November 22

Ikkinchi Liga kuzgi mavsum 6-tur savollari (17.10.2026)

1-savol:
Turli kinofilmlar va televizion dasturlarni o‘zida jamlagan Sweet.tv platformasi logotipida shirin ponchik
tasvirini ko‘rish mumkin. Logotipda ponchik o‘rtasidagi teshik Uning ko‘rinishida stilizatsiya qilingan.
Simvolika lug‘atida U “oldinga harakat” ma’nosini anglatishi yozilgan.
Savol: Uni yozib bering.
Javob:Play tugmasi
Izoh: Logotipda Ponchik teshigi Play tugmasi ko‘rinishida tasvirlangan.
Zachot: Play so‘zi bilan.
2-savol:
Artur Julius 1962-yilda KFC asoschisi Devid Sanders bilan uchrashganida unga quyidagi so‘zlarni aytadi:
“Sizning tovuqli qanotchalaringiz yeb bo‘lgach barmoqlarni yalaydigan darajada mazali. Lekin odamlarga
yana nimadir kerak”. Gap shundaki, Julius Ularni ilk bora ishlab chiqara boshlagan inson hisoblanadi.
O‘tgan asrda AQSH armiyasining cho‘lli hududlardagi operatsiyalarida ta’minotni tejash uchun Undan keng
foydalanilgan.
Savol: Uni aniq yozib bering.
Javob:Nam salfetkalar.
Izoh: Tovuq qanotchalarining teriga yopishqoqligi sabab KFC tarmoqlari nam salfetkalardan ilk bora
foydalanishni boshlagan.AQSH armiyasida cho‘l hududlarida suv taminotini tejash maqsadida nam
salfetkalar gigiyenik tozalanishda foydalanilgan.
3-savol:

Fransuzlar Uni siz tarqatmada ko‘rib turgan nom bilan atashadi. Melani Martinezning “Karusel” qo‘shig‘ida
istirohat bog‘i va undagi attraksionlar muhitida qahramonning nozik hamda yumshoq qalbi Unga
qiyoslanadi.
Savol:
Uni yozib bering.
Javob:Paxtaqand.

Izoh: Tarqatmadagi nom fransuz tilida "Dadamning soqoli" deb tarjima qilinadi. Fransuzlar paxtaqandni
shunday atashadi.Qo‘shiqda Istiroxat bog‘idagi atraksionlar muhitida parklarda ko‘p sotiluvchi paxtaqand
insonning nozik va yumshoq qalbiga qiyoslanadi.
Zachot: Shirin paxta
4-savol:
“Kichkina shahzoda” asarida qahramonga o‘zi borgan navbatdagi asteroid yoqmaydi. Asteroiddan ketishga
chog‘langan qahramonga Qirol Ushbu lavozimni taklif qiladi. Yusuf Abdullayev mustaqil O‘zbekiston
tarixida Ushbu lavozimni egallagan ilk inson hisoblanadi.
Savol: Qanday lavozim?
Javob:Elchi
Izoh: “Kichkina shahzoda” asteroidni tark etmoqchi bo‘lganida asteroid qiroli unga Elchi bo‘lishni va boshqa
asteroidlar bilan aloqalarda yordam berishi kerakligini taklif qiladi. Yusuf Abdullayev Ilk o‘zbek elchisi
hisoblanadi.
5-savol:
Qrim urushi davrida Britaniya askarlari kiyimlarda kana va bitlar paydo bo‘lishidan aziyat chekishgan.
Urush sharoitida kiyimlarni tez tez yuvish imkonsiz edi, shu sababli britan armiyasida IKSga talab oshib
ketgan. Manbalarga ko‘ra, ba’zi askarlar IKS o‘rniga og‘irligi 15 kilogramm keladigan o‘q yadrolaridan
foydalanishgan.
Savol: IKS o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering?
Javob:Dazmol.
Izoh: Askarlar yuqori darajada qizigan dazmol orqali kiyimlardagi zararkunandalardan halos bo‘lishgan.
Ba’zi holatlarda katta metal buyumlar xususan metall o‘q yadrolari ham dazmon o‘rnida qizitib ishlatilgan
6-savol:
“Groggy” atamasi inglizlardagi grog nomli rom aralashtirib ichiladigan o‘tkir alkagolli ichimlik nomidan
olingan.
Savol: “Groggy” atamasi qaysi sport turida tez-tez ishlatiladi?
Javob:Boks
Izoh: Grog ichimligi o‘tkir alkogolli ichimlik bo‘lib odamni tezda mast qilib bosh aylanishi va karaxtlik
holatiga tushuradi. Boksda kuchli zarbadan keyin gangib karaxt xolga kelib qolgan sportchiga nisbatan

