November 23, 2025

MAG'RUR ISHQ • Part - 3

Mag'rur yuragingning behayo oshig'i ekanligimdan nafratlanaman...

Hayot men uchun shunday: daryo, oqim, bo'ron va men. Daryoning markazida hissiyotlarim bilan chuvalashib qolgan ruhimni bo'ron istalgan yerga olib ketadi. Qayerda qay yo'sinda harakat qilishni bilmayman. Faqat og'riq va alamni his qilaman, xolos. Keraksizlik, ortiqchalik, e'tiborsizlik va majburiyat. Oqimga qarshi suzishga har gal uringanimda ilgaridan-da kuchliroq azobga duch kelaman. Qilishim kerak bo'lgan narsa aynan nima ekanligini bilolmayapman. Sukut saqlashmi? Ko'z yumish, yoki ehtimol o'limdir bu kurashning yakuni. Tushgan holim naqadar achinarli. Ammo shuni bil, nima bo'lishidan qat'iy nazar, men kuchli bo'laman. Nega bilasanmi? Hammasi bir kuni tugaganida sening ko'zlaringga tik qarash uchun. Aslida nimalarni yo'qotganingni anglaganingda o'sha o'lik nigohingga ko'zlarimni qadab mag'lubiyatingdan zavq olishim uchun men hammasiga bardosh beraman. Hozircha davom et. Men esa kutaman. Toki, pushaymondan so'ligan yuzingni, bukilgan qaddingni ko'rmagunimcha bir onga bo'lsa ham nafas olishdan to'xtamayman. O'sha lahzalarni ko'rish uchun yashayman, azizim.

~

PovXarin: Tashqi tomoni qop qora rangli shisha bilan o'ralgan kompaniya yonida to'xtagan mashina ichidan tushishim bilan yoqimsiz kayfiyat ongimni egallab oldi. Ichkariga kirib borarkanman qabulxonadagi qiz "kechirasiz xonim" deya men tomon murojaat qilarkan yurishdan to'xtab ortga qaytdim. Yuzimda paydo bo'lgan tushunarsizlik bilan xodim bilan salomlashdim.
– Xush kelibsiz, xonim, oldindan uchrashuv belgilagansizmi?
Demak hammasi endi oydinlashdi. U meni mehmon deb o'yladi shekilli.
– Tanishganimdan xursandman, azizam, Park Xarin.
Sochlarimni yig'ib turgan ko'zoynagimni yechib qosh uchirarkanman tund qiyofamdan qo'rqib ketgan qiz shoshib o'rnidan turdi.
– Uzr so'rayman, Park xonim.
– Ruxsatingiz bilan boshlig'ingiz erimning yoniga chiqsam.
Ensa qotirgancha uning keyingi gaplarini ham kutmay ichkariga kirib ketdim. Kompaniyaning marmar poli ustiga bosilgan qadamlarimdan chiqayotgan tovush ham qanchalik alamzada ekanligimni bildirayotgandek edi. Hech ikkilanishsiz dugonamning xonasiga bostirib kirarkanman narsalarini xotirjamlik bilan yig'ayotgan Lienni ko'rib hafsalasiz nafas chiqardim.
Xarin: Rostdanmi, Lien? - sumkamni divan ustiga uloqtirib unga yaqinlasharkanman stolini aylanib o'tib meni quchgan qiz xo'rsingancha yelkamdan mayin siladi.
Lien: Ko'rib turganingdek, Xarin.
Xarin: Bilaman bu to'g'ri emasdi. Ammo, Lien ishon Jimin bundan afsusta. U seni qanchalik qadrlashini bilasan, shundaymi?
Lien: Sen hammasini bilmaydiganga o'xshaysan, azizam.
Nimagadir shama qilgan dugonam qosh uchirib qo'yish barobarida barcha buyumlarini idishga solib uni qo'liga oldi.
Xarin: Men bilaman. O'sha yangi kotiba haqida.
Lien: Shunday bo'lsa ham o'zingni juda xotirjam tutyapsan.
U meni chetlab o'tishga urinib tashqariga otlanarkan Lienning yo'lini to'sib bahslasha boshladim.
Xarin: Boshqa ilojim bordek gapiryapsan. Albatta xotirjam bo'lishim kerak. Aysh qo'y shuni endi, Lien, gaplashamiz.
Uning qo'lidagi qutini yulqib olib stol ustiga qayta qo'ydim. Endi uning kaftidan tutib divanga o'tirish uchun ortga o'girilmoqchi ham edimki, eshik ruxsatsiz ochildi. Jiminning qiyofasini ko'rishim bilan biroz yengil tortdim. Umid qilamanki, u uzr so'rashga va Lienni ishda olib qolish uchun keldi.
Xarin: Kutilgan odam.
O'zimni chetga olib ularni gaplashib olishlariga imkon berdim.
Lien: Sizlarni yolg'iz qoldiraman.
Ortidan la'nati qutini qayta qo'liga olgan qiz eshikka tomon yo'lanarkan Jimin dadillik bilan dugonamning yo'lini to'sdi.
Jimin: Jiddiymisan?

