February 28

MAG'RUR ISHQ • Part - 10

Stalking is so hot...

- Rani tezroq tusha qol endi, qizim.
Qizaloqning bugun shifoxonaga boradigan kuni edi. Xarin u tug'ilganidan buyon birinchi marta qizini Jiminsiz kasalxonaga olib bormoqchi. Albatta bu uchun unga Sehun hamroh bo'lishini aytgan edi. Biroq tongdan buyon u bilan hech bog'lanishni eplolmayotgan qiz xunob bo'lgancha yana bir marta tanish raqam ustidan chaqiruv tugmasini bosdi.
- Aysh Sehun nega tongdan buyon telefoning o'chgan-a?!
- Men tayyorman, oyi, dadam kelmadilarmi? - zinalardan enagasi yordamida tushib kelayotgan qizaloq dadasiniki bilan bir xil mallasochlarini yuzidan nari surgancha savol berdi.
- H..Haligi, Rani...
Endi gairishga og'iz juftlagan Xarinning telefoni jiringlar ekan "bu Sehun" degan o'y allaqanday unga xotirjamlik berayotgan edi. Ammo ekranda Hajoonning ismi turardi.
- Eshitaman, aka, - go'shakda akasining xavotirli ovozi eshitildi. U kutilmaganda sovuq xabar bilan qizning esxonasini chiqarib yuboray dedi. Miyasida bomba portlagandek eshitgan gaplarini hazm qilishga ulgurmagan Xarinning ko'zlarida yosh aylana boshlagandi.
- Bo'lishi mumkin emas!
Uning og'zidan chiqqan yagona jumla shu bo'la oldi xolos. Holsiz ortidagi divanga o'tirib qolgan bekasining ahvoli xizmatkor enagani tashvishga solarkan u yugurgilagancha oshxonadan muzdek suv keltirdi.
- Xonim, hammasi joyidami?
- Men bugun kasalxonaga borishim kerak...
Bazo'r bo'g'iq ovozda ma'lum qildi u va telefonning qizil tugmasini bosib qo'ydi.
- Televizorni yoq.
Keskin buyruqni eshitgan xizmatchi tezda u aytganidek televizorni yoqdi. Tonggi xabarlar ko'rsatuvi bo'layotgan vaqt.
- Hozirda aybdor Park Jimin mahkamada hamkori Kim Sehunning o'limida gumondr shaxs sifatida saqlanmoqda.
Majolsiz holatda o'zini divan suyanchig'iga tashlagan qiz og'ir nafas chiqardi.
- Yo Xudoyim, aqldan ozib qolish hech gap emas, bu yana nimasi bo'ldi?!
Ikki yoqimsiz xabar, birini qabul qilib ulgurmasidan keyingisini eshitish va har ikkisi ham u uchun unutib bo'lmas yo'qotishni anglatardi.
- Oyijon...
U past va siniq eshitilgan qizining ovozini payqab yuzini boshqa tomonga burgancha ko'z yoshlarini artdi.
- Nega yig'layapsiz? - qizaloq onasining sochlarini yuzidan olishga urinib pala-partish harakat qilarkan Xarin uni o'ziga tortib bag'riga bosdi.
- Yig'lamayapman, - dedi u va qizaloqning tilla sochlari orasiga yuzini ko'mib hqillay boshladi. Sehun uning bolalikdagi do'sti edi. Uzoq yillar davomida uni deyarli unutib yuborgan bo'lsa ham ayni damda vaziyat boshqa edi. Yonida uni qo'llab quvvatlaydigan hech kim yo'q bo'lganida u suyanishi mumkin bo'lgan yagona inson edi u.
- Oyi, dadam biz bilan bormayman dedilarmi? Shunga xafamisiz? - so'radi jajji qizaloq yuzidagi xomushlikni ochiq namoyon qilgancha.
Xarin: Bilasanmi, qizalog'im, dadang muhim ish bilan ketgan u uzoq vaqt shaharda bo'lmaydi. Shuning uchun bugun ikkimiz doktorga borishimizga to'g'ri keladi.
Kichik Rani ko'zlari miltillagancha bosh silkib qo'ydi xolos. Xarin esa yashirincha tomgan ko'zyoshlarini tezda artib tashladi. U kuchli bo'lishi shart va bu holatini qiziga ko'rsatolmaydi.