"Groggy" atamasi ishlariladi.
Zachot: UFC,MMA
7-savol:
Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan xona uchun mo‘ljallangan isitish radiatorlaridan biriga U deb nom
berilgan. Boshqa bir U yozgi issiqda salqin uxlash maqsadida Oq uyning tomiga maxsus ayvon qurdirgani
qiziq holat.
Savol: Uni bir bo‘g‘inli so‘z bilan yozib bering.
Javob:Taft (taft)
Izoh: Izohli lug‘atga ko'ra taft so‘zi issiqlik, buyum yoki inonsondan chiqayotgan hayotbaxsh harorat
ma’nolarini bildiradi. AQShning 27-prezidenti Uilyam Govard Taft yoz kunlarida issiq taftidan saqlanish
uchun Oq uy tepasiga ayvon qurdirgan, binoning bir qismida sovutish tizimini yo‘lga qo‘yishga ham
harakat qilib ko‘rgan.
8-savol:
Yanvar oyida bo‘lib o‘tgan PSG-Oser o‘yinida PSG futbol klubi katta ustunlikka ega bo‘lib, darvoza tomon
juda ko‘p aniq zarba yo‘llagan bo‘lsada yakunda kichik 1-0 hisobida g‘alabga erishgan. Bir maqolada
matchning eng yaxshilaridan biri bo‘lgan Oser darvozaboni Donawan Leon Uning ko‘rinishida tasvirlangan.
Wikipedia maqolasida U tan soqchi, qamoqxona qo‘riqchisi va malika sifatida qayd etilgan.
Savol: U kim?
Javob:Shiva.
Izoh: Maqolada Donawan Leon “Mortal kombat” o‘yini qahramoni bo‘lgan ko‘p qo‘lli Shivaga qiyoslangan.
Filmlar franshizasida Shiva yuqorida sanalgan ijtimoy maqomlarga ega bo‘ladi.
9-savol:
Meshkoblar – jonzod terisidan qilingan mesh deb ataladigan idishdga suv solib, uni odamlar va
xonadonlarga yetkazib beruvchi yoki ko‘chalarda chanqaganlarga sotib kun ko'radigan insonlar bo‘lgan.
O‘rta asrlar Qohirada bu kasbni tanlagan yangi meshkoblarga darxol suv sotishga ruhsat berilmagan. Ular
avvalo bir necha kun davomida o‘z meshlarida qurilish punktlarida sement qorishmasini tashishlari kerak
bo'lgan.
Savol: Bundan qanday maqsad ko‘zlangan?
Javob:Teridagi hid va ta’mni yo‘qotish.

Izoh: Hayvon terisidan yangi oshlangan terida jonzodning hidi va xom go‘sht tami saqlanib qolgan. Unda
suv tashilsa bu hid va tam suvga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.Bu yoqimsiz hidni va ta’mni yo‘qotish uchun
meshkoblar meshida bir necha kun sement tashishi kerak bo'lgan.
10-savol:

Ko‘rgazmali materialda rassom Karavadjo qalamiga mansub U nomli kartinani ko‘rib turibsiz. Ularning nomi
ilmiy tilda “Palimist” deb ham ataladi.
Savol: U o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob:Folbin.
Izoh: Kartinada aristokratning kaftlariga qarab fol ko‘rayotgan folbin tasvirlangan.Ingliz tilida “Palm” so‘zi
“kaft” degan ma'noni anglatadi. Folbinlar ilmiy tilda Palimistlar deb ham ataladi.
11-savol:
Onlayn platformalardan birida agar siz ro‘yhatdan o‘tishni oxiriga yetkazmasdan saytdan chiqib ketsangiz,
platformaning o‘zi sizga avtomatik tarzda profil rasmi va U nikini faollashtiradi. G‘ayritabiiy kuchlarga ega
bo‘lgan va yovuzlikka qarshi kurashadigan, ammo o‘tmishi sirliligicha qoladigan odam haqidagi amerika
seriali nomi ham U.
Savol: U o‘rnidagi ism familiyani yozib bering.
Javob:Jon Dou
Izoh: Jon Dou – bu Britaniya, Kanada va Amerika huquqiy tizimlarida shaxsning asl ismi noma'lum yoki
qasddan yashirilgan hollarda ishlatiladigan ism . AQSh huquqni muhofaza qilish tizimida bu atamalar
odatda noma'lum yoki noma’lum insonlarni aniqlash uchun ishlatiladi
12-savol:
“Dota 2” kompyuter o‘yini bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli turnir g‘oliblariga Egida nomli qalqon
ko‘rinishidagi kubok topshiriladi. Mifologiyada Egida Zevsga tegishli bo‘lgan va Uning terisi bilan qoplangan
qalqon hisoblanadi.
Savol: Uni toping.
Javob:Echki
Izoh: O‘z yo‘nalishida tengsiz deb topilganlar sport slengida GOAT ya’ni echki deb ataladi. Turnir kubogi
o‘ziga hos ramziylikka asoslangan.

