October 28

DARK BEAUTY

Qaqnus - zulmatdan sevgi axtargan daxshatli goʻzallik edi...

...Taehyung xuddi arazlagan yosh bola kabi menga hech narsa demay qoʻydi. Hatto taksida ham yuz burib ortiqcha hech narsa demasdan jim ketdi. Sovuqqon yigitning fe'li bu tarzda keskin oʻzgarishi bir tomondan meni shoshirib qoʻygan boʻlsa bir tomondan hayron qoldirardi. Kulgimni qistayapti desam ham yanglish boʻlmaydi. Kerakli manzilga yaqinlashganimiz sari hayajon butun tanamni egallab ola boshladi. Jin ursin* axmoqlar singari koʻrinib qolmasam yaxshi. Muhimi yonimdagi yigit bilan qo'ltiqlashib soxta tabassumni yuzimga singdirgancha suzilib odamlar koʻziga bir-ikki ko'rinsam boʻlgani. Mashina toʻxtagach chuqur uh tortib taksidan tushdim. Darvoza yoniga kelib toʻxtab qoldim. Ortimdan kelgan Taehyungga qarar ekanman u qoʻllarini choʻntagiga tiqib sovuqqonligini saqlab turardi.
– Hali uzoq turamizmi?
U ensa qotirib savol bilan menga yuzlandi. Uydan chiqayotganda yuzidan kulgu arimayotgan yigit birgina hazilim tufayli shunday qoʻrs boʻlib qolganiga ishona olmayman. U mendan oldinlab ichkariga kirib ketdi. Yugurgilab ortidan ergashdim va tezda uning qoʻlidan ushlab oldim. Qaynoq barmoqlaridan sirgʻalib o'rmalatgan barmoqlarim issiqlikni sezdi. Hatto eng yuqori darajada isitma qilayotgan odamdan ham baland temperaturada boʻlgan yigit menga bir qarab qoʻyib koʻzlarini aylantirgancha yurishda davom etdi. Biz sekinlik bilan bo'sh oʻrindiqlardan hamkasblarimizni qidira boshladim. Nihoyat ularni koʻrgach Taehyungning qoʻlidan tortqilab oʻsha tomonga yoʻnaldim. Chuqur uh tortib yonimdagi baland boʻyli yigitga gapirish uchun ogʻiz juftlar ekanman uning qulogʻiga gapirishim uchun yo u pasayishi kerak yoki men choʻzilishim kerakligini fahmladim. Atrofga qarab olgach birlashgan qoʻllarimiz yordamida uni biroz pastga egilishga undab tortar ekanman oʻzim oyoq uchida choʻzilib soxta yigitimning qulogʻiga yaqinlashgancha gapirdim.
– 3-stolda oʻtirganlar mening hamkasblarim. Ular bilan oʻtirishimiz kerak.
