June 29, 2023

"Mushuklar malikasi Minush" #taqriz

📚 Mushuklar malikasi Minush
✍ Anni Shmidt - Niderlandiyaning taniqli bolalar yozuvchisi.

Ijodkorning ushbu asari ko'plab tillarga tarjima qilingan mashhur kitoblardan biridir.
Niderland tilidan Sharifjon Ahmad tarjimasi.

Asar kichkina shaharning gazeta muxbiri Tibbe va  odamga aylangan Minush, "Jonivorlarni muhofaza qilish jamiyati"  raisi - Emmeleyt janoblari haqida.

Muxbir bo'lishiga qaramasdan, judayam tortinchoq Tibbe odamlar bilan gaplashishdan, ulardan yangiliklarni so'rab-surishtirishga yuragi dov bermaydi. Har doim xo'jayinidan gap eshitgani eshitgan. Unga faqat mushuklar bo'lsa edi, - xo'jayinining aytishicha.

Uning Minushga duch kelishi butkul hayotini o'zgartirib yubordi. Endi u hech kim tortinmaydigan yangilik xabarlarni boricha - mushuklar to'plagan dalillar orqali jamiyatga e'lon qila boshladi. Janob Ellemeyt qanchalik kirdikorlari fosh bo'lmasligi uchun  harakat qilmasin, jamiyat uchun hayvonlarni himoya qiluvchi vijdonli amaldor bo'lib tanilmasin, oxir- oqibat hamasi oshkor bo'ladi. Bu albatta kichkina qizaloq Bibishning yordami bilan amalga oshadi. Maktab yoshidagi bu qizaloq rasmlar tanlovida "Sassiqpishak" laqabli mushukning rasmi bilan ishtirok etib eng oliy sovg'a "fotoapparat" bilan taqdirlanadi. Ushbu fotoapparat yordamida u Janob Emmeleytning mushuklarga sharob shishalarini uloqtirmoqchi payti va ov miltig'i bilan ularni otmoqchi bo'lgan payti rasmlarga oladi.


Bu rasmlar " Bashariyatga yo'ldosh mushuklar" nomli katta qamrovli ma'ruzada ommaga namoyish etiladi va xalq aslida Emmeleytning kim ekanligiga guvoh bo'lishadi.
Emmeleyt haqidagi maqolasidan keyin ro'znima rahbari Tibbedan  raddiya yozishini aksi taqdirda ishdan haydashini aytadi. Tibbe buni isbotlanishi bilan ish joyini tark etadi.

Shundan keyin Minush va bir talay mushuklar Tibbega yordamga otlanishadi. Mushuklar Minush xonim orqali Tibbega Janob Emmeleyt haqidagi haqiqatlarni birma bir gapirib berishadi.

Asarda mushuklar bilan bog'liq barcha voqea-hodisalar o'rin olgan. Ularning baliqni sevishlaridan tortib, tomlardagi " Katta konsert" lari ham o'rin olgan.
Muxbir  o'z mushugi "Fluf" ,  Minush xonim, Sassiqpishakning oltita norasidasi bilan birga yashaydi.

Tibbening Minush xonimga bir kungina  uyidagi  kichgina karton ichida tunab qolishga izn berishi qancha sarguzashtlarga, haqiqatlarni ochilishiga sabab bo'ldi.
Asarning eng qiziq qismi - Minushning opasi kelib unga yana qaytadan mushukka aylanish imkonini berishi va Minushning uni rad etishi.

Tibbening bir kungina Minushni topmay uni boradigan  bo'lgan hamma joylardan izlashi, yana mushuk holiga qaytmadimikan deya qo'rquvlari, uni yana ko'rish ilinji va uni sevib qolishi Minushga o'z holida qolishiga yetarli sabablar edi.

Muallif: @nilus_blog

«Mushuklar malikasi Minush» asari haqidagi sara fikr va taqrizlar: https://t.me/Akademnashr/2811