DARK BEAUTY - EP_5
Koʻzlarimni begona xonada ochdim. Tanam uzra ogʻirlikni his qilyapman. Qattiq bosh ogʻrigʻi bilan oʻrnimdan turar ekanman bu mutlaqo notanish joy ekanligini fahmladim. Ustimdagi par koʻrpani irgʻitib iliq polga oyoq qoʻydim. Ishonchsiz va kichik qadamlar bilan eshik tomon yoʻnaldim. Boshim aylanib biroz muddat devorga harakatsiz suyanib turdim. Koʻzlarimni pirpiratib ochishga urinar ekanman koʻz oldimdagi qop qora tuman tarqab yana oʻrnini yorugʻlik egalladi. Zalga chiqib zinalardan pastlar ekanman sokin xonada atrofiga shovqin taratayotgan yagona tovush bu noutbuk klavishlari edi. Kechagi qiz - Jung Hayung. U ekrandan koʻzini uzmagan holda baland ovozda gapirdi. Ayol kishi boʻlsa-da ovozi biroz dagʻal va qattiq edi.
– Uygʻondingmi, qizaloq?
– Xayrli tong...
– Tong?
U endi koʻzoynagini yechib bir qoshini koʻtargancha menga qaradi.
– Allaqachon tushdan oshdi, qanday tong. Aysh, agar Feniksga kerak boʻlmaganingda seni tushlikka yeb yuborgan boʻlardim.
Qoʻllarini birlashtirib tanasini ortga tashlagancha kerishgan ayol koʻzlarini yumib kulib yubordi. Na qoʻrqishni bilardim na qoʻrqmaslikni. Tomoq qirib unga yaqinlasha boshladim. Boshimning aylangani meni tark etmagani uchun zina tutqichiga suyanib turgandim. Noaniq qadamlar bilan divanga yetib oldim.
– Taehyung qayerda?
– Ketdi.
– Nima?
U menga oʻtkir nigohlar bilan qarar ekan men bu ifodaning maʼnosiga tushunmay hamon anqayib turardim.
– Ketdi, dedim eshitmadimgmi?
– Qayerga?
Chuqur nafas olib lablarini jiyirgan Hayung stolga qattiq urgancha oʻrnidan turdi. Gavdasini men tomonga tashlab o'qrayganida negadir etim junjikib ketganini his qildim.
– Menga qara, Feniks bu yerdan tezroq ketishi kerak. Senga gʻamxoʻrlik qilib oʻtirishga vaqti yoʻq uning. Kerakli odamlarni qidirib ketish yoʻlini izlamoqda, sendan nimadir soʻramasa uning atrofida o'ralashma. Shusiz ham koʻp vaqt yoʻqotdi. Agar u sendan kuchlarini tezroq qaytib olmasa u oʻladi. Tushunyapsanmi? Oʻladi. Agar u oʻlsa sen va men tasavvur qilmagan ishlar sodir boʻlishi mumkin. Hatto yashab turgan shu sayyorang ham maxluqotlar qoʻliga oʻtib ketsa ajab emas.
Uning gaplariga unchalik tushunmagan boʻlsam-da bir yutinib xayolimda aylanayotgan savolni yuzaga chiqardim.
– U oʻladi? Menga uning kuchi kerak emas, lekin afsonalarga koʻra Qaqnus hech qachon oʻlmaydi.
– Afsona? Sen ertakda yashamayapsan, azizam. Afsonalar faqatgina haqiqiy tarixni yashirib turuvchi unsur vazifasini oʻtagan. Feniks Qaqnus qudratisiz qurib boraveradi. Sekinlik bilan halok boʻladi.
– Men... Men nima qila olaman?
– Eng qizigʻi nima bilasanmi, sen hech narsa qila olmaysan. Istasang u uchun oʻzingni óldirib koʻr, zora tanangdagi qudrat oʻz sohibiga qaytsa.
– Ammo bu aniq emas.
– Toʻgʻri.
