November 1, 2025

MAG'RUR ISHQ • Part - 2

MAG'RUR ISHQ • Part - 2

Mag'rur yuragingning behayo oshig'i ekanligimdan nafratlanaman...
Mag'rur yuragingning behayo oshig'i ekanligimdan nafratlanaman...

Shinam offis eshik devorlari atrofdagi ovozlarni o'tkazmasligi kompaniya deriktorlari uchun ayni muddao. Qarshisidagi yangi xodimning ishini ko'rib chiqib uni 3-marotaba ham sifatsiz deb topgan Park Jimin faylni jahl bilan stolga tashlar ekan bo'ynining ortini asabiy ishqab uh tortdi. Uning yuz ifodasini kuzatib turgan ishchi hayiqqancha titrab uzr so'radi. Ammo bu faqat Jiminning g'azabini qaynatish uchungina xizmat qilgandi, xolos. Bor ovozda o'shqirib yuborgan deriktor Park jizzakilik bilan o'rnidan sapchib turdi. Xodimlar xonani tark etganidan so'ng ham ancha vaqt baland binodan atrofni kuzatib turdi, toki xona eshigi so'roqsiz ochilmaguncha.
– Bugun juda asabiy ko'rinasiz, janob Park.
Jimin do'stini ko'rib hovuridan ozgina tushgan ko'yi ish stoli ustidagi hujjatlarni tartiblay boshladi.
– Senga ham xayrli kun, Lien.
– Yangi ishchilar kelibdi deb eshitdim, kotibangni boshqa lavozimga o'tkazibsan.
– Xong Chayong, dadamning do'stining qizi. Bu qaror menga tegishli emas, aks holda o'zing bilasan.
Yuzidagi kulgu kengayib ketgan Lien javob qaytarish uchun og'iz juftlar ekan hech qanday hijolatsiz xonaga kirib kelgan qiz qo'lidagi kichik finjonni Jiminning stoli ustiga qo'ydi.
– Juda asabiylashding, Jimin, sen yaxshi ko'radigan qahva damladim, ichib ol.
O'zini haddan tashqari erkin tutayotgan qiz boshlig'ini sensiragancha qahva taklif qilib hech qanday takallufsiz kresloga cho'kdi.
– Ehtimol bu sen uchun yangilikdir, Chayong, ammo o'zingdan yuqoridagi xodimlarga hurmat ko'rsatsang yaxshi bo'lardi.
Jimin xonadagi uchinchi shaxsga ishora qilgan holda qattiq ohangda gapirib kotibasiga yuzlanganida Lien qizning ko'zlariga tikilish uchun uning nigohini quvib uni kiprik qoqmay kuzatar ekan qarshisidagi xodimaga mutlaqo e'tibor qilmagan Chayong yana keng tabassum qildi.
– Aslida sizni tushlikka taklif qilgani kirgandim, janob Park. Yangi kotibangiz bilan bafurja ish haqida tushlik vaqti gaplashib olishga nima deysiz?
Bir zumda mavzu boshqa tomonga burildi. Qoshlari chimirilgan Jimin hujjatlarini chetga surib stolni aylanib o'tgancha uning qarshisiga keldi.
– Xodimlarim bilan chaq-chaqlashib o'tirishga vaqtim yo'q, Xong xonim. Qizimni kasalxonadan olishga borishim kerak. Nimadir kerak bo'lsa Kim Liendan so'rashingiz mumkin.
Do'stining ters javobidan qosh uchirib qo'ygan Lien mag'rurlangancha o'rnidan turdi.
– Kim Lien, Park Enterprise ( Park Enterprays ) kompaniyasining ijodiy rahbari.
Chayong bir necha soniya qizga qarab turib uning qo'lidan siqib o'zini tanishtirdi:
– Xong Chayong, Deriktor Parkning shaxsiy kotibasi.
Shaxsiy so'ziga alohida urg'u bergan qiz tezda kaftini Liendan tortib olib Jiminga yuzlandi.
– Jimin, qachon qaytishingizni ayta olasizmi, bilishim kerak deb o'ylayman.
– Bu shaxsiy masala.
Boshqa nimadir deyishni lozim topmagan yigit qizlarni o'z xonasida qoldirgancha chiqib ketdi.

