January 20

MAG'RUR ISHQ • Part - 6

Oxir oqibatda, sukunat ichida tuyg'ularidan voz kechgan g'ururimizga ergashib mag'rur ishqimiz ko'yida yonmoqdamiz.

Mendan g'azablanyapsanmi? Harakatlarim jahlingni chiqaryapti shundaymi? Sensiz hammasi yaxshiligi, hayotim oldingidan-da qiziqarli va qaynoqroq ekanligi, eng muhimi men sensiz baxtli bo'lishimni tushunganim, sen yo'q bo'lgan hayotda erkin va betashvish yashay olishim mumkinligi seni baridan ming chandon ortiq azoblayapti, to'g'rimi? Ha shunday, xuddi o'ylaganingdek. To'xtama, meni ko'rib kimni yo'qotganingni qayta va qayta his qil. Bu men istagan narsa. Bilasanmi, men hamisha seni tark etish eng to'g'ri qaror ekanligini his qilib turardim. Hech qachon o'zgarmasliging menga ma'lum bo'lsa-da qandaydir umid uchquni munosabatlarimizni saqlab qolishga undagan, hatto bu bemanilik bo'lsa ham. Ehtimol, bu qadar oson taslim bo'lishingni kutmaganman. Yoki yuragim tubidagi o'sha samimiy tuyg'ular sendan qandaydir javob kutgan. Biroq bo'lmadi. Yodingdami, bir gapni ko'p takrorlardim: " Agar oxirgi qarorni men qabul qilsam o'rtamizdagi sevgi hech qachon tiklanmas bo'lib barbod bo'ladi". Endi qara, g'ururing rad etgan zaif ayol qarshingda barcha kuchsizliklarini qalqon qilgancha dushmaning sifatida turibdi. Oxir oqibatda, sukunat ichida tuyg'ularidan voz kechgan g'ururimizga ergashib mag'rur ishqimiz ko'yida yonmoqdamiz.

6-QISM.

— Bir necha kundan so'ng. Kasalxona. —

Rani: Dada, bobom nega o'zlariga kelmayapti, - bobosining yuzidan mayin silagan qizaloq, mayus ko'zlar bilan dadasiga yuzlandi.
Jimin: Bobong hozir chuqur uyquda, doktor uxlashini tayinlagani uchun o'rnidan tura olmayapti. Axir bilasan-ku o'zing shifokorning ko'rsatmalariga amal qilish kerak, to'g'rimi? - U Ranining sochidan silagancha majburan tabassum qildi.

Qizaloq soddalik bilan bosh irg'agancha palatadan chiqar ekan ularni zalda kutib turgan qizga yoqtirmay qarab qo'ydi.
Jimin: Nima yeyishni istaysan, qizim?
Jimin muloyimlik bilan qizchasinig mitti qo'lidan ushlarkan yuzidagi soxta tabassumini berkitish haqida hatto o'ylamay ularga tikilib turgan qizga yuzlandi.
Jimin: Tushlik vaqti birga vaqt o'tkazish uchun ajoyib vaqt shunday emasmi, Chayong?!
Qizning lablari endi chindan yoyildi. Xursandchilikdan o'zini qo'yarga joy topolmay qolgan qiz ikkilanishsiz rozi bo'ldi. Miyasidagi barcha rejalar xuddi o'zi xohlagandek amalga oshayotgan yigit lab chetida kulib qo'yarkan Ranining qo'lidan tutgancha palatadan chiqib ketdi.

