MAG'RUR ISHQ • Part - 13
Bilasanmi sen kimsan? Miyamdagi qaysidir qismga o'rnashib olib butun tanamda tushunarsiz, kuchli va g'alati to'lqin uyg'ota oladigan kimsasan. Ehtimol bu yeforiya . Xuddi sening qaynoqliging meni yutib yuborayotganga o'xshaydi. Umrimda his qilmagan hissiyotlarni qanday qilib uyg'ota olasan menda? Kapalaklarga o'xshash. Ya'ni ichimdagi hissiyotni nazarda tutyapman... Yelkangdagi kapalakni emas. Bu nima ekanligini aniq bilmayman. Dafaminmi? Ehtirosmi? Yoki shunchaki qiziqish? Yo'q hech qaysi biriga o'xshamaydi. Yoki aralashma tuyg'ulardir. Tuyg'u men uchun kattaroq tushuncha. Hissiyot deyishim to'g'ridir. Chunki bu tez sodir bo'ladi va soniyada yo'qoladi.
Lekin. Ehtiros... Menimcha... Bu haqida chuqurroq o'ylash kerakka o'xshaydi. Hech qachon his etilmagan narsalar qanday qilib bunchalik ehtirosli bo'lishi mumkin. Masalan sen?
Kichkina Rani dadasining yonida mashinada ketarkan aslida qayerga borishayotganidan bexabar edi. Orqada onasi ham ularga ergashayotgandi.
Rani: Dada, birgalikda shirinlik yegani boramizmi, keyin?
Jimin bir muddat nima deyishini bilmay qotib qoldi. Xuddi quruq va'da berib qo;yishdan qo;rqqandek jilmayib ko'zlarini olib qochdi.
Jimin: Ochig'i nima deyishni bilmayman, qizim... Bilasanmi bugun oyingni ham meni ham ishimiz juda ko'p. Shu sabab avval doktorga kiramiz. Agar u senga shirinlik yeyshga ruxsat bersa, albatta boramiz.
Baribir ham rozi bo'lib Ranining yuzidan silab qo'ygan Jimin u tug'ilganidan beri hech qachon qizaloqqa "yo'q" so'zini ishlatmagan edi.
Rani: Bu gal ham shifoxonada yotmayman-a, dada, - allaqachon bundan bezor bo'lgan Rani ko'zlari mo'ltirab Jiminning bilagidan ushlab olarkan bir tomondan yigitning yuragi bo'shashib ketdi.
Jimin: Yo'q, albatta, qizim seni uyga olib ketamiz.
Undagi xastalik sabab Xarin va Jimin qizchani hamma narsadan butun jon jahdi bilan himoya qilishadi. Unga siqilsh va asabiylashish mutlaqo mumkin emas.
- Janob, Rani ismli qizaloqning kasallik varaqalari. So'ragan edingiz.
Jeyms kasalxonalardan yig'gan ma'lumotlarini Yoongining yoniga qo'yarkan o'zi ham stolga joylashdi.
Jeyms: Bu shunchalik muhimmi? Park Jimin va Xarin xonimning qizchasi shundaymi?
Yoongi fayl ichini sinchkovlik bilan o'qiyotib birdan nigohlarini qarshisidagi yigitga qadadi.
Yoongi: Xarinning qizchasi, - dedi u sovuq ohangda va yana o'qishda davom etdi. Jeyms avvaliga jim bo';ishni tanlagandi, keyin esa o'zini stulga tashlab past ovozda gap boshladi.
Jeyms: Xarin xonim qizchani asrab olmagan-ku axir. Qanday qilib yolg'iz o'ziniki bo'lsin qzchani 3 yoshgacha birga katta qilishgan bo'lsa. Bunday ishlar bir kishi bo'lmaydi-da.
Yoongi faylni stol ustiga uloqtirib yuborib uh tortdi. Jeyms boshlig'ining tilini og'iz b'shlig'ida aylantirayotganini ko'rib sekin o'rnidan turdi.