U koʻzlari yordamida oʻsha stolni topib bosh irgʻadi. Ularga yaqinlashgan sarimiz yolgʻonim fosh boʻlib qolishidan qoʻrqib tanamdagi qaltiroq oshib boraverdi. Kasbdoshlarimning koʻzi menga tushgach xavotirlarni chetga surib imkon qadar oʻzimni baxtlidek tutishga harakat qila boshladim.
– Tinchlan.
Menga yaqinlashib qulogʻimni kuydirib yuborgudek shivirlagan yigitga anqayib qarab qoldim.
– Bu qoʻrquv yoki hayajon aniq bilmayman, ammo bunchalik bezovtalanishinga hech qanday sabab yoʻq. Endi esa tabassum qil.
U menga aql oʻrgatib oʻzi ham nim tabassum bilan qaddini koʻtardi. Hamkasblarim davrasiga ikkilanish bilan qoʻshilib hammaga tazim qildim, ular ham boshlarini irgʻib qoʻyishdi. Ammo koʻzlarida hayrat shundoqqina aks etib turardi. Taehyung mulozamat bilan stulni oʻtirishim uchun surib joylashganimdan soʻng oʻzi ham yonimdan joy oldi. Qarshimda oʻtirgan qizlarning shivir shivirini hisobga olsak hamma Taehyungni koʻrib hayratlangani aniq.
– Bugun toʻyga kelishing haqida aytmaganding, Sunae
Suzilgancha savol bergan Min Hyejoo yonidagi dugonasiga bir qarab yana menga yuzlandi.
– Ha chunki bu haqida soʻramadingiz.
– Yoningdagi yigit haligi Incheonda uchratib qolgan notanishmi?
Taehyung ikkimiz bir birimizga koʻz tashlab olarkanmiz oʻsha soxta tabassumni saqlagan holda "ha!" deb javob berdim.
– Unga haliyam yordam berib yuribsanmi?
– Min Hyejoo, u mening yigitim.
Qat'iy chiqqan gapimdan soʻng hayratini ochiq namoyon qilgan qiz yonidagilar bilan birga kulib yubordi. Shu ondayoq ichimdan pushaymonlik oʻtdi. Taehyung bilan kelib oʻzimni battar sharmanda qildim.
– Azizam Sunae, bilaman Wooseok bilan munosabatda edingiz va Geun ham senga yaqin edi. Biroq oʻzingni bunday khm "tashlandiq" kimsalar bilan pastga urma.
– Tashlandiq? Biroz ogʻzingizga qarab gapirsangiz boʻlardimi, Hyejoo xonim?!
Oʻzimni nima deb oqlashni bilmay asabiylashib borarkanman stulga kelib tushgan stakan ovozi hammani birdek eʼtiborini tortdi. Taehyung qoʻlidagi qadahni qattiq stol ustiga urgach qaddini rostlab nim tabassum qildi. Lablarini yoʻgʻon tili yordamida yalab olgach tomoq qirib gap boshladi.