~

Kompaniya avtoparkida toʻxtagan boshliqning mashinasidan viqor bilan tushgan qiz oʻtkir nigohlarini berkitib turgan koʻzoynagini olib Jiminning ortidan ergashdi. Ular birgalikda ichkariga kirar ekan hodimlar burchak-burchakda shivirlay boshladilar. Deriktor xonasiga birgalikda kirishar ekan Chayong o'z stoli ustiga narsalarini tashlagancha uh tortdi. Eshik yonida to'xtagan Jimin chimirilgan qoshlar bilan ortga burildi.
Jimin: Nimadir bo'ldimi, Chayong?
Qiz asabiylik bilan sochlarini tartiblab yigit tomon burilgancha gap boshladi:
Chayong: Ochig'i, menga kompaniyadagi gap-so'zlar yoqmayapti, Jimin. To'g'ri biz shunchaki do'stlarmiz, ammo kompaniyadagi ichi qora odamlar bizni noto'g'ri tushunishmoqda.
Jimin xuddi buni kutgandek qosh uchirib u tomon yura boshladi.
Jimin: Xo'sh, bunga qarshimisan?
Chayong: Tushunolmadim...
Jimin kotibasining stoliga orti bilan suyanib biroz o'ynoqi tabassum qildi.
Jimin: Agar men do'stlikdan ko'prog'ini xohlayman desamchi?
Chayong: N..Nima... Jimin sen...

Jimin: Ertaga Lienning tug'ilgan kun bazmi bo'lib o'tadi, u yerga men bilan borishga rozimisan, Chayong?
Esankirab qolgan qiz bir muddat nima deyishni bilmay qoldi. Jiminning ko'zlarida yashirin istak yuzaga chiqar ekan uning javobini kutmay buyruq berdi.
Jimin: Yaxshi ertaga soat 17:00 da seni olib ketaman.
U boshqa hech narsa demasdan o'z xonasiga kirib ketarkan Xong Chayongning nigohlari o'sha bir nuqtada qotib qoldi.

PovXarin: Offisda bo'lib o'tgan ishga bir necha kun bo'ldi, hatto sanoqdan adashdim. Lien va Jiminning o'rtasiga men tufayli sovuqlik tushdi. Biroq shunday bo'lsa-da kompaniya sobiq hodimi sifatida u kasbdoshlarini tug'ilgan kun bazmiga taklif qildi. Ranini uyda qoldirib o'zim ketish uchun tayyorlanarkanman telefonim ekranida raqami terilgan turmush o'rtog'imga qo'ng'iroq qilish yoki qilmaslik to'g'risida o'ylardim. Biz u bilan mutlaqo gaplashmadik. Faqatgina Rani bilan muloqotda bo'lgan erim bugun ham uni olib chiqib ketgan edi. Mashinadan qizimni uyga tushirib o'zi ichkariga kirmasdan ketdi. Nega bu insondan haligacha nimadir kutishimni hech tushuna olmayman, o'rtamizda hech qanday samimiy tuyg'ular yo'q ekanligi hatto hech qachon bo'lmasligini bilsam ham umid qilishdan voz kechmayapman. Aqldan ozgan bo'lsam kerak.
- Xonim, ketdikmi? - haydovchi oyna orqali mutojaat qilarkan yomg'irli osmondan ko'zimni uzib bosh irg'adim.
Hammasi boshlangan joyga borish... Ko'ksim ustida paydo bo'lgan g'alati hisdan etim jimirlab ketdi.

Biroz oldin harakatlangan mashina ortidan kuzatib turgan erkak ko'zlarini o'sha niqtadan uzmagan holda xo'jayinidan kelgan qo'ng'iroqqa javob berdi.
- Eshitaman, janob.
- .....
- Ha xuddi aytganingizdek qilyapman. Xonim hozir ketdilar.
- .....
- Ha yolg'iz. Qizaloq ham yo'q.
- .....
- Tushunarli, xo'jayin.
Qo'ng'iroq yakunlandi va yigit o'zi o'tirgan mashinani o't oldirib Xarinning ortidan ketdi.