Jeyms: Men endi ketganim ma'qul, shunday emasmi, janob, - aybdorlarcha ortga tisarila boshladi yigitcha.
Yoongi: Ha shunday. Ketadigan vaqting bo'ldi.
O'ng qo'li xonadan chiqib ketguncha o'sha tomonga qotgan ensasi bilan qarab turgan Yoongi u ketgach faylni qayta qo'liga oldi.
Yoongi: Demak vaziyat jiddiy, shundaymi? - o'ziga o'zi shivirladi erkak va yana hujjatlar va tahlillarni varaqlashda davom etdi.
Yoongi: Tug'ma yurak ritm buzilishi... - bu sindromlar jiddiy emas doimiy og'ir yuk beradi ota-onaga.
U qizchadagi kasallik bekgilari va xavfi haqida o'qigani sari sari faqatgina ona sifatida o'zi sevgan ayolga qanchalik qiyinligini o'ylardi.
- Ha sen chindan kuchlisan, qizaloq, - yana pichirladi u. Keyin soatiga qarab vaqtni aniqladi.
- Vaqt bo'ldi.
Sirlilik Yoongining ikkinchi ismidek edi. U Xarinni qayta o'ziniki qilsh haqida juda ko'p o'yladi. Puxta rejalar tuzdi. Biznes bozoriga kirib bordi. Aynan u uchun qotilliklar qildi va silliqlik bilan qizning hayotiga kirib bordi. Endi uni hech narsa ortga qaytara olmaydi. Jiminning biznesdagi o'rnini mutlaqo yo'q qilib yuborishga bel bog'lagan erkak ayni damda ham shu sababli o'z xonasini tark etmoqda.
U barcha aksiyadorlarni, investorlar va hatto reklama menejerlarini ham o'ziga og'dirib oldi. Parkning yo'lini har qanaqasiga to'sib qo'ydi. Endi o'z g'alabasiga yana-da yaqinlashdi va dushmanining cho'kishini kuzatmoqda.
Kasalxonadagi vaziyat yetmaganidek keyingi manzil sud zali ekanligini bilgan Jimin og'ir kayfiyatda mashinadan tushdi. U 2 hafta davomida chuqur o'yladi. Xarin bilan bir uyda, bir kompaniyada edi, ammo ikkisi ham bir biriga ebgoandek munosabatda bo'lardi. Hatto Rani ham bu gal ularni bir joyda ushlab tura olmadi. Oxirgi manzilga yetib keloshgandi bu juftlik.
Jimin: Raniga shirinlik yemaslikni tayinladingmi? - o'zicha nmadir deyishga uringan bo'ldi u, ammo Xarinning qo'rs qiyofasiga duch keldi. Qizdan bir qadam orqada ketar ekan, savoliga o'qrayish bilan javob olgani g'azabi qo'zg'ab yubordi. "Nega gapirdim?" deb o'yladi u ichida, so'ng tez-tez qadam tashlagancha undan oldinga o'tib ketdi. Ichkarida ularni advokat kutib turardi.
Advokat Do: Xayrli kun Jimin, Xarin xonim.
Ular qo'l berib salomlashgach birgalikda sud zaliga kirishdi. U yer juda sokin edi. Har ikkisi ham qarama qarshi tomonlarga joylasharkan Xarin chuqur uh tortdi.
