December 2, 2025

My Savior

๐—ฆ๐—ฒ๐—ป ๐—บ๐—ฒ๐—ป๐—ถ๐—ป๐—ด ๐˜‡๐˜‚๐—น๐—บ๐—ฎ๐˜๐—ถ๐—บ๐—ป๐—ถ ๐˜†๐—ผ๐—ฟ๐—ถ๐˜๐—ด๐—ฎ๐—ป ๐—ฒ๐—ป๐—ด ๐˜†๐—ผ๐—ฟ๐—พ๐—ถ๐—ป ๐—ป๐˜‚๐—ฟ๐˜€๐—ฎ๐—ป

๐Ÿฒ-๐—พ๐—ถ๐˜€๐—บ

Jungkook:Yana qanaqa sayohat haqida gapiryapsizlar? Axir Han bobom bilan sayohatga chiqishni to'xtatgan edikku.
Jaemin:Men bunday sayohatlarga onang bilan turmush qurgandan beri chidayman, sen ham chidaysan o'g'lim. Tog'a va xolalaring ham borishadi.
Jaeminning kinoya bilan aytgan gaplari sabab Yeonjin xonimning yuzi g'azabdan qizara boshladi.
Seung:Ammo dada, bu sayohatga chiqmaganimizga ancha bo'ldi, biz hozir yosh bolalar emasmizku, butun qarindoshlar bilan sayinatga chiqqani. Buning ustiga hozir restoran qayta ta'mirlash jarayonida.. Mening bir qancha suratga tushishim kerak bo'lgan loyihalar bir, Jungkookning ham muhim ishlari bor, to'g'rimi aka?
-Ha, muhim ishlarim juda ko'p.
Jungkook va Seung sayohatni kechiktirishga qanchalar urinishmasin, bari bekar ketardi. Jungkook endigina topgan sevgisi Yonani tashlab ketishni istamasdi.
Jaemin: bu yilgi sayohatimiz Shvetsariyaga bo'ladi. Seung senga bu yer yoqardi. Sovuq havo va sovuqqon insonlar, juda mos keladida.
-Ammo dada...
Yeonjin: Barchangiz maynavozchilikni bas qiling.Hech qanday bahonalar qabul qilinmaydi. Bizning yubileyimizdan bir hafta o'tib Namjoon va Seungning to'yi bo'ladi. Jungkook ham balki uylanar. Bu bizning sayohat uchun imkonimiz. Agar rozi bo'lmasangiz, kerak bo'lsa sudrab olib ketaman, jamodonning ichiga qamashga to'g'ri kelsa ham. Men bilan bahslashmay borib narsalaringizni yig'ing.

Yeonjin

Jungkook:Ammo ona, o'sha yigit Yeonjun hali ham arizasini qaytib olmagan, bu shuni anglatadiki, men uyda qolishga majburman . Shvetsariyaga faqat Seungni olib keta olasizlar.
Jaemin:Bundan tashvishlanma o'g'lim, "qadrli" qaynotajonim seni juda yaxshi ko'radi. Shu sabab boshidanoq Yeonjun bilan bog'liq muammoni hal qilganman. U endi senga ham, Yonaga ham yaqinlashmaydi. Bahonalaringiz tugagan bo'lsa, narsalaringizni yig'ishni boshlang

Jaemin

Jungkook va uning oilasi Los Angelesga jo'nab ketishgan kuni, Do Yon Yonani shaharning chetrog'ida joylashgan, ammo juda ham hashamatli, ko'rinishidan asosan boy oilaning farzandlari tahsil oladigan kollejga olib keldi. Yona ham anchagina o'ziga to'q oiladan edi va yaxshi ta'lim olgandi, ammo bunday kollej borligi haqida avval eshitmagandi. Do Yon bilan kollej atrofini aylanarkan, talabalarning kiyimlari, o'zlarini tutishlari, ularga yaratilgan shart-sharoitlarga qarab hayron qolardi. Bu yer filmlarda ko'rsatiladigan ierarxeyaga amal qildigan kollejlarga o'xshardi. Do Yon bilan kollej bog'ini sayr qilarkan, bu yerda bor o'simliklar juda qimmatbaho ekanini bir qarashdayoq sezdi. Bunday muhit insonni ham hayajonga solar, bu yerda o'qish esa talabalarda faxr tuyg'usini uyg'otishi aniq edi.

