Amirbek Aktamov
@aktamov_amirbek
102 posts

Professional va Birinchi liga bahorgi mavsumi 4-tur Espero jamoasi savollari 18.04.2026

1-savol: Birinchi savol. Javlon Asatullayev o’smirlik yillarida intizomli o'quvchilar ta’lim oladigan san’at maktabidan haydalib, ko’cha bolalari to'la oddiy maktabga o’tganida madaniy kontrastga duch kelganini eslaydi. Keyinchalik maktabdoshlarining so’zlashuv maneralari, o'zlarini tutishi Uni yaratishga ilhom berganini aytadi. Diqqat savol: U o’rnidagi o’zbekcha bo'lmagan so’zni yozib bering. Javob:Gabarjuba Izoh: Samandar Hamroqulov va “Jayxun” guruhi ijrosida hit bo'lgan bu tarona so'zi va musiqasi hali maktab o'quvchisi bo’lgan, Mr. Jocker tahallusi bilan tanish Javlon Asatullayev tomonidan yaratilgan. Birinchi savolni “Gabarjuba” ya'ni gruzinchia “salom” bilan boshladik. Zachot: Gamarjuba; gamarjoba; kichik imloviy xatolar bilan...

Ikkinchi Liga bahorgi mavsum 4-tur savollari (18.04.2026)

1-savol: Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. “The Lego Movie” animatsiyasida qahramonlar deyarli barcha ishni bajarishda IKSga tayanishadi. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan kelib chiqishi lotincha so‘zni yozib bering. Javob:Instruksiya. Izoh: Lego o‘yinchoqlarini yig‘ishda har doim maxsus ko‘rsatmalar – ya’ni instruksiyadan foydalaniladi. Filmda ham qahramonlarning “hamma ishni qoida va ko‘rsatma asosida qilish”ga majbur bo‘lishi shu tushunchaga ishora qiladi. 2-savol:

Ikkinchi Liga bahorgi mavsum 3-tur savollari (11.04.2026)

1-savol: Bu so‘z eski o‘zbek tilidagi “tartibga solish” ma'nosini bildiruvchi so‘zdan kelib chiqqan. O‘zbekiston qonun hujjatlarining internetdagi milliy bazasi bo‘lgan Lex.uz sayti bilan integratsiya qilingan, qonunchilik asosida ishonchli va to‘liq yechim taqdim qiluvchi platforma ham Bu so‘z bilan nomlangan. Savol: Unlilari bir xil bo‘lgan Bu so‘zni yozib bering. Javob:Tuzuk. Izoh: Tuzuk - eski o‘zbek tilidagi “tuz” yoki “to‘z”, ya'ni “tartibga solish” ma'nosidagi so‘zdan kelib chiqqan. Qoidalar yoki qonunlar to‘plami ma'nolarida ishlatilgan. 2-savol: Savolda ALFA almashtirish hisoblanadi. KAMERUNlik qoʻshiqchi Manu Dibangoning 1994-yilgi albomi muqovasidagi ijodkorning, bir qo‘lini boshining orqa qismiga qo‘ygan holatda yuqoridan...

Ikkinchi Liga bahorgi mavsum 2-tur savollari (04.04.2026)

1-savol: Saidrasul Saidazizovning 1902-yil rus-tuzem maktablarining o‘zbek sinflari uchun nashr qilingan kitobini U deb atash mumkin. U deb tarjima qilish mumkin bo‘lgan boshqa bir asar 1961-yilda qirg‘iz tilida nashr etilgan. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering. Javob:Birinchi muallim. Izoh: Saidrasul Saidazizovning darsligi “Ustodi avval” deb atalgan va uni “Birinchi muallim” deb atash mumkin. Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” nomli qissasi bor. 2-savol: Olim Oltinbekning Abdulla Qodiriy haqida yozgan asarida adibning “Kalvak mahzumning xotira daftaridan” qissasi haqida gap borarkan, asar bir tarafdan xurofot ildizlarini yo‘q qilishi, bir tarafdan dinsiz jamiyat kishilar dunyosi haqida ekanligini ayta turib Uni eslaydi. Uni...

Professional va Birinchi liga bahorgi mavsumi 2-tur Zero jamoasi savollari 4.04.20206

1-savol: Fotograf Natalya Ilyina ayollarning portretlaridan iborat fotoko‘rgazma tashkil etdi. Uning fikricha, ayolning dekorativligi va tashqi jozibasi emas, balki ichki hissiyotlari va shaxsiyati diqqat markazida bo‘lishi lozim. Shuning uchun, Natalya ko‘rgazmaga “Men ALFA emasman” deya nom tanlagan. Savol: ALFA o‘rnidagi rus tilidan kirib kelgan so‘zni yozib bering. Javob:Otkritka. Izoh: Xuddi otkritkaning go‘zalligidan ko‘ra, uning ichida yozilgan xatning mazmuniga ko‘proq e’tibor berish lozim bo‘lgani kabi ayolning ham shaxsiyatiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim, degan fikrda Natalya Ilyina. 2-savol: Bir oʻzbek asarida qahramon U kelganida tilagi ijobat boʻlib, kesaklar oltinga aylanishini istaydi. Bu gapni eshitgan boshqa bir...

