FELONY – 18 +
– Mendan nafratlanishingga arziydigan hech narsa qilmadim? Koʻzlaringga ishonyapsan qalbingga emas, men hali ham oʻsha sen sevgan Hyeriman! Kim Hyeriman! Ammo sen oʻzingga oʻxshamay qolding.
– Kech... Juda kech! Hammasini shu yerda toʻxtatishni istayman. Yakunga yetib keldik biz. Koʻzlarimga qara! Ularda nima koʻryapsan? Zarracha boʻlsa ham sevgi qolibdimi? Yoʻq. Hammasi uchun tovon toʻlash vaqti kelgandir balki?!
– Yaxshi unda ot, faqat yuragimni moʻljalga ol, toki koʻzingdagi afsusni koʻrishga ham ulgurmasdan jon beray...
– Hayot baʼzan hisobsiz savollarga bizni koʻmib tashlaydi, nafratni muhabbatga, muhabbatning oʻrnini esa nafratga boʻshatib koʻzlarimizni soʻqir qilishga ham qodir. Aldovlar qurshovida qoldirib qo'ynimizni puch yongʻoqqa toʻldiradi. Ojiz odamzot esa bu yoʻldan shunchaki yurib oʻtadi, xolos, uni oʻzgartirish uchun u zaif... U kuchsiz...
——————————
Felony _ 1
– Meni oʻzing bilan olib ket, chindan charchadim...
– SENI OʻLDIRAMAN ABLAX!!!
Zulmat bosgan ko'cha va sukunat choʻmgan shahar. Atrofga aks sado bergan yigitning boʻgʻiq va gʻazab toʻla ovozi qarshisidagi insonni yetarlicha qo'riqitdi.
– Seni burdalab tashlayman!
Yigit yana bir o'shqiriq bilan qoʻllari orasidagi boshqa bir yigitning yuziga bor kuchi bilan zarba berdi. Yuzi butunlay qonga belangan odam oʻzini tutishga urindi, biroq u ketma ketma ulkan mushtlar zarbidan adoyi tamom boʻlgandi. Jungkook oʻzidan gavdasi unchalik kichik boʻlmagan yigitning yoqasidan siltalab oʻziga tortdi.
– Agar yana bir marta seni uning yonida koʻrsam, birorta ham sogʻ joying qolmasligini kafolatlayman! Soʻzlarimni uqdingmi?
Jungkook hech qanday javob ololmagach qayta yigitni siltaladi.
– SENGA SAVOL BERDIM🗣️
Arang nafas olayotgan yigit oʻzi sezmagan holda bosh irgʻadi. Nihoyat endi u erkin nafas olishi mumkin. Jungkook yigitni yelkasidan ushlab ortidagi devorga qattiq itarib undan uzoqlashdi. Bosh kiyimini yaxshiroq tortib ortiga bir nazar tashlagancha qonga belanib zax yerga oʻtirib qolgan yigitga irg'anib qaragancha motosikliga joylashdi
Shaharning hech kimsa yoʻq boʻlgan qismida motosiklning pishqirgan ovozi yangradi. Shamoldan-da tezroq yeldek uchib ketarkan motosikl boshini koʻtarib qaltis harakatlar bilan haydar edi. Toshloq koʻchalardan biridan oralab oʻtar ekan oʻzi uchun tanish boʻlgan uylarni birma bir koʻzdan kechira boshladi. Motosikl faralarini oʻchirib ohista harakatlar bilan undan tushib doimiy atirgullar oʻsib devorlarini oʻrab turguvchi uyning derazasidan moʻraladi-da hamma uxlayotganiga ishonch hosil qilgach uy tashqaridagi shaftoli daraxtiga tirmashib chiqa boshladi. Unchalik yuqorida boʻlmagan shoxdan ikki don shaftoli olib iloji boricha ovozsiz tushishga umid qilib lablarini tishlab pastga sakradi. Shovqin sabab nafas olishdan toʻxtagan yigit hammasi joyida ekanligini tekshirish maqsadida ortiga nazar tashladi. Chuqur nafas olib qaddini koʻtarar ekan xayoliga kelgan oʻy sabab yana toʻxtadi. Uy devorini oʻrab olgan gullarga bir necha soniya tikilib turib ularga yaqinlashdi. Turfa xil rangli atirgullar orasidan ikki donasini uzib yuqoriga qaradi. Uy chiroqlari oʻchgan, oq va qizil rangli atirgullarni qora charm jaketining ichki choʻntagiga joylab motosikliga joylashdi va u yerdan joʻnab ketdi.
