December 12, 2025

MAG'RUR ISHQ • Part - 4

G'ururga oshiq bo'lgan qalbing bilan meni ham seva olganingda edi...

Jimin to'xtalib qolgan rafiqasining beliga bosim o'tkazib yuzini u tomon burdi.
Jimin: Park Jimin? - siqilib ketgan qorachiqlarini qizning nigohidan uzmagan yigit nimanidir uqtirmoqchidek rafiqasining belida kaftini harakatlantirdi.
– Meni yaxshiroq tanishtir.
Qizning ikkilanib qolgani uning qarashlaridan aniq edi. Jiminning hissiyotlari aynan nima ekanligini tushuna olmagan Xarin bu rashk ekanligiga ishongisi kelmasdi.
Sehun: Park Jimin, Xarinning turmush o'rtog'isiz, shundaymi? - vaziyatni deyarli tushungan Sehun boshqaruvni qo'liga oligach gaplariga qo'shimcha qildi, - Hajoon menga bu haqida aytgan.
Jimin: Tanishganimdan xursandman, Kim Sehun.

Ular kaftini birlashtirganidan so'ng nigohlar jangi boshlanarkan o'rtaga yoqimsiz sukunat cho'kkandi.
Hajoon: Keling endi e'tiborimizni bazmga qaratsak.
Jimin: Balki sizning qanday umumiy o'tmishingiz borligi haqida gaplasharmiz? - u kesatiqli ohangda bir qadahidan shampan vinosi ichayotgan yigitga bir nima deyishni bilmay kalovlanib qolgan xotiniga nazar tashlab qo'ydi.
Xarin: H..ha, haligi
Sehun: Albatta gaplashamiz, men va Xarinning o'ziga xos tariximiz bor. Shundaymi, miledy?
Bir necha yillar ilgarigidek chaqirilgan ohangdan beixtiyor tabassum qilgan qiz ma'noli qarash bilan akasining ortidan ergashdi. Hajoon Rani uchun alohida stol tortib berarkan u o'tirib olgunicha kutib turdi va so'ng o'zi ham joylashdi.
Rani: Dada, tog'amning do'stini nima deb chaqirsam bo'ladi? - sochlarini qulog'i ortiga o'tkizib dadasiga yuzlangan qizaloq hech qanday javob ololmadi. Sababi Jiminning butun e'tibori yonginasida o'tirib boshqa erkak bilan miriqib suhbatlashayotgan rafiqasida edi. Jag' suyaklari o'ynab borayotgan yigit Xarinning stuli ortidan qo'lini o'radi.
Rani: Dada...
Qizaloqning balandroq ovozi bu safar boshqalarni ham o'ziga qaratarkan Jimin birdan u tomon qaradi.
Jimin: Eshitaman, Rani.
Rani: Meni eshitmadingiz.
Jimin: H..ha uzr so'rayman, malikam, nimadir bo'ldimi?
Rani ko'zlarini kosasi bo'ylab aylantirarkan uning "katta qizlar" kabi bildirgan munosabatidan hamma kulib yubordi.
Sehun: Aysh men bu qizaloqqa qarasam seni eslayapman, Xarin. Xuddi bolaliging.