13-savol:
Bir hazil videoda, 3 soatgina uxlagan haydovchi o‘zini tetik ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, lekin yo‘lda ko‘ziga Ular
ko‘rina boshlaydi. Jek Londonning alkogolizmga qarshi ruhda yozilgan asarida oyoqlari chalmashib
yuradigan va tez-tez ariqqa yiqiladigan odamning ko‘ziga Ular ko‘rinishi aytiladi.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Pushti fil.
Izoh: Pushti fil atamasi alkogol ta’siridagi gallyustinatsiyalarga berilgan umumiy nom hisoblanadi.
14-savol:
“Tandirda toblangan tor” nomli maqolada sifatli tor yasash qiyinchiliklari va ushbu torlarning yuqori sifati
haqida gapirilar ekan, 1644-yilda tug‘ilgan Ushbu inson eslab o‘tiladi.
Savol: Bu inson Kim?
Javob:Antonio Stradivari
Izoh: Italiyalik usta Antonio Stradivari butun dunyoda o‘zining sirli tarzda sifatli yaratiladigan skripkalari
bilan mashhur.
Zachot: Stradivari.
15-savol:
Ko‘rgazmali material

Ko‘rgazmali materialda Jahon Chempionati-2026 doirasidagi Angliya-Norvegiya o‘yinida Jud Bellingem
harakatlarining grafik tahlilini ko‘rib turibsiz. Bir maqolada jurnalist hazil tariqasida “Jud Bellingemdagi
kuchli U Angliyaga g‘alabani taqdim etdi deydi.
Savol: Uni qo‘sh undoshli kelib chiqishi xorijiy bo‘lgan so‘zda yozib bering.
Javob:Gripp
Izoh: Futbolda futbolchilarning ushbu ko‘rinishdagi harakat grafigi "Issiqlik haritasi" deb ataladi. Jurnalist
grafikda isssiqlik xaritasi yuqori darajaga chiqib ketgan Jud Bellingem haqida yuqoridagi hazilomuz fikrni
aytgan. O‘yinda Angliya 2-1 hisobida yutgan va ikkala golni ham Bellingem urgan edi.
16-savol:

Qadimgi sharqda ichimlik yoki may quyib beruvchi kishilar soqiy deb atalgan. Abul Fazl Bayhaqiyning
“Tarixi Bayhaqiy” asarida yozilishicha Ular Soqiy so‘zi o‘zagidan paydo bo‘lgan “Saqqa” nomi bilan ham
yuritilgan.
Savol: Ular kimlar?
Javob:Meshkoblar.
Izoh: Soqiy" so‘zi ichimlik quyib beruvchi manosida ishlatiladi,xuddi shunga o‘xshash ishni qiluvchi
mehskoblar 11-asrlarda Saqqa deb atala boshlangan.1-tur 9-savolda Meshkoblar haqida eslab o’tgan edik
17-savol:
Turkiyada mashhur bo‘lgan bir milliy kurash turi qoidalari boshqa kurash turlari qoidalariga o‘xshash
bo‘lsada bitta baxsning o‘zi ba’zida 2-3 soatgacha davom etadi. Bunga sabab qoidaga ko‘ra kurashchilar
maydonga chiqishdan oldin BU ISHNI QILISHADI. Polineziyaning ba’zi xududlarida tatuirovka chizdirish
jarayoni yakunida ham mijozlarga BU ISH QILINADI.
Savol: BU ISHNI QILISH so‘zlari o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javob:Badaniga moy surish
Izoh: “Moyli kurash” sportida sportchilar tanalarini va charm shalvarlarini moylab chiqishadi.Shu sabab
raqiblar har doim qiyin vaziyatlardan sirpanib chiqib ketishadi.Polineziyada Tatuirovkadan keyin teri
namligini saqlab qolish,yaralar paydo bo‘lishini oldini olish uchun jarayon so‘nggida tanaga moy suriladi.
18-savol:
Andijonda bo‘lib o‘tgan innovatsion loyihalar yarmarkasida andijonlik ixtirochi bola Unga o‘rnatilgan to‘rtta
dronli ixtirosi bilan qatnashib, barchaning e’tiborini tortdi va keyingi loyihalari uchun bir qancha
imtiyozlarni qo‘lga kiritdi. So‘nggi poleolit davrida Ularning ba’zilari toshbaqa kosasidan yasalgani haqida
ma’lumotlar bor.
Savol: U nima?
Javob:Ketmon.
Izoh: Ixtirochi ketmonga o‘rnatilgan dronlar orqali o‘ziga hos “uchar ketmon" yasagan. Savolning 1-qismida
"ketmon uchdi" iborasiga ishora qilingan edi. So‘nggi poleolit davrida ibtidoiy odamlar uchiga toshbaqa
kosasi qotirilgan yog‘och dastaklardan ketmon o‘rnida foydalanishgan.
19-savol:
Savol matnida bir so‘zdan ikki o‘rinda harflar tushurib qoldirilgan.

