga ishonchim komil.
Mashina kutilganidek 10 daqiqa ichida kompaniya yonida to'xtadi. Notanish raqamli mashinadan tushgan rasmiy kiyimdagi odamlar ichlariga kirishar ekan, qabulxona xodimi bilan birgalikda deriktor xonasiga ketishdi.
PovXarin: Qachondir o'qigan sohamda ish yuritishim haqida hech o'ylamagan ekanman. Bizning oilamiz biznesmenlar oilasi edi desam ham bo'ladi. Akamda ham menda ham otamning kasbini davom ettirishdan boshqa tanlovimiz bo'lmagan. Biz uchun dadam qaror qabul qilgan va biz so'zsiz bunga amal qilganmiz. Hozir esa xuddi dadam va akamga o'xshab katta kompaniyaning qarz hisobotlarini tekshirish bilan bandman. Bu juda qiyin. Hatto kompaniya qulash arafasida. Bizga kuchli hamkor va homiylar kerak. Reklama kompaniyalari bilan hamkorlik, marketing bo'limiga yangi ishchilar. jin ursin hammasi rasvo ahvolda. Jimin nimalar qilgan o'zi? Qaynotamning vafotidan oldin ham ularning biznesi qiyin davrni boshdan kechirayotgan edi, endi esa mutlaqo tugash arafasida.
- Park xonim, siz bilan uchrashishga yangi hamkorlar kelishdi.
Xarin: Ah ayni muddao, ularni majlislar xonasiga olib boring.
Oynaga qarab biroz pardozimni yangiladim-da xnamdan chiqdim, to'g'rirog'i Jiminning xonasidan. Tashqarida kutib turgan kotiba Xong Chayong hammasidan ortiqcha.
Xarin: Bizga qahva olib kel.
Ovozim shunchalar qattiq buyruq ohanggi bilan chiqqanini hatto o'zim ham his qildim. Unga go'yoki kotiba emas xizmatkordek muomala qilgandim. Asabiyman, yangi tayinlangan hisobchi Yun meni zal yonida kutib turgan ekan.
- Siz uddalaysiz, Xarin xonim, - dalda bergab bo'ldi yoshi 40 dan oshgan hisobchi Yun. Bilinar bilinmas tabassum qildim-da ichlariga kirdim.
Xarin: Uzoq kuttirib qo'ymadim, degan umiddaman. Men ushbu kompaniyaning amaldagi rahbari Park Xarin.
O'rnimga o'tirish barobarida nihoyat igohlarimga mehmonlar tomon ko'tarib bir muddat esankirab qoldim.
- Tanishganimdan xursandman, Xarin xonim. Men Xtrem ( Ekstrem) kompaniyasi rahbari Min Yoongiman.
Butun tanam titrab ketdi.
Chindan u hayotimga kirishga qat'iy ahd qilgan korinadi. Mima deyishni bilmasdim, faqat qarshimdagi erkakning o'tkir ko'zlariga tikilishdan boshqa choram yo'qdek edi.
- Xarin xonim, hammasi joyidami?
- Nazarimda siz biroz charchagansiz, Xarin xonim.
Uning ayyorona qiyofasi va kesatiq ohangidagi gaplari battar meni bezovta qila boshladi. Tomoq qirib olgancha stolga yaqinroq joylashib janob Yunga murojaat qildim.
Xarin: Bizni yolg'iz qoldira olasizmi, janob Yun? - erkakning yzui hayratdan burishib ketdi, ikkilanish bilan bir menga bir Min Yoongiga qararkan noiloj bosh chayqab xonadan chiqdi.
Min Yoongi: Tashqarida kut, Jeyms.
U ham o'z yordamchisiga ruxsat bergach taranglashib ketgan asablarimni tinchlantirish maqsadida chuqur nafas olib sochlarimni ortga taradim. Bu paytda qahva ko'targancha Xong Chayong kirib keldi. Uning nigohlari go'yo ma'lumot yig'moqchidek alanglardi. 2 daqiqalik sukutdan so'ng u chiqib ketdi va biz xonada yolg'iz qoldik. Sobiq yigitim va men.
Xarin: Nima istaysiz?
Takabburona qiyofasini hech buzmayotgan yigit o'zini stolga tashlab kostyumining ichki cho'ntagidan qandaydir taqinchoq chiqardi.
Yoongi: Senga ozor bermayman.