Sehun

Keng tabassum qilgan erkakning gaplariga kulib yuborgan Xarin qiziga ko'z tashlab qo'ydi. To'satdan Jimin bilan ko'zlari birlasharkan noqulaylik bilan qorachiqlarini olib qochdi.
Rani: Dada, janob Sehunga nima deb murojaat qilishim kerak?
Jimin yana bir bor shu odamning ismini eshitib g'azablanib ketdi.
Jimin: Unga murojaat qilishga hojat yo'q, azizam, - jahlini bosgan holda javob berdi yigit.
Rani yana hafsalasi pir bo'lgancha dadasining bunday qo'rsligiga tushunqiramay yuz burishtirarkan oyisi tomonga nazar tashladi.
Rani: Oyijon,
O'ziga qaratilgan onasining nigohlarini payqagan qizaloq sochlarini kichik kafti bilan yuzidan olib tashlab savol berdi:
– Yoningizdagi amaki menga kim bo'ladi?
Sehun o'zi haqida gap ketayotganini seziboq Xarinning ortidan Raniga qaradi. Yuzida muloyim tabassum aks etarkan unga o'zi javob berishni istadi.
Sehun: Meni tog'a deb chaqir, Rani. Sehun tog'angman.
Rani: Dadam sizga gapirmasligimni aytdilar.
Jimin: Rani? - avvaliga hayrat so'ng biroz noqulaylik bilan kalovlanib qolgan Jimin qiziga o'qrayib qararkan qizaloq yana bo'sh kelmay gaplarini tasdiqlab qo'ydi.
Rani: Axir shunday dedingiz-ku.

Xarin: Menimcha dadang bugun o'zida emas, qizim.
Nihoyat o'zini yig'ib olgan Xarin erini kesatib o'tdi. Jimin u tomon burilganida yuzida qahr ifodasi bor edi, biroq bu qizga zarracha ham tasir qilmadi. Taomlar tortilganidan so'ng suhbat biznesga burilib ketdi.
Jimin: Janob Sehun, aytingchi bu yerda uzoq vaqt bo'lasizmi?
Sehun: Agar bu sizga noqulaylik tug'dirmasa, janob Park, ha bir muncha vaqt Janubiy Koreada bo'laman.
Xarin: Bu nimasi bo'ldi, Sehun, albatta bu yerda ko'proq bo'lasan.
Sehun: Sen aytasan-u men ketishim mumkinmi, miledy?
Javoban kulib qo'ydi qiz.
Hajoon: Biz 3 oy shu yerda bo'lamiz. Ungacha yangi kompaniyani ham ish boshlashga tayyor qilamiz.
Jimin: Ko'rinib turibdiki, Kim Sehun bilan bolalikdan tanishsiz, sevgilim.

Qo'lidagi sanchqini asabiy idishga qaytargan yigit sovuqqonlik bilan keyingi savolini berdi.
Xarin: Ha shunday. Biz Sehun bilan yaqin do'stlar edik. Toki u universitetga kirmaguncha.
Hajoon: Aslida u mening do'stim edi.
Sehun: Shunday do'stim, qalbingni og'ritmoqchi emasman, ammo men aslida uyingga seni emas singlingni ko'rish uchun borardim.
Hazilomuz ohangda aytilgan gapdan kulib yuborgan yigitlarga qo'shildi Xarin. Stol atrofida tund qiyofa bilan atrofidagi odamlarni jim kuzatib turgan Jimin hech so'z demadi. Shunchaki ichidagi g'alati hissiyot sabab jag' suyaklari o'ynab ketar, yonida rafiqasi bilan noz-karashma qilayotgan erkakning yuzini pachoqlab tashlagisi kelardi.
Rani: Bobojon, ahvolingiz yaxshimi? - Ranining kutilmagan gapidan hamma birdek janob Parkka qararkan erkakning peshonasini sovuq ter bosgan yanoqlari qizarib ko'z kosasining tomirlari sezilib qolgandi.
Jimin: Dada, sizga nima bo'ldi? - tashvishga tushgan yigit allaqachon o'rnidan turib otasining yoniga borishga shaylanarkan xirillab nafas olayotgan erkak gapirishga urina urina nafas yutolmay stuldan qulab tushdi. Uning yonida o'tirgan mehmonlar birpasda talvasaga tushib vahima ko'tarisharkan Jiminning "tez yordam chaqiring!" degan baqirig'i olomonni yorib chiqdi. Vaziyat jiddiyligini tushungan Xarin tezda tez yordamga qo'ng'iroq qildi.
Xarin: Aka, agar biror nima bo'lsa, Raniga ko'z-quloq bo'ling.
Xavotir bilan Hajoonga yuzlandi qiz qaynotasining yuragini massaj qilayotgan eriga qarab

Hajoon.

