Shackled Heart | ep_10
PovLien: Doimgidek sovuq va noqulay vaziyatda nonushta qilib ishga joʻnadim. Sugaga ertaga sud ekanligini eslatib qoʻyishni ham unutmadim albatta. Kompaniyaga biroz kechroq keldim. Oʻz ish stolmga joylashib noutbukni ochar ekanman yonimga kelgan Lee Eun yelkamdan qoqib meni oʻziga qaratdi.
– Sizlar Kim Seokjin bilan uchrashib yurar edingiz shekilli.
Uning ensa qotirib aytgan gapining tub mohiyatini tushuna olmay oʻylanib qoldim. Lee Eun Jinni yoqtirardi, hatto bir muddat u bilan uchrashyapman degan xayol bilan osmonlarda ham uchib keldi. Endi esa bu savol?!
– Tushunmadim
– Jinni rad etdingizmi yoki u sizni rad etdimi deyapman
– Lee Eun, sizni tushuna olmayapman. Nimalar deyapsiz?
– Aysh, oʻzingizni bilmaganlikka olmang, Kim Lien. Kim Seokjinning hokimning qizi bilan uchrashuvga chiqqanini butun Seoul bildi.
– N..nima?
Quloqlarimga ishonmay Lee Eunga tikilib qoldim. Yana qanday uchrashuv boʻldi bu? Odam shunchalik ham beqaror boʻladimi?!
– Menimcha ular turmush qurmoqchi. Ablax Seokjin sizni ham laqqa tushirgan, xuddi men kabi.
Lablarini burgan qiz iyagini kaftiga tiragancha xoʻrsinib qoʻydi. Qoʻlimda turgan hujjatlarni maydalab tashlashga tayyorman. Hozirning oʻzida uning yoqasidan olib hisob soʻramoqchiman. Jahl bilan oʻrnimdan turar ekanman, qayerga borish haqida bir necha soniya oʻylab qoldim. Qayerda u?! Hech narsani oʻylamay eshik tomon yoʻnaldim. Doimiy Jin oʻtiradigan boʻlimdan uni soʻradim, biroq sobiq yoki sobiq boʻlmagan yigitim ish joyida emas balki pastdagi qahvaxonada ekanligini eshitdim. Yoʻnalishimni oʻsha tomon oʻzgartirdim. Ayni damda unga aytish uchun hech qanday soʻzim yoʻq, hatto oʻylab ham ko'rmadim. Qahvaxona eshigini ochib oʻzi uchun qahva tayyorlab xotirjam uni ichayotgan yigitni koʻrdim. Bir muddat uning kelishgan qaddi-qomati va yuz tuzilishiga tikilib qoldim. Qalin qoshlar biroz koʻtarilgan holatda ohistalik bilan hoʻplab qahva ichayotgandi. Chindan insonni hayajonlantira oladi. Koshki edi, mana shu koʻrinishingga oshiq boʻlmaganimda... Bir zumda oʻzimni yigʻib eshikni itargancha ichkariga kirdim. Suhbatlashib nonushta qilayotgan va shunchaki vaqt oʻtkazish uchun bu yerda oʻtirgan xodimlarning koʻzi menga tushdi. Ular qatori Jinniki ham. Hech biriga eʼtibor qaratmay, xuddi tasodifan kirgan inson kabi yigitimning yoniga joylashib oʻzim uchun qahva tayyorlay boshladim. U meni boshdan oyoq kuzatgach stolga nim ogʻirligini tashladi.
– Xayrli kun.
Unga ensa qotirib nazar tashlagach hech soʻz demay ishimda davom etdim.
– Asabiy koʻrinasan - u yana gapga tutdi. Sochlarimni ortga tashlab qahvam bilan uning yonidagi stulga joylashdim.
– Eshitishimcha hokimning qizi bilan uchrashuvga chiqibsan, to'yingiz yaqinmi?
Ichimdagi gʻazab xuddi otilishga tayyor turgan lavadek qaynayotgan boʻlsa-da oʻzimni bosiqroq tutishga urindim. Lekin tishlarim g'ichirlab oʻz oʻzidan jipslashib ketayotgani ham yolgʻon emas. Qarshimdagi yigit esa yerga qarab jilmaygancha bamaylixotir tomogʻini ho'llashda davom etdi. Ablax!