Jungkook Seoulning boy aholisi yashovchi mavzesiga kirib kelarkan biroz sekinlashdi. Bir nechta qoʻriqchilar bilan salomlashib oʻzini odatiy tutgancha ichkariga kirdi. Uzun yoʻlakdan ichkarilab borar ekan ortiga qarab qarab qoʻyardi. Qoʻriqchilar yigit haqida unutib unga eʼtibor bermayotganlariga ishonch hosil qilgach tezlikda oʻng tomonga burilib bogʻ oralab ketdi.
PovJungkook: Qoʻllarimni ohista bir biriga urib yuqoriga qaradim. Yaxshiyam bogʻda daraxtlar koʻp. Ulardan biriga chirmashib yuqoriga chiqdim, doimgidek sevgilim oynani ochib uxlamoqda. Balki uxlamagandir. Yuzimga tabassum yugurdi. Bir harakat bilan ichkariga kirib oldim. Endigina dushdan chiqib kelayotgan qizaloq meni koʻrishi bilan deyarli qichqirib yubordi.
Koʻrsatkich barmog'imni lablarimga bosib unga "jim" ishorasini qildim. Tezda ortiga oʻgirilgan qiz shivirlab o'shqirdi.
– Jungkook??? Bu yerda nima qilyapsan?
– Shsh jim boʻlsangchi.
Unga yaqinlashish barobarida yoqimli qulupnay hidini yana-da yaqinroqdan his qila boshladim.
– Y..yoʻq-yoʻq kelma, men endigina dushdan chiqqan edim.
Uning gaplarini eshitib ham biroz jahlim chiqdi ham kulgim qistadi. Uni mendan uyalishi yoqimli, lekin doim ham emas. Bunga eʼtibor qilmay uning ortidan borib quchib oldim. Biroz ho'l sochlar orasiga yuzimni koʻmar ekanman uning birgina xalat oʻrab turgan nozik tanasini oʻzimniki bilan birlashtirdim.
– J..Jungkook...
Koʻzlari daxshatdan olayib ketgan sevgilimning momiq lablaridan mayingina oʻpib bagʻrimdan u yaxshi koʻradigan qizil atirgulni chiqardim.
Yuzidagi ifoda zumda oʻzgargan qiz lablarini qimtib kulgancha meni qattiq quchib oldi. Uning shirin ifori dimogʻimga oʻrnashib qoldi. Jilmayib atirgulni hidlagan sevgilim bu safar kengroq tabassum qildi va yana qayta boʻynimdan qoʻllarini oʻrab oldi. Uning nozik belidan quchib oʻzimga qattiqroq tortdim.
– Buni qayerdan olding deb soʻramayman, ammo meni xursand qila olding.
– Mm bu hammasi emas, mitti sevgim ~
Uning chaqnab turgan koʻzlari ustidan oʻpib choʻntagimdan shaftoli chiqarib qizning qoʻliga tutdim. Bu uni chinakamiga baxtiyor etgandi. Chiyillab yuborgan sevgilim meni qattiq bagʻriga bosib boʻynimga osilib qoldi. Yosh bola.
– Oppaaa ~
– Faqatgina bir dona. Sogʻligʻing xursandchiligingdan koʻra muhimroq.
– Aysh seni sevaman
Hyeri shaftolini kaftiga siqimlagancha moʻltiragan koʻzlarini menga tikdi. Janob Kim Hyerini qattiq nazoratga oladi. Shaftoliga alergiyasi borligi sabab buni taqiqlab qoʻygan, uning sevimlisi esa aynan shu meva. Sevgilim uchun oʻzim istisnolar kiritishga majbur boʻldim. Birgina tabassumi uchun xolos.
– Endi sen ham meni xursand qilarsan, balki?
– Mmm qanday?