Xarin: YArim tunda uyimdagi xavfsizlik tizimini buzib kirgan erkak aytyaptimi shu gaplarni?
Yoongi: Ammo sen uchun xavf tug'diradigan ish qilmadm.
Stolni bor kuchim bilan urgancha o'rnimdan turib ketdim.
Xarin: Hayotimdan daf bo'lasiz. Sezayotgan bo'lsangiz mening oilam bor.
Yoongi: Oilang? Adashmasam bu turmush yaqinda tugaydi. Seni sevmaydigan eringni azarda tutyapsani? U bu yerda emas.
Xarin: Ammo keladi.
Yoongi: Ungacha bu kompaniya kasodga uchraydi, sevgilim.
Xarin: Min Yoongi! Haddingizni bilganingiz ma'qul.
Yoongi: Xo'sh agar unday qilmasamchi? - O'rnidan turgan erkak men tomon yaqinlashar ekan orqaga qadam tashlay boshladim, bu ixtiyorisiz ravishda bo'layotgandi. U o'rtamizda 1 qadam qolganida to'xtadi va biroz oldin cho'nagidan olgan taqinchoqni ko'rsatdi.
Yoongi: Bu sen uchun, aslida 8 yil oldin berilishi kerak bo'lgan hadya.
Uning nigohlari mening ko'zlarimni sinchkovlik bilan tekshirdi. Ammo unga nisbatan hamma marsa o'lib bo'lgan.
Xarin: Mening erim va qizim bor, Yoongi. Kuzatishni bas qilib o'zingzga boshqa ermak toping.
Yoongi: Eringmi? - siqilib ketgan jag' suyaklari uni asabiylashayotganini bildirardi.
Xarin: Ha va hozir biz aynan uning kompaniyaasida turibmiz.
Yoongi: Seningcha men uni yo'q qila olmaymanmi? Ehtimol Park Jiminni o'ldrisam azoblanarsan, ammo uni shunchaki sendan uzoqlashtira olaman.
Xarin: Aslo! Oilamga aralashmaysiz! Qizim dadasini qattiq yaxshi ko'radi. Unga tegsangiz...
Yoongi: Tegmayman. - unga tomon bigiz qilingan barmog'imni kafti ichiga olib pastga tushirgan erkak menga yaqinlasharkanikkinchi qo'lidagi taqinchoqni bilagimga taqa boshladi. Jahl bilan qo'limni siltab oldim.
Xarin: Menga tega olmaysiz. Bunga ruxsat bermayman.
Uning xuddi hech narsa bo'lmagandek harakat qilishi g'azabimni keltirayotgandi. Nima xohlaydi o'zi? Shuncha yildan so'ng ham meni unutmaganiga ishonmayman. Bilagimni ushlagancha undan uzoqlashib o'rnimga joylashar ekanman yana uning sokin ovoz eshitildi.
Yoongi: Uni senga berish uchun 8 yil kutdim, Xarin. Hammasini aytib beraman, barini tushuntiraman. Faqat hozir emas, sen qachon men bilan suhbatlashishga tayyor bo'lsang. Men kompaniyangiz bilan hamkorlik qilaman, mendan boshqa hech kim buni istamasigini yaxshi bilasan. Shunday ekan hujjatlarni imzolayver.
Unga hatto javob qilishga ulgurmasimdan eshik tomon yo'nalgan yigit tutqichdan ttugancha men tomon burildi.
Yoongi: Seni chindan sog'inganman, Xarin... - u orqasini burdi va yana bir muddat to'xtab oxirgi gaplarini aytdi:
- Park Jimin ertaga tushda ozod bo'ladi.
Buni u qayerdan biladi? Sud bugun bo'lishi kerak edi, ammo ertaga tushga ko'chirildi. Nima? Bularning hammasi menga shubhali va daxshatlidek tuyilib ketayotgandi. Min Yoongi bilan bo'lib o'tganlarning qandaydir aloqasi bormi?
Sud zalidan og'ir kayfiyat bilan chiqayotgan qiz oxirgi paytlarda kompaniya ishlarini ishonib topshirayotgan janob Yun hamrohligida tashqariga chiqdi. Mashinada ularni Rani ham kutib turgandi.
Rani: Oyijon dadam qanilar? - qizaloqning birinchi so'ragani bu Jimin edi, Xarin bilinar bilinmas tabassum bilan uni qo'liga oldida mashinadan pastga tushirdi.
