MAG'RUR ISHQ • Part - 9
Tuyg'ularim chalkash, go'yoki hamma hissiyot miyamda aylanib qay biriga quloq solishim kerakligini shivirlashayotgandek qulog'im ostida jaranglaydi. Hech qachon tinchlanmaydigan shivirlar. Chindan o'zimni qanday tutishni bilmayman. Bilmayapman. Sukut saqlash qanchalik to'g'ri? Men uni jimlik bilan jazolayapman deb o'ylaganimda u allaqachon bosh erkakning tasallisi ostida bo'lsachi? Keyin qanday yo'l tutaman? Yo'q, avval men anglab olishim kerak... Bu sevgi emas. Men shunchaki farzandimning onasi bunday xulq-atvorda bo'lishini xohlamayman xolos. Bundan ortiq narsa bo'lishi mumkin emas. Eng boshidan bu sevgi bo'lmagan. Do'stimga nisbatan bir lahzalik qiziqish va xato harakat.
- Jimin, - shift bilan tutashgan oynadan shaharni kuzatgancha alkogol ichib turgan yigit ortidan kelgan qizni payqab o'sha tomon qaradi. Kalta ipak libos va turmaklangan sochda xona markazida turardi. Go'yoki qandaydir ishora yoki undovchi harakat kutayotgandek. O'tkir atir hidi yigitning dimog'iga kelib urilarkan bu yerda nima qilayotgani, nima sababdan shu joydaligi yodiga tushdi. Qo'lidagi bo'shagan qadahni shisha stol ustiga qo'yib krisloga joylashdi u.
Jimin: Menga ichkilik olib kela olasanmi, Chayong?
Qizning ko'zi bo'shagan stakanga tusharkan ko'zlarini suzgan ko'yi bosh irg'ab viski uchun ketdi. Xayollari mutlaqo tarqoq bo'lgan Jimin o'rnidan turib yotoqqa o'zini tashlarkan chuqur uh tortdi. Butun tanasi qizib ketarkan egnidagi rasmiy kiyimining bir nechta tugmasini yechib chuqur nafas oldi. Ko'zlarini qayta ochishni istamagan yigit ochiq ko'ksi ustida issiq nafasni his qilarkan yon tomonga qaradi.
Chayong: Senga kerakligimni aytding... - shivirladi qiz
Jimin indamadi, yagona his qilayotgan narsasi bu haddan tashqari dimog'ni achishtiruvchi atir hidi edi. U yillar davomida o'zini ayollar bilan qondirib keldi. Ammo umuman ochiq jinsiy aloqa qilmas edi. Buning ustiga eng boshidan o'pishishni unchalik yoqtirmagan yigit bo'yni ostida harakatlanayotgan tildan jirkanib qizni o'zidan nari surdi.
Jimin: Chindan charchadim, Chayong.
Qiz ko'zlarini uzish haqida o'ylamas ekan istamaygina bosh chayqadi.
Chayong: Ammo men o'ylagandimki...
Jimin: Ertaga hammasini bafurja gaplashamiz. Og'ir kunni boshdan kechirdim.
Qizning gapirishini ham kutmay teskari burildi u va ko'zlarini yumib boshqa gapirmadi.
- Aniq ahvoling yaxshimi? - savol berdi Hajoon yonida endigina mashinadan tushishga shaylanib kamarni bo'shatayotgan singlisiga qarab.
Xarin: Ha nega bu haqida so'rayapsiz?
Kecha kechki paytga yaqin uydan chiqib ketgan eridan xavotir olgan qiz bugun tongda hamdardlik bildirish bahonasida singlisini ko'rishga kelgan akasidan offisga olib borishini iltimos qilgani sabab hozir kompaniya qarshisida turibdi.
Hajoon: Shunchaki, eringga bunchalik qayg'urishing shart emas demoqchiman xolos.
Hafsalasi pir bo'lgancha eshikni jahl bilan yopgan yigit singlisining paltosini kiyishga ko'maklashib uning yelkasidan tutib o'ziga qaratdi.