– Men haqimda notoʻgʻri fikrga borganingiz noodatiy emas, albatta. Oʻsha kuni biroz tushunmovchilik boʻldi. Mening ismim Kim Taehyung va siz o'ylagandek tashlandiq kimsa emasman. Shuningdek, aytishim joizki, hozirda Doosan kompaniyasida vitse prezident boʻlib faoliyat yuritaman.
Uning gaplariga nafaqat oʻtirganlar balki men ham hayratda qoldim. Bu yolgʻon ekanligini bilaman, ammo boshqalar uchun bu qanchalar ishonchli? Oʻtirganlardan biri kulib ensa qotirgancha telefonini qoʻliga oldi. Qolganlar esa hamon sukutda.
– Bilaman, bu biroz shubhali. Lekin shunday qisqa vaqt mobaynida ham kimgadir telbalarcha oshiq boʻlib qolishning ham iloji bor ekan. Sunae bilan oʻsha kecha ajralganimizdan soʻng bu yordami uchun minnatdorchilik maqsadida uni qidirib topdim. Keyin esa tez tez koʻrishib turadigan boʻldik. Shu tariqa jiddiy munosabat oʻrnatdik. Men bundan afsuslanmayman.
– Uning oʻtmishichi?
Bepisandlik bilan oʻrtaga savol tashlagan Jaehyung koʻzlarini Taehyungga qadadi.
– Faqat axmoqlargina oʻtmish bilan ish yuritadi, vaholanki, men axmoq emasman.
Uning fikrlashi, qaytargan javoblari va oʻzini chindan biznesmen badavlat shaxslardek tutishi boshqalarning u haqidagi fikrlarini oʻzgartira olganiga ishonaman.
Yuzidan oʻsha nim tabassumni aritmayotgan yigit kelin-kuyov turgan mehrobga nazar tashladi. Sunae esa bu vaqtda rohibning nikoh haqidagi e'lonini iloji boricha hissizlik bilan eshitishga harakat qilayotgandi. Ular oldingi qatorlarda oʻtirishgani bois, Sunaening koʻzlari sobiq yigiti bilan ham uning rafiqasi hisoblangan dugonasi bilan ham aniq toʻqnashdi. "Bo'sa" olish paytida yuzini burgan qiz qoʻlidagi quruq salfetkani gʻazab bilan g'ijimlab tashladi. Taehyung koʻz qiri bilan uni kuzatar ekan qizga yaqinlashib qulogʻiga pichirladi.
– Xato qilyapsan.
Sunae oʻsha tomon yuz burib tushunarsizlik bilan burildi.
– Oʻzingni dugonang uchun baxtlidek tut.
Kelin va kuyov xursandchilik bilan mehmonlar davrasiga qoʻshilishar ekan u yana bir bor Sunaega yuzlandi. Uning stulini oʻziga yaqinroq tortarkan Sunaening koʻzlari kattalashib ketdi.
– Stulni men bilan birga oʻzingga tortdingmi?
– Ha.
Taehyung qizning ortiqcha hayratlanganiga biroz tushunqiramay qosh chimirib qoʻydi-da maqsadga oʻtdi.
– Endi haqiqiy roʻl oʻynash vaqti keldi. Sobiq yigiting va dugonang bilan meni tanishtirishing mumkin.
– Men ular bilan yuzlashishni istamayman.
– Nima? Aqldan ozdingmi? Unda men nega bu yerdaman? Mana bu aqli past kasbdoshlaringning koʻziga koʻrinish uchunmi? Asosiy maqsadimiz kim ekanligini unutding chogʻi?
– Taehyung bas qil.
– Ax bilardim. Bu qoʻlingdan kelmasligini taxmin qilgandim. Shu darajada zaifsanki, hatto senga qilishgan nohaqlikka ham munosib javob qaytara olmaysan.
Sunae jahldan qizarib ketgan yanoqlari bilan yigitga o'girilar ekan uning yuzi har doimgidan-da tundlashib ketgandi. Qiz shaxd bilan oʻrnidan turib odamlar bilan miriqib suhbat qurayotgan bugungi kecha qahramonlari tomon keta boshladi. Rejasi ish berganidan mamnun jilmaygan Taehyung ham qizning ketidan ergashdi. Ularga yaqinlashgan qiz koʻzlarini chuqur yumib xoʻrsinib olgach yuziga tabassum oldi.
– Salom, azizam Geun
Geun turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda ortiga burilib koʻrgan insonlaridan hayratda qoldi.
– S..Sunae?
– Ha xayrli kech.
Sunae yana-da kengroq tabassum qildi. Ich ichidan quvonchni his qilayotganiga ishontirish maqsadida edi u.
– Ha tanishing bu mening yigitim, Kim Taehyung.
Taehyung oqsuyaklar kabi kelinga kichik taʼzim bilan salom bergach eʼtiborini kuyovga qaratdi. Unga shu qadar oʻtkir tikilib qo'l uzatdiki, Wooseok hatto qimir etolmay qoldi. Uni Sunaening uyida koʻrganida nimalar sodir boʻlganini eslab ogʻir yutingach uning muallaq turgan kaftidan hadiksirab tutdi. Ushlashi bilan yuqori haroratni his qilib koʻzlari kattalashib ketdi. Qoʻlini Taehyungdan keskin tortib olarkan Sunaega jovdirab qaradi.
Geun: Hammasi joyidami, Wooseok?
Sunae: Sizlarga baxt tilayman, bir biringizga judayam yarashibsiz. Ammo Geun sendan biroz xafa boʻldim. Axir toʻy kunimizda birga kelin libosini tanlashga bir-birimizga va'da bergandik.

