January 31

MAG'RUR ISHQ • Part - 7

I just wanna kiss your lips in the rain...

Sukunatni afzal ko'raman. Bu menga yoqadi, jimlikda insonning hislarini tushunishga harakat qilaman. Chunki odam ichida o‘ylaganini yashira olmaydi, buni esa aynan jimlik oshkor qiladi, azizam.
Jiminning soʻzlari qandaydir chuqur ma'noga ega bo'lsa-da uning koʻzlarida sovuqlik bor edi. Biroq ovoz ohanggi yumshoq, goʻyoki men bilan xavfsizsan deyayotgandek. Xarin yuragini tezroq urayotganini sezdi.
– Sen hozir nimani o‘ylayapsan? - dedi u asta.
Jimin tez javob bermadi. Unga yaqinroq kelib, iforini his qilishiga qoʻyib berdi, soʻng ovozini pasaytirgancha shivirladi.
– Seni bu yerda yolg‘iz qoldirmaslik kerakligini.
Xarin beixtiyor lablarini tishladi. Yuziga juda yaqin turgan yigitning nafasi shundoqqina lablariga kelib urilib turardi.
– Bu… xavfli fikr, - dedi Xarin koʻzlarini yigitning o'z lablari ustida qotib qolgan nigohlariga tikib.
– Aytganimdek menga bu xavf yoqadi.
Ularning orasidagi masofa bir nafasga teng qoldi. Xarin orqaga chekinmadi, Jimin ham.

~

Oradan bir necha kun o'tdi, ammo negadir o'sha yigitni unuta olmayapman... Hayotimga ruxsatsiz kirib kelgan va barcha chegaralarimni buzib tashlagan kelishgan yigit... Futbolka yengi ostidan sezilib turgan va hayosizlarcha mening xayollarimni to'zg'itib yuborgan yangi "do'stim" . Men oxirgi hafta mobaynida u haqida o'ylashdan o'zimni tiya olmadim. Qiziq, u ham meni esladimikan yoki gaplari faqat vaqti chog'lik uchunmi? Aysh albatta shunday... Bir lahza o'zimni zaif his qildim. Chunki bu juda tez sodir bo'ldi, men uning ta'siriga qanchalik oson tushib qolganimni hatto sezmay qoldim. Balki bu faqat qiziqishdir... Balki shunchaki zerikkan bo'lishim mumkin, axir uni ko'rmagunimcha erkaklarga nisbatan nafratdan boshqa hech narsani his qilmasdim. 4 yil oldingi daxshatli munosabatimdan so'ng kimnidir sevib qolish go'yo men uchun imkonsizdek edi, bilmadim, bilmayman, lekin boshqa bunday bemani ish qilmaslikka ont ichgan yuragim aynan unga kelganda qasamini unutib qo'ygan ko'rinadi. Yoki men faqatgina aqldan ozgan bo'lishim mumkin. Shunisi aniqki, men o'sha sirli yangi do'stim bilan yana ko'rishishni xohlayman. Juda xohlayman. Uning hazillari samimiy ekanligiga ishonishni istardim. Bu qanchalik to'g'ri farqlolmayapman, ammo qaniydi u biz shunchaki do'stlar emasmiz deganida...
Kimnidir sevib qolish meni xarob qilishini yaxshi bilaman, biroq u menga boshqalarga o'xshamasligini nigohlari orqali juda ko'p marotaba uqtirmoqchi bo'ldi...

Qog'ozni to'ldirgan g'alati shakllarni bo'yashdan to'xtab jimib qoldim, kimdir ismimni aytgandek bo'ldimi? Ochiq deraza oynasidan tashqariga qarar ekanman dugonam Lien turardi.
Lien: Eshik qo'ng'irog'ini bosish odatiy ekanligini hisobga olib shunday qildim,- qo'lidagi kofe idishlarini boshi uzra ko'targancha kuldi u. Javoban kularkanman, allaqachon kech tushib qolgan bo'lsa-da uning taklifini rad etmaslik ucun tayyorlanib olgunimcha xonamda kutishi uchun Liyeni uyga taklif qildim. Menda kiyim titish uchun unchalik ko'p vaqt yo'q edi shu sababli 30 daqiqada tayyor bo'ldim va biz tungi Seulni kezishga chiqdik.
Xarin: Xo'sh qayerga borishni reja qilding?
Lien: Syurpriz bo'lishi uchun senga xabar bermadim, shunchaki uyda zerikdim. Menga qizlar terapiyasi kerak edi, qarabsanki sendan boshqa dugonam yo'q.
Xarin: Biz doimgi barda ichishimiz mumkin, menimcha Seokjin bilan urushib qolgansiz.
Lien: Qanday aqlli mening dugonam, - ensa qotirgancha soxta tabassum qilgan dugonam qo'limdan tutib yo'limizdan chiqqan barga kirib ketdi. Biz bu yerga mutlaqo kirmaganmiz.
Chindan hammasi hiqildog'iga kelib turgan Lien 2 qadah ichishi bilan noliy boshladi, axir men uni bilaman. 5 daqiqada o'zini chalg.itishning boshqa yo'lini topa olishiga ishonchim komil.
Lien: Hoy anavi yigitlar bizga anchadan buyon tikilishyapti... - bo'yalgan ko'zlarini artgancha ortimda turgan erkaklarga ishora qildi. Hammasini oldindan ko'ra olganimdan faxrlangan ko'yi qosh qoqib qo'ydim.
Xarin: Erkaklarga hushim yo'qligini bilasan, yaxshisi o'zing bor.
Lien: Yaxshi meni kutib tur.

