SHACKLED HEART - EP_15
Mashinalar oldinma ketin ketishar ekan orqadan kelayotgan Suganing odamlari bizni aylanib oʻtib oldinga chiqishdi. Biz akam bilan esa ikki moshina o'rtasida ketar edik. Xavotirim bosilib oʻzimni xotirjam his qilayotgan bir paytimda orqadan kelgan oʻq ovozidan ichimga gʻulgʻula tushdi. Akam koʻzlarini olazarak qilib mashina yon oynalariga tinmay koʻz tashlarkan tezlikni keskin oshirdi. Yoongining mashinasiga esa qayta va qayta oʻq uzishmoqda. Rangim oqarib ketgan boʻlsa, hecham ajablanarli emas. Oyoq qo'lim qaltirab oʻrindiqqa mixlanib qoldim. Koʻzlarimni esa yon oynalardan uzmasdim. Suga ham tezlikni oshirdi. U deyarli bizga yaqinlashib kelib qolgandi, ammo ortidan kelib urgan mashina sabab yana orqada qolib ketdi.
Raewoon: Jin ursin*
Akam so'kingancha roʻlni pala partish harakatlar bilan aylantirarkan akam tomondan kelgan mashina bizni siqa boshladi.
Lien: Aka hozir trassadan chiqib ketamiz!
Yelkamdan oʻtgan kamarni siqimlab ovozim boricha qichqirdim. Yonimizdan bizni tiqib kelayotgan mashina sekinlashib orqada qoldi.
Lien: Nima boʻldi?
Ikkimiz ham bundan biroz hayratlanib vaziyatni tahlil qila olmay qoldik. Akamning koʻzlari yon oynadan orqa oynaga koʻchib sergaklanib turardi.
Lien: Yoongiga nimadir boʻldimi?
Raewoon: ORQAGA!
Oʻrindiqlar orasiga bosh suqar ekanman akam baqirgancha meni yon tomonga itarib yubordi. Ammo ular kechikkandi. Yelkamdagi oʻyuvchi ogʻriq butuj vujudimga tarqab nafas olishimni ham cheklab qoʻydi. Terimga tekkan sovuq suyuqlikning hidi ham bir muncha vaqtdan soʻng salonga tarqab ketdi.
Raewoon: Ming laʼnat! Ahvoling yaxshimi?
Oʻq oynani teshib oʻtganini hisobga olsak u tanamga emasligini oʻylab xursand boʻldim. Har qalay bu oʻldiradigan jarohat emas deb umid qilaman. Kuchli ogʻriq sabab qattiq qattiq nafas olsam ham kislorodga toʻymasdim. Akamning gaplari qulogʻimga kirmas diqqatimni bir yerga jamlolmay qoldim.
Nihoyat mashina toʻxtadi. Qoʻllarim oʻz oʻzidan qaltirab ketayotgandi. Eshik tutqichini tuta olmay asabiylashib ketdim. Akam tezda meni qoʻliga koʻtarib ichkariga kira boshladi.
Raewoon singlisini avaylab qoʻliga oldi va uy ichkarisiga kirdi. Ularning ortidan ergashgan Suga Lienning yaralanganligini ko'riboq shaxsiy shifokorini olib kelish uchun odamlarini yubordi. Shosha-pisha uyga kirgan yigit singlisini zal markazidagi divanga yotqizib telefonida asabiy nimadir qilayotgan Raewoonni koʻrib undan goʻshakni tortib oldi.
Suga: Nima qilyapsan?
Raewoon: O'ZING NIMA QILYAPSAN, ABLAX?
Suga: MEN ALLAQACHON DOKTOR CHAQIRTIRDIM!
Baqiriqqa javob tariqasida o'shqirgan Yoongi jahl bilan qoʻlidagi telefonni Raewonning koʻksiga urdi.
Raewoon: Agar singlimga nimadir qilsa seni tiriklayin oʻtda yoqaman!
Suga: Aka ekanliging-u singling borligi endi yodingga tushdimi? Ishimga aralashma. Uni oʻlishiga shunchaki yoʻl qoʻyib bermayman! Lee Xonim!
Oshxonadan shoshib chiqqan biroz to'lacharoq ayol jovdirab koʻzlarini boshligʻiga tikib u bilan yuzlashgach bosh egdi.
Suga: Tibbiyot qutichasini olib keling, doktor kelgancha qonni toʻxtatish kerak.