🗣: Park Xarin! Qarang Park Jiminning rafiqasi kelyapti!
- Keling aslida nima boʻlganini Park Jiminning rafiqasi Xarin xonimdan batafsil bilib olamiz. Tushdan o'tgach Ranini kasalxonadan chiqargan qizini uyda qoldirib mahkamaga kelarkan, eshik oldi muxbirlar va kameralarga to'lib ketgan edi.
Qo'liga TVN kanali mikrafonini ko'tarib olgan muxbir qizni ko'rishi bilan boshqalar qatori u tomonga yugurdi. Muxbirlar ortidan laychadan hech farq qilmaydigan operatorlar ham qolishmasdi. Kameralar bilan qizni o'rab olisharkan hamma har tomondan unga boʻlgan voqea yuzasidan savollar yog'dirib tashlashgandi.

🗣: Park xonim, aytingchi Park Jimin chindan ham qotillik qildimi?
🗣: U o'ldirgan Kim Sehunning oilasi bunga qanday qarashdi?
🗣: Park Jimin va Kim Sehun o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
- Bas qiling! Kameralaringizni oling, bu haqida hech qanday ma'lumotga ega emasmiz biz, - singlisining yelkasidan qo'llarini o'rab olgan Hajoon yig'ilganlarga o'shqirib yuborarkan yaqin do'stining o'limi haqidagi bema'ni savollar uning ham bo'g'ziga kelib ketgan edi.
Xarin tan soqchilari va akasi qurshovida arang politsiya mahkamasiga kirib oldi.
Xarin: Aysh bu muxbirlarni qarang-a, qadam bosgani qo'yishmaydi.
Hajoon: E'tibor qilma, ularning ishi qanday xabar yo'q bizda
Advokat Do: Park Xarin?
Xarin: Salom advokat Do, Jiminning ahvoli yaxshimi? U bilan uchrashishim mumkinmi?
Advokat Do: Afsuski hozircha yo'q, u hozir tergovda.
Xarin: O'zi nima boʻldi, janob Do?
Xarin ust kiyimlarini qoqib stulga joylashdi.
Advokat Do: Bu kimning ishi ekanligini bilmadim, ammo kimdir Jimin bilan jiddiy o'yin boshladi.
Hajoon: Buni u qilmagan demoqchimisiz?
Xarin: Albatta u qilmagan, aka. Jimin hech qachon kimnidir o'ldirishgacha bormaydi.
Hajoon: Jiminning bunchalik jiddiy dushmani yo'q edi.
Xarin: Jin ursin, ablaxlar! U bilan qachon ko'risha olamiz?
Advokat Do: Ha tergovchi 5 daqiqa oldin kelgandi, hozir Jimin bilan voqea yuzasidan suhbatlashyapti.
Xarin: Tushunarli.
Advokat Do: Sizlarni ham tergovga chaqirishsa kerak.
Xarin tepasida turgan akasiga xo'rsingancha qarab qo'yarkan Hajoonning qiyofasida faqat asabiylikkina bor edi xolos.