Xarin: Liyee, ahvolingni bilasan shundaymi? U yerda o'tkir ichkiliklar bor, ko'p icha ko'rma, - unga qat'iy buyruq berib tayinlar ekanman 2 qultum amerika viskisiga ham mast bo'lib qoladigan dugonam kekkaygancha lab burib qo'ydi.
Xarin: Chindan seni bu yerdan sudrab olib chiqmoqchi emasman.
Lien: Shunchaki kontaktimdagi o'zing xohlagan yigitga qo'ng'iroq qilsang bas, vahima qilma, Xarin.
Orqaga qadam tashlab ko'z qisgan qiz notanish yigitlar orasiga silliqlik bilan kirib ketdi. Jinnining g'irt o'zi. Ortiq e'tibor qaratmay o'z xayollarim bilan bo'lgancha ichishda davom etdim.
Oradan juda ko'p vaqt o'tdi. Sarhush yigitlar, raqs maydonida aqldan ozar darajada o'zini yo'qotgan qizlar va shunchaki qarama qarshi jims vakili bo'lgan sherigining tanasidan rohatlanayotgan insonlar... Vaqt hisobini aniqlash mushkul bo'lgan vaziyat. Xarin qo'lidagi alkogol idishiga qarab chuqur xo'rsindi.
- Quyib berishimni istaysizmi? - muloyimlik bilan so'radi barmen tugagan qadahni ko'tarib ichishga urinayotgan qizga qaragancha. Xarin stakanni ko'zidan uzoqlashtirib uning ichida hech narsa qolmaganini payqashi bilan kulib yubordi. U allaqachon real va xayolidagi hodisalarni farqlash qobiliyatini yo'qotar darajada mast bo'lgan. Ko'zlari atrofni xira-shira ko'rarkan yonidagi stolda dugonasi yo'qligini payqagach qorachiqlari kengayib ketdi.
- Jin ursin! - shivirlab so'kingan qiz unga qo'ng'iroq qilarkan hech qanday javob bo'lmadi.
- Mana bu yerda... Ha mana shu yerda o'tirgan sochlari to'q kashtan rangli qiz qayerga ketdi? - qarshisidagi barmendan bazo'r gaplarini tartiblagancha so'radi.
- Ha 2ta yigit bilan rosa ichgan qiz haqida so'rayotgan bo'lsangiz u hushsiz edi, yigitlar yuqoriga olib chiqib ketishdi.
- Nima? Aqldan ozganmisiz?
Oyoqlari chalishib ketayotgan qiz yuqoriga chiqish barobarida Lienning telefonidan o'ziga tanish bo'lgan yigitning raqamini qidira boshladi. Nihoyat ekranda Park Jimin ismini ko'rgach darhol unga qo'ng'iroq qildi. U umrida birinchi marotaba biror bir klubning vip qavatiga chiqishi edi. Nima qilishni bilmay gangib qolgan Xarin boshi aylanayotganiga qaramay har bir xonaning eshigini ochib ko'ra boshladi. Chiyillagan ovoz miyasini qoplab olgan bir necha bor bir raqamga qayta va qayta chaqiruv tugmasini bosar, ammo faqat bir ovozni eshitardi: "Abonent boshqa yo'nalishga javob bermoqda"
Xarin: Jin ursin! Javob bersangchi endi!
Devorga holsiz suyandi u...
- Lien? Qo'lini ko'tarishga holi qolmagan qiz osilib qolgan kafti orasida ovoz kelganini eshitishi bilan sapchib tushdi.
Xarin: Jimin bu senmi? - jon holatda go'shakni qulog'iga tutdi u.
- Ha bu men. Gapirayotgan kim?
Xarin: B..bu men... Xarin
- Hoy shaftoli yanoq bu senmi? Xayrli kech, nega Lienning raqamidan qo'ng'iroq qilyapsan?
Xarin: Jimin, menimcha biz yaxshi ahvolda emasmiz, Gangnam ko'chasidagi barladan biriga kirgan edik, Lienni hushsiz ahvolda yuqoriga olib chiqib ketishibdi... M.Men... nima qilishni bilmayapman... - uning ovozi titrab ketdi. Nihoyat Jiminning ham ohanggi jiddiylashar ekan "hozir o'sha yerda bo'laman" degan gap bilan suhbatni yakunladi. Hammasi juda tez sodir bo'ldi yoki sekindir, aniq nimadir deyish qiyin chunki, Xarin o'z xayollari bilan chuvalashib mast bo'lib qolgan paytida Lien allaqachon hushini yo'qotib bo'lgandi. Ammo u chekinmadi, bu qanchalik g'alati bo'lmasin, oyoqda zo'rg'a turganiga qaramay har bir xona eshigini ochib chiqishda davom etgan qiz nihoyat tanish chehralarga ko'zi tushdi. Keyin esa yotoqda yotgan ikki tanaga...
- Lien? - qo'rquv bilan shivirladi u.