Lablarini qimtib kulgan Jungkook xuddi oʻylanib qolgan insondek koʻzlarini yumib bir necha soniya turgach, qizning lablariga labini bosdi va chuqur soʻrib oʻpa boshladi. Dimogʻida yigitining nafasini his qilgan Hyeri entikib har bir boʻsaga javob berardi. Uning harakatlaridan lablari yoyilgan Jungkook qizdan uzoqlashdi-da yanog'idan mayingina oʻpib qoʻydi.
– Ertaga oʻqishga borishing kerak, ancha kech boʻlib qoldi, yotib uxla.
Yigit sevgilisining sochlarini silab yuzini kaftlari orasiga olgancha burun uchidan erkalab oʻpib qoʻydi.
– Jungkook, boshqa derazadan oshib kirma, maylimi?
– Sevgilim, seni koʻrmasam tura olmasligimni bilasan-ku axir.
Jungkook yana o'ynoqilik bilan Hyerining qoʻlidagi atirgulni olib qizning qulogʻi ortiga oʻtkazib biroz namiqqan sochlarini silab qoʻydi.
– Ertaga oʻqishdan meni oʻzing olib ketasanmi?
– Aniq nimadir deyolmayman, ammo harakat qilaman.
– Yaxshi.
Jungkook qizning belidan ohista quchib lablaridan oxirgi marta shirin boʻsa oldi-da sekinlik bilan xonadan chiqdi.
PovHyeri: Kelishgan yigitimning ortidan ham xavotir ham qiziqish bilan tikilar ekanman u ortiga qarab menga koʻz qisgancha eshik yonidan gʻoyib boʻldi. Yuzimdan tabassum arimay qoldi. Chuqur nafas olib oʻzimni yotoq ustiga tashladim. Qulogʻim ortidagi atirgulni olib iforini tuydim. Yoqimli. Xuddi Jungkookning ifori kabi shirin. Biz yarim yildan buyon birgamiz. Jungkook qoʻriqchimiz janob Lee sababli otamning qoʻlida ishlay boshladi. Avvaliga it-mushuk edik. Keyinchalik bu nafrat sevgiga aylandi. Unga oʻzim bilmagan holda oshiq boʻldim. Meni hatto yogʻayotgan yomgʻirdan ham qizgʻonib sevuvchi yigit kundan kunga sevgimni kuchaytirib bormoqda. Kelajak haqida koʻp oʻylayman. Dadam Kim Nomin shaharning mashhur va obroʻli biznesmenlaridan. Mansabdor shaxslar bilan juda yaqinlar. Ammo ular negadir oʻzgardi. Onamning vafotidan soʻng diydasi qattiq, sovuqqon insonga aylandilar. Oldingi men ota degan insonim ayni damda mutlaqo boshqa bir odam edi. 15 yoshimdan buyon meni hammadan cheklab keldilar. Ular istagan farzand boʻlishim uchun qiziqishlarimga qarshi oʻqishga kirishga undadi. Hatto kunlik taomlanish ratsionimgacha nazorat qilishni boshladi.
Men ham xuddi shunday sovuqqon va yovvoyi xislatli kimsa boʻlib ulgʻaydim. Hammani oʻzimdan yiroqlashtirdim. Hech qanday doʻstim yoʻq. Kimdir menga gapirish uchun jurʼat eta oladi deb oʻylamayman. Jungkook esa mendan bir necha barobar koʻproq qaysar va takabbur yigit edi. Uning har bir gapi meni kesatish uchun aytilardi. Boshqa yigitlarga oʻxshab qop-qop vadalar bermagani uchundir. Biroq men sevgi borasida adashmaganimga aminman. Jungkook men sevishim mumkin boʻlgan eng munosib inson. Hozir ham dadamning cheklovlari sabab menga qayerdandir shaftoli olib kelibdi. Faqatgina 1 dona. Mevani qoʻlimda oʻynatgancha unga tikilib oʻz oʻzimdan kulayotgandim. Hammadan munosabatlarimizni berkitish mushkul, biroq biz buni mukammal tarzda uddalayapmiz. Jungkook 8 oy ilgari dadamning ishonchli qoʻriqchisi janob Lee bilan kelishmovchilik sababli uyimizga ishchi sifatida keldi. Avvaliga dadam uni menga haydovchi qilib biriktirdi, keyin esa tansoqchi. Biroq biz ikkimiz ham chegaralardan chiqib ketdik. Oilalarimiz bir biriga mos boʻlmasa-da hammasiga qoʻl siltab faqat ikkimiz haqimizda oʻyladik. 6 oydan beri esa bu haqida hech kim bilib qolmasligiga tirishamiz, qachondir bu fosh bolishini bilsak ham bu yoʻldan qaytmaymiz. Sevgi insonni shunday bemaʼniliklar qilishga undar ekan.