Hajoon: Singlim... Kel endi shu odam bilan ajrash. Axir men borman, senga istaganingcha aksiya va mablag' beraman. Xitoydagi kompaniyani nomingga o'tkazib ham beraman, Xarin. Bu yerdan ket, yangi hayot boshla Rani bilan.
Xarin: Aka... axir gaplashdik-ku, men yo'q demadim axir. Albatta ketaman. Biroq erimning otasini o'limiga endigina 2kun bo'ldi. Shuncha yillik turmushim haqqi Jimin bilan biroz bo'laylik, men emas Rani. Keyin bu haqida u bilan bafurja gaplashaman.
Hajoon Xarinning gaplarini tinglarkan 1 daqiqa oldin kelib to'xtagan mashinadan birgalikda tushib kelayotgan juftlikdan ko'z uzmasdi. Qo'llari o'z o'zidan siqildi uning, qizning oxirgi gaplari qulog'iga kirmadi hatto.
Xarin: Aka, meni eshityapsizmi?
Uning ham nigohlari o'sha tomon burildi. Erining yonida xuddi uning mashuqasidek hamroh bo'lib kelayotgan Xong Chayong xuddi Jimin kabi qarshisidagi odamlarni ko'rib to'xtadi.
Hajoon: Chindanam qadringni bilmaysan, Xarin.
Keyingi bosilgan qadamlar va bosib o'tilgan masofa ketishidan bir birini yeb yuborishga tayyor o'tkir nigohlar.
Jimin: Xayrli kun, Kim Hajoon.
Xarin: Kecha tunda qayerda eding? - ko'zlarini qarshisidagi erkakdan uzmagan holda savol berdi u.
Jimin: Bu senga qiziqmi? - qo'rslik bilan javob bergan yigitning hissiz turqiga ortiq qarab o'tira olmagan Hajoon o'zini jahldan tiyib tura olmay uning yuziga musht tushirdi.
Xarin: Aka!
Hajoon: La'nati! G'ururing qayerda qoldi, Park Jimin? Qizingning onasiga qanday munisabatda bo'lyapsan?
Yuziga ketma ket 2 marta zarba bergan qaynakasini kuch bilan o'zidan itarib yuborgan jimin og'zidagi qonni tuflab tashladi.
Jimin: Bizning oilaviy muammolarga aralashmaganing ma'qul, Kim!
Chayong: Jimin, qo'riqchilar shu yerda...
Yuzi allaqachon halloslab yugurganidan qizarib ketgan qiz ortidagi odamlarga ishora qilarkan Jimin hammasi joyida degandek isora bilan ularni chekinishga undadi.
Jimin: Kecha tunda qayerda edimmi, Xarin?! Seni akangning sevimli do'sti bilan yolg'iz qoldirish uchun chiqib ketdim. Xo'sh javobimdan qoniqdingmi, azizam?
Xarin: Nima? - yuzi burishib ketgan qiz oldingi bir necha qadam tashlarkan tushunarsizlikdan og'ziga gap kelmay qoldi hatto.
Xarin: Oilangga qilayotgan xiyonatingni shunday oqlashga urinyapsanmi? Men adashibman, senga men ham Rani ham kerak emasmiz.
Yuzi jiddiylashgan Jimin keskin rafiqasiga yaqinlashdi.
Jimin: Rani haqida bir og'iz ham gapirma. U mening qizim.
Xarin: U mening ham qizim, Park Jimin. Bilasanmi nima, senda hatto o'zligingga ham zarracha hurmating qolmabdi. Ortingda turgan kotibang bilan senga baxt tilayman. Bugunoq qizim va men hayotingdan chiqib ketamiz.
Ortiga burilib ketishga shaylangan qizning bilagidan tutib to'xtatgan qizning yuzini qattiq siqimlagan Jimin unga bor qahri bilan vishilladi:
- Aslo Ranini mendan uzoqlaashtirishga urinma, Xarin! Hech qachon!