Jiringlayotgan telefoniga javob berarkan eshitgan gaplari unga qandaydir kuch bergandek shahd bilan ichakariga kirgan qiz qarshisida kiyimsiz turgan erkakning yuziga tarsaki tortib yubordi.
Xarin: SENLAR BILAN TEGISHLI JOYDA GAPLASHAMIZ! - qo'lini niqtagancha o'shqirgan qizaloqqa g'azab bilan qaragan erkak uning bilagidan tutib o'ziga tortdi.
- Shunday harakatga jazm etgan mitti va uyatsiz qo'lingdagi har bir suyakni ezg'ilab tashlasam balandroq qichqirar ekansanmi yoki tonggacha nafas olishga ham qo'ymay aloqa qilishga majburlasammi?

Xarin: ABLAX! BUNI YANA BIR NECHA MARTA QILISHGA TAYYORMAN! - imkon boricha balandroq baqirishga urinayotgan Xarin ayni damda kimdir kelib bu bemanigarchilikka yakun yasashiga umid qilayotgandi. Yotoqda deyarli kiyimsiz yotgan dugonasi esa uni battar jazavaga solardi, biroq bor kuchi bilan buni sezdirmaslikka urinayotgandi.
- Buni qarang, kimlarni ko'rib turibman, - ochiq eshik chetiga yarim yelkasi bilan suyanib turgan yigitning sokin ovozi yangrar ekan hammaning e'tibori o'sha tomonga qaratildi.
- Chxve Jay, shundaymi? - mayda qadamlar bilan ichkariga kirib bordi u. Negadir jim bo'lib qolgan yigit bir qadam ortga chekinar ekan, Jimin ularning ustiga bostirib boraverdi.
Jimin: Demak hali ham shunday ish bilan shug'ullanyapsiz?

- Sen bilan hech qanday kelishmovchiligimiz qolmagan, Park. Yo'lingdan qolma.
Jay ismli yigitning ortidagi sherigi vahima aralash ohangda chinqirarkan Jimin o'sha tomonga xiyol engashdi.
Jimin: Lee Yondo to'g'rimi? Aysh yigitlar nega oyog'im ostidan chiqib menga tegishli odamlar atrofida aylanaverasiz?
- Nima demoqchisan?
Jimin yotoqda yotgan Lien va uning ustini yopib o'rnidan turg'izishga urinayotgan Xaringa ishora qildi.
- Hoy quloq sol, yaxshi... - qo'rquvdan jovdirab ketgan ko'zlarini olib qochgancha kafti bilan yuzini ishqab olgan yigit gap boshladi, - biz bu qizlar sening yaqinlaring ekanligini bilmagan edik, yaxshi men uzr so'rayman. Ularni olib ketishing mumkin.
Jimin: Aqlli bolakay, - istehzoli tabassum bilan yigitning yelkasiga qoqib qo'ygan Jimin bosh irg'ab jimib qoldi va kutilmaganda uning yuziga musht tushirdi. Hatto javob qaytarishga urinmagan yigitchaning bilagini ortiga qayirgancha pastroqqa bosar ekan tishlari orasida vishillab tahdid qildi.
Jimin: Bu oxirgi marta! Boshqa yonimdan chiqishga hatto jazm etgudek bo'lsang umringni panjara ortida o'tkazasan, uqdingmi?
Og'riqdan qizarib ketgan Chxve bosh irg'aganidan so'ng Jimin undan uzoqlashdi.
Jimin: Buni mening kechirimim deb faraz qilishingga ruxsat beraman.
U yana mazaomuz jilmayib Jayning ortidagi yigitchaga ko'z qisib qo'ydi. So'ng Lienni olish uchun ortga burilarkan Xarin bilan ikkisining nigohlari bir lahzaga birlashdi.
Jimin: Hey salom, - u shu qadar muloyim ohangda salomlashdiki, bir necha daqiqa oldin g'azablangan yigitdan asar ham yo'q edi.
Xarin: S-Salom...
Jimin: Yuzlaring qizarib ketibdi. - lablari mayin yoyilgan ko'yi qizning burnidan chimchib qo'ydi u va keyin Do'stini qo'liga olgancha u yerni tark etishdi.