PovXarin: Ranini kiyintirib bo'lgach telefonimni qo'lga olar ekanman, unga qo'ng'iroq qilish yoki qilmaslik haqida o'ylanib qoldim. Kechagi barcha o'rtamizda bo'lib o'tgan suhbatlardan so'ng ikkilanishim tabiiy.
Rani: Oyi, suv ichishni istayman.
Ayni muddao. Vaqtni ajoyib tarzda cho'zyapsan qizalog'im. Stakanni endi qo'limga olgan ham edimki, telefonim jiringlay boshladi. Raniga suv quyib berib qo'liga tutgancha tinmay bo'layotgan qo'ng'iroqqa javob berish uchun ortga burilgan onimdayoq telefonimni qo'lga olishim bilan xonada singan shisha ovozi jarangladi.
Xarin: Yo Xudoyim, Rani, kuymadingmi? - shoshgancha qizimning tanasini ko'zdan kechirarkanman qo'rqib ketgan qizim yig'lashdan to'xtay demasdi.
– Rani? - bolamni bag'rimdan bo'shatib palataga endigina kirib kelgan Jiminni ko'rdim. Dadasini ko'rib battar jazavaga tushib yig'lagan Rani quchog'imdan chiqib Jiminga talpindi. "Jonkuyar erim" uni ko'tarib olgancha yuzlaridan o'pib tinchlantirishga urindi. 2 daqiqa ichida qizimni ovutib jim qilgan Jimin menga ishora qilib qizimni palatadan olib chiqib ketdi. Hech narsa demay narsalarimizni yig'gancha men ham ularning ortidan ergashdim.

Kasalxona yo'lagini qizalog'imning sho'x kulgusi tutib ketdi. Jimin uning ko'nglini olishni juda yaxshi biladi. Ikkisi nimalarnidir gaplashib ketishardi.
Rani: Dada, bugun siz bilan yotsam maylimi?
Rani dadasining belidan oyoqchalarini o'rab olgancha uning bo'ynidan quchib savol berdi. Tabiiyki, Jimin keng tabassum bilan bosh irg'adi.
Jimin: Biz bilan Mimi ham yotadimi? - mushukni nazarda tutib hazilomuz tarzda qosh chimirdi yigit.
Rani: Yo'q, bilaman sizni mushuklarga allergiyangiz bor.
Jimin: Aysh aqlli qizaloq, - burnini qizchasining burniga ishqagancha erkalagan yigit uning lo'ppi yuzidan o'pib oldi.
Rani: Dada, oyim ham biz bilan yotishini istayman.
Nima deyishni bilmay kalovlanib qolgan Jimin tezda o'zini yig'ib yuzini burishtirib bosh chayqadi.
Jimin: Aysh qizim, aytdim-ku axir mushuklarga allergiyam bor.
Baland ovozda kulib yuborgan qizaloq og'zini kichik qo'lchasi bilan yopib qiqirlarkan dadasining qulog'iga pichirladi.
Rani: Dada, Oyim ham mushukchami?
Jimin: Ha-da, qaysar va jahldor mushukcha.
Jimin ham javoban kulib Ranini mashinaga joylashtirdi.
Rani: Dadajon, biz bilan ovqatlanasizmi? Pishloqli pitsa olib bering, iltimos - o'zi tengidagi bolalarga qaraganda ancha zehni o'tkir bo'lgan qizaloq doim kimdandir nimadir so'raganida "iltimos" qilishga o'rgangan. U ziyoli oilaning merosxo'ri bo'lgani sababli bolaligi boshqa bolalarnikidek erkin emas balki tartibga olingan edi, shu bois Rani og'ir-vazmin va odobli bo'lib katta bo'lmoqda.
Jimin: Albatta, qizalog'im sen yoqtirgan restarantga boramizmi?
Xarin: Qayerga bermoqchisiz? - nihoyat ularning ortidan mashinaga yetib kelgan Xarin suhbatga aralashdi.
Jimin: Rani, pishloqli pitsa yeyishni xohlar ekan.
Xarin: Yaxshi, boramiz. - e'tiroz bildirmay mashinaga joylashgan Xarin qizining egnidagi kiyimini tekshirib to'g'irlab qo'ydi.
Mashina harakatlanganidan so'ng deyarli 10 daqiqa hech kim bir so'z aytmadi. Jimin old oynadan rafiqasi va qiziga ko'z tashlab qo'yar ekan nihoyat gap boshladi.
Jimin: Kechagi qo'polligimdan afsustaman.
Oynadan atrofni kuzatib ketayotgan qizga qarata gapirdi Jimin. Xotinining qovog'i umuman ochilmayotganining sababi o'zi ekanligini payqab asabiylik bilan aybini tan oldi.
Xarin: Faqat qo'polliging uchunmi?
Jimin: Xarin
Oyna orqali ko'z urushtirgan juftlik bir biridan alamzadalik bilan suhbat qurishardi.
Jimin: U yerga bormasliging kerak edi va ko'rmasliging kerak bo'lgan narsani ko'rding.
Ro'lni qattiqroq siqqancha gapirayotgan Jimin qayta-qayta unga nazar tashlab qo'yishdan tiyilmasdi. Kechagi ko'rgan manzarasi va ularning o'rtasidagi suhbat chindan oldin sodir bo'lmagan. Jimin bunday ahvolga tushganini hazm qilolmay bor zahrini Xaringa sochdi.
Xarin: Demak sen qilayotgan ish emas mening buni ko'rganim xato, shundaymi Jimin?
Rani: Nega urushyapsiz?
To'satdan onasining baland ovozidan sapchib tushgan Rani o'zining qaltiroq ovozi bilan oraga qo'shildi. Jag' suyaklari jizzakilik tasirida g'ichirlagan yigit rafiqasiga boshqa so'z gapirmadi.
Jimin: Urushmadik, qizim, oyingni jahli chiqdi xolos.
Rani: Siz ham menga o'xshab ularning aytganini qilmadingizmi?
Jimin: Oying senga ham shundag baqiradimi, Rani? - ko'zlarini oyna orqali Xarin bilan tutashtirgan Jimin biroz qo'rslik bilan savol berdi. Qizaloq bir oyisiga bir dadasiga qarab qo'yarkan juda past ovozda javob qaytardi.
Rani: Ba'zan...
Xarin: Rani!
Boshini aybdorlarcha egib olgan qizini zimdan kuzatgan yigitning ko'zlari jahl bilan qisildi, biroq ayni damda suhbatni davom ettirishni lozim topmadi.