– Ha hayotdan xursandsan, boʻlajak rafiqang uchun boʻlsa kerak, har qalay.
"Boʻlajak rafiqang" aytgan soʻzlarimdan oʻzim qanchalar gʻazablandim. Finjon ushlagan qoʻlim idishni borgan sari siqib borarkan Jin qaddini koʻtarib menga tikildi.
– Buni rashk deb qabul qilmaymi?
– Rashk? Yoʻq bu shunchaki savol edi, hamkasbing sifatida boshqalar kabi qiziqdim.
Gapirish mobaynida unga hatto qarab qoʻymadim. Bir nuqtaga uyilgan qoshlarim meni sotib qoʻyayotganga oʻxshaydi.
– Shundaymi? Menimcha sendagi qiziqish boshqalarnikiga oʻxshamaydi.
– Nima demoqchisan?
U qoʻlidagi finjonni stol ustiga qoʻyib oʻzidan nari surgancha menga keskin yaqinlashdi. Qulogʻim ostida uning issiq nafasini his qilib entikib ketdim.
– Bugun bir yerga boramiz, ketib qolma.
– N..nima?
U yanog'imda kichik bo'sa qoldirib oʻzi ketib qoldi. Bu qanday maʼnoni bildiradi?! Nima meni oʻsha hokimning qizi bilan tanishtirmoqchimi? Yoʻq nimalar deyapman, axir u yuzimdan oʻpib qoʻydi. Bir lahzada koʻz oldimda qayta gavdalangan kichik tasvir yuzim qizarishiga sabab boʻldi.
Xayollardan chalg'ib boshimni koʻtarib atrofga qaradim. Hamma oʻz-oʻzi bilan band, menimcha bizga hech kim eʼtibor qilmagan. Har qalay shunday deb umid qilaman. Men unga rozilik berdimmi?! Hech narsa demadim, qolaversa Jin hech qanday taklif bermadi. Shunchaki qayergadir borishimizni aytdi va ketdi. Bu nimasi boʻldi? Nega uning oddiy harakatlari va gaplari ham meni bunchalar tez o'zgartira oladi? Buni istamasam ham unga javob qaytara olmay qolaman...
Ish tugab offisdan chiqar ekanman tashqarida turgan yigitni koʻrib hayron boʻldim. Men uni bugun chaqirmagandim. Odatda Suga kelmas edi, meni olib ketish uchun Xo Ingook kelar edi, ammo bugun... Telefonimni olib xabarlarni tekshirdim. Aniq unga xabar yubormaganman. Savollarimga javob topish maqsadida u tomon bordim.
– Xayrli kech
U mashinaga suyanib turardi. Qaddini koʻtarib menga kutilmaganda yaqinlashdi. Nima qilayotganiga tushunmay talmovsirab qoldim, tilim aylanmay qoldi. Boshimda turgan ko'zoynagimga tegib nimadirlar qilgan yigit jilmayib mendan uzoqlashdi. Uning yuzidagi tabassum maʼnosini tushuna olmadim. Ortimdan eshitilgan qattiq qadam ovozlari va Suganing nigohi bir soniya ichida bir biriga tutashib ketdi. Meni ortga itarib qarshimda turgan yigitning yoqasidan siltagancha bir zarba bilan yiqitgan baland boʻyli jussasini koʻrib hushim oʻzimga keldi. Koʻzlarim kattalashib ketdi. Tinimsiz urilayotgan qattiq zarbalardan oʻzini tuta olmay qolgan Suga Jinga qarshilik qilolmaasdi. Jinning qoʻlidan ushlab uni ortga torta boshladim.
– Jin! BAS QIL NIMALAR QILYAPSAN? AQLDAN OZDINGMI, KIM SEOKJIN!
– OʻCHIR OVOZINGNI!
Menga qadalgan nigohlar miyamga oʻrnashib qoldi. Xuddiki, qonga toʻlgandek gʻazabdan qizarib ketgan koʻzlar tanamga titroq kirishiga sabab boʻldi. Jinning menga qaraganida foydalangan Suga uni oʻzidan uzoqlashtirib yuziga musht tushirdi. U ortga qalqib ketib muvozanatni yoʻqotdi. Shu onda ikki yigit oʻrtasida haqiqiy jang boshlandi. Qancha qichqirib ular orasiga tushmay menga e'tibor ham bermay mushtlashishardi.