Yona:Shoshmang, bu yerga nega keldik o'zi? Menga bu hashamatni ko'z-ko'z qilishdan maqsadingiz nima?
-Sevgiling va uning singlisi o'qigan kollejni ko'rishni istaysan deb o'ylagandim.
-Yana qanaqa sevgilim?
-Jungkook bilan bir-biringizga qanday qaraganingizni ko'rdim. Uchrashishni boshladingizmi? U Shvetsariyaga ketishidan avval sen bilan alohida hayrlashish uchun keldiku.
-Balki kollej haqida gaplasharmiz. Siz menga o'tmish haqida batafsil gapirmoqchi edingiz
-Ha aytgancha, asosiy mavzuga qaytamiz. Hullas bu kollejda Seung, Yuna, Hera va men bir vaqtlar o'qiganmiz. Bu kollej san'at sohasiga yo'naltirilgan. Men arxitektura, Seung aktyorlik, Hera kiyim dizaynerligi, Yuna esa musiqa yo'nalishida edi. Ammo ko'pincha yo'nalishlardagi umumiy fanlar birgalikda o'tilar, iqtisoslashgan yo'nalishdagi mashg'ulotlar darsdan keyin bo'lardi. Albatta men ulardan ancha yuqori kursda o'qirdim. Aniqrog'i kollejga tegishli akademiya binosi ham shu atrofda joylashgan, men o'sha akademiyada o'qiganman. Namjoon va Jungkook ham men kabi akademiyada o'qirdilar,ammo ularning sohasi biznesga qaratilgandi. Aniqroq aytganda bu yer Han oilasiga tegishli, ya'ni Jungkook va Seungning onasi Yeonjin xonim bu yerning kenja vorisi.

-Bu yer ularning bobosiga tegishli, siz va Hera esa katta korporatsiyaning vorislarisiz, Namjoon ham badavlat oiladan deb o'ylayman...Shoshmang, Yuna shunday hashamatli joyda o'qiganiga qaraganda, juda boy oilaning farzandi bo'lganmi? Uning otasi katta biznesman yoki siyosatchi bo'lganmi?
-Rostini aytsam bu yerda faqat boy oila arzandlari o'qiydi desang qisman adashasan. Bu yerds ierarxiya amal qilishi rost, ammo bu yerda stipendiyasi talabalar ham o'qigan. Aniqrog'i ular yuqori qatlam vakillarining yugurdagi yoki kamsitish obyekti bo'lgan. Ularni tinimsiz kamsitishgan. Yuna shundaylardan biri edi.
-Nima? Yunani maktab zo'ravonligiga uchragan demoqchimisiz? Ammo qanday qilib? Seunga va Yuna dugona ediku.
-Yaxshisi senga hammasini boshidan tushuntiraman. Balki o'tirib olarmiz?
Do Yon yaqin atrofdagi o'rindiqqa ishora qildi. Ular o'tirishgach yigit gapira boshladi.
-Yunaning onasi sobiq balerina bo'lgan. Karerasining eng cho'qqisiga yetgan vaqtida afsuski yiqilib, oyog'ini jarohatlagan va raqs tusholmay qolgan. Tirikchilik o'tkazish uchun Namjoonning dadasining kompaniyasiga kotiba sifatida ishga kirgan, ammo u yerdan nomalum sababga ko'ra bo'shagan va zudlik bilan bir yoshi kattaroq erkakga turmushga chiqqan. Yuna tug'ilishi bilan esa ajrashgan. Yunaning onasi Incheonga ko'chib o'tgan va kompaniyaning shu yerdagi filialida oddiy hisobchi bo'lib ishlashni yana boshlagan hatto, janob Kimning kompaniyasi uni qo'shimcha pul va uy bilan ta'mingan. Yuna katta bo'lgani sari uning onasi qizini idol bo'lishi, san'atda o'rin egallashiga harakat qila boshlagan. Qizning vokal, raqs va boshaa mashg'ulotlari uchun pul yashirincha janob Kimning kompaniyasi tomonidan qoplangan(men buni keyinchalik eski hisobchidan bilib oldim). Yuna 17 yoshga yetganida uylari yonib ketgan, onasi esa vafot etgan. Shundan so'ng Yuna Seoulga ko'chib o'tgan va uni HKING's kollejiga o'qishga o'tkazishgan. Namjoon va Yuna qanday tanishganini bilmayman, ammo ular do'stdek edilar, balki Namjoonning dadasining kompaniyasi Yunani moliyalashtirgani uchundir.