- LIENNING UYI. BAZM. -

Barcha mehmonlarni kutib olayotgan qiz dugonasini ko'rishi bilan uni quchib oldi. Ikkisi iliq salomlashishar ekan Xarin keng tbassum bilan Lien uchun olib kelgan sovg'asini uning qo'liga tutdi.
Lien: Chindan xursandman, aslida kelganingning o'zi men uchun sovg'a edi.
Xarin: Qo'ysangchi Lien, nega endi kelmas ekanman
Lien: Qaydam... Balki kelmaganing yaxshi edimi?
Zumda Xarinning yuzi shubha bilan burishar ekan Lien ko'zlari bilan dugonasidan yarim soatcha oldin kelgan juftlikka ishora qildi. Nigohlar tutashdi. Chayong mig'ombir tabassum bilan qo'lidagi ichkilikni ko'tarar ekan yonida boshqalar bilan suhbatlashib turgan Jiminning tirsagidan mayin siladi.
Lien: Xarin, faqat qizishma, maylimi... Ular nima qilayotgan bo'lsa ham hammasi sen bilan o'ynashish va jahlingni chiqarish uchun.
Qizlar ichkariga kirib borishar ekan Xarin unga nimalarnidir tayinlayotgan qizning gaplarini kesib tashlab saavol berdi.
Xarin: Ular birga kelishdimi?
Lien: N..Nima? H..Ha birga kelishdi.
Xarin: Qanday ajoyib, - zardali ohang bilan javob qildi u va xuddi hech narsa bo'lmagandek boshqalar bilan ko'risha boshladi.

Xarin: Ular birga kelishdimi?
Lien: N..Nima? H..Ha birga kelishdi.
Xarin: Qanday ajoyib, - zardali ohang bilan javob qildi u va xuddi hech narsa bo'lmagandek boshqalar bilan ko'risha boshladi.
Qarshisidagi juftlikka yaqinlashgan sari asabiylashib ketayotgan qiz xuddi bu u uchun ahamiyatsizdek shunchaki qo'l siqishib qo'yarkan doimgidek kerakli paytda paydo bo'ladigan Sehun Xarinning ortidan kelib yelkasidan ohista qo'lini o'radi.
Sehun: Xayrli kech, miledy.
Xarin: Yo Xudoyim, Sehun...
Sehun: Ochig'i ranjidim, Xarin. Nega menga aytmading, men ham yolg'iz sen ham yolg'iz ekansan, axir bu yerga birga kelishimiz mumkin edi.
Xarin: Seni u yerga kelishingni bilmagandim, axir. Nima bo'lgan taqdirda ham xursandman.
Jiminning ortidagi stolda turgan alkogoldan bir qadah olgan qiz o'tkir ko;zlarini yigitniki bilan tutashtirib o'tishni ham unutmadi.
Sehun: Azizam, holiroq joyga borsak qarshi emasmisan?
Jimin xotinini o'ziga tortib uning sochlariga lablari tegar tegmas nimalarnidir shivirlayotgan erkakning harakatlarini zimdan kuzatib turarkan qo'lidagi qadah kafti ichida parchalanib ketdi.
Chayong: Yo Xudoyim, Jimin, ahvoling yaxshimi? QO'LING SHIKASTLANMADIMI? Vahima qilgancha qichqirib yuborgan Chayong hech kimga e'tibor qaratmay hamrohining qon oqayotgan qo'liga yopisharkan Sehun va Xarinning birlashgan kaftlarini ko'rib o'zini tutib tura olmadi.
Jimin: Sen ablax....
U hech ikkilanishsiz qarshisidagi hamkorining yoqasiga yopisharkan kuch bilan yuziga zarba berdi.
Jimin: SEN KIMSANKI MENING XOTINIMGA QO'L TEKKIZASAN, LA'NATI?