~

Rani restarantga kirishi bilan xursandlikdan deyarli qichqirib yubordi. Dadasining qo'lidan mahkam ushlab tez-tez qadam bosar ekan odamlardan holiroq joyga borib joylashishdi. Buyurtma berishgach ovqatlanishdan oldin ichishi kerak bo'lgan seroblarni qabul qilgan qizaloq kecha Lien xolasi olib kelgan o'yinchoq bilan ovunib qoldi.
Jimin: Boshqa men bilan gaplashganingda ovozingni ko'tarma.
Xarin: Sen doim shunday deysan.

Jimin: Sen esa buni takrorlashda davom etyapsan.
Qarshisidagi erkakning ko'zlarida g'azab aks etib turganini payqagan qiz boshqa hech narsa demasdan shunchaki jim bo'lishni tanladi. Jimin jiringlayotgan telefonini qo'lga olgunga qadar rafiqasidan o'sha tahdidli nigohlarini uzmadi.
Jimin: Eshitaman, Chayong.
– Jimin, dadam bugun siznikiga borishimiz mumkinmi yo'qligi haqida so'rayapti. Kotibang sifatida buni men so'rashim kerak emish, - gaplariga hazil ohangini qo'shib gapirgan qiz boshlig'idan qandaydir najot kutarkan hech qanday munosabat bildirmagan yigit shunchaki qisqa javob bilan go'shakni qo'ydi.
Jimin: Albatta, sizni kutamiz.
Uzoq o'ylab ko'rishga hojat ham yo'q aslida. Otasining do'stiga rad javobi berolmasligi aniq. Uy xizmatkoriga qo'ng'iroq qilib bugungi mehmonlar haqida aytib qo'ygan yigit telefonini qayta ichki cho'ntagiga soldi.
Xarin: Qanday mehmon? - erining xizmatchi bilan suhbatini bevosita eshitgan qiz o'rinli savol bilan unga yuzlandi.
Jimin: Dadamning quroldosh do'sti va uning qizi.
Xarin bir necha soniya nima deyish haqida óylab gapirmadi, keyin esa shunchaki bosh irg'ab qo'ydi. Miyasida aylanayotgan jumla esa Jiminning "eshitaman, Chayong" so'zlari edi. Bu oldin Xarin eshitmagan ism va bu "dadamning do'stining qizi" deb atalayotgan shaxs qizni yetarlicha xavotirga soldi.
Hamma o'z o'y-fikrlari bilan mashg'ul ekan buyurtmalar olib kelindi. Yana kichik Ranining baland ovozi atrofga yoyildi.