~

Shoshilinch tez tibbiy yordam bo'limi yonida taxminan yarim soatdan buyon uyoqdan buyoqqa borib kelayotgan Jimin so'kingancha mushtini tishlab qo'yardi.
Jimin: Yo'q, bu yerda qo'l qovushtirib o'tirolmayman. Aniq kimningdir ishi bu.
Nihoyat jipslashgan tishlari orasidan vishillagan Park stol ustidagi kostyumini yulqib olgancha yo'lak bo'ylab tashqariga chiqa boshladi.
Xarin: Jimin? Shoshma. Qayerga ketyapsan?
Poshnada qiyinchilik bilan yugurayotgan qiz erining bilagidan ushlab to'xtatishga uringan ham ediki, avvaliga xotinini siltab tashlagan Jimin keyin o'zi u tomon burildi.
Jimin: Akangga hoziroq qo'ng'iroq qilib ayt. Mehmonlar ro'yxatini, ishchilar va xodimlarning nomini hammasini mening elektron pochtamga tashlasin. Agar bu ishni qilgan odam shu ziyofatdan bo'lsa uning boshiga itning kunini solaman.
Xarin: Jimin, sen nimaga sha'ma qilyapsan? Kim bo'lishi mumkin bu?
Jimin: Ehtimol to'satdan paydo bo'lgan bolalikdagi do'sting nimadir qilgandir?!
Xarin: Nima? - hayratdan ko'zlari kattalashib ketgan qiz nima deyishni bilmay esankirab qolarkan Jimin qo'pollik bilan uni itarib yuborib chiqib ketdi.

~

Pov Xarin: Oradan bir necha soat o'tdi. Doktorlar hozircha aniq nimadir deyishmadi, ammo nimadir noto'g'ri ekanligini sezib turardim. Chunki bu uzoqqa cho'zilib ketdi. Vaziyat jiddiyga o'xshaydi. Agar janob Parkka nimadir bo'lsachi?! Jimin ham haligacha qaytmadi, qo'ng'iroqlarimga ham javob bermayapti. Qo'ng'iroqlarim javobsiz qolavergach boshqa Jiminga qo'ng'iroq qilmay qo'ydim.
Dr: Siz Park xonimsiz shundaymi?
Xarin: Ha shunday, qaynotamning ahvoli haqida biror yangilik aytolasizmi?
Dr: Afsuski, aytmoqchi bo'lgan gaplarim sizni unchalik xursand qilmasligi mumkin. Janob Parkning ahvoli biroz og'ir deb qo'rqaman. Ular hozirgina yurak hurujini boshdan o'tkazdilar va ahvoli qoniqarli emas.
Xarin: Ya'ni? Doktor, ochiqroq gapirolasizmi?
Dr: Janob Park hozir koma holatida. Oxirgi soat yoki kunlar biz va siz uchun juda ahamiyatli.
Doktor gaplarini yakunlab yana qayta palataga kirib ketdi. Shunchaki nima qilishni va bu haqida kimga aytishni ham bilmasdim. Jimin? u qayerda bo'lishi mumkin? Telefonimni qaltirayotgan qo'llarim bilan kiyimim cho'ntagidan olish ham qiyinlashib ketgandek go'yo. Javobsiz qo'ng'iroqlar davomiy ravishda rad etililmoqda.
Xarin: Jin ursin Jimin! Javob bersangchi!
Negadir nafasim siqib bo'g'zimga tiqilgan to'siqdan xalos bo'lish imkonsizdek tuyilib borardi. Janob Park bilan 4 yillik turmushim mobaynida deyarli suhbatlashmagan bo'lsam ham unga nimadir bo'lishini xohlamayman.