Bu hayotidagi eng to'g'ri qaror ekanligini juda yaxshi bilsa ham, yuragi negadir yoqimsiz va notanish og'riq bilan sanchib turgandi. Sudya ularni ko'p kuttirmadi. Qariya o'rnga joylashib birma bir da'volarni ko'rib chiqa boshladi. Faqat qog‘ozlar shitirlashi va sudyaning ovozi eshitilib turardi endi. Bu yerda muhabbat haqida hech kim gapirmasdi, hatto bu endi ahamiyatsizdek edi. Umuman olganda aslida ularning hech birida sevgi yo'q. Aks holda bu yerda o'tirardimi? Bu yerda faqat hujjatlar, imzolar va yakunlar bor edi. Xarin qo‘llarini tizzasida mahkam ushlab o‘tirardi. Barmoqlari qaltirab ketayotgandi, go'yoki noto'g'ri ish qilyapti va hmmasini shu yerda to'xtatish kerakdek. Ammo hammasi to'g'ri, shubhasiz, mutlaqo to'g'ri. Bunday ayotda aslo yashab bo'lmasdi. Jimin bo'lsa... U o'tkir ko'zlarini qarshisida o'tirgan rafiqasidan ko'z uzmadi. O'tkir nigohlarini qadab hatto kiprik qoqmadi, lekin u sezmayotgandek edi. Ha Xarin xuddi hissizdek jim edi. "Nahotki bu yakun?" deya o'yladi Jimin. "Men uni yo'qotyapmanmi?" xayolida shunday fikrlar bilan o'ralashib qolib qorachiqlarini rafiqasidan uza olmayotgan bir paytda ichida o'ziga ham noaniq bo'lgan bir titrashni his qildi. Xarin bo'lsa beparvo ko'rinardi. Go‘yo begona singari. Biroq...
Sudya nimanidir o‘qiy boshladi, lekin Xarin eshitmadi. Uning qulog‘ida faqat bitta savol aylanardi... Qachon biz shu darajaga yetdik?
- Siz ajrashishga rozimisiz? - sudya ovozi uni o‘ziga qaytardi.
Xarin bir lahza jim qoldi. Boshini ko'tarib alangladi. Hammaning nigohi unga qadalib turgani butun tanasiga muzdek suv quyib yuborilgandek hissiyot berdi. Oxirida qizargan ko'zlarini qarshisida bo'ri ko'zlar bilan tikilib turgan eriga qadadi. Ikkilanardi. Nima deyishga kalovlandi. HA deyishga ham YO"Q deyishga ham tili bormasdi.
Xarin: Qani edi na tanish na begona bo'lsak... Qani edi meni o'zingniki qilmasang ham telbadek sevib voz kecha olmaydigan holga kelsang... Qani edi... men seni sevgan kabi sen ham meni shunchaki seva olsang...
Xarin: Ha! - qat'iy javob berdi u. Mutlaqo ikkilanish ohangi yo'q edi bu javobda. Biroq, bu so‘z chiqishi bilan ichida nimadir uzilgandek bo‘ldi.
Sudya Jimin tomonga qaradi.
- Sizchi? Park Jimin, Park Xarin bilan ajrashishga rozimisiz?
Bir soniya. Faqat bir soniya davomida Jiminning ko‘zlari qimirladi. Lablari titradi va yo'q deyish uchun butun tanasi bilan oldinga talpindi. Biroq kostyum yoqasini to'g'irlab tomog'ini qirib oldi-da javob berdi:
- Ha.
Uning nigohi odatdagidek sovuq edi. Hech qanday hissiyot yo‘q. Hech qanday to‘xtalish yo‘q. Mutlaqo hech narsa... Barcha yillar, barcha tunlar, barcha “qol” degan unsiz iltijolar, hammasi bitta so‘z bilan tugadi. Qog‘ozlar oldilariga tashlandi, endi hammasini rasmiylashtirish qolgandi xolos.
Xarin ajrim hujjatini olganida qo‘li biroz titradi. Keyin shuncha yillik turmushi mobaynida qalbi qanchalik og'rigani va qalbidagi siniqlar hisobsiz bo'lib ketgani haqida o'ylab qat'iyat bilan hujjati imzoladi.