Jimin: Chindan bu jajji qizaloqni xursand qilish juda oson, to'g'rimi malikam?

Jimin keng tabassum bilan qizining stolini o'ziniki bilan birlashtirib oldi. U oyisi tomonidan idishiga solinayotgan pitsa bo'lagini kutib hayajon bilan tikilarkan og'ir likopchani ko'targan qiz to'satdan og'riqli ingrab yubordi.
Xarin: Aysh jin ursin*
Rani ham Jimin ham hayron ifoda bilan unga qarasharkan yuziga tabassumni majburan chiqargan Xarin qizining idishini yoniga qo'yishi bilan qo'lini tortib olib ikkinchi kafti bilan qattiq siqib oldi. Barmog'idagi og'riqdan yuzi burishib ketarkan undan nigohlarini uzmay tikilib turgan Jiminga ko'zi tushdi, ammo hech narsa demay nigohlarini olib qochdi.

~

PovJimin: Ovqatlanib bo'lgach oilaviy hordiq charchoqlarimdan xalos bo'lishga yordam berganini his qildim. Hammasi kichik farishtam sabab. Boshida men xohlamagan farzandim. Hozir esa hammasidan charchaganimda va o'zimni dunyodagi eng baxtsiz inson sifatida his qilganimda yagona tinchlanadigan maskanim shu mitti qizalog'imning bag'ri. Men u uchun hammasiga tayyorman va Ranining bu hayotda yashab qolishi, butun umrim davomida men bilan bo'lishi uchun hamma narsa qilaman. Men ham Xarin ham kurashishdan to'xtamaymiz. O'rtamizda bo'lgan shuncha ishga qaramay bizning farzandimiz bor, uni ota-onasiz ulg'ayishini har ikkimiz ham xohlamaymiz. Xarin hayotimning mutlaqo boshqa sahifasi. Qizimning onasi bo'lganligi va menga cheksiz baxt ulashgani uchun uni hurmat qilishim kerak. Lekin hammasi izdan chiqib ketmoqda. Munosabatlarimiz har doimgidan-da yomonlashyapti, biz oxirgi nuqtaga soniya sayin yaqinlashayotgandekmiz go'yo. U men qo'ygan to'siqlarni osonlik bilan buzib tashlaydi. Balki shu sabab unga bo'lgan hissiyotlarim, yuragim tubidagi nafrat hech qachon o'chib ketmas...
Mashina hashamatli villa yonida to'xtadi. Xarin qizi bilan birgalikda pastga tushib uni ko'tarib oldi.
Rani: Dada, siz ham biz bilan uyda qolasizmi? - onasining bag'rida dadasidan ko'z uzmayotgan qizcha intiqlik bilan savolining javobini kutarkan mashinani aylanib o'tgan yigit qizining salqin havo sabab qizargan yanoqlaridan o'pib jilmaydi.

Jimin: Hozir ketishim kerak, Rani. Bugun oqshomda uyimizga mehmonlar kelishadi. O'tgan kuni seni olib kelgan kiyim yodingdami? Rani keng tabassum bilan tasdiq ma'nosida bosh irg'adi.
Jimin: Bugun o'sha kiyimni kiy maylimi? Men ertaroq qaytishga va'da beraman.
Rani: Sizni kutaman, - lablarini cho'zgan Rani onasining bag'rida turib Jiminni o'pib qo'ydi-da qo'l siltadi.
Xarin: Bu mehmonlar sen uchun shunchalik muhimga o'xshaydi.

Jimin: Shunday bo'lsa nima? Bu seni bezovta qilmasin.
Qizning sovuq savoliga qo'pollik bilan javob qaytargan Jimin ters burilgancha mashinaga joylashib jo'nab ketdi. Yana qayta beixtiyor qilingan qo'pollik ortidan asabiylik. Ko'zlarini chuqur yumib mushtini siqib ochgan Jimin mashinaga o'tirgach uyga kirib ketayotgan rafiqasi va qizidan ancha kuzatib turdi. Aslida u bu nafrat sababini bilmaydi, biroq nazorat ham qilolmaydi.