~

Hajoon

*TERGOV XONASIDA*

- Demak, gapirishni istamaysiz.
Jimin: Yana mendan nima istayotganingizni tushuna olmayapman. Axir sizga hammasini aytmadimmi?
- Park Jimin, bunday vaziyatda sizga advokat yordam bera olmaydi.
Jimin kishanlangan qo'llarini qovushtirib hamon jim turardi. Yuzida hech qanday ifoda yoʻq. Tergovchining qoshlari chimirilgan yuzida allaqanday g'olibona qiyofa aks etib jilmaydi. Jimin barcha bo'lib o'tgan ishni ma'lum qildi, ammo xuddi tergovchi ham u bilan qasdlashayotgandek, go'yoki butun aybni uning bo'yniga ilib qo'ymoqchidek harakat qilardi.
Xonaga kirib kelgan zobit Park Jiminning advokati kelganini va u bilan ko'rishishi mumkinligi haqida xabar berdi. Chuqur xo'rsinib o'rnidan turgan yigitning tirsagidan tutib advokat bilan gaplashib olish uchun maxsus xona tomonga yetaklashdi.
Zobit: Marhamat, advokatingiz sizni kutmoqda.
Jimin hech soʻz demay qo'lidagi kishanlardan xalos boʻlib ichkariga kirdi. Eshikka osilgan qulf ovozi yangragach Jimin butun gavdasini holsiz stulga tashladi.
Advokat: Xo'sh Jimin, nimalar boʻlyapti?
Jimin: Bilmayman, janob Do. Bu savolning javobini kechadan buyon topishga harakat qilaman. Kecha tundan buyon shu haqida o'ylayman. Ammo hech narsani tushuna olmayapman. Xonada u bilan faqat suhbatlashdik, to'gri biroz qo'pollashdim, yuziga musht tushirdim, ammo unga o'ladigan darajada zarar yetkazadigan hech qanday qaltis harakat qilmadim.

Janob Do: Demak u bilan ko'rishganing aniq.
Jimin: ... Ha.
Janob Do: Bu yomon. Xo'sh u senga nima dedi?
Jimin: Aytarli hech narsa, - Jimin shunday dedi-yu kechagi suhbatni eslab asablari battar taranglashdi. - U rafiqam XAringa sevgi izhor qimoqchi ekanligini aytdi. .
Janob Do: Demak shundan so'ng sen uning adabini berib qo'ydingmi? - Yoshi 50 larga yaqinlashib qolgan erkak hafsalasi pir bo'lgancha yana Jiminga quloq tutdi.
Jimin: Albatta.
Jimin asabiylik bilan aybini tan oldi.

Uzoq davom etgan tergovdan so'ng nhoyat Jimin bilan ko'rishishga ruxsat berishgandi. Xarin akasini uning yoniga kirishiga izn bermadi. Chunki Hajoon ham yaqin do'stining o'limida singlisining erini aybdor deb hisoblayotgandi.
Uzun yo'lakdan ichkarilab borayotgan qiz hozir u bilan yuzlashganida qanaqa munosabatda bo'lishni bilmas edi. To'gri, Jiminning aybsiz ekanligini biladi, ammo u ich-ichidan Sehunni qanchalik yoqtirmasligini va uni ko'rganida g'azabi qanchalik qaynashini ham yaxshi bilardi.
- Marhamat xonim - zobit Jimin o'tirgan kamera eshigini ochib qizga yo'l berarkan Xarin biroz ikkilanish bilan ichlariga qadam tashladi.