Men hatto o'tgan yillar mobaynida erimning otasini dada deya olmadim. Balki o'z otam o'rniga boshqa kimnidir qo'yishni istamagnim uchundir, ammo men bu insonni farzandimning bobosi sifatida hurmat qilardim. Yuzimni seskantirgan namlikdan etim titrab ketdi. Holsiz o'rindiqqa cho'kar ekanman yanog'imdagi yoshlarni artib tashladim.
Zalda nihoyat kutilgan inson ko'rinish berdi. Men shunchaki nima deyishni bilamay jim turaverdim.
Jimin: Qandaydir yangilik bormi?
U menga sinchkovlik bilan tikilgach xavotir bilan yonimga joylashdi.
Jimin: Xarin, nimadir bo'ldimi? Doktor nimadir dedi shundaymi? Dadamning ahvoli yaxshimi?
men shunchaki bosh chayqab nigohlarimni olib qochdim.
Xarin: Menimcha shifokor bilan o'zing gaplashishing kerak.
Gaplarimni yakunlangach uzun yo'lakdan yurib kelayotgan tanish chehralarga ko'zim tushdi.
Xarin: Aka?
Akam va sehun ham Jimin bilan shu yerda edilar.

~

Oradan birnecha kun o'tdi. Janob Parkning ahvolida hech qanday yangilik yo'q. Jimin deyarli uyga kelmay qo'ygandi, asosiy vaqti offisda hujjatlarga ko'milgan holatda o'tardi. Xarin bilan ikkisi deyarli 3 kundan buyon ko'rishishmadi. Anchadan beri shaxsiy kvartirasida tunab qolayotgan yigit rafiqasiga o'tgan kunlar davomida qo'ng'iroq qilish va xabar olish haqida hatto o'ylamadi ham.

PovXarin: Tongda Sehun qo'ng'iroq qilib ko'rishishni taklif qildi. Favqulodda biroz ishlari ko'payib ketgani uchun offisga borishga qaror qildim, balki bahonada Jiminni ham ko'rib qaytarman. Oxirgi voqeadan so'ng unga bosim o'tkazishni istamadim. Kompaniyaga kirishim bilan ko'zim majlislar zali yonida turgan juftlikka tushdi. Yangi kelgan kotiba qiz va 3 kundirki ko'rinish bermagan qonuniy erim. Bu qiz chindan oshirib yubormayaptimi degan fikr xayolimdan o'tarkan ixtiyorsiz ravishda o'sha tomonga burildim.
- Xarin?
Ortimdan kelgan ovoz sabab o'girildim.
Xarin: Xayrli kun, Sehun, hozir qaytaman,- men deyarli ularning yonida edim, ammo Sehun tirsagimdan tutgancha meni to'xtatdi.
- Hozir emas, miledy, men uchun shu yerdasan axir.
Xarin: Ammo...
Sehun: Yo'q-yo'q, hozir emas, oilaviy muammolarni keyinga qoldiramiz, chalg'ish uchun shu yerda emasmisan axir?
Men deyarli gapirishga ulgurolmadim ham Sehun yelkamdan qo'lini o'ragancha zal bo'ylab tashqariga olib keta boshladi. Oxirgi marta Jimin va uning yonidagi qizga qaraganimda erimning o'tkir nigohlarini payqab qoldim. U xuddi yeb yuborgudek yovvoyi ko'zlar bilan tikildi. Agar u meni sevganida rashk qilyapti deb o'ylagan bo'lardim,ehtimol...
Sehun: Shunday qilib, Kim xonim eringni kotibasi bilan ko'rib jig'ibiyron bo'lganing sababini bilsam bo'ladimi? - liftga chiqqanimizdan so'ng nihoyat menga savol bilan yuzlangan do'stim xuddi nimagadir sha'ma qilgamdek kinoya ohanggida savol berdi. Negadir Sehun oldin ham juda sezgir edi, undagi nimadir meni o'ziga tortadi. Shunchaki miyamni portlatib yuborishga tayyor ayrim narsalarni u bilan bo'lishishni istab qoldim. Charchoqdan qizarib ketgan ko'zlarimni olib qochgancha bosh chayqadim.
Xarin: Hammasi joyida, Sehun, - lift to'xtadi va pastga tushdik.
Sehun: Chindan meni ishonadi deb o'ylaysanmi? Bilaman, biz uzoq vaqtdan buyom ko'rishmagan edik, biroq sen o'zing o'ylagandek o'zgarmagansan.
Mashina eshigini yopib kamarni o'tkazib uh tortib yubordim.
Xarin: Sen chindan meni qanday gapirtirishni bilasan, - dedim sochlarimni changallab.
Sehun: Ajoyib, demak gaplashamiz.
U shunday degach mashina o't oldi. Qayerga ketayotganimizni bilmayman, biroq nim ochiq derazdan kirib turgan sovuq shamol va past ovozdagi mening sevimli musiqam meni ancha tinchlantirdi. Sehunning hali ham men qanday musiqalar eshitishim yodida ekan. U bilan yaqin do'stlar edik, kollejda birga o'qiganmiz va akam bilan ham do'st edilar. Shu sabab uning ota-onasi bizning uyga tez-tez tashrif buyurar, biz ham ularnikiga borishni odat qilgandik. Kollej davridagi birinchi muhabbatim haqida ham uning xiyonati haqida ham universitetga kirolmaganim va o'tish imtihonlarimdan yiqilganimni ham birinchi bilgan inson Sehun edi.