~

Lien: O'ylashimcha buni qayta takrorlashimga hojat yo'q, Chayong. Hujjatlarni ol va qaytadan yig'ib chiq.
Chayong asabiy sochlarini ortga tashlarkan chuqur nafas olib qo'lidagi fayllarni stolga qo'ydi. Baland ovozdan qoshlari chimirilgan Lien qo'lini ko'ksida bog'lab uning ishi sabab hisob so'ragandek tikildi.
Chayong: Quloq sol, azizam, men odatiy ishchilar kabi emasman. Men bilan istaganingni qilolmaysan.
Lien: Ha hali shundaymi? Mehribon otangning erkatoy qizi sifatida qiynalib qolding, shundaymi? Seni bir og'iz gap bilan ishdan hayday olishimni bilasanmi?

Chayong

Lien: Seni hozirning o'zida bu yerda daf qilaman, la'nati ilon!
Qizning yelkasidan turtib itarib yuborgan Lien uning to'zg'ib ketgan sochlari orasidan chaqnab ketgan nigohlari bilan to'qnashdi.
Chayong: Hozir seni nima qilishimni ko'rasan!
Bir necha qadam va rahbari qarshisiga kelgan Chayong javoban uning bo'ynidan kaftini o'rab oldi.
Lien: Sen manjalaqi!
Bo'g'ilgan tomog'i bilan o'shqirgan qizning ovozini eshitgan boshqa ishchilar Lienning xonasi atrofida yig'ilishar ekan zal bo'ylab xotirjam yurib kelayotgan Deriktor odamlarni ko'rib hayratga tushdi.
Chayong: Sen meni yo'q qilolmaysan! O'zingni bu yerdan daf qilaman, uqdingmi?
Lien qo'lini cho'zib Chayongning sochiga yopisharkan ikkisining qichqirig'i butun kompaniyani tutib ketdi.
Jimin: NIMALAR BO'LYAPTI, BU YERDA?
Ichkariga bostirib kirgan Jimin urushayotganlar kim ekanligini ko'rgach o'shqirib yubordi.
Hali ham ajralishmayotgan qizlarning birini bilagidan tutib o'ziga tortgan yigit ularning har ikkisiga qahr bilan tikildi.
Jimin: BU YERDA NIMA QILYAPSIZ DEDIM?
Chayong: J..Jimin...
Lien: Quloq sol, Park Jimin, yoki mana shu shallaqi qiz bu yerdan ketadi yoki men ketaman!
Jimin: Menga shart qo'ya olmaysan, Kim Lien. Sen bu yerda oddiy xodim emassan, rahbarsan bu yerda! - ovozi balandlashib unga o'dag'aylab kelayotgan yigitning o'tkir nigohlaridan ko'zlarini olib qochgan qiz biroz oldin go'shtini maydalab yeyishga tayyor kotibaga qaradi.
Chayong: Jimin, bu mening aybim emas, ishon... m.. men faqat bugungi kechki ovqat sababli ertaroq ketish uchun ruxsat so'radim xolos. U esa meni haqorat qila boshladi.
Yig'lagan ko'yi jazavaga tushib Jiminning qo'lidan ushlagan Chayong uni o'ziga qaratishga urinarkan Jimin uni siltalab tashladi.
Jimin: Seningcha men Lienni bilmaymanmi, Chayong? Sen endi shu kompaniya xodimisan nomingga va kasbingga munosib odam bo'lishing kerak.
Lien: Hah buni qarang... Haqorat qilganmishman.
Jimin: Lien