Xarin: Hu anavi katta darvozani ko'ryapsanmi? - qizcha yoqimtoylik bilan bosh irg'adi, - dadang o'sha yerdan hozir chiqadi.
Rani: Ularga ketganimni aytdingizmi?
Xarin: Ha qizim, albatta aytdim.
Yana kulgancha yolg'on gapirgan qiz o'rnidan turib avvalgi tund kayfiyatiga qaytdi. Faqatgina xayolida kechagi Yoongining "U ertaga tushda chiqadi" degan gaplari egallab olgandi. Modomiki, uning bundan xabari bor ekan Sehun bilan bo'lgan voqealardan ham uzoqda emas. Bo'layotgan ishlar Xaringa chindan g'alati tuyilardi. Mashinaga suyanib qizining ko'z uzmay o'zi ko'rsatgan darvozaga tikilib turganini ko'rib yuragi o'rtanib ketdi. "Qanday ajrashaman?!" O'ziga o'zi savol berdi Xarin. Ranini dadasidan ajratish razillikdan boshqa emasdek tuyilardi unga. Xarin xayollari bilan chuvalashib turgan bir paytida qizaloq birdan qichqirib yubordi. Onasining sapchib tushganiga ham e'tibor bermay unga tomon bag'rini ochib katta-katta qadamlar bilan kelayotgan otasiga tomon talpingancha yugurib ketdi.
Xarin: Rani sekinroq
Uning kichik oyoqchalari qanchalik tez harakat qilmasin, ham quvonchdan kulgani sabab tezlashish o'rniga sekinlashib borardi. Dadasi tezda uni quchog'iga oldi-da ko'tarib oldi.
Rani: Dada, sizni sog'indim.
Mitti qo'lchalar Jiminning bo'ynidan o'ralarkan qizining beg'uborligidan qalbi mehrga to'liv ketgan yigit uni yana-da kuchliroq quchoqlardi.
Jimin: Qizalog'im seni men ham qattiq sog'indim.
Ranining sochlarini silab yuzidan o'pdi u.
Rani: Nega meni tashlab ketdingiz? - dadasiniki bilan bir xil bo'lgan lablarini cho'zgancha jahldor yuz qiyofasi yaratdi u.
Jimin: Ichkarida juda ko'p yomon amakilar bor ekan, qizim, men ularni adabini berib qo'ydim. Senga va sen kabi jajji bolakaylarga zarar yetkasmasligi uchun.
Rani: Dada siz qahramonmisiz? Men ko'rgan multfilmlarda qahramonlar shunday qilib dunyoni himoya qilishadi.
Ko'zlari hayratdan kattarib ketgan Rani dadasini oldingidan ham ko'proq yaxshi ko'rib ketganidan yana qichqirgancha kulib uni quchib oldi.
Janob Yun: Ortda qolgani rost bo'lsin, Jimin.
Janob Yun do'stonalik bilan yigitning yelkasiga qoqib qo'ygacha Jimin ham hurmat yuzasidan minnatdorchilik bildirdi. So'ng nigohlarini Xaringa qadadi. Qizning ham ko'zlari unda edi. Ich ichidan ahvoli qandayligini, u yerda qiynaldimi yoki yo'qligini so'rashni istardi, ammo jim bo'ldi. Qarshisidagi erkakning bir juft qorachiqlariga tikilishdan boshqa hech vaqo qilmadi.
PovJimin: Men kutdim. Bag'rimda turgan qizimdan Xarinning ifori kelardi. Uning mayin sochlari yuzimga tegib turarkan, men rafiqamni salkam 10 kundan buyon ko'rmaganimni his qildim. Bu sog'inchmi? Qanday hissiyot ekanligini bilmayman, lekin hozir uni bag'rimga bosishni xohlayapman.
Jimin: Ahvoling yaxshimi? - bu chegarani buzishni istadim. Nega bilmayman lekin bu xuddi dushmanlar jangiga o'xshardi. Ilk yurishni o'xim qilishga ahd qildim.
Xarin: Rani, kelaqol dadangni charchatma.
U hatto menga javob bermasdan quchog'imdagi Ranini mendan tortib oldi. Bir zumda xayollarim chalkashib ketdi. Nahotki bir og'iz ham gapirmaydi? Mendan hol so'ramaydimi?