Hajoon: Tomosha tugadi, Park Jimin. Ortingdagi mashuqangni ol-da daf bo'l, - singlisidan uni itarub yuborgan yigit Xarinning bilagidan ushlab mashinaga boshladi.
Hajoon: Balki endi sudga ariza topshirish vaqti kelgandir, Kim xonim?
Hamon qotib turgan Xarin qorachiqlarini erining yelkasidan ushlagancha yuzidagi jarohatlarini tekshirayotgan qizning harakatlaridan uzmas ekan bosh chayqadi.
Xarin: Agar uni otalik huquqidan mahrum qilsamchi?!
Hajoon: Ranini dadasining aybi uchun jazolama. Ammo agar sen shuni istasang men qarshilik qlmayman, Park hammasiga munosib.
Xarin hech narsa demadi shunchaki chuqur nafas yutgancha yuzini teskari tomonga burdi. U faqat bir narsani o'ylab o'ziga kela olmasdi... Nega bu insondan voz kecha olmaydi? Nahotki jimin uchun qilayotgan shuncha harakatlari uning ko'ziga ko'rinmayotgan bo'lsa?!
- Kecha Park JImin kotibasi Xong Chayong bilan birga edi, tongda ular yuzma yuz ko'rishishdi va mojaro kelib chiqdi.
Xona markazidagi uzun bo'yli yigit xo'jayiniga hisobot berarkan tomoq qirib yana gap boshladi.
- Janob, bir savol bersam maylimi?
Boshliq hech so'z demay ortiga burildi va bo'yinbog'ini rostlagancha o'rindig'iga joylashdi.
- Park Sunghanning o'limiga aloqadormisiz?
Erkak lab chetida biroz kulib qo'llarini qovushtirdi.
- Uning ajali o'zim edim, Jeyms.
Sariq sochli yigitcha javoban bosh egib qo'ydi.
- Keyingi topshiriq qanday bo'ladi, janob?
- Xarinning atrofida erkaklar ko'paymoqda. Vaqt bo'ldi, topshiriq nimaligini bilasan. 2 kundan so'ng buni tugat,- ko'p o'ylab o'tirmay buyruq bergan boshliqning topshirig'ini olgan Jeyms ortiqcha savollarsiz tazim qildi-da xonadan chiqib ketdi.
- Sening atrofingdagi erkaklarni birma bir yoʻq qilaman, sevgilim.
Tishlari orasidan shivirlagan inson o'zini bosiqlik bilan krisloga tashlab ko'zlarini yumdi.
- Dada, bobomning suratlarini divanim yoniga qo'yib qo'ysam maylimi? - Rani biroz oldin yig'lagani uchun achiayotgan ko'zlarini jajji qo'lchalari bilan berkitgancha gapirarkan Jimin qizining peshonasiga lablarini bosib uni quchog'iga tortdi.
Jimin: Albatta, qizim, sen hatto u bilan gaplashishing ham mumkin.
Rani: Chindanmi? Ular meni eshitadilarmi? - hayrat bilan savol berdi qizaloq. Jimin qizining pushti yanoqchasidan o'pib bosh irg'adi.
Jimin: Ha nega eshitmasin, axir bobong seni yaxshi ko'rardi, shunday emasmi?
Rani: Hatto javob ham beradilarmi?
Jimin: Afsuski yo'q, ammo u sening ovozingni har kecha eshitganida judayam xursand bo'ladi, yoningga keladi. Sen uni ko'rmasang ham bobong sen chaqirganingda shu yerda bo'ladi.
Rani: Unda men har kecha ular bilan gaplashaman.
Qizaloq nim tabassum bilan dadasining bilagiga yuzini qo'yarkan Jimin bu yoqimtoylikdan beixtiyor kulib yubordi.
Jimin: Qizim agar uxlashni istasang yur yotoqxonangga chiqamiz.
Kafti ichida turgan Ranining yuzini bosh barmog'i bilan silab jilmaydi u. Shu paytda zalda poshna ovozning jaranglagan tovushi eshitilarkan Rani sapchib o'rnidan turdi.