Pov Xarin: Tanam butunlay harakat qilishni rad etmoqda. Lienni mashinaga joylashtirayotgan Jimin orqa eshikni yopganidan so'ng men tomon o'girildi.
Jimin: Jentilmenlik qilib eshikni ochib berishimni kutyapsizmi, Miss? - yuzidagi yoqimli kulgisi hech qachon o'chmaydigandek tuyilayotgan bu yigit 10 daqiqa oldin men tanimaydigan daxshatli tomonini yuzaga chiqargan edi. Shunday qilib men endi unga qanday muomala qilishni bilmayman. Buning ustiga ichgan ichkiliklarimning barchasi endi tasir qilayotgandek boshimni bir nuqtada ushlay olmayapman, buning ustiga oyoqlarim yerni his qilmayapti.
Xarin: Jahl qilmaysanmi? - dedim nima deyish haqida uzoq o'ylamay.
Jimin: Senga-ya? - yuzini burishtirdi u. Xavotir olma, sen mening bu tomonimni aslo ko'rmaysan. Va'da beraman.
Men tomon biroz egilib ko'zlarimizni tutashtirgan holda shivirladi u.
Xarin: Mayli e'tibor qilma.
Bu ko'z aloqalari uzoq davom etishi ikkimiz uchun ham yaxshilik bilan tugamasligini sezgfan holda uni chetlab o'tishga urinarkanman boshim aylanib oyoqlarim chalishib ketdi.
Jimin: Shsh hoy... - allaqachon o'zimni tiklab olganimga qaramay yelkamdan qo'lini o'ragan yigit ahvolimni tekshira boshladi. Un ing qo'llari sochimni ohista va ehtiyotkor harakatlar bilan yuzimdan nari surarkan atrofda turgan yengil shabada buni chippakka chiqarish bila band.
Jimin: Lablaring... titrayapti... - uninng issiq taftini lablarim ustida his qildim. Barmog'i bilan sovuq shamol tasirida muzlab qolgan labim ustida yuritgan Jimin o'rtamizdagi kichik masofani ham kesib tashlagandi.