Ayol meni chetlab oʻtar ekan bir xonaga kirib ketdi. Demak Taehyung mendagi kuchsiz yashay olmaydi va eng daxshati uni mendan shunchaki ololmaydi. Bundan chiqdi uning hayoti xavf ostidami?! Negadir yuragim uvishib ketdi. Kaftimni koʻksimga qoʻyib chuqur nafas oldim. Ehtimol mening kasalim... Chindan mening o'limim hammasi barham topishiga sabab boʻlar?! Men oʻlimdan qoʻrqmayman. Ayol xonadan chiqib qandaydir hujjatlar bilan qaytdi. Meni yana xuddi shunday eʼtiborsizlik bilan chetlab oʻtgancha oʻrniga joylashib ishlashda davom etdi. Qiziq, u nima ish bilan shugʻullanishi mumkin?!
– Taehyung, hozir qayerda ekanligini bilasizmi?
– Yoʻq. U bittasini izlab ketgan, qachon topishi ham noaniq. Sen esa buguncha menikida qolishing kerakligini tayinladi.
– U... ya'ni ósha bittasi Taehyungga yordam bera oladimi?
– Bilmayman. Shunisi aniqki, qariya koʻp narsani biladi.
– Tushunarli. Haligi sizda bosh ogʻrigʻi uchun dori bormi ?
Koʻz qirini menga tashlagan Hayung barmogʻini bigiz qilgancha mening ortimga ishora qildi. Oʻgirilib tibbiyot qutisini koʻrdim. Kichik taʼzim bilan minnatdorchilik bildirib oʻsha tomonga yoʻnaldim.
Kecha tundan buyon xuddi dengiz tubidan igna qidirgandek oʻziga kerakli birini axtarayotgan Taehyung nihoyat uni topdim deganida qariya "bandman" deya yigitga hatto oʻgirilib qaramay ishida davom etdi.
– Bilmayman. Shunisi aniqki, qariya koʻp narsani biladi.
– Tushunarli. Haligi sizda bosh ogʻrigʻi uchun dori bormi ?
Koʻz qirini menga tashlagan Hayung barmogʻini bigiz qilgancha mening ortimga ishora qildi. Oʻgirilib tibbiyot qutisini koʻrdim. Kichik taʼzim bilan minnatdorchilik bildirib oʻsha tomonga yoʻnaldim.
Kecha tundan buyon xuddi dengiz tubidan igna qidirgandek oʻziga kerakli birini axtarayotgan Taehyung nihoyat uni topdim deganida qariya "bandman" deya yigitga hatto oʻgirilib qaramay ishida davom etdi.
Oxiri kutishdan xunob boʻlgan yigit mijozlar uchun ajratilgan stuldan shaxd bilan turar ekan tongdan buyon miq etmay oʻtirgani uchun oʻzidan nafratlana boshlagan edi. Ayni damda u uchun 1 soniya ham juda qimmatli. Taehyung janob Kim Jungnam ismi bilan bir necha 100 yillardan buyon yashab kelayotgan ustozi qarshisiga chiqar ekan uning yuzi tundlashganiga guvoh boʻldi. Kim Jungnam qadoqlangan paket oʻramini iliq tabassum bilan mijozga uzatgach yana teskari burildi.
– Ustoz!
Taehyung hech narsaga eʼtibor bermay baqirarkan qariya qoshlari chimirilgan koʻyi ortiga qaytmadi. Yigit ham boʻsh kelmay sotuvchi rastasidan sakrab oʻtgancha narigi tomonga oʻtib oldi.
– Nima qilyapsan?
Vajohat bilan baqirgan erkak burun kataklari kengayib qarshisidagi yigitga zimdan nazar soldi.
– Ustoz, meni eshiting, siz bilan jiddiy masalada gaplashib olishim kerak.
– Qaysi yuz bilan yordam soʻrayapsan, yana?
– Majbur boʻlmaganimda kelmasdim.