Mana hozir ham dalda berish uchun meni tinchroq joyga olib ketayotgan do'stim hafsalasizlik bilan xomush yuzimga qarab qo'yardi. Men bilaman, men nimadir demagunimcha u meni majbur qilmaydi, lekin bu gal men gapirishni istayman, hammasini to'kib sochmoqchiman.

~

Sehun: Xo'sh demak faqatgina Rani uchun birga yashayapsiz shundaymi? - xotirjam qahvasidan ho'plagan yigit qarshisida kayfiyatsiz o'tirgan do'stiga savol bilan yuzlandi,- endi qisman tushungandekman nega deriktor Park kotibasi bilan bunchalik yaqinligini, qo'shimcha qildi u.
Deyarli e'tiborsiz aytilgan gapdan sergaklangan Xarin burishgan yuz bilan do'stiga yaqinlashdi.
Xarin: Sen nimalar deyapsan, Sehun?
Sehun: Nima? Ya'ni nimani aytyapsan?
Xarin: Qanday kotiba haqida gapirding?
Sehun ikkilanib qarshisida salkam jazavaga tushib qolgan qizning ko'zlariga qarab qotib qoldi. Xarin bilan birvarakayiga qizishib ketgan yigit qizning bunchalik jonkuyarligiga alami keldi negadir.
Sehun: Kechir, - dedi u past va pushaymon bo'lgan ohangda,- men buni bilasan deb o'ylagan edim.
Uning oxirgi gaplari hammasidan oshib tushdi. O'rnidan turib ketgan Xarin sochlarini asabiy ortga taragancha o'ziga o'zi shivirladi:
- Menga bunday qilolmaysan, Park Jimin... Bu darajaga borolmaysan...
Sehun: Xarin, chindan uzr so'rayman, aslida men hech narsani bilmayman, ehtimol noto'g'ri tushungan bo'lishim mumkin. Kel avval kuzatamiz va tahlil qilamiz. Qaror qabul qilishga, xulosa qilishga shoshilma. Bu mening aybim...
Xarin: Agar bu sengacha sezilsa bo'lsa, rostdan bu yerda bir gap bor.
Sehun: Yaxshisi mavzuni o'zgartiramiz, u yerda Lien ismli qiz bor, yaqinda ishga qaytganini aytishdi. Tushunimcha uni seni bilan yqonligi bor.
Xarin: Lien, men va Jiminning yaqin do'sti. U 2kun oldin qaytdi.
Sehun: U bilan ko'rishishga tez-tez borib bahonada aslida nima gapligini bilishing mumkin.
Qiz ohista o'rniga qaytib o'ylanib qoldi. Umuman olganda bu yaxshi rejaga o'xshaydi.
Xarin: Men hoziroq borishni istayman.
Shoshib o'rnidan turgan qizning bilagidan tutib to'xtatgan Sehun uning ko'zlariga chuqur tikilgancha ta'kidladi:
Sehun: Agar nimadir kerak bo'lsa, men doim sen bilanman, har qanday masalada seni qo'llab quvvatlayman.
Xarin: Minnatdorman, - do'stining yelkasidan qoqib qo'ygancha majburan jilmaydi u.