Raewoon tishini tishiga qoʻyib jim turarkan qoʻllari gʻazabdan tugilib mushtini arang tiyib turgandi. Xizmatkor ayol qutichani keltirishi bilan u Sugadan avval ayolning qoʻlidan qutini yulqib tortib oldi. Ikkisi ham bir vaqtda Lien tomon yurisharkan Raewoon o'lim nigohlarini Yoongiga qadadi.
Raewoon: Sen qayerga?
Suga: Jarohatni koʻrmoqchiman.
Raewoon: Koʻzlaringni oʻyib olmasimdan bu yerdan daf boʻl. Uni oʻzim davolayman.
Suga: Uninh xavfi qay darajada ekanligini koʻrishim kerak. Yoʻlimdan qoch!
Raewoon: Hoy...
Raewoon yana gʻazabiga yengilib yigitning yoqasidan siqimlab oldi.
Raewoon: U qiz bola! Duch kelgani singlimninh tanasini koʻra olmaydi!
Suga: Oʻzing uyalmaysanmi, axir erkak kishisan! U esa oʻzing aytganingdek qiz bola!
Raewoon: Sen aqldan ozganmisan?
Koʻzlari kattalashib ketgan yigit uning yuziga musht tushirish uchun qoʻlini koʻtarar ekan past va nimjon eshitilgan xasta ovoz sabab toʻxtab qolishdi.
Lien: Bas qiling. Bu yerda ayol kishi bormi oʻzi?
Qizning nafas aralash qaltirab chiqqan ovozi yigitlarning ogʻzini yopib qoʻydi. Ikkisi ham bir biriga yov qarash qilarkan ular orasiga qoʻrqa pisa kirgan Lee xonim Raewoonning qoʻlidagi qutini olish uchun qoʻl choʻzdi.
Lee xonim: Bu men qilganim yaxshiroqdir ehtimol...
Raewoon Yoongiga oʻqrayib tibbiyot dorilarini xizmatkorga uzatdi. Ayol Lienga yaqinlasharkan ishni boshlolmay yana bir bor divanda yotgan qizdan koʻzini uzmay oʻzining har bir harakatini xatosiz kuzatayotgan ikki erkakka yuzlanishga majbur boʻldi.
Lee xonim: Haligi jarohat yelkasiga tekkan ekan xonimning kiyimlarini yechishimga toʻgʻri keladi. Balki oʻgirilib turarsizlar, janoblar?
Ikkisi ham ortiga burilisharkan Yoongi hech narsa demay yuqoriga chiqib ketdi. Xonasiga kirishi bilan eshikni qattiq yopdi va unga suyangancha koʻzlarini chuqur yumdi. Xayolining bir burchagi Lien va uning muammolari bilan band bo'lsa , yana bir burchagi singlisi bilan band edi. Aera hamma narsadan muhimdek tuyilsa-da xuddi u kabi xavotir olayotgan yana biri borligi uni bezovta qilayotgandi. O'zi bilmagan holda hislarini va o'zini boshqara olmayotgani baridan xavfli va qo'rqinchlidek tuyilmoqda u uchun. Bu sevgimi? Yetti yot begona qiz uchun yonib kuyishi-yu yuragining tartibsiz urib ortiqcha hissiyotga berilishi... Muhabbat qanday bo'lishi haqida bilmagan shavqatsiz mafia sardori noto'g'ri vaqtda noto'g'ri insonni sevib qolgan bo'lishi mumkin emasdi. Bir necha daqiqa o'tib chuqur xo'rsingan yigit nega shaxsiy kabinitiga kelgani yodiga tushib telefon tomon bordi. Ayrim tanishlari orqali Jinni topish uchun koʻmak soʻrashi kerak edi. Seoul boʻylab barcha kameralarni tekshirish maqsadida haker tanishlariga murojaat qildi va albatta natija ijobiy. Barcha topshiriqlarni kerakli odamlariga yuklab chiqqan yigit nihoyat boʻshab xonasidan chiqdi. Zinalardan pastlarkan tanish doktorni koʻrib qadamlarini u tomon burdi.
Suga: Salom, doktor Yan.
Dr: Xayrli kech, janob Min.
Suga: Avvalo kech boʻlsa-da yoʻq demay kelganingiz uchun raxmat. Bemor haqida nimadir deyolasizmi?