Sabr kosasi toʻlgan yigit, tishlarini birlashtirib arang jahlini tiydi. Janob Jungnam yelkasidagi maxsus oshpazlar uchun moʻljallangan fartugini yechib jahl bilan uloqtirdi.
– Ket! Senga yordam bera olmayman.
– Axir hali eshitmadingiz.
– Ahamiyati yoʻq, har qanaqasiga ham qoʻlimdan hech narsa kelmaydi.
– Men Qaqnus qudratisiz qoldim. U hozir oʻzga tanada.
Yurishdan toʻxtagan janob Jungnam jimib qoldi. Taehyung kichik qadamlar bilan unga yaqinlashib qarshisiga turdi.
– Uni qaytarishim kerak, menga yordam bering iltimos.
– Nima deding?
Qariya endi tilga kirdi. Eshitgan gaplarini xayolida tahlil qilib boʻlgach koʻzlari moshdek ochildi.
– Q..Qanaqasiga?
– U inson tanasiga oʻtib qolgan.
Erkak bir necha soniya oʻylanib turgach sovuq ohangda Taehyungga ortidan yurishini tayinladi. Kichik yemakxonaning zinalaridan pastlab uni óz xufiya xonasiga olib kirdi.
– Bu yerda nima qilyapsan? Nima seni Yer kurrasiga yetakladi, - dedi kichik aylana stol yonidagi oʻrindiqqa joylashgan Kim Jungnam.
– Raf. Bu uning ishi. Oʻz kirdikorlari bilan menga xiyonat qildi. Meni zaxarladi, natijada ularga qarshilik qila olmadim, jang qilolmadim va osongina magʻlub boʻldim.
– Demak doʻstim deganing senga xiyonat qilibdi-da?
Janob Kim ogʻzini kafti bilan toʻsgancha kula boshladi. Uning oʻzini bunday tutishi Taehyung uchun gʻalati va noodatiy holat edi.
– Men uni deb shu yerga kelib qoldim va eng yomoni kuchlarimni ham yoʻqotdim.
– Hyunshikni hatto eshitmasdan oʻsha iblisning gaplariga tayangan holda badargʻa qilganding. Yodingdami?
– Hozir buning payti emas, ustoz. Iltimos menga ayting qanday qilib hammasini oʻz oʻrniga qaytarishim mumkin.
– Endi kech, Feniks. Qaqnus qudratisiz hech kimsan. Osmon darvozalari ochilgan, olamlar oʻrtasidagi muvozanat buzildi. Badargʻa qilinganlar ham ozod boʻlgan boʻlsa ajab emas. Sen esa bir necha hafta yoki oshib borsa bir necha oydan soʻng oʻlasan.
Taehyung chuqur uh tortib oʻzini stulga tashlarkan boshini changalladi.
– Bularni yaxshi bilaman. Ammo qandaydir yoʻli boʻlishi kerak. Iltimos, ustoz, menga ayting, siz bilasiz. Barini oʻrniga qaytarishim shart.
– Oʻsha odam... Kuch sening tanang zayaf boʻlgani sabab unga ótgan, ammo nega sehring aynan uni tanladi?
– Tanladi? Yoʻq - yoʻq u oʻsha kuni shunchaki menga qoʻl tekkizgan va...
– Yoʻq, Feniks, bu qudrat boshqalarga oʻxshamaydi. Boʻyningdagi tumorni nega osib yurganingni bilasanmi?
Taehyung koʻksi ostidagi qop qora javohirga nazar tashlab oʻylanib qoldi.
– Nima demoqchisiz?
– Bu qudrat siz Qaqnuslarning qoningizda bor va u asrlar osha harakatlanadi. Javohirdagi sehr tugʻilganingdayoq seni tanlagan, sababi sen juda nozik va yashab ketishi noaniq boʻlgan bolakay eding. Qaqnus har qaysi davrda hayot manbai hisoblangan. U butun mavjudotga hayot baxsh etguvchi xususiyatga ega, jumladan oʻziga ham. Ammo hammasi shu tosh ichidagi sehrga bogʻliq. U aynan seni tanlagani bois akang Hyunshik emas sen hukmdor boʻlding. Tushunyapsanmi? Oʻsha inson tez orada bu hayot bilan vidolashadi, qudrat aynan shu sabab uni tanlagan.