Sunae bir lahzaga oʻtmishga qaytib Geun bilan va'dalashganini esladi. Oʻshanda u Wooseok bilan turmush qurishiga chin dildan ishonardi.
Geun: M..men haligi, Sunae bu haqida senga aytmoqchi edim, biroq yodimdan koʻtarilibdi. Hatto sen bilan gaplashib olmoqchi edim.
Sunae: Hammasi joyida, men uchun sening baxting muhimroq.
Sunae mehr bilan qizning yelkasidan silab qoʻyib nigohlarini hamon qotib turgan Wooseokka qaratdi. Ich ichidan qanchalar kuchli nafrat his qilayotgan boʻlsa ham buni sezdirmasligi kerak edi. Shu sabab u qoʻllarini yonidagi yigitning tirsagidan oʻtkazib unga yoqimli tabassum bilan qaradi.
Sunae: Qolaversa, men ham sevgilim bilan baxtliman.
Wooseokdan nimadir deyishini kutgan Sunae undan hech qanday javob ololmagach hafsalasi pir boʻldi.
Taehyung: Men ham sizga baxt tilayman. Ijozatingiz bilan sizni yolgʻiz qoldiramiz.
Taehyung ketish oldidan Wooseokning nigohlarini topib unga nimanidir uqtirmoqchidek tikilib keyingi koʻz harakatlarini uning boʻyniga yoʻnaltirdi. Kuyish izlari qolgan terisini koʻrib magʻrurona tabassum bilan yigitga koʻz qisib qoʻydi. Sunae Taehyungdan oldinlab ketarkan yigit uning bilagidan tutib toʻxtatib qoldi. Qiz "nima boʻldi?" degandek yigitga savolli qarab qoldi.
Taehyung: shunday ketmoqchimisan?
Sunae: Ya'ni?
Taehyung lablarini tishlab pastga egilib kuldi-da bir harakat bilan qizning qoʻlidan tortib oʻz tanasi bilan uni birlashtirdi.
Taehyung: Menda boshqa reja bor.
U nigohlarini atrofsa raqs tushayotgan juftliklar boʻylab aylantirib Sunaega qarab qosh uchirib qoʻydi.
Taehyung: Ular sening baxtli ekanligingga ishonishadi, qachonki sen buni koʻrsatsang. Bir-ikki tirjayib qoʻlimdan silab qoʻyganing bilan baxtli koʻrinib qolmaysan, Sunae xonim.
U qizning qulogʻiga shivirlab oʻsha yaqin masofani saqlagancha qizning yuziga tikilib qoldi. Qaynoq taftdan allaqachon qizib ketgan Sunae tushunarsizlik bilan Taehyungning nima o'ylayotganini uqib olishga tirishardi. Ammo bu imkonsiz. Uning jilmayib turgan yuzi hech qachon oʻzgarmaydi. Taehyung qaynoq qoʻllarini qizning belidan oʻrab ikkinchisi bilan uning kaftidan tutdi. Bir biriga yaqinlashgan juftlik boshqalar kabi raqsga tusha boshlashdi. Taehyung musiqaga monand tebranarkan koʻzlarini bir zumga bo'lsa-da qarshisidagi yigitning kelishgan yuzidan uzmayotgan qiz hatto ichida nima sodir boʻlayotganini ham anglay olmay qoldi. Taehyung esa lablarini qimtib olgan, xuddi hozir kulib yuboradigandek. Nihoyat u egilib yana qizning qulogʻiga gapirishga majbur boʻldi.
Taehyung: Tabassum qil. Xuddi baxtdan sarmast odamdek.
U meni aqldan ozdirishga qasam ichgan menimcha. Shundoq ham gʻazabdan qizib ketayotganim yetmagandek uning issiq tafti ichimga olov yoqayotgandi. Koʻzlarimni undan uzar ekanman menga qarab turgan Wooseokni kordim. Dugonamga uylangan sobiq yigitim. Nega yana menga tikilyapsan, ablax?! Geun mening eng yaqin insonim edi, hali ham shunday shu sabab u ham men kabi azoblanishini istamayman. Umid qilamanki, turmush oʻrtogʻi unga ham xuddi mendek xiyonat qilmaydi.
Taehyung: Unga tikilishni bas qil.
Qulogʻimni kesib oʻtgan ovozdan koʻzlarimni oʻsha tomon burdim. Nega u bunday qaraydi? Bu yigitning ichidagi kibr va takabburlik yuziga ham singih ketgan, hatto bir koʻz qarashdayoq butun tanamga titroq olib kira oladi. Yaramas! Oʻzimni hayajonlanmayotgandek tutishga urinsam-da lablarimning beixtiyor titrab sotib qoʻyishi jigʻimga tegyapti. Buni berkitish uchun oʻzimcha odatiy suhbat qurmoqchi boʻldim.
Sunae: Xo'sh endi aytchi, kecha nimalar qilding?
Taehyungning yuzidagi tabassumi soʻnib qizning belida turgan qoʻllari uni biroz qattiqroq siqimladi. Sunae bergan savoli yigitni yetarlicha bezovtalaganini sezdi.
Sunae: Bu haqida gaplashishimiz kerak emasmi, axir?
Taehyung: Senga aytishga majbur emasman.
Sunae: Adashasan, majbursan!