– SEN KIM BOʻLIBSANKI, UNGA QOʻL TEKKIZASAN???
Jin Suganing bo'g'zidan siqimlab devorga tirar ekan jon holatda Jinning qoʻllariga yopishdim.
– BAS QIL!!!
U menga ahamiyat bermadi. Hamon qoʻli Suganing boʻynida edi. Mening nimjon qoʻllarim yigitimning baquvvat bilaklarini hatto siljita olmadi.
– Jin! HAMMASINI NOTOʻGʻRI TUSHUNDING! MENGA QULOQ SOLSANG-CHI!
U birdan Yoongini qoʻyib yuborib menga oʻgirildi. Nafasi siqilib qaddi bukilib qolgan yigitga achinish bilan qarar ekanman, tez sodir boʻlgan voqeadan oʻzini oʻnglay olmay qoldi u. Jin tirsagimdan siqimlagancha meni sudrab ketdi. Birorta ham gapimni eshitmadi, javob bermadi. Kuch bilan mashina eshigini ochib meni majburlab oʻtirg'izdi. Qoʻpol harakatlar bilan kamarni oʻtkazar ekan uni oʻzimdan itarib tashlash uchun ham kuchim yetmadi.
– NIMALAR QILYAPSAN? JIN, BAS QIL!
– Senga ovozingni oʻchir dedim!
Yuzimga yaqin kelib vishillagan yigit tezda mendan uzoqlashib mashina eshigini qarsillatgancha yuzimga yopib gʻoyib boʻldi. Oʻzi roʻlga joylashgach eshiklarni qulfladi-da mashinani oʻt oldirdi. Yon oynalardan tashqariga qaradim, Yoongi qani? Jinga nimadir qilishidan qoʻrqqandim, hayriyatki, qurol ishlatmadi. Hech boʻlmasa shu meni oz boʻlsa-da yengil tortishimga sabab boʻldi. Mashina salonida faqatgina Jinning oʻtkir nafasi eshitilib turardi. Jovdiragan koʻzlar bilan bir Jinga bir mashina spedometriga koʻz tashlab qoʻyardim. Tobora ortib borayotgan tezlik mening qoʻrquvimni ham oshib borishiga sabab boʻlardi. Nima deyishni ham bilmasdim, hozir gʻazabi toshib qoshlari chimirilganidan koʻzlari ichiga kirib ketishiga oz qolgan yigit bilan murosa qilish ilojsizdek nazarimda. 10 daqiqa xuddi shunday noqulay jimlik qurshovida boʻldik. Soʻng dagʻal va jahl toʻla ovozda gap boshlagan yigit nigohlarini yoʻldan uzmay menga yuzlandi.
– Oʻshanda aytgan gaplaring jahldan deb oʻylagandim.
Nima deyotganiga tushunmay unga qarab qoldim. Qaysi gap haqida aytyapti? Men oxirgi haftada unga faqat jahl bilan gapirdim.
– Aynan nima?
Uning jagʻ suyaklari siqilib qoshlari yanada uyildi.
– Bila turib savol berishni yoqtirasanmi?
– Mutlaqo oʻzingda emassan. Qanday gap haqida gapiryapsan?
– JIN URSIN* UNI SEVAMAN DEGANINGNI! U BILAN UCHRASHIB YURIBMAN DEGAN GAPLARINGNI AYTYAPMAN!!!
Mashina salonida aks sado bergan erkak ovozi va undan keyingi gʻazabdan qolgan hansirash meni aqldan ozdirdi. Qachon shunday degandim?! Hatto eslay olmayman. Yoʻq, aytgan boʻlishim mumkin, chindan, jahl ustida. Bir muddat uning gaplarini tahlil qilib olgunimcha qancha vaqt ketdi bilmayman, lekin ikkinchi o'shqiriq natijasida oʻrnimdan bir sapchib tushdim.
– NEGA JIMSAN? SHUNDAY TASDIQLAMOQCHIMISAN? SHU TARZDA HAMMASINI TAN OLYAPSANMI?
Men tomon burilib qoʻrquv bosgan yuzimga qadalgan koʻzlarni koʻrdim. Uning gʻazabi shunchaki bolalarcha hazil emasligini va biz allaqachon oʻsmirlik paytida oʻtib ketganimizni shu bir juft ajal nigohlari bilan yuzlashganimdagina tushundim.