Lien: Umrim davomida hech qaysi qarorimni qabul qilish uchun bunchalik jiddiy bo'lmaganman, janob Park.
Zardali ohangda kesatgan qiz uni chetlab o'tishga uringan ham ediki, "jonkuyar erim" yana bir marta uni to'xtatdi.
Jimin: Liyee, qo'ysangchi.
Lien: Xudo haqqi, Jimin, nahotki men bilan hech narsa bo'lmagandek gaplasholsang?!

Jimin: Yo'q albatta, hijolatdan yuzim qizarib ketganini ko'rmayapsanmi? - hazil aralash chiqqan ohangdan qosh uchirib qo'yar ekanman xuddi shu qiyofa bilan men tomon burilgan qiz sabab jiddiy tortdim.
Lien: Unda kechirimingiz qani, Janob Park Jimin?
Jimin: Liyee, sen mening eng yaxshi xodimam va yaqin do'stlarimdan birisan. Oramiz bunday sovuqlashib ketishini xohlamaganim va sen kabi ishchini yo'qotmaslik uchun shu yerdaman.
Lien: Demak kechagi biror ishingdan pushaymon emassan. Ha tushunarli, unda borib "shaxsiy kotibangning" ko'zyoshlarini artib o'tir. Men esa o'zimga boshqa ish va do'st topaman.
Nega Lien bu qizni bunchalik alamzadalik bilan tilga olishi meni o'ylantirib qo'ydi. Jiminning javobiga qiziqib unga tikilarkanman hech bir sado chiqmadi.
Jimin: Bu sen yoki boshqalar o'ylagan narsa emas. Buning ustiga xodimlar o'rtasida kelishmovchilik chiqishi ham tabiiy holat emasmi?
Lien: Albatta. Ammo aslida nima bo'lganini va o'sha suyug'oyoqning aytgan gaplarini bilmay turib qaror qilishing xato edi.
Xarin: Shoshmang - ortiq sabrim yetmay suhbatga aralashdim, - nima demoqchi bo'lyapsan, Lien.
Lien biroz talmovsiragancha bir menga bir Jiminga nazar tashlab qo'yarkan shunchaki jim bo'ldi.
Xarin: Nega ikkingiz ham jim bo'lib qoldingiz?
Lien: U meni haqoratladi, Xarin, bori shu. Xayr Park Jimin, kompaniyang ishlariga rivoj tilayman.
U nimanidir yashirganini sezib turardim. Bu yerda men bilmasligim kerak bo'lgan nimadir borligi aniq. Qarshimdagi yigitning hafsalasiz yuziga tikilib turib unga bor zahrimni sochdim.
Xarin: Uni qanday qilib bo'lsa-da bu yerga qaytaramiz, Jimin. Yana shuni ham bilib ol, nima yashirayotgan bo'lsang ham buni albatta bilib olaman.
Shunday degancha dugonamning ortidan chiqib ketdim. Allaqachon mashinasiga joylashgan qiz hali ketishga ulgurmasidan o'rindiqqa joylashdim.
Lien: Xarin..
Xarin: Gaplashamiz, dugonajon, qani ketdik.
Boshqa tortishishni istamay yo'lga imo qilarkanman Lien xo'rsingancha mashinani o't oldirdi.