Jimin soniyalar davomida tikildi o'z ismiga. Nigohlarini ko'tarib qarama qarshi tomonning allaqachon imzolab bo'lingan qismiga tikildi. Shunchaki imzo… va hammasi tugaydi. Shunday bo;ldi ham. U necha yillar davomida shuni xohlab kelgandi. Bu qizni boshqa hayotida ko'rmaslikni, imkon qadar tezroq ajrashishni, lekin o'zini yengil his qilmayotgandi u. O'zi kutganidek hammasi tugadi va u istagiga erishdi. Ortiq bu haqida bosh qotirishga hojat yo'q. Biroq qalbi nega bunchalik ogriyapti? Ruhiyati nima sababdan borgan sari yana-da cho'kib bormoqda?
Sudya: Nikoh bekor qilindi, - erkakning oxirgi jumlasinigina anglab olgan ikki juftlik shunchaki qorachiqlarini bir biriga qadashdi. Ikkisi ham mag'rur va bu zaif ko'zlar ortidagi og'riqni ko'rsatishni istamasdi. Xarin qizarib kelayotgan ko'zlarini olib qochib o'rnidan turdi. Jimin esa doimgidek bu og'riqni beparvolik bilan berkitdi. Aslida bu yakun Jimin uchun halokat, xarin uchun esa hech qachon bitmaydigan jarohat edi.
Jimin ham Xarin ham binodan chiqisharkan nigohlar jangi boshlandi.
Xarin: Tabriklayman, - dedi Xarin achchiq kinoya aralash.
Jimin: Seni ham tabriklayman, Kim Xarin, - rasmiy javob qaytarib sobiq rafiqasining qo'lini siqib qo'ydi u.
Xarin jilmayishga harakat qildi, ammo uddalay olmay u yerni tark etdi. Ortiga qaramadi, qarashga jur'ati ham yetmadi. Agar qarasa… balki qaytib borardi. Yoki nimadir yuz berardimi? Jimin ham qaramadi. Mashinasiga o'tirdi-yu uning shinalarini asfaltga ishqab tezda u yerdan ketdi. Chunki agar qarasa… ketolmasdi ehtimol.
Shisha stol ustida o'tirgan Jimin kompaniyani yana bir investor rad etgani haqidagi xabarni oldi. Qo'lidagi alkogol shishasini kuch bilan xona burchagiga uloqtirdi u.
Jimin: Jin ursin, hammasini! - lablari ostida shivirladi. Telefonining tinmay jiringlashi uni xunob qilib tashlaganidan telefonni qo'liga oldi. Bu Xarin edi.
Jimin: Nega u mahalda qo'ng'iroq qilyapsan?
u bir muddat xayoliga kelgan fikrdan muzlab ketdi.
- Rani... - shivirladi u birdan va go'shakni oldi.
Jimin: Xarin?
Xarin: Jimin... Rani...
Taxmini tog'ri chiqqanidan cho'ochib ketgan yigit tezda ornidan turdi.
Jimin: Qayerdasiz? - dedi u shoshib kostyumini kiyish davomida.
Xarin: Markaziy shifoxonada.
Javobni eshitishi bilan otilib chiqqan yigit nafasini bosishga urinib sobiq rafiqasiga dalda bergan bo'ldi:
- Men tez orada o'sha yerda bo'laman, xavotir olma.
PovJimin: U yig'layotgan edi. Bu meni qo'rqitmoqda. ranining ahvoli shunchalik jiddiymi? Yuragim qattiq urardu, hapqirib ko'ksimdan chiqib ketmoqchidek. Mashinani o't oldira turib gazni bor kuchim bilan bosdim. Aniq bilmayman, nechta qoidani buzib manzilga yetib keldim, ammo bu kompaniyadan markaziy kasalxonaga bosib o'tilishi kerak bo'lgan yo'lga ketadigan vaqtning teng yarmiga teng edi.