Taehyung qizning belidan koʻtargancha boshqalar kabi aylantirib yerga qoʻyarkan bir lahzada boʻlgan ishdan esankiragan Sunae uning koʻzlariga termulib qoldi. Shu jumladan Taehyung ham. U bu tim qora koʻzlarga ilk bor shunday yaqindan qarayotgandi, yoki birinchi marta shundayin kuchli ishtiyoq bilan boqmoqda. Qay biri boʻlsa-da yigit avval bu hisni tuymagani aniq. Sunae tanasini oʻrab turgan qoʻllarning harorati qay tarzda oshib borayotganini sezib turardi. Ehtimol shu sabab qaynoqlik tufayli peshonasida mitti ter tomchilari koʻrina boshladi. Yigit tikilib turgan oʻsha qorachiqlar avval uning nigohlarini taʼqib qildi, soʻng nim pushti ingichka lablarda toʻxtab qoldi. Sunae oʻzi xoxlab ham koʻzlarini undan uzolmaydigan holga kelgandi. Xayolida gavdalangan holatdan ichida gʻalayon koʻtarilar ekan, ózi sezmagan holda nafas olishi tezlashdi. Yigitning yuzidagi tabassum kengayib boshqa ma'noni ifodalarkan sekin egilib qizning yuziga yaqinlashdi.
Taehyung: Agar men fikrlaringni o'qiy olaman desam ishonasanmi?
Sunae: N..Nima?
Uning koʻzlari kosasidan chiqib ketishiga bir bahya qoldi. Nima deb javob qaytarishni bilmay jovdirar ekan uyatdan allaqachon yuzi qizarib oʻzini noqulay his qilishni boshlagandi. Agar chindan Taehyung uning xayollarini oʻqigan boʻlsachi?! Hayolot olamida hayosizlarcha kim ekanligi nomaʼlum boʻlgan notanish yigitdan boʻsa olgan qiz shu o'yni miyasidan oʻtkazib koʻzlarini chirt yumdi. Ichida oʻziga la'natlar oʻqir ekan Taehyungning qimtilgan lablari va qizni uyatdan yoqib yuborishga tayyor nigohlaridan hech qanaqasiga qochish yoʻlini topa olmayotgandi. Shu sabab u birdan raqsni toʻxtatib yigitdan uzoqlashdi. Taehyung bir muddat unga tikilib soʻng yana boshini egib jilmaydi. Sunae esa nimadir deyish uchun ham soʻz topa olmay tezda sahnani tark etdi. Feniksning tafti haligacha tanasini qizitib olov kabi yoqayotgandek edi u uchun. Stulga joylashgan qiz hech ikkilanishsiz stakanda turgan vinoni koʻtarib yubordi. Muzdek alkogol qizib borayotgan tanasining hovurini oz boʻlsa ham tushirgandek chuqur nafas oldi. Biroq shaxsiy fikrlarini kimdir bilib qolgani va uning oʻta ketgan uyatli ekanligini eslab ich ichidan titrab ketardi. Shu fikrlar bilan 2 daqiqa ichida 3stakan vinoni simirib ichib yuborgan qiz yana bir qadahni toʻldira boshladi. Uni ham bir nafasda koʻtarib icharkan Taehyungning ohista yoniga kelib choʻkkanini payqadi. Stulida oʻtirgan koʻyi gavdasini yigitdan boshqa tomonga burarkan Taehyung kulib yubordi. Uning mayin kulgu ovozini ilk bor eshitgan Sunae agar boshqa vaziyat boʻlganida ehtimol bu yigitni hech qachon kulishdan toʻxtatishini istamagan boʻlardi.
Taehyung: Song Nae xonim, nega raqsni buncha tez tugatdingiz?
Sunae: Men chanqadim va...
Taehyung: Va...?
Sunae: Va isib ketdim. Menga tegib turganingda qizib ketaman buning sababini oʻzing ham bilasan.
Taehyung: Yaxshi, buning sababini tushundim, lekin nega bunday oʻtiribsan?
U Sunae nega teskari qarab oʻtirib olganini tushunmay oʻsha tomon biroz boʻyin cho'zgancha savol berdi. Chindan Taehyung qayerdan ham bilsin, qizning uyatdan uning koʻzlariga qarashga jur'ati yoʻqligini.
Sunae: Men... Haligi...
Taehyung endi tirsagini Sunae oʻtirgan stulning suyanchig'iga tirab unga yaqinroq bordi.
Taehyung: Hmm
Sunae: Odamlarni kuzatyapman. Menga ularni kuzatish yoqadi.
Favqulodda berilgan javob va qizning alkogol taʼsirida duduqlanib gapirishi yigitni yetarli darajada kulishga undardi. U qizning qoʻlidagi stakanni ushlab qoldi.
Taehyung: Birdan buncha koʻp ichish insonlar uchun zararli. Men kelganimdan buyon 3-qadah bu.
Sunae mana endi Taehyung tomon burildi. 8 stakan italyan vinosidan soʻng uning chaqnab turgan koʻzlari suzilib qolgandi...