~

Xarin: Endi nima bo'lganini aytasanmi?
Lien: Allaqachon hammasini bilasan, ko'rib turganingdek men ishdan bo'shadim.
Xarin: Buni nazarda tutmadim, Lien, o'sha qiz bilan bog'liq nimadir bor shundaymi?
Lien horg'in nafas yutgancha yuzini boshqa tomonga burdi.
Lien: O'sha qiz.. uning Jiminga nisbatan qiziqishi bor deb o'ylayman.
Xarin: Nima?
Lien: Yo'q bu qiziqish emas, ochiqchasiga hirs.
Asablarim taranglasha boshladi.
Lien: Uning bir nechta yuzi bor, ishonamanki, suyukli ering bu tuzoqqa tushib qolmaydi.
Bo'lishi mumkin emas... Kechagi bo'lgan ishdan so'ng xotiralar, har bir aytilgan so'z va qilingan ortiqcha harakat miyamda aylanib yona boshladi. Boshimda nimadir alanga olardi.
Xarin: U ishini ajoyib tarzda uddalayotganga o'xshaydi.
Hech so'z demay mashinadan tushdim.
Xarin: Agar o'sha megajin chindan erimga osilayotgan bo'lsa uni o'zim kompaniyadan haydab solaman.
Ko'zlarimda alanga olayotgan qahrni o'z aksimda ko'rdim. Jimin bilan hammasi chalkash bo'lsa-da u mening erim. Men uni mana shunday qora tomonlari bilan sevaman, hatto bu muhabbat so'nishga ulgurgan bo'lsa ham.

~

Offisga qaytganimda faqatgina xayolimda bir inson aylanardi. Chindanam shunchalik osonmi? Agar u kimdir bilan hirsini qondirsa bu boshqa masala, lekin chindan sevib qolsachi?! Lift kerakli qavatga chiqquncha siqilib ketdim. Aynan nega bu yerda ekanligimni, nima qilmoqchi ekanligimni ham aniq bilmayman. Ammo Lien aytgan narsalarni o'zim ko'rishim kerak. Ogohlantirishsiz erimning xonasiga bostirib kirdim. Yolg'iz o'zi qandaydir hujjatlar ustida ishlayotgan bo'lishi kerak edi. Ammo yo'q. Negadir dugonamning ziyrakligiga yana ishonch hosil qilishni boshlayapman. Xong Chayong bilan nimalardir qilayotgan Jimin hayrat bilan men tomon qaradi. Hafsalasiz qo'lidagi faylni stolga tashlarkan erimning yonida oldi ishchi xodim uchun mutlaqo mos bo'lmagan ochiqlikdagi kiyim kiygan kotiba egilib turgan holatida eshikka yuzlandi. "Chayong xonim" qaddini rostlab Jiminga ishora qildi-da chiqishga shaylandi.

Ammo uni to'xtatdim.
Xarin: Bizga 2 finjon achchiq qahva keltirib hech kim bezovta qilmasligini ayting.
Buyruq ohanggida qizga yuzlanib egnimdagi paltoni yechdim-da divan ustiga tashladim. Qiz tomonga hatto burilib ham qaramadim. Senga o'rningni bildirib qo'yolmaymanmi, qizaloq?!