U hatto gapirishiga ham imkon yaratmay ketma ket musht tushirarkan qo'llarini ortga tortayotgan kimsalarni siltab tashlardi. Ko'zlari go'yo hech kim va hech narsani ko'rmayotgandek, hatto Xarinni ham o'zidan itarib yuborarkan endi o'zini tiklab olgan Sehun ham javob qaytarishni boshladi. Bir zarba bilan do'stining erini o'zidan uzoqlashtirarkan keyingi harakati bilan uni orqasidagi stol bilan itarib yubordi. Zumda Lienning bazmi barbod bo'ldi. Erkaklarni bir biridan ajratib olisharkan o'rtada qotib qolgan Xarin ularning qay biriga birinchi yordam ko'rsatishni bilmay qolarkan.
PovXarin: Xuddi izg'irinda qolib ketgan odamdek qaltirayotgan tanamni hatto bir qadamga bo'lsa ham siljita olmay qoldim. Bu tartibsizlik... hammasi mening aybim. Jimin tomon tisarilar ekanman u uchun jon kuydirayotgan qizni va bunga qarshilik qilish haqida o'ylamayotgan erimning qiyofasini ko'rib tanam muzlab ketdi. Mening unga keragim yo'qligi ko'rinib turibdi. Orqaga qaytib Sehunning yuzini ko'zdan kechirarkanman bir nuqtaga tikilib turgan dugonamdan nigohlarim bilan aybdorlarcha uzr so'radim.
Xarin: Sehun ketamizmi? - men deyarli yig'lash arafasida edim. Do'stimning yuzi qonga belangan, buning ustiga qizarib ham ketgan edi.
Jimin: TEGMA MENGA!
Ortimizdan eshitilgan ovozdan titrab ketdim. Biz tomon shahd bilan kelayotgan Jiminning yo'lini to'sgan Lien bor g'azabi bilan uning yuziga tarsaki tushirdi. Atrofga achchiq aks sado bergan zarba ta'sirida hamma jim bo'lib qoldi.
Chayong: Hoy sen aqldan ozganmisan nima?
Lien tomon kelayotgan qiz xuddi o'z erining sha'niga dog' tushirilgandek talvasaga tushishini kuzatib turisjga toqatim yetmay ko'zlarimni yumar ekanman xonani yana bir tarsakining ovozi tutib ketdi.
Lien: Sen la'nati tasqara! HOZIROQ DAF BO'L UYIMDAN UYATSIZ!
Nafaqat Chayong balki yig'ilganlarning barchasi hayratda qoldi. Yuziga kaftini bosgan ko'yi qotib qolgan qiz yig'ilganlarga ko'z tashlar ekan qanchalar sharmanda bo'layotganini o'zi his qilib turgani achinarli. Lienni ayblay olmayman, u hozir qanday yo'l tutsa ham bariga haqqi bor. Biz uning bazmini rasvo qildik.
Lien: HAMMASI SENI DEB BO"LDI! YO'QOL LA'NATI SUYUQOYOQ!
Yana atrofda shivir-shivirlar avj oldi. Chayong o'zini yig'idan tiya olmay Jimin tomonga burilarkan yigitning nigohlari qarshisida begona erkak uchun qayg'urayotgan ayoliga qadalgan edi.
Chayong: Hech narsa demaysanmi, Jimin?
Lien: Jimin ket!
Yigitning nigohlari endi yig'ida ko'zlari shishib ketgan do'stiga qadaldi.
Lien: Iltimos ket va boshqa ko'zimga ko'rinma. Do'stligimiz shu yerda shu daqiqada tugadi.
Xarin sekingina dugonasining yelkasidan silagancha Sehun bilan u yerni tark etdi.
Jimin Lienning biror gapiga javob bermadi, shunchaki uni chetlab o'tgancha chiqib ketdi.