Xarin: Nima haqida o'ylayapsan? - ustimga yurib kelayotgan yigit tanam ortimdagi mashinaga borib urilmaguncha to'xtamadi.
Jimin: Ularni isitish haqida o'ylayapman.
Bu javobdan so'ng nigohlarimiz bir biridan uzoqlashmadi.
Xarin: Menimcha tanam ham sovub qolgan ko'rinadi...
Men mutlaqo o'zimda emasman, hushim yo'qolmaganida aslo bunday gaplar aytmasdim.
Jimin: Sen boshqalarga o'xshamaysan, Xarin.
Yana o'sha aqldan ozdiruvchi tabassum. U bo'ynmdan qo'lini o'ragancha hech ikkilanishsiz lablarimizni birlashtirdi. Birinchi bo'sadanoq chuqurlashgan yigitning til harakatlari meni aqldan ozdira boshladi. Issiq kafti ingichka bel sohamdan pastlab borarkan tizzalarimda titroq his qildim. Men kuchsizlanib borardim va unga qarshilik qilish haqida hatto o'ylamayotgan edim. Kiyimim ustida sirg'alib kerakli nuqtani topgan Jimin lablarimdan uzilib ko'zimdagi chanqoqni ko'rish uchun menga tikildi.
– Oyoqlaringni och, qizaloq - buyruq berdi u meni qattiqroq mashinaga itarib.
– Bu xavfligini aytganding, - uning harakatlari oldida ojiz edim.
– Sen xohlaysan - ichkarida, ochiq tanam ustida uning kaftini his qilib chuqur nafas oldim. Biz o'pishmayotgandik, shunchaki Jimin mening ehtirosdan aqldan ozishga tayyor yuzimni tomosha qilishni xohlardi. Yo'g'on barmoq ostimga kirishdan avval yetarlicha men bilan o'ynashdi. Klitor atrofini mayin silab o'tishning o'zi yetarli edi va u buni juda yaxshi biladi.
– Ismimni ayt, Xarin - yana buyruq bilan murojaat qildi u.
– Jimin... - chuqurroq botirilgan barmoq tasirida ingrab yubordim. Do'stimning bilagiga yopishib tirnoqlarimni botirar ekanman, o'zimni tiya olmayotganim va hatto nafas olishga ham kuchim yetmay borayotgani meni qo'rqitmqda.
– Buni yotoqda takrorlab ovozingni balandroq eshitishni istayman.
Jimin ham nazoratni butkul yo'qotdi, keng yelkasi ostida yo'qolib borayotgan qizning ehtirosdan arang nafas olishi va titrayotgan tanasi unga aql bovar qilmas kuch berayotgandek edi. Lablar harakati xuddi ikkisining nafaslari singari tartibsizlashgan. Xarin qo'llarini yigitning bo'ynidan o'rab o'ziga kuchliroq tortarkan qandaydir tushunarsizlik sabab Jimin undan uzoqlashdi. "Nima boldi?" degandek tikildi qiz unga.
- Endi ketish kerakka o'xshaydi, shu yerda aloqa qilmoqchimisan? - hazil aralash ohangda sherigining yuzidan chimchib qo'ygan yigit chimchigan yeridan o'pib qo'yishni ham unutmadi. Ular mashinaga joylashishdi. Lienni o'z uyiga tashlaganidan so'ng aynan nima qilishlari haqida o'ylashgani aniq bo'lmasa-da Xarinning xayollarida faqat bir o'y bor edi. Biroq klubda ichgan alkogol o'z kuchini ko'rsatmay qo'ymadi. Jimin do'stining uyiga kelganida yon tomon burildi, u ko'rgan manzaradan so'ng lab chetida jilmaydi.
- Shumtaka qizaloq, - pichirladi Park uxlab qolgan Xarinning sokin yuziga tikilib.
- Xarin... Xarin uyg'on... - qulog'iga chalingan yoqimli ovozdan erinibgina ko'zini ochgan qiz qarshisida mallasochli yoqimtoy yigitni ko'rdi.
- aysh men qachon uxlab qoldim?
Shoshib o'rnidan turgan Xarin birinchi orqa o'rindiqqa qaradi.
- Qo'rqma, u hali ham uxlayapti ertaga tongda yoki tushda hushiga keladi.
Uyning kalitini chiqarib bergan qiz ortiqcha gapirmasdan Jimin dugonasini uyiga kirgizib tashlashini kuzatdi. So'ng u mashinaga qaytgach xavotir aralash ohangda ichidagi vahimani sezdirmaslikka harakat qilgan ko'yi savol berdi u:
- U aniq xavfsiz bo'ladimi? O'sha erkaklar...
- Qo'rqma, ular endi sizdan ancha uzoqda yuradi. Xo'sh o'zingga keldingmi? - yana-da yaqinlashgancha so'radi u.
- Meni o'z uyimga olib bora olasanmi?
- Ha albatta, sen qanday istasang.

Pov Xarin: Miyam faqatgina biz bu yerga kelishimizdan oldin nima qilganimiz haqida o'ylash bilan band. To'xtagan mashinadan tushishga shaylanarkanman, bu har qanaqasiga odobsizlik bo'ladigandek tuyildi va ortimga qaradim.
Jimin: Ko'rishguncha, Xarin.