Hyeri shu ketishda xayol surarkan kayfiyati tezda oʻzgardi. Yuzidagi tabassum soʻnib koʻzlari mayus tortdi. Xuddiki, ularning birga boʻlishi daryoning teskari oqishidek edi. Janob Kim bunga hech qachon yoʻl qoʻymasligini har ikkisi ham bilishardi, ammo qalb amriga hech kim qarshi chiqa olmaydi...
Jungkook zinalardan ohista tushib xizmatkorlar uchun ajratilgan xonalarga yoʻnaldi. Sassiq qadamlar bilan qorongʻu zaldan oralab onasining xonasiga yaqinlashdi. Eshikni ehtiyotkorlik bilan ochib yotoqda uxlab yotgan ayolni koʻrdi. Yuzida tabassum aks etgach onasiga yaqinlashib uning peshonasidan mayingina oʻpib qoʻydi-da ichki choʻntagidan atirgul va shaftolini olib yotoq yonidagi tumba ustida qoldirdi. Soʻng yana shunday ovozsiz qadam tashlashga harakat qilib xonadan chiqdi. Oʻzi esa qoʻriqchilar tunovchi boʻlimga yoʻl oldi.
– ERTA TONG. KIMLAR XONADONI –
Hyeri universitet uchun tayyorgarlik koʻrib pastga tushdi. Doimgidek sovuq auraga ega otasi yolgʻiz ovqatlanib oʻtirardi. Hatto qizni kutmasdan. Hyeri oʻz oʻrnini egallab ovqatlanishni boshladi. Bir stakan sut bilan shirinlik yeyayotgan qiz otasining oʻtkir nigohlari sabab toʻxtadi. Janob Kim qanchalik qiziga qattiqqoʻl boʻlmasin, Hyeri aslo unga bosh egishni istamasdi. Hamisha otasining koʻziga tik qarab oʻzini himoya qila olardi. Bu safar ham qoʻlidagi stakanni stol ustiga qoʻyib otasiga koʻzlarini qadadi.
– Qandaydir muammo bormi, dada?
– Qachongacha sening ovqatlanishingni tekshirib yurishim kerak? Yosh bola emassan, qachon ulgʻayasan?
– Dada, men 23 yoshdaman. Yana qancha ulgʻayishimni istaysiz? Oʻz holimga qoʻying.
Doimiy jizzaki yuruvchi Hyerining bunday keskin muomala qilishi noodatiy emasdi. Bunga xizmatkorlar ham uydagi boshqa xizmatchi va ishchilar ham koʻnikishdan, faqatgina Janob Kim emas. Jungkook ovqatlanish zaliga kirarkan jahl qilib oʻrnidan turgan qizga hayronlik bilan qarab qoldi. Gapirishga ulgurmasidan esa stolga qattiq urilgan musht zarbi butun zalni egalladi.
– UYATSIZ! QACHON OʻZ OTANGNI HURMAT QILISHNI OʻRGANASAN?
– Hurmat qilishim uchun arzirli inson boʻling unda.
– Sen nimalar deyapsan?
Janob Kim oʻrnidan turib Hyeri tomon qadam bosarkan birdan gapni boʻlgan yigit oldinga bir qadam tashladi.
– Janob Kim, bugun qizingizning jismoniy tarbiyadan imtihoni bor edi, vaqtida borishi zarur.
Oʻqish masalasida jiddiy turadigan janob Kim tomoq qirib boshini egib jim qoldi.
– Koʻzimdan yoʻqol!
Dagʻal va sovuq chiqqan qahr toʻla ovoz qizning koʻzlarida yosh aylanishiga sabab boʻldi. Hyeri hech soʻz demay yuz burgancha xonadon chiqib ketdi. Ulkan va hashamatli uy hovlisidan katta - katta qadamlar bilan ildamlab ketayotgan qiz ketidan ergashgan Jungkook unga yetishib oldi.