~

Taehyung mast boʻlib qolgan qizni koʻtargancha uyga olib kirarkan uni yotoqxonasiga kirgizib toʻshakka yotqizdi. Bir necha bor qizni ichishdan qaytardi, biroq bunga qarshilik qilaverib bir shisha vinoni bir ózi boʻshatgan qiz mana endi oyoqda tura olmaydigan darajada sarxusht. Taehyung uni ohista yotoqqa yotqizib ustiga choyshabni tortmoqchi boʻldi, lekin qiz uning yelkasidan tutib toʻxtatdi.

Sunae: Bu haqiqatmi?
Taehyung hech narsani tushunmay g'udranib gapirgan qizning soʻzlarini miyasida tahlil qilib oldi.
Taehyung: Aynan nima?
Sunae: Fikrlarni oʻqiy olishing...
Oʻsha soniyalardan beri miyasini bir lahzaga boʻlsa ham tark etmagan savolni yuzaga chiqargan qiz javob kutib yigitga tikildi. Bunga javoban Taehyung esa insonni arosatga tashlovchi tabassumini ask ettirib jilmaydi.
Sunae: Javob ber.
Taehyung: Yoʻq. Menda bunday qobiliyat yoʻq. Biroq bilishni istardim, oʻsha lahzada nimani oʻylaganingni.