Dr: Ha xonimning ahvoli yomon emas, jiddiy hech narsa yoʻq. Faqatgina jarohatni namlikdan asrashi va oʻzini ehtiyot qilib ogʻir yumushlar hamda ortiqcha harakatlar qilmasa boʻlgani. Bularning barini janob Kimga ham tushuntirdim.
Doktor Yan zal ichkariga imo qilib gaplariga yakun yasadi. Hammasini tasdiqlab bosh eggan yigit javoban shifokorning qoʻlidan siqib uni kuzatib qoʻydi, soʻngra Lienning yoniga qaytdi.
Lien: Tushundim, aka... sss ax...
Suga: Ehtiyot boʻl, ogʻritadi...
Uni koʻrishi bilan oʻrnidan turgan qizning inqillagan ovozi chiqarkan Suganing ham lablaridan beixtiyor chiqqan soʻzlar oʻzining hijolat boʻlishiga sabab boʻlgandi.
Suga: Hammasi joyida, yotaver.
Tezda yuziga doimiy jiddiylikni yigʻib tomoq qirib oldi u.
Suga: Hozircha hech qanday yangilik yoʻq. Men barcha tanishlarim bilan bogʻlanib odamlarimni ishga soldim. Yigiting tez orada topiladi, xotirjam boʻl.
Lien: Raxmat.
Suga: Hoy dediktiv, men bilan yur.
Suga oʻziga xos buyruq ohangida Raewoonga koʻzlarini qadab yigitning javobini kutmay yuqoriga chiqib ketdi. Lien akasining oldida biroz hijolat boʻlib koʻzlarini olib qochib unga qadarkan uning ensa qotirgan ifodasiga duch keldi.
Lien: Hozir emas aka, maylimi?
Raewoon: Faqat sen uchun.
U tund bir qiyofada yuqoriga, Yoongining yoniga chiqib ketdi. Eshigi ochiq turgan xonaga ruxsatsiz kirarkan telefonini kovlab nimadirlar qilayotgan yigitning xatti harakatlari uni jalb qildi.
Raewoon: Nima qilyapsan?
Suga: Menga guvohnomangni ber.
Raewoon: Tushunmadim
Suga: Menga doimiy oʻzing bilan yuradigan guvohnomang kerak dedim. Unga chip oʻrnataman.
Raewoon: Bu nega kerak?
Suga: Aysh shibal* Agar mabodo boshqa boshqa joylarga ketishimizga toʻgʻri kelsa bir birimizni topib olishimiz uchun.
Raewoon shubhadan biroz arib ichki choʻntagidan guvohnomasini chiqarib berdi. Tezda ishini yakunlagan yigit buyumni egasiga qaytardi.
Suga: Buni ol. Lienning telefoniga ham oʻrnatish zarur.
Raewoon: Unga tinchlantiruvchi yuborilgan, birpas kutsang uxlab qoladi.
Suga: Bin Woonni qat'iy hibsga saqlash zarur.
Raewoon: Bu yuzasidan shaxsan mahkamaga borib kelishim zarur.
Suga: Yaxshi. Odamlarim sen bilan boradi.
Raewoon: Kerak emas.
Suga: Yana bir soat oldingi narsa takrorlansachi? Oliftalikni yigʻishtirarsan balki. Ha yana landovur politsiyachilaringni uyimga yetaklab kelma.