Jimin: Ko'rinib turibdi, Lienni fikridan qaytara olmabsan. Biroq bu zahringni hammaga sochishing kerak degani emas.
Bir muddat g'azabimga erk berish haqida o'ylab qoldim. Lekin ichimda nimadir "yo'q hozir emas, Xarin" deya meni to'xtatib turardi.
Xarin: Ha, kotibangga biroz qo'pollik qilganim jahlingni chiqardi, shekilli.
Jimin qo'lidagi ruchkani barmoqlari orasida aylantirgancha menga ko'zlari qisilib qaradi.
Jimin: Nima istaysan, Xarin.
Xarin: Menmi? Bu yerda men nima istashimni aniqlash uchun emas, sen nima xohlashingni bilish uchun turibman.
O'zim istamasam-da ovozim qattiqlashib ketardi. Jimin tushunarsiz nigohlar bilan qaddini rostlarkan endi gapirishga shaylangani-da "qahvalarimiz" yetib keldi. Chayong oldimizga finjonlarni qo'yib xonadan chiqqach yana erimga yuzlandim.
Xarin: Men bu qiz bu yerda ishlashini istamayman, Jimin.
Hech qanday ikkilanishsiz fikrimni ochiq bayon qildim.
Jimin: Tushunmadim
O'rnimdan qo'zg'algancha gaplarimni takrorladim.
Xarin: Tanlovni amalga oshir deyapman. Yo shu qiz yoki Lien.
Jimin qoshlarini hayrat bilan ko'tarib so'ng o'rnidan turdi. Qarshimga kelib o'tirarkan bo'ynini ortini asabiy ishqab tirsagi bilan tizzasiga tayandi.
Jimin: Xarin, Lien uchun qayg'uryapsan va men buni qadrlayman. Ammo, bir narsani tushunishingni istayman, bu ish, bu biznes. Bu yerda do'stlik yoki boshqa hech qanday munosabatga o'rin yo'q. Axir bilasan, Xong Chayongni men qabul qilmadim.
Xarin: Lekin u sen bilan ishlayapti. Sening yoningda har bir harakatingdan xabardor bo'lib yuribdi. Buning ustiga kompaniya standartlariga xos bo'lmagan kiyimda.
Jimin: Kiyim? Chindanmi, Xarin? Nahotki meni har bir ishchining kiyimiga qaraydi deb o'ylaysan?
Xarin: Erini klubda foxisha bilan ko'rgan ayol sifatida nima deb o'ylashimni kutganding, qiziq?
U stolga kafti bilan zarba bergancha o'rnidan turib ketdi. Jahlini bosishga urinib chuqur nafas olib chiqararkan men ham unga yaqinlashdim.
Xarin: Senga ishonmasligimni bilasan, Jimin. Agar o'sha ayol bilan ishdan tashqari nimadir qilsang...
Jimin: Xo'sh? - men tomon birdan o'girilgan yigitning qiyofasi daxshatli edi. U qattiq g'azablangan, qorachiqlari buni aytib turibdi.
Jimin: Menga shart qo'yishga urinma, Kim Xarin.
Xarin: Park Xarin! Mening familiyam Park! Oilali inson ekanligingni miyangga quyib ol va la'nati yengiltak kotibalaringdan uzoq yur. Kechki 21:00 da Rani uxlashdan oldin uyda bo'l.

Boshqa hech narsa demay jizzakilik bilan divan ustidagi kiyimimni qo'limga olgan ham edimki, Jimin bilagimdan siqimlab meni o'ziga tortdi.
Jimin: Sen nima demoqchisan? Menga buyruq berishga jur'at topdingmi?
Undan qo'limni siltab tortib ko'zlariga tik qaradim.
Xarin: Menga seni hurmat qilishim uchun aqalli bitta sabab keltirolasanmi?
Qorachiqlari mening nigohlarimda qotib qolgan Jimin jimib qolganidan foydalanib xonadan chiqib ketish uchun o'girilarkanman men tutqichidan ushlagan eshikka kaftini bosgan yigit tishlari orasidan vishillab yuzimga yaqin keldi.
Jimin: Bu yerga boshqa bu masala bo'yicha kelma, Xarin. Men bilan o'yin o'ynama. Natijasini ko'tara olmaysan. Endi esa ketishing mumkin.

Uning o'zi eshikni ochib chiqishim uchun yo'l ochdi. Tashqariga chiqar ekanman erimning bo'yinbog'ini muloyimlik bilan to'g'irlab uni o'zimga xiyol tortib qulog'iga pichirladim.
Xarin: Bu o'yinga aylansa, sen taniy olmaydigan darajada, o'zgaraman, sevgilim.
Shunday deya uning yuziga labimni bosgancha nafrat to'la ko'zlarim bilan tikilib u yerdan ketdim. Chiqish davomida yangi kotibaga ma'noli nigohlarimni qadashni ham unutmadim, albatta.