Qizning qizarib ketgan ikki yanog'ini kuzatib uning suzilgan koʻzlariga qaragan yigit keyingi navbatda nigohlarini tishlanaverib qizarib ketgan lablarga koʻchirdi. Toʻsatdan ularning taftini oʻz lablarida his qilib jimib qoldi. Sunaening bundan tashabbusi va harakatlari u uchun chindan kutilmagan boʻldi. Bir necha soniya ichida bir birini tengma teng shimib tortayotgan lablar va xonada yangragan tartibsiz nafas vaziyatni chigallashtirdi. Sunae Taehyungning qaynoq yuziga sovuq kaftini bosgancha uni ortga itardi. Yigitning ulkan va issiq qoʻllari bu paytda qizning nozik belidan tutib oʻrin egallagandi.
PovSunae: Nega bunday qilyapman? Bilmayman. Oʻylashni ham xoxlamayman. Shunchaki istadim va qildim. Uning issiq lablari meni har narsa qilishga undamoqda. Butunlay uning ustiga chiqib belidan oyoqlarimni oʻrab olar ekanman mendan-da kuchli xoxish bilan boʻsa olayotgan Taehyung koʻylagim ustidan sonimni siqimlab lablarimni qattiq tishlab soʻriy boshladi. Ikkimiz ham aqldan ozdik menimcha. Bunday yaqinlik qilish uchun biz kimlarmiz?! Hech biri muhim emasdek goʻyo. Taehyungning harorati oshib ketdi, tishlari labimni kesib oldi hatto. Ogʻiz boʻshligʻimda metal ta'mini his qildim. Bu qon. Bunga eʼtibor bermay boʻsani davom ettirmoqchi boʻldim. Ammo u meni bir urinishda ostiga olib ustunlikni oʻz qoʻliga oldi. Pastki va tepa lablarimni ehtiros bilan oʻparkan uning uzun, jingalak sochlarini siqimlab yuqoriga intilgancha entikib-entikib nafas ola boshladim. Ammo kutilmaganda ixrab yuborgan Taehyung hamma narsani toʻxtatdi. Hech narsani tushunmay bundan qandaydir ma'no qidirib uning koʻzlarini taqib qila boshladim. Biroq ular yumilgan. U koʻzlarini qattiq yumilgan.
Sunae: N..nimadir boʻldimi?
Taehyung: ...
U javob bermadi. Xuddi ortidan kimdir uni tortib olgandek birdan yonimdan yoʻqolgan yigit yotoqdan uzoqqa uchib ketgandek tuyildi menga.
Sunae: T..Taehyung...
Men ham oʻrnimdan turib unga yaqinlashmoqchi boʻldim, lekin boshim aylanib qalqib ketdim. Taehyung ham oʻzini ortga olib irilladi.
– Nari tur... - arang nafas chiqargan yigit koʻksiga qoʻlini bosib tobora yerga choʻka boshladi. Unga har bir chuqur nafasida yaqinlashayotgandim. Men... nega unga yaqinlashdim?! Bu xavfli edimi?! Tushunarsizlik ichra adashib qoldim.
– T..Taehyung...
– Yaqinlashma... - Uning keskin ovozi xonada jarang sochib turgan yerimga meni mixlab qoʻydi. Jurʼatsizlik men uchun emas. Ishonchsiz boʻlsa-da polda yirtqich kabi irillayotgan yigitga yaqinlashishda davom etdim. Xirillab yerga butunlay qulagan Taehyung tobora ichimdagi qoʻrquvni oshirib boraverdi. Qattiq nafa olganidan butun tanasi koʻtarilib tushardi, kutilmaganda yelkasidan xuddi tikan kabi bo'rtib chiqqan narsani koʻrib etim junjikib ketdi. Nafasim boʻgʻzimga tiqilib qadam bosishdan toʻxtadim.

– T..Taehyung
– Ket...
– T..Tae
– SENGA KET DEDIM! JIN URSIN*
Butunlay oʻkirib yuborgan yigitning tanasidagi kiyimlarni parchalab chiqqan ulkan qora qanotlar taʼsirida hatto qichqirig'im ichimda qolib ketdi... Tamoman karaxt boʻlib qoldim. U esa hamon ixrab polni tirnagancha oʻzini oʻnglashga urinardi. U maxluqmi...?

Yoqimli mutolaa shadows. Keyingi qism sizning aktivingizga qarab tashlanadi.

#Aera💗