Rani: Oyim keldilar!
Qizchaning yuzi yorishib ketdi. U mitti oyoqchalari bilan shoshib yugurgancha zalga chiqarkan Xarin uni quchoq ochib kutib oldi.
Xarin: Aysh onasining malagi, farishtam mening.
Rani ham qizning yuziga labini bosib uning bo'ynidan qo'llarini o'rab oldi.
Xarin: Xo'sh meni sog'indingmi, qizim?
Rani: Juda ko'p sog'indim, oyi, dadam bilan suhbatlashdik, ular menga bobomning suratlarini berdilar. Tunlari ular bilan gaplashishim uchun.
Xarin: Shundaymi? - Soxta hayrat bilan javob qildi u, - qani suratni xonangga olib chiq-chi biz dadang bilan keyinroq boramiz. Bobongga aytmoqchi bo'lgan hamma gaparingni aytib ol.
Rani: Ho'p.
Jajji Rani suratni quchog'iga olgancha yuqoriga chiqib ketdi.
Xonada poshna ovozi atrofga sochilardi, boshqa hech qanday sas eshitilmaydi. Xarin ko'z osti bilan divanda qo'llarini keng yoyib suyanchiqqa tashlagancha gerdayib o'tirgan eriga nazar tashlab qo'yardi. Tashqaridan u hech qanday pushaymonlikni his qilmayotgandek di, go'yo. Ha aynan shunday aks holda Xarin buni his qilgan bo'lardi.
Xarin: Bilasanmi, Jimin, men o'ylab ko'rdim. Ajrim haqida.
Jiminning yuzida kutilgan munosabat akslanmadi. U hech qanday munosabat bildirmagan holda qizga tikilishda davom etdi.
- Men kompaniyada ish boshlamoqchiman.
Jimin jiddiylik bilan qaddini rostlar ekan endi Xaringa e'tibor bilan qaray boshladi.
- Bu nega ekanligini bilasanmi? Shaxsiy rivojlanish uchun deb o'ylaganding, shundaymi? Yo'q, bu dalil yig'ish uchun. Seni otalikdan mahrum qilish uchun xiyonatda ayblayman va barcha dalillarni o'z ko'zim bilan ko'rganimni aytib isbotlayman, albatta surat va kamera yozuvlari bilan.
Jimin bir muddat aqldan ozgan odamga qaragandek rafiqasiga tikilib turdi va boshining ortini asabiy siqib uh tortdi. u xuddi tinchlanishga urinayotgan kabi ko'rinardi. Biroq hali ham jim, faqat qattiq nafas ovozi eshitilib turardi va borgan sari kuchayib borardi.
– Hayotimdan daf bo'l, Xarin. Ortiq senga bardosh berolmayman, - o'rnidan sapchib turgan yigit stol ustidagi grafinni qo'lining orti bilan turtib uloqtirarkan qiz hayiqib ortga chekindi.
– Aslo menga ko'zyoshlaringni ko'rsatma! Sen ko'ringaning kabi zaif emassan.
Musht qilingan kaftini ochib peshonasini ishqagan Jimin undan yuz o'girarkan ovozini ichiga yutgan qiz tomog'idagi titroqni berkitib tilga kirdi.
– Sen haqsan, Jimin, men ko'ringanim kabi emasman, - divan ustidan egilib sumkasini olgancha qaddini rostladi u.
– Shunday ekan rafiqang bilan gaplashganda ovoz ohangingga e'tiborli bo'l, azizim.
Yonidan o'tayotgan qizning bilagidan ushlab qolgan Jimin uni kuch bilan o'ziga tortdi.
– Demak bu nikohdan voz kechmaysan.
Nim tabassum bilan tikilishda davom etdi Xarin.
– Pushaymon bo'lasan. Boshingga shunday kunlarni solamanki, o'zing ajaling ortidan quvasan. Dunyoni sen uchun jahannamga aylantiraman.
- Tahdiddan boshqasini bilmaysan!