Ludji Pirandelloning “Pand” nomli asarida inson ba’zan o‘zi tanlamagan taqdirni qabul qilishga majbur
bo‘lishi, undan yangi hayot qurishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Tojikistonda 2011-yildan boshlab faoliyat yuritib
kelayotgan va turli xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ko‘maklashadigan to‘lov tizimi nomi ham
– Pand.
Savol: Harflari tushurib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Payvand
Izoh: Pirandelo asarida inson o‘zi tanlamagan taqdirni qabul qilishi va unda yangi hayot yaratishi ramziy
ma'noda daraxt butasiga qilinadigan payvandga qiyoslangan. “Payvand” so‘zi fors-tojik tilida “ulash” yoki
“bog‘lash” degan ma'noni anglatadi. Ko‘plab to‘lov tizimlari nomi inglizcha “to‘lash” manosini bildiruvchi
“Pay” so‘zidan boshlanishi javobni topishingizda yordam berdi degan umiddamiz.
20-savol:

Tarqatma materialda siz 2025-yilda bo‘lib o‘tgan katta turnirning g‘olib va sovrindorlarini ko‘rib turibsiz.
Savol: Qanday turnir?
Javob:Tetris turniri
Izoh: Turnir g‘oliblariga tetris o‘yinidagi bloklar ko‘rinishidagi kubok va statuetkalar topshirilgan.
21-savol:
Yozuvchi Diyorbek Rahmon o‘z ustozlari izidan borib, katta yozuvchi bo’lish mas’uliyati ulkan mashaqqatlar
talab etishi haqida gapirar ekan “Mening yelkamdagi bu yuk SHUNDAY yuk” deb ta’kidlaydi. Asl ismi Jeyms
Gatz bo‘lgan insonni biz SHUNDAY maqomi bilan taniymiz.
Savol: Shunday o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob:Buyuk.
Izoh: Yozuvchi so‘z o‘yini qilib “Yelkamdagi bu yuk buyuk yuk” deydi. Buyuk Getsby filmida bosh
qahramonning asl ismi Jeyms Gatz edi.
22-savol:
Rimda anjir daraxti omad, hayot va kelib chiqish ramzi hisoblangan. Bunga sabab afsonaga ko‘ra Tibr
daryosida oqib kelgan savat anjir daraxti novdalariga ilinib qolib to‘xtagan. Ushbu savatda Ular bor edi. Bir
zamonaviy ramziy talqinda Ular o‘troq va ko‘chmanchi hayot tarzini ifodalashi yozilgan.
Savol: Ularni yozib bering.

Javob:Rem Va Romul
Izoh: Rim afsonasiga ko‘ra, egizaklar Romul va Rem tug‘ilgach, ularni o‘ldirish buyuriladi. Ular Tibr
daryosiga savatga solib oqizib yuboriladi.
23-savol:
Ko‘plab madaniyatlarda 13 raqami baxtsizlik belgisi hisoblanadi. 2022-yilda bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha
talabgorlar turniri qatnashchisi Anish Giri 13 raqamidan qochish uchun 13-turni SHUNDAY tur deb
ta’kidlagan. Ushbu savolni ham SHUNDAY deyish mumkin.
Savol: Shunday o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javob:Oxirgidan oldingi
Izoh: Ko‘plab nufuzli shaxmat turnirlari odatda 14 tur davom etadi.Shu sababli shaxmatchi 13-turni
Oxirgidan oldingi deb atashni ma’qul ko‘rgan.
24-savol:

Ko‘rgazmali materialda Hindistonda faoliyat olib boradigan moliyaviy texnologik bank nomi berilgan. Ushbu
bank foydalanuvchilarga raqamli oltin jamg‘arish va investitsiya qilish xizmatini taklif qiladi.
Savol: Bank nomida tushurib qoldirilgan 2 ta xarfni yozib bering.
Javob:gg
Izoh: Bank nomi “Piggy Bank” bo‘lib bu nom Kopilkaga ishora qiladi. Ingliz tilida “Kopilka” (Aqchadon)
“Piggy Bank” deb ataladi. Bu so‘nggi savol edi va biz o‘yinni geymerlar tilida aytganda “gg” – “Good
game” iborasi bilan yakunladik

manba: zakovat.uz

@zakovat_savollarii