– Hye
– Hozir emas, Jungkook!
Hyeri unga etibor bermay mashinaga joylashib qoʻllarini koʻksida bogʻlab oldi.
Jungkook sukut saqlab ro'lga joylashgach oyna orqali orqa oʻrindiqda qovoq uyib oʻtirgan qizga koʻz tashladi.
– Nima boʻlgan taqdirda ham u otang.
– Menchi? Men u uchun shunchaki robotman. Hissiz va keraksiz. Oʻz manfaati yoʻlida foydalanadigan kimsa.
– Hye!
– Bas qil, Jungkook.
– U senga qoʻl koʻtarishi mumkin edi. Otangga bunday qoʻpollik qilma.
– Bu birinchisi emas.
– Bilaman.
– Men...
Hyeri chuqur nafas olib lablarini tishladi. Dadasi bilan oʻtgan suhbatdan buyon boʻgʻziga qadalib qolgan toʻsiq nihoyat tashqariga chiqdi. Yuzini kafti bilan toʻsgan qizni koʻrgan Jungkook qoshlari chimirilib mashinani chetga oldi. Undan tushgan yigit orqa tomon eshigini ochgancha cho'kkalladi.
– Hye, sen bilan ortiq koʻzyosh to'kmaslikka kelishmagan edikmi?
U qizning bilagidan tutib yuzidan olgancha uning ivib ketgan yanoqlarini artish uchun qoʻl choʻzdi.
– 15 yoshimdan buyon bosim ostida yashayman.
– Bilaman. Ammo sen kuchlisan. Buni oʻzing ham bilasan, axir.
– Jungkook...
Hye lablarini tishlab sochlarining qulogʻi ortiga oʻtkazar ekan Jungkookning qoʻlidan tutdi.
– Meni olib ket.
Jungkook qizning koʻzlariga bir necha soniya tikilib turib qoʻllaridan tutgan kichik kaftdan tutib jilmaydi.
– Sevgilim, sen uchun hamma narsaga tayyor ekanligimni bilasan. Ammo bundan oʻzing afsuslanmaysanmi?
– Yoʻq. Sen bilan boʻlsam, manaa shu qaramlikdan ozod boʻlsam boʻlgani.
– Hozir gʻazab ustida qaror chiqaryapsan. Biroz oʻzingga kelib ol. Bu haqida boshqa safar bafurja gaplashamiz, maylimi?
U qizning peshonasida bo'sa qoldirib mashinaga qayta joylashdi. Hafsalasi pir boʻlgan qiz Jungkook hech qachon bunday tavakkalga qoʻl urmasligini ham bilardi. Ikkisi ham ortiq suhbat qurmadi. Jungkook yoʻldan koʻra koʻproq qizga qarab qarab qoʻyayotgandi. Ammo uning yuzida hech qachon oʻzgarish yoʻq. Mashina universitet yonida toʻxtagach Jungkook Hyeriga yuzlandi.
– Ahvoling yaxshi shundaymi?
– Meni olib ketgani oʻzing kel. Uyga borishni istamayman.
– Qayerga borishni istaysan?
– Sen bilan birga qayergadir.
Yigit uning javobidan miyigʻida kulimsirab bosh irgʻadi.
– Yaxshi.
– Koʻrishguncha.
Hyeri mashinadan tushish uchun dastakka qoʻl uzatgan ham ediki, Jungkookninh doimgidan koʻra dagʻal va qatʼiy ovozi uni toʻxtatdi.
– Seo Chanbin... U seni ortiq bezovta qilmaydi.
Hyeri bir muddat qotib qoldi. Bir necha kun universitetdan chiqishda tortishib qolgandi u bilan va bunga Jungkook guvoh boʻlgandi.
– Va sen ham ortiq u bilan suhbatlashmaysan va oralashmaysan.