~
PovXarin: Miyamda aylanayotgan fikrlardan shu qadar g'azablanayotgan edimki, hozirning o'zida o"sha l'anati qizni burdalab tashlashni va Jiminning ko'zlariga qarab hammasi uchun hisob so'rashni istayman. U nega shunchaki farzandining onasi sifatida meni hurmat qilmasligiga tushuna olmayman. Men uni sevardim, bir kunda o'sha chegaralarni buzib tashlagan tunimizdayoq unga oshiq bo'lgandim. Mallasochli kelishgan yigitchaning yoqimli hazillari haligacha qulog'im ostida jaranglaydi. Mendan foydalanish uchun aytilgan hazillarni nazarda tutdim... O'shanda bu haqiqiy sevgi deb o'ylagandim.
Biz Sehun bilan kompaniyaga qaytib keldik. Lienni ko'rib ketish uchun men ham do'stim bilan ortga qaytdim. Aslida niyatim boshqa bo'lishiga qaramay haligacha o'zimni aldash bilan ovoraman. Atrofga alanglab ko'z yugurtirarkanman kutilmagandim yelkamdan ohista silagan kaftlar sabab seskanib ketdim.
Sehun: Hey, hammasi joyida shundaymi?
Bu Sehun edi. Yuragim negadir xotirjam tortgandek bo'ldi. Uning mehr bilan aytilgan gaplariga bosh irg'ab qo'ygach yengil tabassum qildim.
Xarin: Hammasi uchun raxmat, Sehun. Sen chindan meni qadrlaydigan kam sonli insonlardansan.
Biz bir necha soniya bir-birimizga tikilib qoldik. Negadir uning nigohlari butun vujudimga osoyishtalik bergandek hech qanday harakatsiz jimib qoldim. So'ng o'zimni o'nglab olishim kerakligini tushunib undan tanamni uzoqlashtirgancha xayrlashdim. Bu nimaligini bilmadim, ammo negadir qizib ketdim. Xuddi kollej davrlaridagidek...

Yuzimga kaftimni bosib Sehunning xonasini yonidan o'tib Lienning yoniga borarkanman kimdir meni kuch bilan o'ziga tortdi. Deyarli qichqirib yubordim. Qorachiqlarim kengayib ketarkan o'zimni qop qorong'u joyda ko'rdim. Qarshimda esa...
Hayratdan endi gapirishga shaylangan ham edimki, lablarimni to'sib olgan kaftlar bunga xalaqit qilayotganini payqab qoldim.
Jimin: O'zingni ko'z-ko'z qilish uchun bu yerdamisan? - kuch bilan devorga tiralgan tanam ustiga bostirib kelgan Jimin o'tkir nigohlar bilan javob talab qildi.
Xarin: Nima bo'lgan taqdirda ham sen uchun bu yerda emasman, - erimning kaftini o'zimdan siltab tashlab jahl qildim. Uning qo'li bilaklarimni siqib yuqoriga ko'targancha yana-da qo'pollashib ortga niqtarkan son qismimda harakatlangan kaft sabab uchib tushdim.

