September 23, 2024

Maktablardagi Zakovat to‘garagi 5-6-7-sinflar uchun (06.02.2024)

1-savol:
“Ko‘ryapsizmi, qanday xaos va qanday tartibsizlik. Yunon, arab, hind, fors, lotin, slavyan so‘zlari, ma’bud
va ma’budalar, yulduzlar, sayyoralar, shaharlar, mamlakatlar, familiyalar - chuqur o‘ylanmagan va tartibga
solinmagan”. Savol: Geokimyogar Aleksandr Fersman nima haqida shunday xissiyot bilan gapirgan?
Javob:Mendeleyev jadvali.
Izoh: Mendeleyev jadvalidagi kimyoviy elementlar nomlari haqida shunday fikr bildirib o‘tgan ekan.
2-savol:
Katta yoshdagi insonlarda sog‘liq bilan bog‘liq ko‘plab muammolar uchraydi. Akademik Loshilov yaratgan
qurilma modda almashinuvini yaxshilab, insonda gipertoniya vujudga kelishini oldini oladi va nafas olishni
normallashtiradi. Bu qurilmaning asosiy xususiyati inson dam olayotganda Unga qarshi kurashadi. Savol:
Qurilma nimaga qarshi kurashadi?
Javob:Xurrak otishga.
3-savol:
Alisher Navoiy hazratlari “Mahbub ul-qulub” asarida: U - kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi. U
- yoshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadi. U - odam tabiatiga insoniylik baxsh etadi, deb ta’rif bergan. Savol:
Hazrat Navoiy U deb nimaga ta'rif bergan?
Javob:Odob.
Zachot: Axloq, tarbiya, xulq.
4-savol:
Bir biridan bexabar holda Hindiston, Xitoy va Misrda 3200 yil ilgari yaratilgan buyum 1850-yil Angliyada
patentlangan. Qadimda bu buyumdan foydalangan boylar uni deyarli qo‘llariga ushlashmagan, chunki u
doim qulning qo‘lida bo‘lar edi. Bu buyum bir tabiat hodisasi vaqtida juda ham asqotadi. Savol: Gap qaysi
buyum haqida ketmoqda?
Javob:Soyabon.
5-savol:
Mash'um voqea xotirasiga bag'ishlab bu shaharda darz ketgan tosh o'rnatilgan. Bu shaharning bayrog'ida
uzum shodalari va paxta gullari mavjud, boshoqlar esa yo'q. Savol: Ushbu shaharni toping. Javob:Toshkent.
Izoh: Toshkent zilzilasiga atab ‘hiqarilgan.
6-savol:
Bu sport‘hilarni tayyorlashda dietaga katta e'tibor beriladi. Mazali tushlik 2 soat davom etadi.Ular
ovqatlanayotganda, yaqinida uzun tayoqli murabbiy turadi. Kim ‘haynashni to'xtatsa, ular darhol uriladi.
Savol: Bu odamlar qaysi yapon‘ha sport turi bilan musobaqalashadi?
Javob:Sumo.
7-savol:
Yelkanli kema kapitanlari jang paytida jangda oxiriga‘ha kurashishga qaror qilishsa ba'zan Uni ustunga
mixlashni buyurishgan. Savol: Nimani?
Javob:Bayroq.
8-savol:
Britaniya eposiga ko'ra, ritsarlar Gaveyn, Lanselot, Galaxad, Persival va boshqalar vaqti-vaqti bilan bir
stolda o'tirishar ekan. Ritsarlar stol atrofida o‘tirishganda hamma teng ko‘rilgan va bu stolda ham aksini
topgan. Savol: Stolda qay tarzda aks topgan?
Javob:Stol aylana shaklda bo‘lgan.
9-savol:
1917 yilgi sovet plakatida ‘hor Rossiya tuzumini buzmoq‘hi bo‘lgan odamlar ketma ketlikda ko‘rsatilgan.
Birin‘hi, talaba harakat qilib ko‘ryapti. Keyin, dehqon harakat qilib ko‘ryapti, Ortida ish‘hi hamda harbiy
urinib ko‘ryaptilar. caqatgina hammasi birgalashibgina ular maqsadlariga yetishdi. Savol: Chor Rossiyasi
nimaning ko‘rinishda tasvirlangan edi?
Javob:Sholg’om
Izoh: esingizda bo‘lsa rus ertaklaridan birida katta sholg‘omni bir oilaviy hatto hayvonlar bilan birgalikda
tortib olishadi.