Hech kim yo'q bo'lgan, dori-darmonlarning hidi anqib turgan yo'lakdan ichkarilab zalda o'tirgan yagona insonga ko'zim tushdi. Uning ham nigohlari menga tushgandi. Titrab ketdim. Uning sochlari ho'l... Ammo tashqarida yomg'ir yog'mayotgan edi-ku... U o'rnidan turdi, men ham yura boshladim. Qadamlarimni tezlatgan sarim uning qizarib ko'zyoshlarga ivib ketgan yanoqlarini yana-da yaxshiroq ko'ra boshladim. Hech so'z demay, hatto ikkilanmay Xarinni bag'rimga bosdim. Tanasi izg'irinda qolib ketgandek titrardi, hiqillab yig'lashdan to'xtay demasdi. Nima bo'ldi deb so'ray olmadim. Menga nima bo'layotganini o'zim ham tushuna olmadim...
Xarin: M..Meni deb bo'ldi.. - dedi u boshini ko'ksimdan uzib ko'zlarimga tikilgancha.
Jimin: Ahvoli...
Xarin: Bilmayman, kelganimizga ko'p bo'lmadi...
Uni stulga qayta o'tirg'izib egnimdagi kostyumni yechgancha Xarinning yelkasiga tashladim.
Jimin: Nega sochlaring...
Xarin: Jimin men... Men Ranini shu ahvolga tushishiga sababchiman, u savolim oxiriga yetmay bo'ldi-da yana yig'lay boshladi.
Xarin: Quloqlarim hech narsani eshitmasligi uchun ularni berkitib vannaga suv ichiga tushdim. Qancha yotganimni bilmayman, ammo o'rnimdan turib qaraganimda yerda Rani hushsiz yotardi.
Qo'lim musht bo'lib tugildi. G'azablanib borardim.. Nima deyishni bilmay jimib qoldim. Nega uni men ham ayblay olmayapman? Nega jahl qilib hammasini rafiqamning bo'yniga qo'ymayapman? Nega hammasi boshqachadek tuyilyapti menga?
Jimin: Tinchlan...
Yigit uni quchog'iga tortib sochlaridan ustidan mayin siladi. Aslida ichida butun boshli bo'ron boshlanayotgandi. Avvalgi Jimin bo'lganida balki hammasi boshqacha bo'lardi, lekin hozir... Uning yuragidagi chalkash tuyg'ular hammasini o'zgartirib yubordi. Qizidan qanchalik xavotir olayotgan bo'lsa Xarin haqida ham shunday qayg'urayotgandi.
Xarin: Men uzr so'rayman... Unga ko'z quloq bo'la olmadim...
Jimin: Xarin.. Xarin menga qara, - Jimin qizning yoshlarini yanog'idan ohista artib o'ziga qaratdi. Yuzini kaftlari orasiga olib nigohlarini o'ziniki bilan bog'ladi, - Hammasi joyida, eshityapsanmi? Bu sening aybing emas... Rani yaxshi bo'ladi.
Bir zumga Xarin qarshisidagi insonning ko'zlari ichida yo'qolib qolgandek his qildi o'zini... Chuqur uh tortdi, yuzida turgan yigitning kaftidan tutib ko'zini yumdi-da bosh irg'adi.
Xarin: Raxmat... - zo'rg'a shivirladi nega bunday qilayotganiga tushuna olmay.
- Park Ranining ota-onasi sizlarmi?
Ikkisi ham o'rnidan sapchib turib shifokor qarshisiga peshvoz chiqdi.
Dr: Qizaloqning ahvoli hozir me'yorlashdi. Ehtiyot bo'ling va e'tiborli bo'ling. U nimadandir qattiq qo'rqqandimi?
Jimin Xarin tomomga qaradi. Qiz nimadir deyishga og'iz juftlarkan Jimin undan oldin javob berdi.
Jimin: Ba'zida qizimda shunday bo'lib turadi. Biz dorilarni vaqtida beramiz, hozir ahvoli yaxshimi?
Dr: Ha hozir yaxshi, e'tiborli bo'linglar. Qizchaning yuragi nozik.
Jimin: Raxmat doktor, biz e'tiborli bo'lamiz.
Xarin: Kirib ko'rsam bo'ladimi?
Dr: Albatta. Faqat bir necha kun kasalxonada qoladi.