Chuqur oʻyga botgan Taehyung sochlaridan qoʻlini olgancha peshonasini ishqadi.
– Agar u oʻlsa, qudrat oʻz oʻzidan menga qaytadi shundaymi?
– Katta ehtimol bilan shunday.
Taehyung oʻylanib qoldi. Sunaening xasta ekanligini ilk kunlardayoq bilgan, sobiq yigiti va dugonasi tomonidanam aynan shu sabab xiyonatga uchradi. Yuragi allaqanechuk qalqib ketgan yigit tishlarini g'ichirlatib uh tortib yubordi.
– Sehr uni davolay olmaydimi?
– Bilasanmi, bu qudrat teoriyasi mutlaqo chalkash. U avvaliga zaif tana va ruhni tanlaydi. Goʻyoki uni hayotga qaytarayotgandek oniy lahzalar bilan siylab tobora oʻsha xilqatdagi bor kuchni ham soʻrib tugatadi. Natijada esa Qaqnus qudrati oʻz oʻzidan boyib boraveradi. U faqatgina oʻz sohibi tanasida erkin. U faqat Qaqnusgagina sadoqatli. U seni himoya qiladi, asraydi, kuchli va qudratli qiladi, umrboqiy hayot ato etadi, biroq boshqalarga emas.
– Agar men kuchni oʻzimga qaytara olmay, halok boʻlsamchi? Ya'ni ósha insondan uzoqda?
– Unda qudrat ózi tanlagan ruhga moslashadi. Bu tasavvur qilib boʻlmas sehr degani. Ammo sen bunday qilolmaysan, sening oʻliming nimalarga sabab boʻlishini yaxshi bilasan, Feniks, shundaymi?
Taehyung bosh irgʻadi.
– Demak, yoki men tirik qolaman yoki U.
– Nega bunchalar horgʻinsan. U uzoqqa bormaydi. Kuch uning ruhini tez orada toʻlaligicha yutib yuboradi.
– Tushunarli...
– Biroz sabr qil. Uning oʻlimini kut, hammasi oʻz oʻrniga qaytadi.
Taehyung kiprik qoqmay ustozining gaplarini eshitib bosh irgʻadi.
– Endi esa ket, senga toqatim yoʻq.
– Hali ham mendan xafamisiz?
– Buning nima ahamiyati bor?
– Nega doim Hyunshik tomonda boʻlgansiz men emas?
Qariya oʻylanib qoldi. Bir onda butun oʻtmishi yodiga tushib harakat qilishni ham unutdi.
– U hatto taxt uchun meni oʻldirishga uringanida ham u tomon bo'ldingiz.
– Chunki u hamisha eʼtibordan chetda edi. Men uchun har ikkingiz ham tengsiz. U ham sen ham shogirdimsizlar, biroq Hyunshik hamisha hamma uchun ikkinchi darajadagi edi. Har vaqt sening soyangda qolgan oʻksik bolakay edi u.
Taehyung qoshlarimi chimirdi. Oʻz akasi tomonidan chekkan azoblari yodiga tushib koʻzlarida gʻazab uchqunlari chaqnadi.
– Yaxshisi keta qolay.
U shunday degancha hatto ustozining gapirishini kutmay u yerni tark etdi.
PovSunae: Oʻzimni ancha yaxshu his qilyapman. Jung Hayung bilan umuman suhbatlashmadim. Uning qanday sovuq va qoʻrs ayol ekanligini yaxshi bilib oldim, shu sabab ham miq etmay jim oʻtirdim. Allaqachon quyosh botish arafasida, biroq Taehyungdan hamon darak yoʻq. Negadir u umuman xayolimdan chiqmayapti. Hozir qayerda, nima qilyapti hammasini bilishni istayman. Shu va shunga oʻxshash oʻylar bilan deraza qarshisida botayotgan quyoshni kuzatar ekanman eshik qoʻngʻirogʻining ovozi qulogʻimga chalindi. Oʻrnimdan sapchib turdim. Hayung menga ensa qotirib nazar tashladi-da eshikni ochdi. Nihoyat u qaytdi. Oʻzim bilmagan holda oyoqlarim oʻsha tomonga burildi.