Uning shu samimiy kulgusi hech qachon yuzidan o'chmaydigandek tuyildi menga. Beixtiyor tanam oldinga talpindi va uning bo'ynidan qo'limni o'ragancha tanasini o'zimga tortdim. Xuddi ilk harakatni mendan kutib turgandek o'ylab o'tirmay menga javob qaytargan yigit oldingidan ham kuchliroq bo'sa ola boshladi. Go'yoki bunga qarshilik qilib bo'lmaydigandek edi, unga taslim bo'ldim va hammasiga ko'z yumgan holda hissiyotlarimga imkon berdim. Egnimdagi kostamni yulqib yechib tashlagan yigitning nigohlariga bir muncha vaqt tikilib turdim, u chekushuninshni istamaydi. Qo'lim qattiq tananing mushaklari bo'ylab sirg'alib pastlashar ekan tirnoqlarimni botirib uning hansirashini o'z qulog'im bilan kuchliroq eshitish istagida edim. Sochlarimni kaftiga yig'ib bo'ynimdan tishlab so'riy boshlagan Jiminning menga xalaqit qilayotgan futbolkasini yechib oldim. Qarshimda muhammal tana turardi... Bu chindan ajoyib oradan o'tgan yillar mobaynida yana kimgadir shunday qiziqish bildirishim va telba kabi sevib qolishim mumkinligi ham ajoyib ham bemani. Ochiq tanamni silayotgan qattiq qo'l mushaklari ichimdan kelayotgan nolalarni balandroq chiqishiga sabab bo'lardi. Mashina o'rindig'ini ortga surib pastga yotqizgan Jimin kamarini bo'shatarkan nafas olishim tezlasha boshladi.
Jimin: Bu senda birinchi emas to'g'rimi? - uchib borayotgan xayollarim yerga qularkan u nima demoqchi ekanligini tudhuna olmay qotib qoldim.
- Aytmoqchimanki... Ehtiyotkor bo'lishim kerakmi?
Xarin: Yo'q, men... ha bu menda birinchi emas...
Noqulaylikdan tinmay lablarimni tishlarkanman o'tmishdagi zahahrli munosabatlarim yodimga tushib yuragim titrab ketgandek bo'ldi.
Jimin: Hoy... Uzr so'rayman, bu jiddiy edimi shunchalik? - JImin tashvish ohangida iyagimdan tutib yuzimga o'ziga qaratgancha savol berdi.
Xarin: Shunchaki... bu arzimagan narsa. Mendan foydalanishgan xolos...
O'zimni zaif his qila boshladim. Jimin mendan uzoqlashishi yoki fikridan qaytishini kutayotgan bir paytimda u yuzimni kafti bilan ushlab o'ziga tortdi-da mendan bo'sa oldi.
Jimin: U sening birinchi sevging, men esa oxirgisi bo'lishga harakat qilaman.
Nimadir deyishga ikkilanib qotib qolgan bir paytimda peshonamda iliqlik his qilib entikib ketdim. Nahotki men o'sha insonni uchratdim?! U bir harakat bilan joylarimizni alishtirdi. Baquvvat bilaklar orasida o'zimni pardek yengil his qildim.
Jimin: Aloqada bo'lmaganingga qancha bo'ldi? - shishimni allaqachon yechib tashlagan yigit oyoqlarim orasiga joylashar ekan qattiq-qattiq nafas olgancha mendan so'radi.
Xarin: 4 yil...
Jimin: Imkon qadar yumshoq bo'lishga harakat qilaman.
Yo'g'on organ qin devorim atrofida harakatlanganida nafasim tomog'imda qotib qolgandek his qildim o'zimni. U aytganidek ohistalik bilan ichimga kirib bordi va irillab yubordi. Menimcha bu torlik sabab... Bir nechta yengil kirib-chiqishlardan so'ng qattiq zarba bilan ostimga kirgan yigit tasirida butun tanam yuqoriga siltralanib ketdi. Og'riqdan ovozimni boshqara olmay qoldim. Parlanib ketgan mashina oynasiga kaftimni tirab ingranar ekanman Jiminning ho'l lablarini ochiq ko'krak sohamda his qilib uning sochlaridan siqimlab oldim. Bu hatto mening ilk aloqamdan ham ehtirosliroq bo'layotganiga ishongim kelmaydi.

Pov Xarin: O'sha tundan so'ng biz Jimin bilan uchrasha boshladik, avvaliga buni faqat Lien bildi keyin bizni tanigan hamma bundan xabar topdi. 1 haftadan so'ng Jimin biznes ishlari sabab Yaponiyaga ketishini aytib uzoq vaqtga g'oyib bo'ldi. Ilk kunlarda biz qo'ng'iroqlar orqali gaplashib turdik, ammo u otasining topshirig'i va muhim rejalar tufayli menga deyarli vaqt ajratmay qo'ygan edi. Albatta men buni to'g'ri tushunaman, lekin... Vaziyat men o'ylaganimdan-da jiddiylashib ketdi. Men yana bir marta Jiminga qo'ng'iroq qildim.
- Eshitaman, Xarin - nihoyat men kutgan ovoz...
Xarin: Jimin... Sen bilan gaplashishni anchadan beri kutayotgandim.
- Quloq sol, sevgilim, men bu yerda muhim ishlar bilan bandman, xuddi aytganimdek. Shuning uchun senga o'zim aloqaga chiqaman maylimi?