Qizimning peshonasidan o'pib ortimga qaradim. Jimin stol tepasida turardi.
Jimin: Seni uyga olib boraman, Ranining yonida o'zim qolaman.
Xarin: Yo'q, men uni tashlab ketolmayman, Jimin.
Jimin: Nima qizimizni menga ishonmaysanmi? - dedi u biroz jiddiy ohangda. Yana gapirishga chog'lanar ekanman, yelkamdan usglab meni o'ziga qaratgan sobiq erim har bir gapini takidlay boshladi.
Jimin: Sochlaring nam, o'zing esa haligacha qaltirayapsan, Xarin, yuraqol.
Xarin: Meni uyda qololadi deb o'ylaysanmi?
Jimin chuqur uh tortib bosh irg'adi.
Jimin: Hammasi yaxshi, mana Ranini ko'rding, u yaxshi men yonida bo'laman. Va'da beraman bir soniyaga ham undan ko'z uzmayman.
Ilojsiz qolgandek edim. Bir Raniga bir Jiminga qarardim, ammo muzlab qolganim uchun bosh chayqadim.
Xarin: Kiyimlarimni alishtirib, quringach qaytib olib kelasan meni.
Shunday dedim-da palatadan chiqib ketdim.
Jimin: Qaysar! - shivirladi Jimin qosh uchirib qo'ygancha.
PovJimin: Yo'l bo'yi ikkimiz ham jim ketardik. U oynadan yuzini burmasdi. Har zamonda u tomonga qarab qo'yaman, lekin nima deyishni bilmayman. O'zi nimadir deyishga haqqim bormi? Endi judayam kech emasmi?! Bilmayman. Shunchaki tuyg'ularimni anglab olish ham nazorat qilish ham qiyin kechyapti. Uyimiz yonida mashinani to'xtatdim.
Xarin: Aysh jin ursin! - kamarni yecha olmay g'ingshiyotgan qizni ko'rib u tomon engashdim.
Jimin: Shoshma
Kamarni yechayotib yuzimga urilayotgan nafasni his qildim. Taranglik butun tanamga yoyilarkan imkon qadar o'zimni tiyishga urinishlarimning barchasi yoqqa chiqa boshladi. Nigohlarim o'sha tomonga qadaldi. Uning ko'zlaridan pastlab pushti lablarida to'xtadim. Xarin hech narsa demasdi. Shunchaki nigohlarini xuddi men kabi yuzim bo'ylab yurgizardi.
Men hammasini unutib istaklarimga quloq tutdim va u tomonga egildim. Yelkamdan ushlagan kaftlarni sezib bu xohish bir tomonlama emas deb o'yladim, lekin kutilmaganda u meni ortga itardi. Tushunarsizlik bilan qaradim unga.
Xarin: Biz endi faqatgina Ranining ota-onasimiz, Jimin. Undan ortig'i emas.
Xuddi butun g'ururim poymol bo'lgandek undan birdan uzoqlashdim. Tanam qotib qolgandi, faqatgina ichimda o'zimga la'nat aytardim. Men nega... Bu xato edi.. bu qiz menga shunchalik tasir o'tkazyaptiki... Mashinadan tushib uyga kirib ketayotgan Xarinning ortidan qarab qoldim...
PovXarin: Nega bunday qildim? Agar unga ruxsat berganimdachi?! Nima bo'lardi? Axir biz ajrashdik... Bu to'g'ri qarorligini bilaman, lekin nega qalbim bunchalik og'riyapti? Menga yaqinlashishga urinayotgan Jiminni o'zimdan itarib uni butunlay yo'qotib qo'yishdan qo'rqdim... Biroq bu eng to'g'risi. Hammasi tugadi. U va men boshqa-boshqa dunyolarmiz.
Xonamga kirib chiroqni yoqar ekanman eshik ortidan kelgan dag'al ovoz sabab uchib tushdim.
– Nega birinchi bo'lib menga qo'ng'iroq qilish xayolingga kelmadi?
Xarin: Siz?