– Hayriyat, bugun qaytmaysan deb oʻylagandim. Oyimchangni esa kechki ovqat sifatida tanavvul qilishni rejalashtirayotgandim.
Nima bu ayol mening qonimga shunchalar tashnami? Kechadan buyon meni yeyish haqida gapiradi, ketayotgan paytim ehtimol unga bir marta tishlab koʻrishiga ruxsat berarman?! Boʻlmagʻur xayollarni chetga surib oʻzimni yig'dim. Taehyung doʻstiga chimirilgan qoshlar bilan bir qaradi-yu hech narsa demay men tomonga kela boshladi.
– X..Xayrli kech...
Uning oʻtkir nigohlari va shaxdam qadamlari meni shoshirib qoʻydi. Duduqlanib bazoʻr salom berdim.
– Ahvoling yaxshimi?
– Ha yaxshiman, hammasi joyida.
U birinchi marta menga shunday koʻzlar bilan qaradi, menimcha. Xuddi yaqin insoniga qaragandek...
– Unda yaxshi, ketishimiz kerak.
– Behijolat yana bir kecha mehmon boʻlishingiz mumkin. Bagʻrim keng.
Hayung qoʻllarini ortida birlashtirib soxta tabassum bilan iljayarkan Taehyung mening bilagimdan siqimlab chiqish eshigi tomon yoʻnaldi.
Shu bilan birga qizga javob qaytarishni ham unutmadi.
– Beminnat yordaming uchun boshim osmonga yetdi, Hayung. Koʻrishguncha.
– Sen bilan ortiq koʻrishmaymiz.
– Bunga shubham bor.
Taehyung eshik dastasidan ushlagan ham ediki, yelkasidan changallagan uzun qip qizil tirnoqlar sabab toʻxtadi.
U nigohlarini qizning qoʻlidan uzib oʻziga qaratar ekan Hayung o'lim nazari bilan oʻqrayib shivirladi.
– Hozir qaytaman.
U shunday deb ichkariga kirib ketdi. Biz esa hayron boʻlgancha uning ortidan kuzatib qoldik. 2 daqiqada qoʻlida qandaydir quti bilan chiqqan qiz uni Taehyungga uzatdi. Shundagina bu qoʻltelefon ekanligini fahmladim.
– Bu nima uchun?
– Menga qoʻngʻiroq qilib hol ahvol soʻrab turishing uchun.
– Nima?
– Bu senga kerak boʻladi, shunchaki eski doʻstingdan kichik sovgʻa sifatida qabul qil.
– Eski doʻstimdanmi yoki boʻlmay qolgan sobiq kelinoyimdanmi?
– Hey Feniks, shu tilingni uzib olishimga nima deysan.
Taehyung lab chetida jilmayib telefonni qabul qildi.
– Bir kun yaxshiliklaringni qaytaraman.
– Bunga hojat yoʻq. Aslida qaytarish navbati menda edi, shu sabab mana bu qiz ham uyimda tunab qolishiga indamay koʻndim.
U tim qora sovuq koʻzlari bilan menga ishora qilib nigohlarini birlashgan qo'llarimizda toʻxtatdi-da lab burdi. Shundagina men ham angladimki, Taehyung hamon bilagimdan qoʻyib yubormaganini.
– Sen bilan yana koʻrishamiz, Hayung. Hozircha xayr.
– Tezroq bu yerdan ket!
Ikkimiz ham unga bir necha soniya tikilib qoldik va bilagimda turgan kaft qizib harorati oshganini his qilib egildim. Taehyung ham buni sezdi shekilli tezda qoʻlini mendan tortib oldi.