Xarin gaplarini yakunlab eshik tomon harakatlanarkan birdan to'xtab ortga qaradi.
Xarin: Ertaga Sehun bilan u tajribali advokatni yoniga boraman. Yaqin qoldi, Park Jimin.
Jimin: Ming lanat! - lablari orasidan shivirlab so'kingan erkak asabiylik bilan o'zini divanga tashladi. U Xarindan bunday ish kutmagan edi, Ranidan foydalanishi... Chindan bunchalik xudbinlikka borishi uning xayolining bir uchiga ham kirib chiqmagandi.
Jimin: O'z his-tuyg'ularing uchun farzandingdan foydalanyapsanmi, hali, Kim Xarin?!
Quyosh botganiga ancha bo'lgan, o'z xonasida offis hujjatlariga ko'milib o'tirgan Jimin qulab borayotgan biznesini saqlab qolish uchun yangi homiylar qidirardi. Ulardan bir nechtasi allaqachon rad javobi berib ulgurgan. Eshik taqilladi. Yigit bu paytda hamma ketganiga ishonchi komil edi. Xonaga kirib kelgan erkakni ko'rib hayratini yashirmay qo'lidagi hujjat va ruchkani stol ustiga tashladi.
Jimin: Kim Sehun?
Sehun vazmin qadamlar bilan yurib kelib deriktor qarshisiga joylashdi.
Sehun: Sizga ham xayrli kech deriktor Park.
Jimin bu tushunarsiz boshlangan suhbatning maqsadi nima ekanligiga tushuna olmay kalovlanarkan qaddini rostlab javoban gap boshladi.
Jimin: Nega bu paytda meni yo'qlab qolgingiz kelganini bilmadim-u men hozir band edim.
Sehun: Kel, rasmiyatchilikni chetga suramiz, Park. Hozir ish vaqti emas va bu rasmiy tashrif ham emas.
Jimin: Nima istaysan? - ortiq gaplarini ichida saqlab o'tirishn istmagan yigit qoshlari chimirilgan ko'yi savol berdi.
Sehun: Erkakchasiga gaplashamiz, Xarin haqida.
Xotining ismini eshitgan Jimin jiddiy tortib stolga yana-da yaqinlashdi.
Sehun: U ertadan bu yerda ish boshlaydi. Sening ustingdan ariza ham topshiradi.
Sehun o'rnidan turib oyna yoniga bordi. Jimin ham asabiylik bilan o'rnidan qo'zg'alib erkak tomon borarkan ichidagi g'azabi toshib ketayotganini va yana bir necha soniya shu erkak bilan bir yerda tursa bu yaxshilik bilan tugamasligini tushunib turardi.
Jimin: Nimaga ishora qilayotganingni bilmayman, ammo Xarin mening rafiqam va men uni sendan ko'ra yaxshiroq bilaman.
Sehun lab chetida jilmaydi.
Sehun: Bunga ishonchim komil emas. Demak u sening rafiqang lekin u mening sevgan ayolim. Tez orada u butunlay meniki bo'ladi, - cho'ntagidan kichik qizil quticha chiqargan erkak gerdaygancha uni Jiminga ko'z-ko'z qildi.
Sehun: U seni sevadi, hatto haligacha. Seni deb ha sendek arzimagan birini deb telbaga aylangan. Uni bu ishni qilishga men undadim. Ranini boshqa senga ko'rsatmaymiz, unga o'zim otalik qilaman va Xarinni ham baxtli qilaman. Sen esa buni chetda kuzatasan... pushaymonlik bilan.
Kim Sehun har bir gapini tishlari orasidan vishillab gapirarkan Jiminning qo'llari uning bo'ynidan o'ralib jag'i ostiga musht joyladi.
Jimin: La'nati! Raniga ham Xaringa ham boshqa yaqinlashmaysan!
Sehun: Aslida sen endi ularga yaqinlasha olmaysan! Xarin boshqa seni qabul qilmaydi!