10-savol:
“Sokin hudud” kinofilmida odamlar tovushga o‘ta sezgir bo‘lgan o‘zga sayyoraliklardan berkinishadi.
Sahnalardan birida deyarli bo‘m-bo‘sh supermarket ko‘rsatiladi, biroq Ular joylashgan javonlar tegilmasdan
to‘lib turar edi. Savol: Ularni ingliz tilidan kirib kelgan so‘z bilan yozib bering.
Javob:Chipslar.
Izoh: Chipslardan yaxshigina shovqin ‘hiqishini bilsangiz kerak.
11-savol:
1890-yilda Xosyu tomonidan ‘hizilgan rasmda bog‘dagi olma daraxti bor o‘rindig‘ida bir inson o‘tiribdi. Bu
inson boshida shlyapa, egnida qora smoking, bo‘ynida kapalaksimon bo‘yinbog‘ bor. Bu odam tepasiga “u
yangi fanning daho va kamtarin asos‘hisi” deb yozilgan. Savol: Bu inson kim?
Javob:Isaak Nyuton.
12-savol:
Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonida “U shohona to‘shagini muallaq havoda soldirar, safarda
unga yellar hamrohlik qilar, sehrli uzugi tufayli devu parilar odamlar qatorida amru farmoniga itoatda edi”
deb yozilgan. Savol: Alisher Navoiy qaysi payg‘ambar haqida shunday yozgan?
Javob:Sulaymon.
13-savol:
Bilasiz mashhur qo‘shiq‘hilar katta - katta zallarda konsert berayotgan paytlarida ko‘pin‘ha “qo‘llaringizni
balandroq ko‘taring”, “qo‘llaringizni ko‘rmayapman” degan qi‘hqiriqlarni aytib turishadi. Lekin ushbu
qi‘hqiriqlar ULAR u‘hun qulay fursat yaratib berayotgani tabiiy. Savol: ULAR deganda kimlarni nazarda
tutilganini yozib bering.
Javob:Kissovurlar.
Za‘hot: O‘g‘rilar, ‘ho‘ntakkesarlar.
14-savol:
U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq
shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyin‘halik ilmoqli temir plastinka‘halarni arqon yoki qayish bilan
bog‘lab qo‘yilgan. Koʻp‘hilik uni omad keltiradi deb uy eshigiga osib qoʻyishadi. Savol: U nima?
Javob:Taqa.
15-savol:
U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birin‘hi ma’lumotlar 1254-yilda ma’lum bo‘la boshladi.
Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. Savol: U nima?
Javob:Ko‘zgu.
16-savol:
Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida Ular bar‘ha falak ziyorat‘hilari, Ular nafsning bar‘ha
‘hirkinlaridan pokdirlar deb aytadi. Savol: Navoiy Ular deb nimalarga ta’rif bergan?
Javob:carishtalar.
17-savol:
XVI - asrda yashagan Rui Lopes nomli ispan ruhoniysi o‘z shogirdlariga: “Shunday o'tiringki, quyosh
raqibingizning ko'ziga tushsin” deb maslahat berardi. Savol: Uning shogirdlari qaysi sport turidan saboq
olishayotgan edi?
Javob:Shaxmat.
18-savol:
Uning otasi AQSH prezidenti Ronald Reyganni ham aktyor, ham siyosat‘hi sifatida hurmat qilardi. Shu
sababli o‘g‘liga uning sharafiga ism bermoq‘hi bo‘ladi. Ammo onasiga boshqa ism ko‘proq yoqardi. Oxir
oqibat ikkalalari murosa qiladilar va farzandlariga shu ismni berishadi. Savol. Bu inson mashhur futbol‘hi
ekanligini hisobga olib, uning kim ekanligini yozib bering.
Javob:Krishtianu Ronaldu.
19-savol:
XVIII o‘rtalarida BU PREDMET bir olimning o‘limiga sabab‘hi bo'lgan. Singapur aeroportidan uzoq
bo‘lmagan hududda BU PREDMETdan foydalanish taqiqlangan. Ushbu PREDMETdan bahor kunlarida ko‘p
bora foydalanishlariga ko‘zimiz tushib turadi. Savol: BU PREDMETNI unlilari bir xil bir so‘zda yozib bering.

Javob:Varrak.
Izoh: Georg Vilgelm Rixman varrak u‘hirayotgan paytida ‘haqmoq urishi oqibatida halok bo‘ladi.
Aeroportlar yaqinida varrak u‘hurish samolyotlar parvoziga xalaqit berishi mumkin.
20-savol:
Noyabrsk yaqinidiga Yamal-Nenets avtonom okrugida UNGA haykal o‘rnatilgan bo‘lib, bu UNGA o‘rnatilgan
kam sonli yodgorliklardan biridir. UNGA haykal qo‘yishlariga sabab, bu yerdan qishni qahraton sovuqiga
‘hidagan yosh mutaxassislar UNGA ‘hidolmay bu yerni tark etishganidir. Stiven King o'z asarlaridan birida
UNI "Men shtatining qushi" deb aytib o'tadi. UNDAN o‘zimiz ham yoz oylarida juda ko‘p bezor bo‘lamiz.
Savol: U nima?
Javob:Chivin.

@Zakovat_savollarii kanaliga obuna boʻling ✅