– Kechirasan...
U menga yoʻl boʻshatib chiqishimga ishora qildi. Shunchaki hech narsaga tushunmay u yerdan chiqdim va ortimdan Taehyung ham.
Biz uyga borguncha ham bir birimizga hech narsa demadik. U bugun nimalar qilganini, kim bilan uchrashgani-yu nima topganini bilishni qattiq xoxlayapman. Biroq bu yigit meni aqldan ozdirmoqchidek liftda ham xuddi taksida shaharni jimgina kuzatib kelgan kabi mutlaqo sukut saqlab oʻtiribdi. Kerakli qavatga koʻtarilib uyga kirdik. Hech soʻz demay bir necha kun oldin u uchun ajratgan xonamga kirib ketayotgan yigitning ortidan ergashdim. Oʻzim birinchi gap boshlamasam u hech qachon bu haqida soʻz ochmaydiganga oʻxshaydi.
– Shoshma, Taehyung!
Xonaga yaqinlashib qolgan yigit ortga burildi.
– Nimadir boʻldimi?
– Nimadir boʻldimi? Hazil qilyapsanmi? Balki gaplasharmiz.
– Nima haqida?
– Kim Taehyung!
– Nae, bugun emas maylimi, ertaga hammasini bafurja tushuntiraman.
Eshik tutqichidan tutgan yigitning qoʻlidan qattiq siqib uni toʻxtatdim. Koʻzlari qisilib menga qaragan Taehyung soʻngra qorachiqlarini uning qoʻli ustida turgan kaftimga koʻchirdi. Hijolatdan yuzim qizarib tezda qoʻlimni undan tortib oldim.
– Qachondan buyon seni kutayotganimni bilasanmi?
– Nae, chindan juda charcadim.
Qoʻllarimni belimga tiragancha qattiq uf tortib undan uzoqlashdim. Jahl chiqyapti. Shunchaki "ertaga" soʻzi bilan mendan qochmoqchi. Gʻazab bilan eshikni yopib oʻz xonamga kirib ketdim.
PovTaehyung: Uning ortidan qarab qoldim. Qattiq yopilgan eshik ovozi xuddiki quloqlarim ostida jarang sochib turgandek boʻldi. Keyin indamay xonaga kirdim. Ochigʻi nimani his qilishni ham bilmayman. Nega yana bu lanati zaminga tushib qoldim. Qanday qilib aldandim?! Yana qay tarzda xiyonatga uchradim? Buning ustiga tobora tugab bormoqdaman. U ham... Sunaening hech qanday aybi yoʻq edi, nega meni uchratdi ózi?! Ehtimol... Aysh yoʻq, nimalar haqida oʻylayapman. Men oʻlolmayman. Shunchaki bir inson uchun oʻlib ketsam butun insoniyatga xavfga qoʻygan boʻlaman. Biroq koʻz oldimda Naening halok boʻlishiga ham qoʻyib bera olmayman. Ehtimol qandaydir yoʻli bordir. Yana kimdan soʻray olaman? Qayerdan bu jumboqning javobini topishim mumkin? Chindan ilojsiz qoldim. Xuddi har tomondan kishanband etilgandek his qilyapman oʻzimni...
PovSunae: Bugun tongda uydan chiqib ketganimda Taehyung uygʻonmagan edi. Xonasi eshigini ochishga negadir botina olmadim. Kun boʻyi butun xayolim unda edi. Mendan nimanidir berkityaptimi? Yoki oʻsha Hayung aytganidek u mendan oʻziga keragini olishi uchun men o'lishim kerakdir... Bu muammo emas, men shundog'am kasalman axir. Ammo nega Taehyung oʻzini olib qochyapti? Oʻzini gʻalati tutmoqda, avval ham sirli edi, kechadan buyon butkul jumboqqa aylanib qoldi.