~

Rafiqasi ketganidan so'ng g'azabini bosa olmay qolgan Jimin bo'yinbog'ini bo'shatib uni yulqib tashlarkan xonaga Chayong kirdi.
Chayong: Jimin, ahvoling yaxshimi? - so'radi qiz stol ustidagi tegilmagan qahvalarga razm solib.

Jimin: Eshikni taqillatish kerakligini unutib qo'ydingmi? - oynaga o'girilib turgan deriktor ortiga nazar tashlarkan qizning kiyimlari chindan Xarin aytgani kabi edi.
Chayong: H..haligi, uzr so'rayman, men...
Jimin: Xong Chayong, ehtimol sen uchun kompaniya qonun-qoidalari begonadir, ammo boshlig'ing sifatida seni ogohlantirishim kerak deb o'ylayman, ishga ortiq bazmga borayotgandek kiyinib kelma. Endi esa meni yolg'iz qoldir.
Chayong: Jimin, m..men...
Jimin: Senga chiq xonamdan dedim! - kursiga o'tirish mobaynida zarda bilan deyarli o'shqirgan Jiminning qahridan sapchib tushgan qiz tezda xonadan chiqib ketdi.

~

PovXarin: Bir necha kun xayolimdan Jimin bilan oxirgi suhbatimiz yodimdan chiqmadi. U bilan doimgidek deyarli gaplashmaymiz. U mening har bir gapim va harakatimni e'tiborsiz qoldirishda davom etmoqda.
Rani: Oyijon, men tayyorman. To'g'nog'ichimni dadam taqib qo'ydilar. Kalta yubkachasini ko'tarib jilmaygan qizimga javoban tabassum qilib uni o'pib qo'ydim.

Xarin: Men ham tayyorman, qizim.
Rani: Dadam va bobom bizni tashqarida kutishmoqda.
Xarin: Yaxshi.
Oxirgi marta oynaga qarab sumkamni olgancha xonadan chiqdim. Bugun akam Xitoydan keldi va shu sababli bazm uyushtirilgan. Tabiiyki, qaynotam va erimning hamkori sifatida biz ham taklif qilindik. Pastga tushganimda janob Park allaqachon boshqa mashinada ketgandi. Jimin esa tashqarida bizni kutib turardi. Rani borishi bilan unga keng tabassum bilan qaragan yigit qizalog'imga eshikni ochib berdi.

Nigohlarimiz to'qnashishi bilan negadir yuragim tez urib ketdi. U hech qanday e'tiborsiz "o'tir" degandek ishora qilarkan bir muddat nimalarni xayol qilganimni o'ylab noqulaylikdan titrab ketdim. Ha nima kutgandim?! Libosing yarashibdi deyishinimi? Yoki bugun har doimgidan ham go'zalsan deyishi kerak edimi? Xah u hatto oldingi kunlarda mening pardozim va ko'rinishim qanday bo'lganini ham bilmaydi. Tanamga yoyilgan titroqdan asabiylasha boshladim. Bizning o'rtamizga joylashib olgan qizim dadasi bilan allanimalarni gapirib kulib ketishardi. Negadir o'zimni ortiqcha seza boshladim.
Jimin: Bu karamel iforimi?
Jiminning savolidan sergaklanar ekanman yuragim hapqirib ketdi. U buni sezdimi? Biz tanishgan vaqtlarimiz... U bilan birga bo'lganimizda shu hidni yoqtirishini aytgandi. Yani mening iforimni...
Xarin: H..ha, men yana shu atirga qaytishni istadim.
Uning javobiga qiziqib o'sha tomonga qarar ekanman yuzini oynaga burgan Jimin ensa qotirgancha javob berdi.
Jimin: Diding ham o'zing kabi hech qachon o'zgarmaydi.
Bir muddat qotib qoldim. Xuddi yomg'ir ostida yolg'iz qolib ketgandek... Hech narsa demay unga ters o'girildim. Qanchalik axmoqligimni isbotlading, Park Jimin. Men qachondir seni qo'yib yuborishim kerak. Bo'g'zimga tiqilgan yoqimsiz to'siq sabab qiynalib nafas olarkanman mashinani qoplab olgan karamel iforini yo'qotish uchun oynani ochdim.