Xarin: Sehun, balki kasalxonaga borarmiz
Sehun: Hammasi joyida, Xarin. Men chindan yaxshiman, - yelkasini ushlab ingrangan yigitni tutgan qiz uning ahvolidan xavotir olib hol so'rarkan o'z ismini eshitib sapchib tushdi.
- XARIN!
Sehun: Jin ursin seni!
Xarin: Yo'q-yo'q Sehun shoshma.
Mashinani aylanib o'tib ko'rinish bergan Jiminning yo'lini to'sgan qiz uning ko'ksidan itarib yubordi.
Xarin: DAF BO'L!
Bir urinishda rafiqasining tirsagidan ushlab o'ziga tortgan yigit tishlari orasidan unga vishilladi:
- Birga ketamiz.
Xarin: Bu yerga kim bilan kelgan bo'lsang o'sha bilan istagan yeringga ket. Meni tinch qo'y, - o'shqirdi qiz uning kaftini o'zidan siltab tashlagancha.
Jimin: Jahlimning oxiri bor, Xarin bas qil, - bu safar o'zini bosishga urindi u, ammo shunda ham ovozida g'azab bor edi.
Xarin: Yo'q, endi meni topa olmaysan, Jimin. Men endi oldingi rafiqang emasman.
Qahr ufurib turgan nigohlar yo'l o'rtasida bir biriga tikilib turarkan Jiminning ko'ksida qandaydir tushunarsiz his paydo bo'lgandi. Rafiqasining tirsagida turgan qo'li endi bo'shasharkan Xarin undan uzoqlashaman ham degandiki, egalik hissi bilab yonayotgan yigit qizni qayta o'ziga tortdi.
Jimin: Hammasini gaplashamiz, faqat uyda hozir emas.

Lien

Xarin: Senga hech qayerga bormayman dedim! Sen mastsan, jin ursin! Nima deyotganingni tushunyapsanmi?
Ortiq hech narsa demagan yigit uni yelkasiga ko'tarib olgancha ularni uzoqda kuzatib turgan Sehunga o'lik nigohlarini tashlab mashinasi tomonga ketdi.
Xarin: Jimin! Tushur meni! Aqldan ozdingmi?
Atrof yomg'irga burkangan, ularning kiyimlari ham allaqachon shalabbo bo'lishga ulgurgandi. Jimin qizni yerga qo'yishi bilan uning yelkasidan itarib yubirgan rafiqasi qattiq g'azablanganidan chuqur-chuqur nafas olardi. Ammo Jimin jim. U nimadir deyishga hatto urinmadi ham. NA jahl qilardi, na boshqa biror nima deydi. Faqatgina qarshisidagi ayoliga tikilashdan boshqa hech narsa qilmayotgan edi.
Xarin: Nima istaysan o'zi? Nima xohlayotganingni tushuna olmayapman! Senga mening g'ururim bilan o'ynashib rihatlanish yoqadi shundaymi? GAPIR SHUNDAYMI?
Bir necha soniya bo'g'iq ovoz bilan o'shqirgan rafiqasiga tikilib turgan yigit uning barcha gaplarini inkor etib bo'ynidan qo'lini o'ragancha uni o'ziga tortib lablarini birlashtirdi. Sharros quyayotgan yomg'ir ostida muzlab qolgan lablar tamini his qilishga urinib tobora chuqurlashayotgan yigit ikkinchi qo'lini qizning belidan o'rab oldi.
Jimin: Shu uerda birinchi marta uchrashganimiz yodingdami?
Bo'sa olishdan bir zumga to'xtagan yigit o'tmish xotiralarini eslagan ko'yi savol berdi.

FLASHBACK. 4 YIL OLDIN.