Taksida xayol surgancha ketar ekanman oʻylab oʻyimga yeta olmayotgandim. Kecha tundan buyon miyam faqat shu haqida fikr yuritish bilan band. Boshim g'ovlab ketdi ochigʻi. Buning ustiga bugun qadrli dugonamning toʻyi. Bu haqida eslashim bilan kayfiyatim yana-da rasvo boʻldi. Sobiq yigitim va men hammadan koʻra koʻproq yaxshi koʻrib ardoqlagan doʻstim. Ajoyib juftlik. Inson bu qadar pastkash boʻlishi uchun qanchalik vijdonsiz boʻlishi kerak?! Taksistga pul uzatib pastga tushdim. Uyga yaqinlashgan sarim asabiylashib boryapman. Sababi hozir Kim Taehyung bilan uchrashaman. Qanday boʻlmasin u bilan gaplashishim shart. Axir bu mening ham hayotimga taalluqli. Kalitni ikki marta burab ichkariga kirdim. Derazaga yuzini tutib oʻyga botgan yigitni koʻrdim. Har qalay uyda ekanligidan biroz xursand boʻldim. Doimgidek uy sovib ketgan, ertalabdan buyon deraza ochiq turgan boʻlsa hayron qolmasdim.
– Salom
– Xayrli kun.
U ortga burilib nim tabassum bilan salomlashdi. Menimcha u bilan gaplasha olaman. Bu biroz oʻzimni yengil his qilishimga yordam berdi. Egnimdagi kiyimlarimni alishtirib zalga qaytdim.
– Xoʻsh bugungi ish kuning yaxshi oʻtdimi?
– Ha desa ham boʻladi. Hamkasblarimning pichir-pichirlarini inobatga olmasa, albatta.
– Qanday pichir-pichir?
Derazani yopib yonimga joylashgan yigit tirsagiga tayanib savol berdi. Nega u oʻzini bunchalar odatiy tutmoqda?
– Sobiq yigitim va dugonamning toʻyiga boʻlgan munosabatimga qiziqishdi shekilli.
Yuzimda tabassum aks ettirdim, ammo ichimdan nimadir uzulgandek tomogʻimga ogʻriq kirdi.
– Bilasanmi, biz Geun bilan 10 yildan koʻproq vaqtdan buyon yaqin doʻstlar edik. Bir birimizni qattiq qadrlaymiz deb oʻylardim. Eng qiyin vaziyatlarda mening yonimda boʻlgan yagona inson ham aynan Geun edi. Uning kutilmaganda qilgan bu ishi meni chindan hayratga soldi. Bu xiyonatni qabul qilishim shu qadar qiyin kechdiki, xuddi kulib turib tosh yutgandek his qildim oʻzimni. Ayni daqiqalarda esa men faqatgina hayratdaman xolos. Qanday qilib bunga qalbi va vijdoni yoʻl qoʻyganiga tushuna olmadim. Shundan hayratga tushdim.
– Nega endi qasd olmasliging kerak?
– Bundan qandaydir naf bormi?
– Oʻzingni yaxshi his qilishing uchun.
– Yoʻq, hammasini taqdir izmiga tashlayman yaxshisi.
– Nae! Nae! Sen hamma oʻz jazosini olishiga ishonasanmi? Yoʻq, afsuski unday emas. Koʻz oldingda oʻz jazosini olishsin va hukmni sen chiqar.
– Ya'ni?
– Mayli senga yordam berganim boʻlsin, qani oʻrningdan tur.
– Nima?
U oʻrnidan turib bilagimdan tortqilagancha meni turishga majburladi.
– Taehyung, nima demoqchisan?
– Bugun yigiting rolini oʻynab beraman, mw6n oʻsha kuni kelgan burni katta yigitdan ancha kelishganman, Geun ham boshqa qiz bola tanishlaring ham senga hasad qilishlariga ishonchim komil. Toʻyga boramiz deyapman, Nae, toʻyga!
U mening anqayib turganimni koʻrib koʻz oldimda qarsak chalgancha balandroq ovozda gapirdi.