~

Katta restarant zali Kim Hajoon tomonidan band qilingan. Mehmonlar deyarli kelib bo'lgan. Kechaning asosiy mehmonlari kelishi bilan hammaning e'tibori o'sha tomonga qaratildi. Hajoon xalqaro miqyosdagi tadbirkor bo'lgani sababli uni taniydiganlar talaygina. Yagona singlisi Xarinning oilasi esa hammaga birdek qiziq. Rani tog'asini ko'rishi bilan uning quchog'iga o'zini otdi.
Rani: Avval meni ko'rishga kelmaganingiz uchun sizdan xafa bo'lmasligim uchun menga nima olib berasiz, tog'a?
Qizaloqning gaplaridan kulib yuborganlar uning yoqimtoyligini hazm qilisholishmasdi. Hajoon jiyanini yerga qo'yib Xarinni quchdi.
Xarin: Xush kelibsiz.
Jimin: Xush kelibsan, Hajoon.
Hajoon Jiminning qo'lini sovuqqonlik bilan siqib qo'yarkan o'zidan biroz uzoqroqda turgan do'stini imlab chaqirdi.
Hajoon: Janob Park, bu mening yaqinim va hamkasbim, u haqida sizga ham aytgandim, to'g'rimi? Kim Sehun.
Sehun o'tkir nigohlarini hamkorining tanishlariga tikib qadahini ko'tarib qo'ydi.
Xarin: Sehun?
Xarin bir necha daqiqa xotiralar haqida o'ylab birdan yigitga murojaat qilarkan Sehun qiziqsinish bilan u tomon qaradi.
Xarin: Nahotki?

Sehun: Agar eslay olmaganingda bazmdan chiqib ketish haqida o'ylab turgandim, - qosh uchirib kesatgan bo'ldi yigit. Qizning chehrasi yorishib ketarkan Sehunni hech ikkilanishsiz quchdi.
Xarin: Yo Xudoyim, chindan juda o'zgargansan.
Hajoon: Uni oxirgi marta ko'rganingda bolalardan kaltak yeb yurgan bolakay edi, shundaymi?
Hajoon ham do'stini mazax qilarkan hamma birdek kulib yubordi.
Xarin: Sehun tanish, bu mening kichik malikam, Rani.
Sehun: Hajoon orqali bu mitti shumtaka haqida juda ko'p eshitaman. Sen ham kichikligingda shunday yoqimtoy bo'lganingga shubham yo'q, - keng jilmaydi Kim, qizaloqning sochlarini iliqlik bilan sinab. Xarin samimiy tabassum qilgancha yerga qarab kularkan bir qadam oldinga odimlagan Jimin Xarinning belidan qo'lini o'radi.
Jimin: Azizam, balki janob Kimga meni ham tanishtirarsan.
Avvaliga belidan o'ralgan qo'ldan hayratga tushgan Xarin keyingi galda uning qarshisidagi erkakka qadalgan o'lik nigohlaridan qotib qoldi. Bir necha soniya gap topolmay kalovlanarkan tomoq qirib Sehunga yuzlandi.
Xarin: Sehun, bu Park Jimin...
Jimin to'xtalib qolgan rafiqasining beliga bosim o'tkazib yuzini u tomon burdi.
Jimin: Park Jimin? Meni yaxshiroq tanishtir.
Qizning ikkilanib qolgani uning qarashlaridan aniq edi. Jiminning hissiyotlari aynan nima ekanligini tushuna olmagan Xarin bu rashk ekanligiga ishongisi kelmasdi.
Sehun: Park Jimin, Xarinning turmush o'rtog'isiz, shundaymi? Hajoon menga bu haqida aytgan.
Jimin: Tanishganimdan xursandman, Kim Sehun.
Ular kaftini birlashtirganidan so'ng nigohlar jangi boshlanarkan o'rtaga yoqimsiz sukunat cho'kkandi...

~

3-qism tugadi.
Bilaman kech qoldi anchagina uzr soriman. Endi tezroq tashlashga harakat qilaman. Kutganila uchun kattakon raxmat💗