– N...Nima? Yoʻq unday emas, adashyapsan, men oʻshanda chindan jahl ustida aytgandim. Chindan jiddiy emasdim, Jin.
U ortiq menga quloq solmadi, roʻl ustida musht boʻlib tugilayotgan qoʻllari xuddi uni sugʻurib olmoqchidek edi.
– Mashinani toʻxtat, gaplashib olamiz! Hammasini tushuntiraman, bu shunchaki gʻazab taʼsirida aytilgan gaplar edi! JIN, MENI ESHITYAPSANMI?
Men esa undan qandaydir javob kutib qayta qayta uning ismini aytib oʻzimga qaratishga urindim.
Mashina qandaydir koʻp qavatli bino yonida toʻxtadi. Mashinadan tushgan Jin aylanib oʻtib men tomon eshigini ochdi. Qoʻlimdan tortqilab tushirgach meni oʻziga keskin tortdi.
– Gaplashamiz, Liye, hammasini chuqur gaplashamiz.
U qulogʻimga vishillab meni oʻzidan uzoqlashtirdi. Buning maʼnosini tushunmadim, tushuna olmadim. Tirsagimdan tortqilab ichkariga olib kirarkan liftga chiqdik. Kerakli qavatni bosgach qoʻlimdan siqimlab meni ortiga oldi. Lift ichida odamlar boʻlgani uchun hech narsa deya olmadim. Uning uzun boʻyi va keng yelkasi ortida men gʻoyib boʻlib qoldim. Liftdan chiqqach uzun yoʻlak boʻylab yurdik va qora rangli eshik maxsus kod kiritilgach ochildi. Meni ichkariga majburlab itarib yuborgan Jin dahlizdagi devorga qattiq tirab istagimdan qattiq siqib oldi.
– Endi gapir! Qanday? Qanday qilib shunday qotilni sevib qolding? JIN URSIN* NIMALAR QILIH YURIBSAN KIM LIEN?
Uning ovozidan quloq pardalarim yirtilib ketganiga ishona boshladim. Koʻzlarim yoshlana boshladi, lekin yigʻlashni istamayman.
– Menga bunday qarama! BU KOʻZLARING BILAN TIKILMA MENGA!
– SENGA HAMMASINI JAHL USTIDA AYTGANDIM DEDIM!
Uni oʻzimdan itarib tashlashga urinib yelkasiga zarba berarkanman, ikki qoʻlimni birlashtirib yuqoriga koʻtargan yigit belimdan bir kafti bilan tutib ushlagancha meni devorga yanada niqtab vishilladi.
– Unda bugun koʻrgan manzaramchi? Bugun koʻrganim nima edi? U senga yopishib nima qilayotgan edi???
– Aqldan ozibsan! Qoʻyib yubor meni!
– Yoʻq, yoʻq Liye qoʻyib yubormayman. Aytchi senga nima bera olmadim? Nega hali ham oʻsha oʻtib ketgan oʻtmishni roʻkach qilib koʻksimdan itaryapsan? Seni sevishimni nahotki koʻrmayapsan? NAHOT HIS QILMAYAPSAN, LIYE?
– Chunki his qildira olmayapsan! Menga hammasini unuttirishga, baxtli qilishga soʻz berganding? Oʻsha kecha yodingdami? Men hali hech birini unutmadim, hali baxtni his qilmadim! Ortiq aldamaslikka soʻz bergan sen emasmi? Nega men haligacha senga imkon berish haqida oʻylab qiynalmoqdaman?
– Xoʻsh u his qildirdimi? Oʻsha la'nati qotil, qoʻli qonga botgan iblis senga sevgi bera oldimi?
– Nimalar deyapsan? Men uni sevmayman! Sen kabi kimdandir koʻnglim toʻlmasa, shunchaki uni tashlab oʻzgasining bagʻriga otmayman oʻzimni!
– Unday qila olmaysan ham!
Yana menga keskin yaqinlashgan Jin tishlarini jipslashtirib oʻlim nigohlari bilan óqtaldi.
– Sen menikisan, oldin ham shunday boʻlgan, bundan keyin ham shundayligicha qoladi! Hozir ham shunday, uqdingmi?