– Xonangga bor va tayyorlan.
– Ammo...
– Aysh, chindan istamaysanmi oʻzingni ularga muhtoj emasligingni koʻrsatishni. Bu yerda oʻtirsang hamma seni kimsasiz qolib ketibdi deb oʻylaydi. Shuning uchun oʻzingni odamlardan nari tutma, aksincha yonayotgan lava ichida oʻzingni ot.
– Sen chindan aqllisan.
– Har qalay sendan koʻp umr koʻrganman.
Uning gaplariga kulib xonamga kirib ketdim. Xoʻsh, men ajoyib koʻrinish yaratishim kerakmi? Geundan goʻzalroq koʻrinish qoʻlimdan keladimi? Javondagi hali kiyilmagan bir nechta liboslarni olib sinab koʻra boshladim. Eng daxshati ularning hech biri koʻnglimdagidek emas yoki men tanlay olmayapman. Nima boʻlsa boʻlar, oʻzimga yoqqan qora rangli libosni tanladim, oxirgi paytlar bu rangga mukkasidan ketdim. Yarim soatlik pardozdan soʻng libos hamda baland poshna bilan men tayyor boʻldim. Ammo Taehyungchi? Unda toʻy uchun qandaydir kiyim bormi? Koʻzlarim kattalashib ketdi, peshonamga shapaloq tushirgancha xonamdan chiqib toʻgʻri uning xonasiga bostirib kirdim. Oyna qarshisida shimining tugmasini qadayotgan yigitni koʻrib qotib qoldim. Jin ursin bu qanday madaniyatsizlik?!
– Haligi... Kechirasan men bilmay...
Tezda koʻzlarimni kaftim bilan yopib orqaga oʻgirildim. Yuzim allaqachon qizargan boʻlsa kerak.
– Hammasi joyida, men kiyinib boʻlganman, bemalol ortga qarashing mumkin.
Hijolatdan koʻzlarimni olib qochib unga qaradim. Yo Xudoyim, chindanam nega u bunchalik kelishgan?
– Kostyum shimni qayerdan olding?
– Seningcha bugun kun boʻyi uyda oʻtirdimmi? Hali beri bu yerdan ketmayman va menga kiyimlad kerak, tabiiyki. Shuning uchun javonimni toʻldirib qoʻydim. U shkaf eshigini ochib keng tabassum bilan olgan kiyimlarini ochiqchasiga menga maqtadi.
– Lekin pulni qayerdan olding?
– Qolganiga qiziqmay qoʻya qol.
U javon eshigini yopib unga suyangancha menga boshdan oyoq sinchkovlik bilan nazar tashladi.
– Ajoyib. Ochilib ketibsan.
– R..Raxmat... Sen ham. Biznesman yigitlarga oʻxshab qolibsan.
Lablarim beixtiyor yoyilib tabassum qildim.
U ham gapimga jilmayib pastki labini tishladi. Menimcha bu uyalganidan boʻlsa kerak. Ammo tezda oʻzini yigʻib oldi.
– Yaxshi, agar tayyor boʻlsang ketdik.
U menga yaqinlashib tirsagini tutdi.
– Qani, Nae xonim.
– Demak rol oʻynashni uydan boshlaymizmi?
– Bu shunchaki repitetsiya.
U ensa qotirgancha tirsagini tushirib xonadan chiqib ketdi. Nima bu arazmi?
– Hoy Taehyung, men ham hazillashdim axir. Tae shoshma...
Bir zumda gʻoyib boʻlgan yigit ketidan ergashib zalga chiqdim. U esa lift tomonga tezlik bilan ketardi, hatto meni kutmasdan...
Yorobun vanihoyat uzoq tanaffusdan soʻng ffni tashadim. Uzoq kutib qoldila uzr soʻriman. Endi tez tez tashab turaman agar sila aktiv bosela albatta. Vay rosa uyqusirab yozdim oʻziyam bu qismni kamchiliklari bosa koʻz yumib ketarsila🥹😂.