Xarin: Jimin men kasalxonadaman...
U mening oxirgi gaplarimni eshitmay go'shakni o'chirdi. Hozirgina chiqqan doktor xonasi eshigiga qararkanman ichimdan nimadir uzilgandek bo'ldi. Bu bo'lishi kerak emasdi. Ayni damda xursandmanmi yoki qayg'uda aniq bilmayman, ammo men sevgan insonning bir qismi vujudimda rivojlanishini bilganimdagi bu his hammasidan ham g'aroyib edi... Jimin bunga qarshilik qilishiga ishonmayman, u qanchlik sofdil inson ekanligini bilaman... Biz hatto sevishganlar sifatida unchalik ko'p vaqt o'tkazmagan bo'lsak ham.

1 HAFTADAN SO'NG.

Xarin: Yaxshi, sizni tushundim, aka. Xayr sizni o'pib qolaman.
Akasi bilan xayrlashgan qiz uzoq kunlardan so'ng o'zi qo'ng'iroq qilayotgan yigitining raqamini ko'rib hayajonlanib ketdi.
Xarin: Xayrli kech
Jimin: Xayrli hech, shaftoli yanoq, bu men yo'qolib ketgan yigiting, - go'shakning narigi tomonidan kulgi ovozi yangragach Xarin ham jilmaydi. Darvoqe, necha kunlardan buyon uning yuzi kulmayotgan edi.
Xarin: Ha bu uchun sizni yaxshigina jazolab qo'yish kerakka o'xshaydi, janob Park.
Jimin: Aysh, nega ovozingni eshitish bunchalik yaxshi? Men allaqachon barcha muammolarimni yodimdan chiqarib yubordim. Ammo bilasanmi, Xarin, senda muhim gapim bor.
Xarin: Ha... menda ham senga aytadigan gaplar bor edi.
Jimin: Shundaymi? Unda xonimlar birinchi. Qani gapira qol.
Yana baxtdan sarmast bo'layotgan insondek pastki labini tishlab jilmaygan Xarin derazadan atrofni kuzatgancha devorga suyandi.
Xarin: Buni telefon orqali aytishni xohlamagan edim, qachon qaytasan?
Jimin: Men aynan shu haqida aytmoqchi edim, Xarin... Bilasanmi? - Jimin chuqur xo'rsingancha bir muddat jimib qoldi.
- Mening ishlarim biroz cho'ziladigan ko'rinadi va unchalik yaxshi ham emas. Dadamninmg shuncha yilik merosi va oilamiz nomiga munosib bo'lishim uchun tinmay ter to'kyapman. Kompaniya deriktori bo'lish men o'ylagandan qiyin ekanligini his qilyapman.
Xarin: Seni tushunaman, Jimin, qattiq ishlayapsan, o'zingni asrashing kerak.
Hamdardlik bildirgan qiz tobora yaqinlashib kelayotgan mavzudan hayajoni oshib borarkan yana o'sha silliq ohang bilan davom eta boshladi yigit.
Jimin: Bu men kompaniyaga loyiq yoki nomunosib ekanligimni bilish uchun rejalashtirilgan otamning bir sinovi. Shuning uchun men biroz shaxsiy hayotimni chetga surib turishimga to'g'ri keladi, Xarin.
Xarin eshitgan gaplarini tushuna olmay bir muddat qotib qoldi.
Xarin: Bu qancha vaqt oladi? - ovozi titrab so'radi qiz...
Jimin: Aniq bilmayman, balki ishlarim iziga tushguncha... Janubiy Koreaga 3-4 oyda qaytaman. Undan so'ng ikkimiz haqimizda o'ylab ko'rishimiz mumkin bo'ladi Xarin.
Xarin: Demak sen va'da bermaysan, shundaymi?
Jimin uzoq vaqt jim turdi. Har qanday holatda ham u uchun ayni damda eng muhimi kompaniya edi. Sevgi-muhabbat va yengil-yelpi hayotga hech ham vaqti bo'lmagan yigitning og'ir nafasi yana bir marta eshitilarkan haqiqatni aytishning eng to'g'ri payti hozir deb bilgan Xarin qatiylik bilan gap boshladi.
Xarin: Biz bunday qilolmaymiz, Jimin.
Jimin: Bu bilan nima demoqchisan?
Xarin: Men homiladorman. Bu haqida bunday eshitishingni istamagan edim, ammo boshqa imkon bo'lmaydi deb o'yladim. Bolaning otasi sen...
Jimin: Xarin... Quloq sol seni ranjitishni istamayman, ammo yo'q, biz ishonch hosil qilmasdan...
Xarin: Nima? - yigitning gaplarini kesib tashlagancha jahl qildi qiz, - ishonch hosil qilish kerak deganing nimasi?
Jimin: Biz 1oydan beri ko'rishmadik, - endi jahl qila boshlagan Jimin asabiylik bilan o'rnidan turdi. Bo'ynini siqib nafas olishga xalaqit berayotgan bo'yinbog'ini yulqib tashlar ekan xona derazasi va eshiklarini ochib tashladi.
Xarin: Meni nimada ayblayapsan?
Jimin: Yaxshi, biz buni hal qilamiz. Ertagayoq undan voz kech, Xarin.
U hozir hammasini barbod qila olmasdi. Agar janob Park, Jiminning otasi o'g'lining bunday ishini bilsa hech qachon kompaniyani unga bermaydi. Oila qurish vaqti ham emas. Birgina sevgi yoki farzand uchun u shuncha narsadan kechib yuborishni hatto xayoliga keltira olmasdi.