Raewoon uning takabburona gaplariga labini jiyirib qoʻyib xonadan chiqib ketdi. Boshqa ishlar bilan kabinetda ushlanib qolgan yigit chamasi 20 daqiqalar oʻtib pastga tushdi. Ózi bilan birga Lienning telefoniga oʻrnatish uchun chip ham olgan edi. Qiz uxlab yotgan divanga yaqinlashar ekan uni uygʻotib yubormaslik uchun ohista qadam tashlab borardi. Shisha stol ustida turgan telefondan koʻzini uzmay uni sekin qoʻliga olgach uni yoqdi. Ekranda bir birini quchib turgan baxtli juftlikni ko'riboq asablari taranglashdi negadir. Qoshlari o'z o'zidan uyilib borarkan jahl qilib telefonni stol ustiga tashladi. Keskin chiqqan shovqinli ovozdan bezovtalagan Lienni koʻrgach bir muddat qilgan ishidan afsus chekdi u. Oʻzida kechayotgan oʻylarga tushunmay yuzini kafti bilan ishqagach yana oʻsha la'nati telefonni qoʻliga oldi. Uni batamom oʻchirib ichiga chipni joylagach hech soʻz demay shunchaki ketishni reja qilgandi. Biroq Lienning bezovtalanishini va ogʻriqdan inqillashi uni ketishiga yoʻl bermadi. Iloji boricha ovozsiz harakat qilishga urinib qizning yoniga choʻkkan Yoongi unga tikilib qoldi. Yigʻlayverib koʻzyoshlar ta'sirida qizarib ketgan yanoqlari va birozgina shishib turgan qirmizi labi yigitning xayollarini allaqayerlarga uchirib yubordi. Beixtiyor qoʻllari uning yuziga tomon harakatlanar ekan xuddi uni ozorlab qoʻyishdan qoʻrqqandek Lienning yuzi boʻylab barmogʻini ohista yuritdi. Ilk marotaba ayol kishiga qandaydir hissiyot bilan tegayotgani bois bu taft yigitni entiktirib yubordi. Lienga boʻlgan teginishlarning bari koʻngilxushlik, kayf-u safo edi xolos. Ularning hammasi hissiyotsiz, ochlik va hirs uchun qilingan ishlar edi. Ammo hozirchi? Bu ixtiyorsiz xoxish... Qoʻrqinchli hisoblangan sevgi, ojizlantiruvchi harakatlar. Birdan telefon ovozi xonaga jarang socharkan qarshisidagi chiroydan mast boʻlishga ulgurgan Yoongi qanday sapchih tushganini sezmay qoldi hatto. Lienni uygʻotib yubormaslik uchun tezda goʻshakni koʻtarib zaldan chiqdi.
Suga: Eshitaman.
– Janob Suga, biz Bin Woonning mashinasi koʻringan oxirgi manzilni topdik.
Suga: Qayerda u?
– Seouldan chiqishga ulgurmagan, eski mashina tamirlovchi ustaxona yoʻlidan ótgan. Oʻsha binoning kamerasida koʻrinib qolgan. Ammo undan soʻng hech qanday tasvir yoʻq. Sizga manzilni yuboraman.
Suga: Yaxshi.
Chuqur uhlagan yigit koʻzlarini ishqab oʻylanib qoldi. Bir necha daqiqa oldingi holati uni qiynamoqda. Bu sevgi emas! Sevgi boʻlishi mumkin emas! Shunchaki qizning yordami uchun javob qaytaryapti xolos. Deb oʻziga oʻzi uqtirsa-da yurak tizginini oʻzgartirib yuboradigan fikrlar ham yoʻq emasdi. Inson uchun yurak va aql oʻrtasida qolishdan-da qiyinroq boʻlgan yagona murakkab vaqt bu oʻz hissiyotlariga tushuna olmaslik, oʻzini tinglay bilmaslik va qalbi buyurgan har qanday tuygʻuni soʻroq beso'roq rad etaverishlik. Sugada kechayotgan bu jarayonlar uni tobora zaiflashtirib bormoqda. Hammasini unutishga urinib kelgan manzilni koʻrgan yigit yana zalga qaytdi. Bu paytda esa Raewoon ham uyga kelgandi.
Suga: Xoʻsh
Raewoon: Hammasi joyida. Bin Woon o'z oʻrnida ekan.
Suga: Yoʻlda hech narsa sodir boʻlmadimi?
Raewoon: Yoʻq, ammo bizni kuzatishdi.
Suga: La'nati shoqollar. Ular bu yerga hujum qilisha olmaydi.
Suga kerilgancha oʻzini yumshoq krisloga tashladi.
Raewoon: Demak endi nima qilamiz.
Suga: Menga manzil tashlashdi. Mashina soʻnggi koʻrilgan koʻcha.
Raewoon: Unda nima qilib oʻtiribmiz?
Suga: Hozir emas. Baʼzi ishlar bor, hal boʻlgach yoʻlga chiqamiz.
Raewoon: Lienchi?
Suga: U bilan Ingook qoladi. Qoʻrqma u eng ishonchli odamim.
Raewoon: Tushunarli.
10 daqiqa ichida Sugaga qandaydir xabar keldi. Shundan soʻnggina kichik ishora bilan Raewoon hammasini tushundi va uning ortidan ergashdi.
Raewoon: Nima boʻldi?
Suga: Ingook, barchasini tushunding, shundaymi?
Ingook: Ha janob.
Suga yigitning yelkasiga qoqib bosh irgʻadi.
Raewoon: Hoy menga ham tushuntirarsan balki? Bu barzangilar kim?