Muzdek devorga suyanib bo'lgan ishlar haqida o'ylayotgan yigit zax yerga bosilgan poshna ovozini eshitib boshini ko'tardi.
Jimin: Xarin... - o'rnidan qo'zg'alib rafiqasi qarshisiga peshvoz chiqdi u.
Xarin: Salom Jimin... - 1 kun ichida doimo sarishtali va turmaklanib turadigan sochlari to'zg'ib, ko'zlari qizarib ketgan turmush ortog'iga sinchiklab qaradi-yu yuragi g'alati bo'lib ketdi. Biroq tashqaridan barcha hissiyotlarini chiqarmaslikka ont ichgandek hissiz ko'rinib turardi.
Jimin: Senga ham salom, - siniq ovozda javob berdi u. Xarin anchadan buyon qarshisidagi odamni bunday nochor, ilojsiz ahvolda ko'rmagan edi.
Jimin: Xarin... - panjaraga juda yaqin kelib boshini egdi yigit. Xarin qandaydir noma'lum qo'rquvdan titrab ketdi. Ongidagi savollar tinmay qichqirib uni bezovta qilar, ko'ksida chuqur o'ychanlik bilan g'alayon sodir bo'la boshlagandi.
Jimin: Men qilmadim... - Jimin past ovozda pichirlagudek qayta og'iz ochdi, - ont ichaman, Xarin, bu men emasman. Ochiq aytaman, Kim Sehunni jinin suymasdi, biroq men o'ldirmadim.
Xarin: Bilaman, - dedi qiz oldinga bir qadam tashlab. Negadir yig'lagisi kelayotgandi. O'zini tushuna olmayotgani sabab yoshlanib kelayotgan ko'zlarini yashirish maqsadida pastga qarab oldi.
Xarin: Sen bu yerdan chiqasan, Jimin, aks holda Raniga aytadigan baxonam qolmaydi.
Biroz vaziyat yumshagandek bo'ldi. Jimin qizining ismini eshitishi bilan yuragi o'rtanib ketdi.
Jimin: U mendan xafa bo'lsa kerak, bugun doktorga olib borishga va'da bergandim.

Xarin: Unga tushuntirdim hammasini.
Jimin: Raxmat
Shoshib javob berdi yigit. Negadir birdan qarshisidagi qiz unga 4 yil ilgarigi sobiq do'stini eslatib yubordi. Hali hech narsa sodir bo'lmagan paytdagi, baxtsiz sevgi qissasi sabab tashqi dunyodan butunlay uzilib qolgan Xarinni.
Jimin: Xarin quloq sol.
Jimin birdan jiddiylashdi va xavotir bilan gap boshladi.
Jimin: Aftidan bizning oilani nishonga olganlar bor. Dadamning o'limi, mening holatim, kompaniya inqirozi... Kimdir biz bilan o'yin o'ynayotganga o'xshaydi.
Xarin: Dushmanlaringmi?
Jimin: Qo'riqchilarsiz mutlaqo tashqariga chiqmang. Hozir hech qayer xavfsiz emas. Ranini ehtiyot qil, maylimi?
Xarin uning chindan hayajon va kichik qo'rquv bilan gapirayotganini sezdi. O'zi ham hayiqqancha tez-tez itoatkorlik bilan bosh irg'adi. Ular bir biriga juda yaqin turardi. Agar shu panjaralar bo'lmaganida biz bir birimizni bag'rimizga bosishga jur'atimiz yetgan bo'lardimi deb o'yladi Xarin. Jiminning ham qorachiqlari xotinining yuzidan uzilmasdi. Juda chuqur tikilib turardi. Nihoyat siqilib ketgan jag' suyaklarini kafti bilan ishqagancha orqa o'girgan yigit qayta ortiga burilib gap boshladi.
Jimin: Bilasanmi, nega meni uning o'limida gumondor sifatida ushlab turishibdi.
Xarin boshini ko'tarib unga qaradi. Biroz oldin yuzidagi g'am sezilib turgan erining qiyofasi jahl bilan burushib ketgandi.
Jimin: U kecha offisga keldi. Cho'ntagidan uzuk chiqardi va uni sening barmog'ingga taqishini aytdi, Xarin.
Qizning nigohlaridan sezilib turardiki, u buni kutmagan. Mutlaqo u uchun yangilik edi bu, sababi Sehunni doim o'ziga do'st deb bilgan.
Xarin: N..nima?
Jimin: Men o'sha lahzada uni o'ldirishga tayyor edim. Jonini o'z qo'lim bilan olishni istadim. U o'lishini shu qadar xohladimki, men hatto uning halokatini eshitib tasirlanmadim ham.