Ular mashinaga joylashib bo'lishganidan so'ng hayrat bilan nima qilishni bilmay ikkilanib qolgandim. Qizimning ovozi sabab hushim o'zimga qaytdi.
Rani: Dada, kelsangizchi, uyga ketamiz.
3 yoshdan o'tib qolgan qizalog'imning ovozi qo'ng'iroqdek jaranglardi. Men uni dunyodagi hamma narsadan ko'proq yaxshi ko'raman. Beixtiyor lablarim yoyilib uning yoniga joylashdim-da eshikni yopdim.
Rani: Dada, bugun men bilan multfilm tomosha qilasizmi?
Jimin: Albatta qizim, - hatto o'ylab ham ko'rmay rozi bo'ldim. Tizzam ustida turgan qo'limdan ushlab menga suyanib olgan Rani endi onasiga murojaat qildi.
Rani: Oyijon siz ham biz bilan birga ko'ring.
Yuzini oynadan beri o'girmayotgan Xarinning javobiga Ranidan ham ko'ra ko'proq men qiziqayotgandim.
Xarin: Albatta qizim.
Kichkintoyimizning yuzidan silab tabassum qildi u. Nega bilmayman, ammo ko'nglim yorishib ketdi. Oynaga qaradim-da sezdirmay kulib qo'ydim. Aniq bilmayman, biroq o'zimni tushuna olmayapman. Uzoq muddatli ayriliq menga shunday tasir qildimi?!
Kechki 22:00 atrofida qorong'u xonada shunchaki alkogol ichib o'tirgan Yoongi eshikni taqillatib kirishga ruxsat so'ragan yordamchisini ichkariga taklif qildi.
Yoongi: Kel Jeyms, - yana bir qadahga viski quyish barobarida gapirdi u.
Jeyms: Xayrli kech, janob. Siz aytgan barcha hisob kartalaridagi pullar.
2ta og'ir jamadonni stop ustiga qo'ygan yigit o'zi ham stolga joylashdi.
Yoongi: Yaxshi ishlayapsan.
Jeyms: Raxmat janob Min. Sizdan bir narsa so'rasam degandim.
U boshlig'ining bosh irg'aganini ko'rib ichkilik solingan idishni qo'liga oldi.
Jeyms: Aytingchi nega Park Enterprays bilan hamkorlik qilmoqchisiz. Bu siz uchun zarar emasmi?
Yoongi: Menga kompaniya qiziq emas. Men faqat sevgimni qaytarmoqchiman.
Jeyms: Aybga buyurmang, ammo Xarin xonim oilali.
Yoongi: Jeyms, axir uning atrofidagi erkaklarni o'zing yo'q qilyapsan.
Jeyms: Biroq buning farqi bor, xonim Park Jiminni sevadi, yanglishmasam.
Jeyms xavfli gaplar gapirayotganini yaxshi bilardi. U Yoongi bilan 1yildan beri ishlaydi, boshlig'ini yaxshi biladi. Shuncha vaqtdan beri u faqatgina bir ayol uchun uzoq harakat qilganidan ham xabari bor. Lekin o'sha qizning oilasi va farzandi borligini bilmas edi.
Yoongi: Tez orada buziladigan oila.
Jeyms: Qizaloqchi?
Yoongi beixitiyor tabassum qildi. Bir nuqtaga tikilib bir necha daqiqa jim turgach lablari kengroq yoyildi.
Yoongi: U juda shirin qizaloq. Xuddi onasidek.
Jeyms: Lekin menga u Park Jiminni eslatdi.
Nihoyat o'tkir nigohlarini Jeymsga qadagan Yoongi tishlarini g'ichirlatgancha dag'al ovozda gap boshladi.
Yoongi: Jeyms senga bir necha kun ko'zimga ko'rinmaslikni maslahat beraman, - dedi u sekingina yana bosiqlikni saqlab. Jeyms ham xo'jayiniga xos ravishda shunchaki tomoq qirdi-da ichkiligini oxirigacha simirib o'rnidan turdi.
Jeyms: Siz nima desangiz shu, boss - dedi u xitoy tilida va chiqib ketdi.
Yoongi: Yaramas bola, unga xitoy tilini tushunmasligimni aytsam ham menga o'z tilida gapiraveradi. Aysh...