Jimin: U MENI SEVADI! - o'shqirdi yigit Sehunning yoqasidan siqimlab siltagancha, - SENI O'LDIRAMAN! BURDALAB TASHLAYMAN, LANATI!
Jimin ortiq qahrini bosib tura olmadi. Uning baqirig'i butun kompaniya bo'ylab yoyildi. Ochiq eshikdan jaranglab chiqqan ovozni eshitgan qo'riqchilar deriktor xonasiga shoshib kirisharkan bir birini qora qonga belab mushtlashayotgan erkaklarni ajratib olishdi. Ular boshliqni ilk marotaba rasmiy kiyimda offisda, o'z xonasida bunday tartibsiz holatda ko'rib turishi edi.
Jimin: Bilib qo'y seni yo'q qilaman! Agar rafiqam yoki qizimga yaqinlashgudek bo'sang seni o'ldiraman!
Qayta qayta bitta gapni takror aytayotgan Jiminga qarab faqatgina aqldan ozgan odamdek kulgan Sehunnu olib chiqib ketisharkan uni mashinasigacha kuzatib qo'yishdi.
Sehun: Endi uni senga berib qo'yadigan axmoq yo'q, Park.
Mashinaga yetib kelgan Sehun qo'riqchilarni siltab tashlarkan so'kingancha shunday deya pichirladi.
U yuzidagi qon dog'larini artib tashlab og'riqdan yuzi burishib og'zidan iflos so'zlar chiqararkan istamaygina mashinani o't oldirdi.
Tekis asfaltda bir maromdagi tezlikda ketayotgan mashina ortidan kuzatib borayotgan noma'lim shaxs endi tezlikni oshirdi. Bu hududda hech qanday kameralar yo'q avtohalokat uchun ayni muddao. Sehun nihoyat ortidan kuzatib kelayotgan qora rangli shubhali avtomobilni payqadi. Shubhalari rost yoki yo'qligini tkshirish uchun mashinani boshqa tomonga burib ko'rdi va orqadagi shaxs ham unga ergashdi. Vaziyat ancha jiddiylashdi. Mashinalar ochiq trassaga chiqishdi. Sehunning ichidagi ovoz bu Jimin yoki uning odami deb o'ylardi. Axir yigit bir necha daqiqa oldin unga o'lim tahdidini qildi. Yo'l borgan sari uzayib borar kuzatuvchi bo'lsa mutlaqo tezlikni o'zgartirmagan holda bir xil masofada uning ortidan kelardi. Sehunning ichidagi g'azab va xavotir o'ynay boshladi. Shunday davom etish kerakmi yoki to'xtab hammasini gaplashibb olgani ma'qulmi? U juda tez fursatda qaror qabul qildi va mashinani to'xtatishini orqadagiga ishora qlib chetga chiqdi. Pastga tushganida yuziga niqob taqqan erkak sharpasini va tillarang sochlarni ko'rdi.
Sehun: KImsan? - o'shqirdi u o'zi tomon katta qadamlar bilan yurib kelayotgan erkakni ko'rib. Ammo hech qanday javob olomadi.
Sehun: Hoziroq o'zingni...
Yigit yetib kelishi bilan hech ikkilanmay nishonining yuziga qo'lidagi qandaydirbtemir bilan tushirdi. U ortga chekinmasdi, hatto ko'zlari ham sariq sochlari ostida arang ko'rinarkan Sehun og'riqdan o'zini o'nglomayitgan paytida nomalum kimsa yana bir marta zarba berdi. U yerga yiqildi.
Sehun: Jimin... ? - zo'rg'a qiynalgancha gapirgan yigitga yuqoridan qarab turgan qotil hech ikkilanishsiz uning biqiniga qo'lidagi eski mashina temirini zarb bilan suqdi. Yuziga sachragan qon uni hatto bezovta qilmadi. Ko'zlarini hatto yumishga madori qolmagan Sehun o'sha soniyadayoq jon berdi. Hech qanday ovozsiz va sassiz, qarshi harakatlarsiz bitdi bu ish....