Raewoon endigina uy oldiga kelib toʻxtagan oʻnga yaqin mashinalarga qoshlarini uyib qaradi.
Suga: Odamlarim. Endi mashinaga chiq. Ularning yarmi shu yerda qoladi, yarmi biz bilan ketadi.
Suga gapirish mobaynida oʻz mashinasiga joylashdi va uning gaplarini tinglagach Raewoon ham oʻrindiqni egalladi...
Taxminan 3 soat men bilan aloqa qilgan yigit tanamni parchalab tashlashga tayyordek ayni damda ham men bilan oʻynashmoqda. Nega u hech qachon charchamaydi? Yalang tanamni kaftlari orasida ezgancha lablarimni qiynayapti. Suv ostida behol ingroq bilan yotar ekanman hatto koʻzlarim ochish uchun kuchim qolmadi. Aqldan ozdiruvchi mayin boʻsalari qanchalik yoqimli boʻlmasin, ayni damda menga faqatgina issiq koʻrpa va yostiq kerak edi. Bularning hech birini xoxlamayman. Nihoyat lablarini labimdan uzgan yigit meni oʻziga yaqinroq tortib qoʻllari bilan quchib oldi. Bir muddat sukut saqladik va dagʻal ovozda soʻz boshlagan yigit yelkamga yuzini qoʻyib menga yuzlandi.
Taehyung: Nega harakatlarimga javob qaytarmayapsan?
Aera: ... Charchadim.
Arang chiqqan ovozim unga yetib bordi yoki yoʻq bilmayman, ammo u hech narsa demadi. Sochlarim ustidan oʻpib qoʻyganini his qildim.
Taehyung: Yaxshi unda, xonaga qaytamiz.
Yarim soat oldin meni koʻtarib dushga olib kirgan yigit nihoyat oʻrnidan turdi. Vannada yolgʻiz oʻzim qolganimdan foydalanib oʻrnimdan turmoqchi boʻlganimda oyoqlarim qaltirab muvozanatimni yoʻqotib qoʻydim. Meni qanday vanna ichiga joylagan boʻlsa yana xuddi oʻsha usulda olib chiqqan yigit chiqish barobarida oʻzicha tanbeh berishni ham unutmadi. Hatto egnimga sochiq ham bermadi yaramas. Ham sovuqdan ham uyatdan tanamni qoʻllarim bilan yopishga urindim. Taehyung esa yuvinish xonasiga qaytib sochiq va xalat olib chiqdi. Xalatni tezda egnimga kiyib oldim, sababi allaqachon sovuqqotib lablarim qaltirashni boshlagandi. Buni koʻrgan Taehyung qaltirayotgan lablarimni tishlab oldi. Momiq sochiq bilan sochlarimni artarkan negadir u bugun menga haddan oshiq mehribon boʻlib qolgandek tuyilyapti.
U biroz hoʻl boʻlgan sochlarimni quritishga yordam berib yotishimga ishora qildi.
Ózi esa ustimga korpa tortib ortimga joylashdi. Koʻrpa ostidan meni qucharkan koʻzlarim shirin uyqu sabab yumilib borayotgandi. Ammo miyamni chulgʻab olgan savollarning javobini bilishim kerak. Erinchoqlik bilan u tomon burilib oldim. Mening bu harakatimdan biroz hayron boʻlgan Taehyung uyqu sabab suzilib qolgan koʻzlarimga tikildi.
Aera: Endi urushmaysiz shundaymi? Akam... Unga hech narsa qilmaysanmi?
Taehyung: ...
U koʻzlarini yumib qoʻllarini pastroqqa tushirdi-da meni oʻziga tortib jimib qoldi. Men esa hamon undan javob kutyapman.
Aera: Jim turmasangchi, Taehyung!
Taehyung: Nega bundan bunchalik qoʻrqyapsan? Akang menga yengilib obroʻsi toʻkilishidan hayiqyapsanmi?
Aera: Gap bunda emas. Shunchaki katta urush chiqishini istamayman. Agar sen akamga qarshi nimadir qilsang uning boshqa dushmanlari ham bunga bosh qoʻshadi.
Taehyung: Aqlli qizaloq. Bularni qayerdan bilasan?
Aera: Mening oilam... Oyim, dadam amakim va bobom. Mafialar urushi sabab halok boʻlishgan. Mening oilam shu sabab parchalanib ketgan. Men bundan qoʻrqaman, yagona yaqinimdan aynan shu tufayli ayrilishdan qattiq qoʻrqaman.