– Shundaymi? Demak his qilldira olmadim.
Meni yelkasiga koʻtarilib olgan yigitning tushunarsiz harakatlaridan hayratlanib qichqirgancha uning yelkasiga mushtlay boshladim. Qandaydir xonaga kirdik. Meni yotoqqa tashlagan Jin chiroqni yoqib yuzimga yaqinlashdi. Oʻzimni ortga olar ekanman, uning harakatlariga tushuna olamayotgandim. Jizzakilik bilan kamarini yechib olgan yigitim yotoqqa tizzalab meni oyoqlariga orasiga olgancha qoʻlidagi kamarini boʻynimga oʻrab oldi. Daxshatdan koʻzlarim kattalashib ketdi. Oʻzim sevgan yigit qoʻlida oʻlim topishim mumkinmi?!
– Unga ham shunday nola qildingmi? Xuddi mening bo'salarimga ehtiros bilan javob qaytargandek uning lablariga ham ruxsat berdingmi? GAPIR! Qanday aloqa qilding u bilan? Xuddi men bilan boʻlgani kabimi yoki boshqa usullarni ham sinab koʻrdingmi? U QANDAY HIS QILDIRDI BUNI SENGA? GAPIR!
Butunlay gʻazabdan ongini tuman qoplagan yigit qizni nafas olishga qoʻymay uning boʻynidan oʻrab olgan kamarni tobora qattiqroq siqarkan uning qorachiqlari yuqorilab yoʻqolib borayotganini koʻrgach charm kamarni boʻshatdi.
– Tanangga har tekkanida lazzatdan qanday nola qilgan boʻlsang, men seni shunday koʻyga solamanki, undan-da balandroq toʻxtatishimni soʻrab qichqirasan!
Boʻynimdan siqimlagancha qattiq va ogʻir nafas olib oʻzimga kelishga urindim. Egnimdagi kostyumni qarshiliklarimga qaramay zoʻrlik bilan yechib olgan Jin uning ostidagi koʻylagim etagiga chal soldi-da ostimga tomon qoʻlini yoʻnaltirdi. Uning koʻzlari gʻazabdan koʻr boʻlgan boʻlsa, meniki nafratdan koʻr boʻlgandi. Qoʻlimni undan boʻshatib olib hech oʻylab oʻtirmay yuziga qattiq tarsaki tushirdim. Xonada charsillagan ovoz yangradi. Birdan harakatdan toʻxtagan Jin boshini yerga egib jimib qoldi.
– Senikiman? Meni o'zingniki qilish uchun nima qilding? Mana shunday yoʻl tutasanmi? Meni oʻzingda saqlab qolish uchun, sevgimiz asrash uchun shunday qilasanmi? Seningcha tanam senga tegishli boʻlsa yetarlimi? Meni qayta va qayta seni sevganimdan nafratlanishga majburlayapsan.
Uning koʻzlaridagi ifoda oʻzgarganini sezdim. Boʻgʻzimga tiqilgan toʻsiq sabab ovozim boʻgʻilib chiqdi, ammo yigʻlamayman! Men endi oldingidek kuchsiz emasman.
Aslo uni deb yigʻlashni istamayman.
– Nimadir deya olasanmi? 5yil ilgari ham hech narsa qilmading, shunchaki qoʻl siltab ketding. Oʻshanda ortingdan borishga ham tayyor edim. Sen bilan bogʻlanishga qancha uringanimni bilasanmi? Senga muhtoj boʻlganimni, seni deb qanday azoblanganimni hatto bilmaysan ham. Endi kim sifatida mendan hisob so'rayapsan? Kimsan meni oʻzingniki qilsang? Nima yoki oʻldirib jonsiz jussamni oʻzingniki qilmoqchimisan?
Seni kechirdim, yana qoʻlingdan tutdim, natijada esa ikkinchi bora aldandim. Sen faqat va'dalarni buzish uchungina soʻz berasan, Kim Seokjin! Hatto koʻzyoshimga arzimaysan.
Uning qoʻli oʻz-o'zidan boʻshab mendan uzoqlashdi. Koʻzlarimdan qalqigan yoshlarni tashqariga chiqmasdan artib tashlab yuzimni burdim.