Lien: Lien: Hech qanday tajribasi yo'q odamni bunchalik oson ishga olganingni chetga surib turamiz, ammo u bilan kechki ovqatlanish nega?
Yuzini kafti bilan asabiy ishqagan yigit tinchlanishga urinib bo'yinbog'ini qo'pollik bilan bo'shatib ko'ylagining bir nechta tugmasini yechib tashladi.
Jimin: Bu mening shaxsiy masalam, Lien. Ishda men bilan chegara bilan gaplash.
Lien: Sen qanday chegara haqida gapiryapsan, Jimin? Jin ursin sen oilalisan! Ortingda turgan megajin sen uchun tayyorlanmoqchi edi o'sha kechki ovqatga!
Baqirib yuborgan Lien ayni damda ishchi xodim yoki Jiminning do'sti emas, hayoti botqoqqa botib bo'lgan dugonasining shaxsiy advokati sifatida yonib-kuyayotgan edi.
Chayong: U aqldan ozib qolibdi, Jimin - shoshgancha gapga aralashdi qiz biroz oldingi gaplarini xotirasidan o'tkazib.
Jimin: Lien bas qil, rostdan chegaradan o'tyapsan.
Lien: Menmi? Men chegaradan o'tdimmi? Aybni noto'g'ri odamdan qidiryapsan.
Jimin: Bu yerda kimgadir ayb to'nkashga harakat qilayotgan yagona odam sensan.
Jimin ortiq do'stininh ortiqcha vahimasiga vaqt sarflashni istamay undan javob kutmasdan Chayongga yuzlandi.
Jimin: Ketishing mumkin, oqshomda ko'rishamiz.
Qo'rs ohangda gapirgan yigit qadrdonining gaplari sabab u tomon burildi.
Lien: Sen chindan hech biriga, mehr sevgi hatto e'tibor va hurmatga ham arzimaysan, Park Jimin. Demak men aybdor yangi kotibang esa jabrdiyda. Ajoyib. Unda eshit, bugundan boshlab do'stligimiz tugadi. Menga ishonmaydigan do'st ham rahbar ham menga kerak emas.
Jimin: Jahl ustida qaror qilyapsan, hovuringdan tushganingda gaplashib olamiz.
Qizning ko'zyoshlariga ham gaplariga ham e'tibor bermay chiqib ketgan yigit xonasiga kirib ketdi.

~

PovXarin: Allaqachon mehmonlar kelgani haqida xabar berishdi. Qizimni buvasi pastga olib tushib ketdi, men esa hali ham ko'zgu qarshisidaman. Egnimdagi libos unchalik hashamdor emasdi, deyarli oddiy. Nihoyat xonadan chiqib pastga tushdim. Kutilgani kabi mehmonlar stol qarshisida o'tirishardi, shu jumladan Jimin Ranini yoniga olib o'tiribdi. Ularga salom berib erimning yonidan joy oldim. Qarshimdagi qiz... Xong Chayong. Negadir u menga boshqacha qaray boshladi. Libosim yomon turmadimikan deb ham o'ylab qoldim.
– O'g'lim Jimin, Chayong bugun bir ahvolda uyga keldi. Eshitishimcha bir xodimang uni haqorat qilibdi.
Chayong: Aysh dada, hammasi joyida dedim axir.
Jiminning o'tkir nigohlaridan ko'zlarini olib qocha-qocha javob berdi qiz.
Jimin: Kompaniyada shunday holatlar ham bo'lib turadi.
– Bilasanmi, qizim tabiatan kimgadir ozor beradiganlardan emas. Uning tajribasi yo'q, uni senga ishonaman.
Qoshlarim chimirilib biroz hayratga tushdim. Bu odam Jiminning oilali ekanligini yodidan chiqarib qo'yganga o'xshaydi.
Xarin: Azizam, siz qanday lavozimda ish boshladingiz? - soxta muloyimlik bilan unga savol berdim.
Chayong: Jiminning shaxsiy kotibasi lavozimida, Xarin.

Ishonchim komilki, bu gaplardan qandaydir ayyorlik ufurib turibdi. Mutlaqo samimiyatdan asar ham yo'q.
Xarin: Kim bilan tortishib qolganigizni bilsam bo'ladimi?
Chayong: Ijodiy ishlar rahbari bilan. Bilasizmi chindan uning asablari charchagan menimcha tatilga chiqishi kerak.
Qiz baland ovozda kulib dadasiga burilar ekan qaynotam va uning do'sti qah-qah otib kulib yuborishdi.
Xarin: Bu Lienmi? - avval Xong xonimning o'ziga keyin esa Jiminga yuzlandim. Erimning tashqi qiyofasiga qaraganda taxminim to'g'ri.
Xarin: U bizning do'stimiz. Ishonamanki Lien bunday qilmagan bo'lardi.

Chayong: Unda men yolg'on gapiryapmanmi, sizningcha Xarin?
Shubhalangancha turmush ortog'im tomon qaradim. Uning jag' suyaklari asabiylik bilan o'ynab ketdi.
Jimin: Bas qil, Xarin. Men o'sha yerda edim.
Xarin: Ammo Jimin...
Jimin: Men bas dedim.
Uzil-kesil aytilgan gapdan so'ng bizning qarshimizda o'tirgan Chayongga qaradim. Bu qiz yana kim bo'ldi, jin ursin?!