Jimin uyga qaytgach Rani bilan suhbatlasha-suhbatlasha uxlab qolgandi. Qizining g'ingshib qo'lidan tortaverishi sabab bazo'r ko'zlarini ochganida allaqachon quyosh botgandi. Kechki ovqatni ham ikalasi birga qildi. Xarin pastga tushmaganidan ko'ngli g'ash tortga Jimin hali ham ilk qadamni bosish haqida o'ylardi. U hech qachon ichidagi sog'inch bunchalik kuchli nuqtaga borib yetganini his qilmagan. Bugun ular Ranining sharofati bilan bir oila bo'lib film ko'rishga kelishishgandi. Multfilm boshlanganiga ancha bo'ldi, lekin Xarindan darak yo'q.
Rani: Dada, sizga Joo yoqadimi yoki Millymi? - multfilmdagi qahramonlardan birini tanlashni so'rayotgan qiziga nima deb javob berishni bilmagan Jimin talmovsirab qolarkan bazo'r qulog'iga to'g'ridek eshitilgan ismni aytib yubordi. Sababi u multfilm boshlanganidan buyon faqat bir xayol bilan vaqt o'tkazayotgan edi.
Jimin: Menga Joo yoqadi.
Rani: Ha u ham sizdek qahramon dada.
Jimin: Rani, balki oyingni chaqirib kelarsan? Men filmni to'xtatib turaman.
Rani dadasiga tikilib turib so'ng yana televizorga qaradi. Qizaloq ikkilanish bilan bosh irg'ab tezda yotoqdan tushdi-da xonadan chiqib ketdi.
Jimin: Ha qizingdan yaxshigina foydalanding, Jimin. Qani endi qaysarlik qilmay kelaqol, Xarin.
Yuziga qizining yumshoq o'yinchog'ini bosib uh tortgan yigit aslida u qaytganidan keyin nima qilishni ham bilmasdi, lekin hozir rafiqasi yonida o'tirishini hamma narsadan ko'proq istayotgan edi.
Xarin: Shundaymi? - nihoyat uning hayrat to'la ovozi eshitilarkan yuzidagi o'yinchoqni irg'itib yuborgan yigit o'rnidan turib qaddini rostladi-da tund qiyofa yasab olgancha qo'llarini ko'ksida bog'lab oldi.
Rani: Oyim ham keldi, dada.
Ranining qo'lini qo'yib yuborib uni ko'tarib yotoqqa qo'ygan Xarin yoniga o'zi ham joylashdi.
Xarin: Xo'sh nima ko'ryapsiz?
Rani: Joo va Milly haqida. Oyi sizga Joomi yoki Milly?
Xarin: Xo'sh menimcha Joo.
Rani: Rostanmi? Dadam ham Jooni tanladi. Qizaloq shunday degancha televizorga e'tiborini qaratarkan Xarin va Jiminning nigohlari bir biriga tushib qoldi. Qiz tezda ko'zini boshqa tomonga olib qochisiga qaramay Jiminning qorachiqlari rafiqasining ko'zidan ohista pastlab ochiq tungi kiyim sabab ko'rinib turgan ko'krak chizig'i va tomog'i ostidagi kichik holini ham chetlab o'tmay tikildi. U o'zining taranglashganini hatto his qilmay qoldi. Jag' suyaklarini o'ynatib yotoqqa suyangancha ekranga qaradi. Biroq chap tomonidan kelayotgan yoqimli hid allaqachon uni aqldan ozdirishga ulgurgan.
Rani uxlab qolganini payqagan Xarin uning ustini yopib peshonasidan o'pib qo'ydi. Jimin esa imkon qadar shovqinsiz harakatlar bilan televizorni o'chirib chiroqni o'chirdi. So'ng xonadan chiqib ketayotgan rafiqasini ko'rdi. Uni to'xtatishni istadi, lekin yana nimadir sabab to'xtab gapirmadi. Shunchaki pastga tushib oshxonaga kirdi. Ortidan kelayotgan qadam tovushlarini payqarkan xotirjamlik bilan lablari yoyilib muzlatkichga butun gavdasi bilan suyanib kelayotgan insonni mamnuniyat bilan kuta boshladi...
– Sen buni istamaysanmi, Xarin?
– Nima haqida gapirayotganingni tushunmayapman.
Jimin qizni ortga itargancha yo'lini to'sdi. Nozik bel qismidan sirg'alib siqimlagan ulkan kaft qizning tanasini o'ziga yaqinroq tortdi.
– Meni ichingda his qilishni... - shivirladi Jimin uning terisini kuydirar darajada.