PovHyeri: Jungkookning gʻazabini koʻrganman. Bu bilan hazillashib boʻlmasligini ham bilaman. Endi miyanda aylanayotgan savol Changbinga nima boʻldi? Jungkookning qoʻriqchilar qatoriga oson qo'shilganining asl sababi ham shunda. U kuchli. Munosabat qurib boshlaganimizdan soʻng esa men guvoh boʻlgan narsa uning gʻazabi. U qahriga oson yengiladi va egalik qilish hissi hamma narsadan ustun. Hech soʻz demay mashinadan tushdim va bino ichiga kirdim.
PovJungkook: Men hatto janob Kimni oʻldirishga ham tayyorman. Uning Hyega qilayotgan muomalasi va ortiqcha bosim oʻtkazayotgani hamisha meni gʻazablantirgan. Uyga kirib borar ekanman janob Lee yelkamdan qoʻlini oʻtkazgancha meni oʻziga tortdi.
– Nima boʻldi, janob?
– Bugun tunda, janob Kim Mangoliyaga joʻnab ketadi. Xizmat safari, bir necha kun Koreada boʻlmaydi. Bu yerda hammaga oʻzing bosh qosh boʻlishing kerak. Kimlardan shubha qilishimizni yaxshi bilasan, shundaymi?
Uni jim tinglab bosh irgʻadim.
– Yaxshi. Janob Kimning qizi uyda yolgʻiz qoladi. Unga nimadir boʻlsa boshingiz bilan javob berasiz.
– Tushunarli janob.
Agar unga nimadir boʻlsa bunga sababchi boʻlgan odamning oʻzini boshini uzib olaman. Xayolimdan oʻtkazgan fikrdan lab chetida jilmayib janob Leedan uzoqlashdim. Uy ichkarisiga kirib onam boʻlishi mumkin boʻlgan tomon yurdim. Oshxonada oʻz ishini qilayotgan ayolni koʻrib ular tomon qadam tashladim. Ular meni koʻrib keng tabassum qildilar. Oyimning ortidan quchib oldim.
– O'glim, qachon kelding?
– Hozirgina. Nima qilyapsiz?
– Kechki ovqatlarga tayyorgarlik.
– Mm shundaymi?
– Jungkook, men aytgan ishni hal qildingmi?
1 hafta oldingi suhbatimizni eslab yuzim tundlashdi.
– Oyi, bu imkonsiz degandim-ku.
– Oʻgʻlim, bu yerda yashash menga yoqmayapti.
– Ammo men har kuni, har soat va har daqiqa shu yerda boʻlishga majburman.
– Aynan shu menga yoqmayapti. Sendan xavotirdaman. Qarzni toʻlab boʻlishimiz bilan bu yerdan ketamiz deganding. Salkam bir yildan buyon ham tugamadimi?
– Yana ozgina, maylimi oyijon. Birozgina sabr qilsangiz hammasi siz istagandek boʻladi.
Ularning yuzidagi xomushlik meni ham siqilishga undamoqda.
– Oyi, hammasi yaxshi boʻladi yoki menga ishonmaysizmi?
Oyim menga qarab yuzimdan silagancha majburan jilmaydi.
– Agar ishonmaganimda, Busandan bu yerga ortingdan ergashib kelmasdim, oʻgʻlim.
Men ham jilmayib ularning yanog'idan oʻpib qoʻydim.
– Kechagi gul va meva uchun raxmat.
Oyim ishiga qaytib quvnoq ohangda menga yuzlandi. Yuzimni egib jilmayib qoʻydim. Yuzim qizargan boʻlsa ham ajab emas. Mening hayotimdagi ikki ayolgina kulishimga va baxtni his qilishimga unday oladi. Faqatgina shu ikki inson uchun yashamoqdaman.
Hyeri darsdan soʻng universitetdan chiqar ekan qoʻlidan tortgan baquvvat qoʻl sabab yigitlar hojatxonasiga kirib ketdi. Ogʻzini toʻsgan ulkan kaftni oʻzidan uzoqlashtirishga qancha urinmasin qarshi tomonga kuchi yetmasdi. Yigit uni devorga qattiq tirab irillagancha qizning tanasiga yana-da yaqinlashdi...
– Yorobun, yangi fanfikni qarshi oling. Sizga yoqadi degan umiddaman. Iloji boricha yangilik qilishga harakat qildim. Fikrlaringizni kutib qolaman. Ishomanki, mani qoʻllab quvvatlaysiz, shadows.
#Aera