~

Ichkilik tasirida hamma qizg'in suhbatga berilib ketdi. Qaynotam va uning do'sti farzandlarining yutuqlari haqida gaplashisharkan bu yerdagi ortiqcha odam sifatida hech bir suhbatga aralashmadim.
Chayong: Haligi menga yuvinish xonasi kerak edi...
Kelgan xizmatkorga shivirlav o'rnidan turgan qiz boshini ushlab chayqalib ketdi.
Chayong: H..hammasi joyida, men alkogol yo'qman.
Uning kulgu ovozi zalni qoplar ekan yomon tomonga burilganimda erimning yuzida ham tabassum aks etib turardi. Bu nimasi bo'ldi?! Men bilan nigohlari birlashishi bilan jiddiy tortdi u. So'ng men ham yuzimni boshqa tomon burdim. Uning keyingi harakatlari ortiq qiziqtirmadi.
Janob Park: Jimin, o'tgan yili Yaponiyadan olib kelgan viski yodingdami? Borib o'shani olib kelsang.
Jimin: Albatta, 5 daqiqa qaytaman.
Ichkilik tugaganini payqagan Janob Park Jiminni yuqoriga chiqarib yubordi. Rani ham dadasining ortidan ergashdi.

Yuqoriga chiqqan Jimin ichkilikni olib ortiga qaytayotgandi. Asosiy zal bo'ylab yurarkan birdan ochilgan eshik va u yerdan chiqqan qizga urulib ketdi. Boshi aylanib ketgan Chayong yiqilmaslik uchun yigitning bo'ynidan qo'lini o'rab olarkan bir muddat ular shu alfozda qotib qolishdi.
Chayong: J..Jimin
Jimin qizning qizarib ketgan yanoqlariga qosh chimirib qarab turarkan uni turishga ko'maklashdi. Ammo Chayong yana muvozanatni yo'qotib qo'yib yonidagi erkakning yelkasiga osilib oldi.
Jimin: Ahvoling yaxshimi?

PovXarin: Xonadagi soatga qayta-qayta qarab qo'yardim. Nega ularning ikkisi ham bunchalik qolib ketdi?! Bildirmay o'rnimdan turdim-da ikkinchi qavatga ko'tarildim. Zinalardan ko'tarilib zalga ko'z tashlarkanman bir biriga yopishib turgan erim va uning kotibasini ko'rdim. Uning belidan tutgan ko'yi turgan erim xavotir bilan qizning yuziga kaftini ortini bosdi.
Jimin: Ahvoling yaxshimi? Yanoqlaring qizarib ketibdi.
Yuragim har doimgidan-da og'riq bilan urib ketdi. Bu haqiqiy mehr edi. Men hech qachon his qilmagan e'tibor... Farzandining onasiga aqalli bir marotaba ham ko'rsatilmagan sevgidek ko'rindi bu ko'zimga. Ortga qaytish uchun chog'lanarkanman Ranining ovozi meni to'xtatdi.
Rani: Oyi...
Men tomon qaratilgan nigohlar bilan yuzlashdim. O'zimni qanchalik zaif his qilmay yuzimga jizzaki va tund qiyofani aks ettirib ular tomon yurdim.
Xarin: Bu yerda nima qilyapsiz?
Chayong: H..haligi siz bizni...
Xarin: Biz? Chayong, siz qachondan buyon erim bilan o'zingizni "biz" deb atashni boshladingiz
Jimin: Xarin, hurmatni unutib qo'yganga o'xshaysan.
Xarin: Qizingning ko'z oldida boshqa ayol bilan qanday qilib bu tarzda harakat qila olasan, Jimin?
Endi o'zimni tuta olmay ovozimni ko'tarib Jiminga yaqinlashdim. Menga o'lik nazarini qadagan yigit Ranini ko'tarib oldi.
Jimin: Xonamizda gaplashamiz. Hozir vaqti emas. Sen o'ylagan hech qanday muammo yo'q, shuni bilsang bo'lgani.
Yonimdan qizimni ko'tarib o'tib ketgan yigitning egnidan ufurib turgan Chayongning iforini aniq his qildim. Hatto hisob berishni lozim topmagan erim meni nazariga ilmay bu yerni tark etdi. Ortidan esa Chayong...

~

2-qism tugadi.
Torisini aytsam bu ffni dark romance mafia ffladan charchaganim uchunam mazza qib yozyapman. Mani mehnatimni hurmat qigan holda o'qiganka fikr yozib ketasila degan umiddaman💗