Xarin: Nima? - hayratdan qotib qolgancha bo'shashib ketgan qiz xonasidagi karavotga o'tirib qoldi.
Jimin: Men ham sen ham bunga tayyor emasmiz, shunday emasmi? Men seni moddiy jihatdan ta'minlayman, Xarin, shunchaki bolani yo'qotish kerak.
Xarin: Men bunday qilmayman.
Jimin: Jin ursin, Xarin! - o'shqirib yuborgan yigit so'kingancha yana gapirishga o'g'iz juftlar ekan eshik yonida turgan otasiga ko'zi tushdi-yu ustidan muzdek suv quyib yuborilgandek seskanib ketdi...
Jimin: Dada... - u qat'iyatsizlik bilan qulog'idan telefonni tushirarkan sekin-asta yurib kelgan erkak bir necha soniya o'z o'g'liga tikilib turdi. So'ng qoshlari qahr bilan chimirilib uning yuziga qattiq tarsaki tushirdi.
– Men shunday farzand tarbiya qilgan edimmi?
Jimin: Dada...
– Onang haq edi. Senga juda ko'p erkinlik berib yuboribman. MEN AXMOQ O'G'LIM ENDI ULG'AYDI DEB UNGA BUTUN ISHIMNI TOPSHIRMOQCHI BO'LIB YURIBMAN-A?
Jimin: Dada, men sizga hammasini tushuntiraman iltimos imkon bering...
– Ertagayoq Janubiy Koreaga borasan va o'sha qiz bilan uchrashasan. Park xonadoni hech qachon qonidan bo'lganlardan voz kechmaydi. Uqdingmi?
Jimin: Ammo ertangi konferensiyachi?
– Sen o'zingni shunga loyiq ko'ryapsanmi? Qachonki shunday jiddiy insonlar orasida o'tirishga munosib bo'lsang senga gal tegishi mumkin. Hozir esa borib farzandingni onasi bilan ko'rishasan, agar u chindan seniki bo'lsa turmush qurasan!
Jimin: Dada!
– Rad qilasanmi?
Yigitning jahldan jag' suyaklari o'ynab ketar ekan musht qilib tugilgan kafti battar siqilib borardi.
– Javob ber, rad etasanmi bolani?
U nimadir deya olmasdi. Xarin unchalik yaxshi tanimasligini o'ylasa ham, biroq qalbida unga nisbatan nimalardir bor edi. Bunday jiddiy ayblovni uning bo'yniga qo'ya olmasdi.
– Unda muammo yo'q. Tayyorlan ertaga ketasan. Erkak ekanligingni boshqa yo'l bilan ham isbotla.
Janob Park ko'rsatkich barmog'ini o'g'lining ko'ksiga niqtab uni ortga itarib yuborarkan lab uchida so'kingancha xonadan chiqib ketdi.
Xona markazida bir nuqtaga tikilib qolgan yigit chuqur-chuqur nafas olib g'azabini boshqarishga harakat qilarkan bu kutilmagan vaziyat uni butunlay tamom qildi. Yuzinu kafti bilan yopib ko'zlarini ishqab tashlarkan ichidan qaynab kelayotgan otashni boshqara olmay jiringlayotgan telefoni ekranidagi ismni ko'rishi bilanoq uni devorga qarata uloqtirib yubordi.
Jimin: JIN URSIN! MING LA'NAT BO'LSIN BARIGA! NAFRATLANAMAN! NAFRATLANAMAN!

7-Qism tugadi.