Hullas Yuna bu yerda o'qishni boshlaganida, hamma unga past nazar bilan qaray boshladi. Ayniqsa Yuna kollej teatr guruhiga mahsus tavsiyanoma bilan qabul qilinganda, ayniqsa uni yomon ko'rganlar ko'paydi. Ammo Yuna kurashdan to'xtamadi...

Flashback yetti yil avval
Yuna teatr guruhi mashg'ulot o'tkazayotgan xonaga kirganida hamma o'quvchilarning unga har doimgidek kamsituvchi nigohlarini qadadilar. Shu payt sahna orqasidan Seung chiqib keldi. O'sha paytda u aktrisa va rejissyor yordamchisi edi. Bundan tashqari bobosi kollej va akademiya rahbari bo'lgani sabab barcha uni xurmat qilar, aniqrog'i qo'rqardi. Bu kollejni bitirganlar uchun HKING's academy ga kirishlari direktorning xohishiga bog'liq edi. Teatr sahnasida o'zini ko'rsata olganlar esa akademiyaga hech qanday sinovlarsiz kira olardi.
Seung:Sen yangi qiz bo'lsang kerak. Men Jeon Seungman, bu yerdagi eng yaxshisi, qolganlar ham anchadan buyon san'at sohasida o'qishadi. Eng yaxshi aktyorlardan, ustozlardan, hatto idollardan ham darslar olishadi. Sen Incheondagi bir necha mashhur bo'lmagan ustozlardan ta'lim olganingni eshitgandim.

-Men orangizda juda mashhurmanmi deyman. Shart bo'lmasa ham aytaman, ismim Oh Yuna bugundan sizlar bilan birga mashg'ulotlarda qatnashaman.
Yunaning ishonch bilan aytgan gaplari sabab ba'zi talabalarning yuzida mazahlovchi tabassum paydo bo'ldi. Har doim o'zini Seungning dugonasidek ko'rsatishga urinadigan Hera oldinga chiqdi.
-Men esa So Heraman. Kiyimlar va aksesuarlarga javobgarman. Otam mashur entertainment rahbari. Bu Min Hyuwon otasi mashur idol, chap tarafdagi qiz Yesol onasi Min Yonji opera sohasida unga teng keladigani yo'q, Hyewonning ota-onasi ham, hatto bobosi ham aktyorlar. Yonheening amakisi mahhur pianinochi, otasi esa Afrikada olmos qazib olish bilan shug'ullanadi. Aytgancha Seung o'zi haqida ko'p gapirishni yoqtirmaydi, ammo uning otasi Koreadagi eng mahhur restoran egasi, bobosi esa bu yerning rahbari..
Xo'sh sen qanday oiladansan? Shoshma o'zim topaman, muvaffaqiyatsiz balerenaning nigohsiz tug'ilgan qizi shundaymi?
Heraning oxirgi gaplari, kamsituvchi ohangi Yunaning ichidagi olovni alanga oldirdi. Bu kollejga kirishidan maqsadi onasi orzu qilgandek buyuk san'atkor bo'lish, yangi va qudratli do'stlar topish edi, ammo talabalarning qilayotgan muomalalari bu shunchaki sarob ekanini ko'rsatib qo'ydi.