Jimin: Unda nega? Kim uchun bunday kiyimda mening offisimdasan? - kalta yubka etagi ko'tarilib ichkiyim ustida surilgan barmoqla tasirida tartibsiz nafas ola boshladim. U aqldan ozdimi? Nima biz shunchaki madaniyatli odamlar singari yorug' joyda suhbatlashib ololmaymizmi?! Tobora chuqurroq harakatlanib borayotgan qo'llar tanamda yengil titroq paydo bo'lishiga olib keldi. Nima deyishimni ham qanday harakat qilishni ham bilmay qoldim...
Xarin: Mendan uzoq tur! - yana uning kaftidan bilagimni sug'urib olishga urinib tipirchiladim.
Jimin: Sabrimni sinayapsan, Xarin. Buning chegarasi bor, hozir yoki qachondir, men bilan o'yin o'ynash senga og'irga tushadi.
Ostimga kirgan Jiminning barmoqlari harakatlana boshlaganida o'zimni tuta olmay lablarimni tishlab ingrab yubordim. Uning qo'li sekinlik bilan meni mazaxlagan ko'yi ichkariga tomon surilib borardi. Yo'g'on barmoqlar orasiga yana biri qo'shilganida oyoqlarim ehtirosdan bo'shashib ketdi. Ikkinchi qo'li bilan ko'krak qismimni siqimlagan yigit qulog'imga tilini bosib so'ng shivirladi:
Jimin: Aynan shuni nazarda tutdim, bu senga og'irga tushadi.
Xarin: Ablax!
Meni kalaka qilayotgan erkakning ulkan tanasidan qutilishga urinib g'ingshir ekanman erimning harakatlariga yengilib borardim. Ongim va jismim o'rtasidagi aloqa uzilib qoldi. Qayerda ekanligimni unutib qo'yib butunlay devorga yopishib qoldim. Sochlarim orasidan bo'ynimga urilgan issiq nafas ichimdagi ehtiros to'lqinini kuchaytirib yubordi.
Xarin: Seni yomon ko'raman.
Titroq lablarim orasidan ko'chgan oxirgi so'zdan so'ng oyoqlarim yerdan uzilgandek nafasim tomog'imda qotib qoldi. Tuman ichida qolgan odam singari atrofdagi hamma narsani yodimdan chiqardim. Lablarimni qattiq tishlab bor kuchim bilan ingrab yubormaslikka harakat qilarkanman bu imkonsizligini yaxshi bilardim. Jiminning qaynoq kafti belimdan ushlab meni o'ziga tortdi. Ostimdan ajralib chiqqan suyuqlik menga noqulaylik tug'dirayotganini endi payqadim. Ko'zlarimni ochganimda lab chetidagi mazaxomuz tabassum bilan tikilib turgan erkakni ko'rdim. U shunchalik menga jirkanch tuyilib ketdiki, hatto o'z tanamdan ham jirkanib ketdim.
Jimin: Shu sabab bu yerdamisan ? Bir lahzalik lazzat uchunmi?
Xarin: Sen nimalar deyapsan? - oldinga bir necha qadam tashladim, hamon titrayotgan tizzalarim sabab muvozanatni yo'qotishimga bir bahya qoldi.
Jimin: Erkaklar bilan vaqt o'tkazish uchun uydan chiqqaningda eringning kompaniyasini emas sen kabi ayollar xizmat ko'rsatadigan joylar haqida o'ylab ko'r, tushunarlimi?
U bu gaplari bilan xuddi yuzimga tarsaki tushirgandek bo'ldi. Qanday javob berishni bilmay qotib turarkanman xira tortib qolgan aqlim bilan bu gaplarni tushinib olgunimcha Jimin xonani tark etdi. U aynan nimani nazarda tutdi?!

~

4-qism tugadi. Yoqimli mutolaa.