– Seni ilgari qanday sevgan boʻlsam xuddi shunday nafratlanaman. Nafratim cheksiz. Oʻsha kuni aeroportda balki qaytarsan deb tonggacha mijja qoqmay seni kutdim. Meni tashlab ketolmaysan deb oʻyladim. Hatto nom nishonsiz gʻoyib boʻlding. Hech qanday xabar yubormading. Meni asrashga va'da berganding, lekin asray olmading. Necha marotaba uyingga bordim, hatto gʻururimni ortga surdim. Albatta bu yolgʻiz oʻzim uchun emas, vujudimdagi bola uchun ham edi.
Menimg oʻtmishimda eng ogʻriqli boʻlgan damlar. Xuddi koʻksimga tigʻ sanchilgandek yuragimda ogʻriq turdi. Hammasini qaytadan eslab tanamga titroq oraladi. Meni o'limgacha olib borgan damlar, kamsitilishlar, ishonchsizlik yolgʻizlik va mavhumlik. Bularning hech birini qayta his qilishni istamayman.
– Lien...
Chuqur nafas olib oʻrnimdan turdim.
– Sen ketganingdan 1 yarim oy oʻtib sogʻligimda oʻzgarishlar roʻy bera boshladi. Afsuski, shifoxonaga borishga majbur boʻldim. U yerda... 2 oylik homilam borligi haqida aytishdi.
Jimib qoldim. Jin ham jim. Gapirish uchun kuch toʻplab koʻzlarimni yumdim.
– Men uni dunyoga keltirishni istagandim. Sen bilan birga tarbiyalashni istagandim.
Bu haqida senga necha marotaba aytishga uringanimni hatto aniq bilmayman. Uyingga borganimda xizmatkor chiqib ketishimni aytardi yoki janob Kim kelishini kutishimni tayinlardi. Men esa uning aytganini qilib soatlab sening hurmatli otajoningni kutar edim. Undan seni soʻrash maqsadida. Kunlardan bir kuni dadang bilan yuzlashdim. Butun Soeulga ma'lum-u mashhur boʻlgan Prakuror janoblari qayerdagi tashlandiq qizga eʼtibor berib uni eshitadi deb oʻylaysanmi? Yoʻq, albatta. U mening yuzimga tarsaki tortib qoʻriqchilariga uyidan daf qilishlarini buyurdi. Koʻchadagi suyuqoyoq deb atadi meni. Hatto akam ham meni bir daqiqa boʻlsa-da eshitmay koʻchaga haydab soldi. Men 1oyni shu tarzda oʻtkazdim. 22 yoshda edim oʻshanda. Oʻlish uchun har narsa qilishga tayyor ahvolga keldim. Afsuski takror va takror xlor hidi anqib turuvchi shifoxona va arvohga oʻxshab oppoq kiyinib oladigan shifokorlar qoʻliga tushaverdim. Ilk bora oʻz jonimga qasd qilganimdayoq ichimdagi goʻdak nobud boʻlgandi. Keyin esa yashashga boʻlgan umidim mutlaqo soʻndi. Oʻzimni tashlandiq kimsa kabi koʻrishni boshladim. Toki, akam hayotimga kirib kelib qoʻlimdan tutib turg'azmagunicha. Men seni ana shunday azoblarga qaramay kechirgandim, Jin. Hammasini chetga surib, koʻz yumib imkon bergan edim. Mana nega har qanday kichik yolgʻon ham nimjon qalbimni vayron qiladi. Mening qalbim allaqachon muzlagan. Uni erita oladigan yagona inson sensan deb bilardim, afsuski, sen hammasini chigallashtirar ekansan. Munosabatlarimizga yakun yasab meni arosatda qoldiirib ketgan oʻzing emasmisan? Yana qanday qilib meni ishonmasliging yoki hiyonatda ayblashing mumkin? Xudbinsan. O'ta ketgan pastkashsan, Kim Seokjin. Eng alam qiladigani nima bilasanmi? Sen tufayli takror azoblanaversam ham seni sevishdan oʻzimni toʻxtata olmayman. Mana bu mening falokatim.