Taehyung jimib qoldi. Oʻpkam toʻlib yigʻlashni istayotgandim. Ammo bu yigitning kutilmagan savoli sabab unga qarab qoldim.
Taehyung: Yagona yaqiningdan ayrilishdan qoʻrqasan, demak sening bitta-yu bitta yaqining bu akang shundaymi? Men senga kimman, Aera?
Aera: Nima?
Taehyung: Toʻgʻri men koʻproq senga ega chiqishni istadim. Bu sevgi emas. Sen ham meni sevmaysan, men ham senga oshiq emasman. Ammo hayotingdagi yagona yaqining akang emas men boʻlishni istayman.
Aera: bu ilojsiz!
Qat'iy chiqqan gapim uni gʻazablantirishini bilsam-da toʻgʻrisini, ya'ni ichimda borini aytdim. Akam mening hamma narsam uning oʻrnini kimdir bosa olishi mumkin emas.
Taehyung: Yaxshisi uxla qolganini tongda gaplashamiz.
Aera: Menga vaʼda berasanmi?
Taehyung: Senga uxla dedim.
Aera: Taehyung...
U egnimga koʻrpani balandroq tortib yuzimni koʻksiga bosdi. Bu gapira olmasligim uchun boʻlsa kerak. Oʻzimni ham ortiq gapirishga kuchim qolmagandi...
Suga va Raewoon yuborilgan manzilga yetib borishgandi. Ovozsiz harakatlar bilan ichkariga kirarkan Suganing maxfiy qoʻriqchisi ularni kutib oldi. Ichkari eshik yonida turgan bir nechta odamni otib tashlagan yigitlar birdan keskin harakatlar bilan yogʻoch eshikni buzib ichkariga kirishdi. Allaqachon hushidan ayrilgan Jinni hamon boks qopini urgandek dopposlayotgan erkak nimalar bo'layotganini tushunishga ulgurmay qoldi. Ular shu darajada tez harakat qilishdiki, hatto kimni otishni bilmay garangsib qolgan dushman ózi ularga nishon boʻldi. Stulga osilib qolgan yigitni koʻrgan Raewoon tezda uni boʻshatdi. Hammayogʻi qonga belangan va hatto ochiq jarohatlari ham bor edi. Tezda uning pulsini tekshirgan dediktiv tirik degandek Sugaga bosh irgʻadi.
Suga: Uni mashinaga olib bor. Mening qiladigan ba'zi ishlarim bor.
U Jinni yelkasiga bir urinishda koʻtarib mashina tomonga ketdi. Bu paytda Suga xonani koʻzdan kechirib oʻsha yerdagi pichoqlardan birini oldi. Uning qanchalik oʻtkirligini tekshirib yuzida vaxshiy tabassum aks etdi. Aynan kirganida Jinni do'pposlayotgan Bin Woonning odami yoniga choʻkarkan xirillab nafas olgancha olayib ketgan koʻzlari bilan tipirchilayotgan erkakning yoniga choʻkkaladi. Uning tomogʻiga oʻsha oʻtkir pichoqni tirab jilmaydi.
Suga: Bilasanmi, aslida men ham uni shunday do'pposlashni istardim. Lekin shu laʼnati advokatni shu ahvolga men solganimda, u mendan qattiq ranjigan boʻlardi. Ayshhh, nimalar deb alkirayapman ózi.
Oʻziga oʻzi pichirlab peshonasini ishqagan yigit gaplariga ensa qotirdi-da yerda hali ham jon talvasasida yotgan erkakning boshini sapchadek uzib tashladi. Kimiga va qoʻliga sachragan qondan ijirg'angan yigit yuzini buzib u yerdan chiqdi. Chiqayotib eda odamlaridan biriga maxsus koʻrsatma berdi.
Suga: Qanday qilib boʻlsa ham uning kallasini egasiga yuboring.
– Hoʻp boʻladi, Boss!
– Bemorda jiddiy jarohatlar kuzatildi. Oʻziga kelganidan soʻng asoratlari qolishi mumkin.
– Fransiyaga? Men hech qayerga ketmayman!
– Sendan xoxishingni soʻramadim, kelgunimcha tayyor boʻl dedim!
– U sening sevging uchun ojiz.
– Men endi ham usiz hayotimni tasavvur qilolmayman.
– Seni undan-da kuchliroq sevadigan boshqa biri boʻlsachi?
#Aera
@Gold_fanfics