Hera

Yuna: Haddingizni biling, mening dadam bor...
Yeonji:Nahotki, unda nega sendan xabar olmagan? Otang hozir Xitoyda ekanini eshitdik, nega yolg'iz qizalog'i undan uzoqda o'sishiga qo'yib bergan? Nega tug'ilishing bilan onang va seni tashlab ketgan?
-Ko'rinishidan men haqimda juda ko'p ma'lumotlar yig'ibsiz, nima kambag'al yetimchaning sizlar bilan bir kollejda o'qishi sizlar uchun shunchalik qo'rqinchlimi? Nima o'rningizni egallashimdan qo'rq...
Yuna gapini tugata olmadi, shu payt Seung unga qahva va shirinlik olib kelgan, ko'rinishidan kambag'alroq oiladan ekani bilinib turgan yigitga tarsaki tushirdi.
Seung:Senga necha marta aytish kerak shaftoli tamli shirinliklar yoqmaydi deb? Nahotki shu qadar anqov bo'lsang, bu turishda Yason ro'lini ikki dunyoda ham ijro eta olmaysan.
Seungning gapidagi yashirin tahdidni sezgan yigitning yuzida qo'rquv paydo bo'ldi , o'ylab o'tirmay qizning oldida tiz cho'kdi.
-Seung... Kechiring Jeon xonim iltimos bunday qilmang, bu mening oxirgi imkoniyatim, agar "Medeya"da ham bosh ro'lni ijro eta olmasam, meni akademiyaga qabul qilishmaydi, iltimos bunday qilmang.

Yigit tinmay yolvorarkan, hatto ko'zlaridan yosh tomchilay boshladi.
-Senga bir hafta muhlat, agar o'zingni o'zgartirmasang, unda akademiyani tushingda ham ko'rolmaysan, hatto kollejni bitira olmasliging ham mumkin, yaxshilab harakat qil. Aytgancha, yangi qizaloqqa ham tushintirib qo'y, o'z o'rnini bilmasa, ahvoli senikidan battarroq bo'ladi.
Seung Yunaga ogohlantiruvchi nigoh tashlab, zalni tark etdi. Uning ortidan , boshqa talabalar ham. Zalda faqat Yuna va hali ham polda tiz cho'kkancha o'tirgan yigit qoldi. Yuna begona yigit tomon yaqinlashib, uni turgizmoqchi bo'ldi, ammo yigit uni siltab tashladi.

Yuna:Nega ularga bunday bo'yin egyapsiz? Nega o'sha dimog'dor qizga tiz cho'kdingiz?
Yigit Yunaning gaplaridan telbalarcha kulib yubordi.
-Sen ularning kim ekanini hali ham bilmaysan shundaymi? Ular agar istasa butun hayotingni do'zaxga aylantiradi, bitta oilalariga shikoyat qilishsa shuning o'zi yetadi.
-Bu boylik ularning oilalariga tegishliku, nima bo'lganda ham bunday jirkanch insonga tiz cho'kish ahmoqlik...
-Axmoqlik degin? Asl ahmoq menman shuni bilasanmi? Men o'zim boshidan chegaradan o'tdim, Seungga sevgi izhor qildim, endi buning jazosini tortyapman. Maslahatim kimgadir sevgi izhor qilishdan avval chegaradan chiqmayotganingga ishonch hosil qil.
Yunaning ichida isyon boshlangandi. Uni sevgan bir insonni xorlagan qizning o'zi ham shunday jazo olishi kerak degan qarorga kelgandi