Biroz oldin yigitim ustimdan yechib uloqtirgan paltoni qoʻlimga olib oʻrnimdan turdim. Birdan bilagimga yopishgan yigit hech soʻz demay meni qattiq bagʻriga bosdi. Kuchliroq quchogʻiga tortar ekan tomogʻimdagi toʻsiq yuqorilay boshladi. Yigʻlab yubormaslik uchun hatto nafas olishdan toʻxtadim. Ammo nega? Nega endi yigʻlamasligim kerak?! Nima uchun hamon oʻzimni ojiz koʻrsatishdan qoʻrqaman? Nega haligacha oʻsha tashlandiq qizaloqning siyratini, ruhini tark eta olmaganman?! Beixtiyor yanog'imdan yumalagan koʻzyoshlar sirgʻalib Jinning qoʻliga tushdi. Men tutib turgan alam va nafratning bir boʻlagi. Yuzimni kaftlariga orasiga olgan yigitning oʻsha kelishgan chehrasiga tikildim. Doim porlab turadigan tim qora qorachiqlari bu safar koʻzyoshlar tasirida siniq tasvir yaratgan. Lablari titrab gapirish uchun botina olmayapti. Koʻzlarimga qarash uchun irodasizlik qilmoqda. Boshini egib sekin shivirlagan Jin arang nigohlarini meniki bilan birlashtirdi.
– Liye... Men...
– Menga hisob berishingni kutmayapman. Shunchaki meni ayblashdan oldin oʻzingni ham soʻroqlab koʻrishingni istardim. Kel boshqa uchrashmaymiz...
– Yoʻq, shoshma
Yana meni tutib qolgan yigit oʻziga tortib oʻrtadagi masofani qisqartirdi.
– Iltimos, meni eshit, garchi bunga arzimasam ham. Men bilmagandim, oʻshanda, ketishga majbur boʻlgandim. Men ketganimdan 2 hafta oʻtib dadam menga seni ham chet elga joʻnab ketganingni aytdi. Hech qanaqasiga sen bilan xabarlasha olmadim va dadamning gaplariga ishonib ishq muhabbatni chetga surdim. Men chindan bilmagandim, oʻzimni oqlay olmayman, hatto bunga haqqim ham yoʻq. Bugungi qilgan ishlarim ham... Bularning bari seni sevganim uchun, rashkdan koʻzlarim koʻr boʻlgani uchun. Liye, - u yelkamdan tutib meni oʻziga qaratdi. Tez va tartibsiz gapirardi, xuddiki yodlagan she'ri yodidan chiqqan bolakay singari.
– Sendan yana bir imkon soʻrashga jurʼat eta olamanmi?
– Bunga yuzing qanday chidaydi?
– Seningcha hammasini tugatishga tayyormizmi?
– Men sensizlikka oʻrganib boʻldim.
– Men esa yoʻq. Endi ham sensiz yashay olmayman.
– Men buni xoxlama...
Gaplarim yakunlanmasidan oʻzga lablar tomonidan tiyilgan tilim natijasida gapirishdan beixtiyor toʻxtadim. Jin meni oʻziga qattiqroq tortdi va chuqur boʻsa ola boshladi.
Javob berishni ham bermaslikni ham bilmayman. Bu iliq teginishlar va yoqimli bo'saga qarshilik qila olmayman. Uni sevaman, ehtimol shuning uchun million marta ranjisam ham, oʻlim yoqasidan qaytib kelgan taqdirimda ham uni rad eta olmasman?! Bir necha daqiqa oʻtib chuqur boʻsadan soʻng bir birimizdan uzoqlashdik. Iyagimdan ohista silab oʻziga qaratgan yigitim namlangan yanog'imdan kichik boʻsa oldi.
– Nega endi bir birimizdan qochaveramiz? Balki oʻsha nobud boʻlgan kichkintoyning oʻrnini toʻldirish haqida oʻylab koʻrarmiz?! Sen yoʻqotgan va erishishni istab erisha olmagan hamma hammasini sen uchun muhayyo qilaman. Qayta ishonishingni talab qilmayman, ammo nega endi seva turib voz kechishing kerak? Yana bir marta tavakkal qilolmaysanmi? Zotan men aslo bu qoʻllarni qoʻyib yubormaslikka vaʼda beraman.
U kaftimdan tutib mendan javob kutib termuldi. Yana oʻsha boshi berk koʻcha va javobi yoʻq savollar. Menga yaqinlashgan yigitning issiq nafasini yuzimda va lablarim ustida his qildim. Ikkinchi marotaba yoqimli bo'sa... Bu gal ham hech qanday qarshiliklarsiz...