Lienning do'stlari uchun uyushtirgan ziyofatiga uning barcha do'stlari tashrif buyurgan. Uy esa odatdagidan ham shovqinli edi. Qimmat ichimliklar, baland musiqa va begona kulgilar orasida Xarin o‘zini begona his qilardi. U bunday joylarni yoqtirmasdi, lekin Lien uni majburlab olib kelgandi. 1 soat davomida shu yerda qolgan qiz bazm boshidan buyon faqat bir yigitni kuzatardi. Sariq sochli, qo'l mushaklari kiyimi ostidan ham sezilarli darajada boʻrtib turgan yigitcha.
Xarin: Aysh Xarin, aqldan ozgansan, bas qil endi oʻsha yoqimtoy yigitga tikilishni.
U o'ziga oʻzi shivirlagancha ichimlik stolidan suv olib, ayvon tomonga chiqdi. Havoning salqinligi biroz tinchlantirdi. Tashqarida yomgʻir yog'ayotgandi. Qiz orqasidan kimdir kelganini sezdi.
— Sen ham bu yerga mos emasga o‘xshaysan, - tanish chehra ketidan yoqimli ovoz yangrar ekan Xarin ikki karra hayratga tushdi. Kelishgan otanishning ovoz ohanggi past, sokin va oʻziga tortadigan qaynoq edi go'yo.
– Balki, - dedi Xarin yelkasini qisib. – Men shunchaki Lien uchun keldim.
Qora kiyimdagi, nigohi juda chuqur bo‘lgan yigit unga tikilib turardi. Qiz ich ichidan entikib hayajonlanib ketayotgani bois asabiylik bilan koʻzlarini olib qochdi. Buni sezgan yigit yengil kuldi.
– Demak, ikkovimiz ham bu yerda majburiy mehmonmiz, - U qo‘lini uzatdi.
– Jimin.
Xarin bir lahza ikkilanib, keyin uning qo‘lini javoban siqdi.
– Xarin.
Qo‘llari bir-biriga tekkan payt Xarin yuragida nimadir jimirlagandek bo‘ldi. O‘zi ham tushunmadi bu bezovtalikmi yoki qiziqish.
– Sen bu yerda yolg‘izsanmi? - so‘radi Jimin.
– Ha… deyarli.
– Unda endi yolg‘iz emassan, - dedi u sekin, qizga yaqinlashib.
Ular birga balkon chetiga suyanib turisharkan Jimin nigohlarini uzish haqida oʻylab ham ko'rnasdi. Pastda shahar chiroqlari miltillaydi. Musiqa orqada qolib, go‘yo faqat ikkalasi qolib ketgandek edi.
– Odatda odamlar bazmda tanishib, raqam almashadi, - dedi Xarin asabiy kulib, - Biz esa jim turibmiz, - bu kutilmagan gapidan oʻzi ham noqulay tomoq qirib qoʻygan qiz sochlarini qulog'i ortiga olib yuzini boshqa tomonga burdi.

– Ba’zan sukut so‘zlardan ko‘ra xavfliroq bo‘ladi, - qoʻshimcha qildi, Xarin.
– Menga xavfli o'yinlar yoqadi, Xarin.
Sukunatni afzal ko'raman. Bu menga yoqadi, jimlikda insonning hislarini tushunishga harakat qilaman. Chunki odam ichida o‘ylaganini yashira olmaydi, buni esa aynan jimlik oshkor qiladi, azizam.
Jiminning soʻzlari qandaydir chuqur ma'noga ega bo'lsa-da uning koʻzlarida sovuqlik bor edi. Biroq ovoz ohanggi yumshiq, goʻyoki men bilan xavfsizsan deyayotgandek. Xarin yuragini tezroq urayotganini sezdi.
– Sen hozir nimani o‘ylayapsan? - dedi u asta.
Jimin tez javob bermadi. Unga yaqinroq kelib, iforini his qilishiga qoʻyib berdi, soʻng ovozini pasaytirgancha shivirladi.
– Seni bu yerda yolg‘iz qoldirmaslik kerakligini.

Xarin beixtiyor lablarini tishladi. Yuziga juda yaqin turgan yigitning nafasi shundoqqina lablariga kelib urilib turardi.
– Bu… xavfli fikr, - dedi Xarin koʻzlarini yigitning o'z lablari ustida qotib qolgan nigohlariga tikib.
– Aytganimdek menga bu xavf yoqadi.
Ularning orasidagi masofa bir nafasga teng qoldi. Xarin orqaga chekinmadi, Jimin ham.

Keyingi qismda:

– Xarin va Hajoonning hamkori Sehunni yaxshilab kuzat.

*

– Sening atrofingdagi erkaklarni birma bir yoʻq qilaman, sevgilim.

*

- Agar uni otalikdan mahrum qilsamchi?

6-qism tugadi.