Ikkinchi Liga Bahorgi mavsum 1-tur savollari (14.03.2026)

1-savol: “Mars-2020” missiyasining rahbari Allen Chen loyihaga tayyorgarlik vaqtida shunday degandi: “Mars yuzasi ham anchayin notekisliklardan iborat. Shu sababli, kelgusi yil Marsga bezarar qo‘nib olishimiz uchun bizga U kerak”. U ushbu so‘zlar aytilishidan 7 yil avval vafot etgan. Savol: U kim? Javob:Nil Armstrong. Izoh: Nil Armstrong yuzasi anchayin notekis bo‘lgan Oyga bezarar qo‘na olgan. Chen esa Marsga ham shundayin qo‘nish zarurligini ta’kidlagan. Nil Armstrong 2012-yilda vafot etgan. 2-savol: Bir asarda birin ketin so‘nayotgan ko‘cha chiroqlari Ularga qiyoslanadi. Mashhur tarmoq logotipida tasvirlangan Undagi nuqtalar kompaniyaning dastlabki yillaridagi do‘konlar soniga ishora qiladi. Savol: Ularni bir xil yoki o‘zaro juft...

Professional va Birinchi liga bahorgi mavsumi 1-tur Renessans Universiteti jamoasi savollari 14.03.2026

1-savol: Erkin Vohidov she’ridan parchani tinglang. Ahli she’r, balki, kitobim Nazmi ishq deb ochadir. Yo‘q, kitobim sevgining Devoniga ALFAdir. ALFA, shuningdek, biror-ish harakatning boshlanishini ham bildiradi. Savol: ALFA bilan almashgan so‘zni yozib bering. Javob:Debocha Zachot: She’rdagi parchani asl holida tinglang: Ahli she’r, balki, kitobim Nazmi ishq deb ochadir. Yo‘q, kitobim sevgining Devoniga debochadir. Erkin Vohidov she’rida debocha so‘zi kirish qismi, muqaddima ma’nolarida kelgan. “Renessans Universiteti” jamoasi debocha haqidagi savol bilan navbatchilikni boshlaydi. 2-savol: Fridyesh Karintining “Faremidoga sayohat” asari voqealari Birinchi jahon urushi vaqtida yuz beradi. Bosh qahramon ingliz flotida jarroh bo‘lib...

SVOYAK O'YIN PAKETI 75 Mavzu · 375 Savol

Mavzu nomi Mavzu turi 1 Fransiya shaharlari Matritsali 2 -ton- bilan tugaydi Matritsali-bo'g'in 3 Yopiq (Boks) Yopiq 4 Yahudiylar Matritsali 5 Argentinaliklar Matritsali 6 Nikolaylar Shaxs ismi 7 Javobda rang nomlari Soha nomlari 8 Kemalar Matritsali 9 Olimpiada Matritsali 10 Xorazm Matritsali 11 Tanga Matritsali 12 Yopiq (Jadidlar) Yopiq 13 O'yin Matritsali 14 Javobda barmoq nomlari Soha nomlari 15 J harfi Initsial 16 Ayollar va urush Qo'shma 17 Real voqeaga asoslangan multfilmlar Matritsali 18 Italiya shaharlari Matritsali 19 Osmon jismlari Matritsali 20 Qadimgi Rim Matritsali 21 O'zbek kinofilmlari Matritsali 22 Muzeylar Matritsali 23 Kasalliklar tarixi Matritsali 24 Vulqonlar Matritsali 25 Matematiklar Matritsali 26 Superqahramonlar...

Professional va Birinchi liga qishki mavsumi 7-tur Magnum jamoasi savollari 31.01.2026

1-savol: Savolda U – 2 so‘zni almashtirib keladi. Tennischi Karlos Alkarasning xonasida U haligacha osilib turadi. Uni Karlosga otasi 3 yoshligida sovg‘a qilgan. Ayni damda dunyodagi U kim? Javob:Karlos Alkaras Izoh: Alkarasning uyida uning birinchi raketkasi hamon osilib turadi. Hozirgi kunda ATP reytingi bo‘yicha dunyoning birinchi raketkasi – Alkarasning o‘zi. Zachot: Arina Sobolekno 2-savol: Boris Akuninning ko‘p seriyali asarlari qahramoni Erast Fandorinni 4 xil ekranizatsiyada 4 xil aktyor gavdalantirgan. Qahramon asosan Rus imperiyasi xavfsizligiga soya solgan jinoyatchilarga qarshi kurashgan. Shundan kelib chiqib, Fandorinni “Rus IKSi” deb atashadi. Diqqat savol: IKS o‘rnidagi qisqa familiyani toping. Javob:Bond Izoh: Fandorin...