Yona bilan kollej hovlisini aylanarkan, Do Yon o'tmish haqida hikoyasini davom ettirardi.
Yona:Demak, boshida Seung va Yona dushman bo'lishgan. Ammo qanday qilib keyinchalik do'st bo'lishgan?
-Bir kuni repititsiya vaqtida Seungning ustiga qandil tushib ketishiga oz qolgan, Yuna uni qutqarib qolgan. Shu voqeadan keyin Seung unga ishona boshlagan va asta-sekin dugona bo'lib qolishgan. Jungkook Seungning oldiga kelganda Yuna bilan uchrashib qolgan va oralarida sevgi paydo bo'lgan.Yuna 18 yoshga to'lgan kunda tug'ilgan kun bazmiga Seung va Jungkookni ham taklif qilgan. Shu kuni Seung Namjoonni ilk bor ko'rgan. Uning fe'l-atvori, o'zini tutishi, yetuk erkakdek harakatlari dugonangga yoqib qolgan. Yuna Namjoon va Seungni yaqinlashtirishga ko'p uringan, oxirida esa Seung tuzoqqa ilingan. Namjoonning sevgisi uchun o'zini o'zgartirgan, avvalgi yomon odatlarini tashlab, farishtaga aylanmoqchi edi... Afsuski Namjoon uning qanotlarini sindirdi, shunda ham bu axmoq qiz u tomon talpinaverdi. Parvonalar o'zlarini kuydirib yo'q qiladigan sham shulasiga qanchalik intilsalar, Seung ham Namjoonga shunday talpindi... Buni ko'rib men ado bo'ldim.
Kimdir qalbingni sindirsa, sevgingga munosib javob bermasa, azoblanasan... Ammo sevgan insoning bunday holatga duch kelsa, har soniyada o'lasan.
-Nega shunchalik sevgan bo'lsangiz harakat qilmagansiz? Nega bu unashtiruv bo'lishiga indamay qarab turgansiz?

-Meni kurashmagan deb senga kim aytdi?Men o'sha paytda aqldan ozdim. Unashtiruvninh ertasiga men Seungni gaplashib olish uchun chaqirdim...
Flashback olti yil avval

Seung Do Yon aytgandek uning uyiga yetib kelganda yuragi yomonlikni seza boshladi. Qiz Do Yon uni telbalarcha sevishini bilardi, ammo Namjoon bilan unashtiruvdan so'ng o'z holimga qo'yadi deb o'ylagandi. Ammo unday bo'lmadi. Do Yon Seungga turli sabablar ko'rsatib, unashtiruvni buzishga ko'ndirmoqchi bo'ldi. Qizning fikrini o'zgartirmagani Do Yonni barcha chegalarni buzishga olib bordi. Seung ketmochi bo'lgan paytida Do Yon qurolni chiqarib, o'z yuragiga qadadi.
Seung:Nima meni qo'rqadi deb o'ylayapsizmi?
-Men sensiz yasholmayman. O'sha iflosga turmushga chiqqaningni ko'rgandan, seni ham o'zimni ham o'ldirganim yaxshi.
-Do Yon men bu quroldan qo'rqmayman. Meni o'ldirish tugul, hatto kichik jarohat ham yetkaza olmasligingizni ikkimiz ham yaxshi bilamiz. Qurolni tushiring.
-Hech qachon! Sen fikringdan qaytmaguningcha buni qilmayman!
-Unda... Unda o'zingizni bemalol otishingiz mumkin. Umuman olganda siz men uchun hech kimsiz, bazida yordam kerak bo'lganda ishlatadigan qo'g'irchoqlarimdan birisiz holos.
Seung boshqa so'z aytmay ortiga o'grildi, bir necha qadam bosmasidan o'q ovozi xonani to'ldirid. Qiz ortiga o'grilganida Do Yon qonga belanib yotardi...

Comeback
-Siz o'zingizni otdingizmi?
Do Yon o'sha vaqtdagi ahmoqligini eslab, chuqur xo'rsindi.
-Afsuski ha... Meni o'z vaqtida shifoxonaga olib borishgani uchun tirik qoldim. Faqat o'q teshib o'tgan ko'ksimda jarohat izi qoldi. Men o'sha kundan so'ng Seungning ovozini qayta eshitmadim. Seung hatto restoran dizayni masalarini ham xabar yuborish oraqali amalga oshiryapti. U bilan yuzma-yuz uchrashishimni esa ta'qiqlagan. Seungga faqat uzoqdan termula olaman...
Do Yon botib borayotgan quyoshga qaragancha turib qoldi, biroz o'ziga kelganidan so'ng, Yona bilan shaharga qaytishdi.

6-qism tugadi