Men xursand bo'ldim, Xarin.
Jimin tishlari orasidan vishillagan sari panjaraga yaqinlashar, temir to'siqlar orasidan o'tkazgan qo'llari siqilib musht bo'lib tugilgandi.
Jimin: Seni rashk qildim. Seni o'sha la'nati erkakdan qizg'andim, eshityapsanmi? Buni qabul qila olmadim. Rafiqamni boshqa erkak yonida bo'lishini, meni emas o'zgasini sevishini miyamga sig'dira olmadim.
Xarin: Sen xudbinsan, Jimin.
Keskin kameradan uzoqlashdi qiz ko'zidan tomgan yoshni e'tiborsiz qoldirgancha.
Jimin: Sen esa uni sevolmaysan. Qarshimda o'sha erkak uchun ko'zyosh to'kma.
Xarin: Seni sevishimga ishonasanmi? Buni unutganing ma'qul.
Bo'g'iq ovozda zarda qilgan Xarin hatto Jiminning yuziga ham qarashni istamay u yerni tark etdi. Bir lahzaga hammasi yaxshidek tuyilgandi. Farzandining otasi bo'lgan o'sha insonga dalda berish uchun, "siqilma sen bu yerdan chiqasan, men aybsiz ekanligingga ishonaman" deyish uchun kelgandi aslida bu yerga. Lekin hammasi sarobga aylandi. U sevgan kimsa allaqachon o'zgargan va endi hech qachon bu notanishni seva olmaydi.

~

PovXarin: Rani uxlab qolganini ko'rib qizimning ustini yopgancha nimadir yeb olish uchun pastga tushdim. Rani ancha xarxasha qildi. U Jiminni juda yaxshi ko'radi, o'zini ko'rmasa ham ovozini eshitmasa bo'lmaydi. Nima deb ovutishni bilmay axiyri uni aldab uxlatdim. Oshxonaga kirib endi muzlatgich eshigini ochgan ham edimki, begona hidni sezdim. Atir hidi edi bu. Seskanib ketdim. Xuddi uyda yolg'iz emasdekman. Qadam tovushlari...
– Suno? - qo'riqchi ismini aytib baqirdim, ammo hamon atrof tinch. Aniq sezib turibman kimdir bor. O'tirgan stulimdan turdim-da tortmadan pichoq oldim. Bugun Jiminning dushmanlar va yana qandaydir o'yinlar haqida aytgan gaplari miyamda chir aylanardi. Uyning qorong'u zali bo'ylab yurib oshxonaga kirish yo'lagida to'xtadim. Nega xavfsizlik tizimi ishlamadi?! Yuragim deyarli qinidan otilib chiqib ketay deb urayotgandi. Devorga suyanib nafasimni ushlab turishda davom etdim. Qo'limdagi o'tkir pichoq oz bo'lsa-da menga ishonch berayotganiga qaramay butun tanam qo'rquvdan titramoqda.
– Meni o'ldirish uchunmi bu?
Past, shivirga o'xshash tanish ovoz eshitilgach pichoq ushlagan bilagim qaltirab ketdi. Rani... Qizim xotirjam uxlab yotibdi degan umiddaman. Kelgan odam yolg'iz bo'lmasachi? Daxshatdan qichqirib yuborishga tayyorman. Ammo bu ovoz...
– Bunday qilolmasligingni ikkimiz ham bilamiz.
Bu kim bo'lishi mumkin? Hech narsa deya olmadim, hatto chiroqni yoqa olmayman. Qorong'u xona meni battar vahimaga solardi. Oldinga qadam bosgan ham edimki tirsagimdan tutib meni o'ziga tortgan yigit qo'limdagi qurolni yulqib olib polga uloqtirdi. Uning tim qora ko'zlarini ko'rib nafasim to'xtab qolay dedi.
– S..siz....
Ovozim xonada yangradi. Qarshimda turgan kimsa... U tirik...
– Men ham seni sog'indim...
Sochlarimni silab yuzimdan nari surgan yigit bo'ynimdan kaftini o'ragancha lablarimga labini bosdi...

10-Qism tugadi.