September 29

Ikkinchi Liga kuzgi mavsum 3-tur savollari (20.09.2025)

1-savol:
Savolda almashtirish bor. Frans Kafkaning fikriga ko‘ra, kitob inson qalbidagi muzlab qolgan dengiz uchun
OY vazifasini bajarishi kerak. Savol: 1929-yil tug‘ilgan inson fikricha, kimning qo‘lida OY bo‘lmasligi lozim?
Javob:Tanqidchi
Izoh: Almashtirilgan so‘z bolta edi. Kafka fikricha, insonning muzlab qolgan qalbi uchun kitob bolta
vazifasini bajarishi lozim. Ozod Sharofiddinovning mashhur fikriga ko‘ra esa tanqidichi ijod bog‘iga bolta
emas, tokqaychi olib kirishi lozim. Savol matnida biz Faxriyorning mashhur she’ridagi oy va bolta so‘zlarini
almashtirib qo‘ygan edik.
2-savol:
Fransuz astronomi Giyom Lejantil Venera sayyorasini quyosh diskidan oʻtishini kuzatish uchun Hindistonga
boradi. Koordinatalarini aniqlashdagi xatoliklar sabab sakkiz yilni Hind okeanidagi turli orollarda o‘tkazadi.
Lejantilning uyiga yuborgan xatlari ham yetib bormaydi va O‘LGAN deb hisoblashib hattoki olimni u yerdan
ham chiqarib yuborishadi. Savol: U yerni bir nechta soʻzda yozib bering.
Javob:Fransuz fanlar akademiyasi a’zoligidan.
Izoh: Qoida bo‘yicha vafot etgan olimlar akademiya a’zoligidan chiqarib yuboriladi. Fransuz fanlar
akademiyasi a‘zolariga nisbatan o‘lmaslar laqabi berilgan.
Zachot: Fransuz oʻlmaslar akademiyasidan.
3-savol:
Tarqatmada “Counter-strike 2” [Kontr-strayk] yulduzi Device [Devays]ning surati berilgan. U ba’zida
imkonsiz holatlarda ham jamoasi g‘alabasini ta’minlash vazifasini UDDALAY oladi. Savol: Device
[Devays]ga berilgan laqablar orasida 1962-yil Nyu Yorkda tug‘ilgan qaysi inson ism-familyasini ko‘rish
mumkin.
Javob:Tom Kruz
Izoh: Device [Devays] yoki Nikola Ridz nafaqat ko‘rinish jihatidan, balki uddalab bo‘lmas vazifalarni ham
bajarishi sababli ham shu laqab berilgan
4-savol:
Xayrulla Hamidov Pele haqidagi bir videoda yulduz futbolchilarni Pelega taqqoslashini gapiradi. Maradonani
ham Pelega taqqoslashgan, yana kimnidir ikkinchi Pele, argentinalik Pele deb nomlashgan deb, Peleni
futboldagi IKS deb ataydi. Aytish mumkinki, Nyuton, Kyuri, Joul, Volt ham IKS. Savol: IKSni ikki so‘zda yozib
bering.

Javob:O‘lchov birligi.
Izoh: Aksar futbolchilar Pelega qiyoslangani sabab Peleni futboldagi o‘lchov birligiga o‘xshatgan. Nyuton,
Kyuri, Joul, Voltlar ham nafaqat mashhur olimlar, balki o‘lchov birliklari ham hisoblanadi.
5-savol:
Tarqatmada Hillari Klinton tomonidan farzand tarbiyasi haqida yozilgan kitob nomi. Faxriyor ushbu kitobni
oʻzbek tiliga SHUNDAY deb tarjima qilgan. SHUNDAY aslida bir oʻzbek maqoli hisoblanadi. Savol: Oʻsha
maqolni yozib bering.
Javob:Bir bolaga yetti mahalla ota-ona.
Izoh: Klinton asari so‘zma-so‘z tarjimasi “Bu qishloqni band qiladi” bo‘lib, farzand tarbiyasi uchun butun
qishloq mas’ul ekanini bildiradi.
Zachot: Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona.
6-savol:
Gregori Benford tomonidan yozilgan bir hikoya oʻtgan asr o‘rtalarida nashr etilgan boshqa bir asardan
ilhomlanilgan. Hikoya bosh qahramoni Aleksga amakisidan qo‘lyozmalar va kitoblar bilan to‘la kvartira
meros qoladi. Asar nomida 233 raqamini ham ko‘rish mumkin. Savol: Ushbu asar nomida qaysi shvedning
familiyasini koʻrish mumkinligini yozib bering.
Javob:Selsiy.
Izoh: Benfordning “Selsiy boʻyicha 233 daraja” asari 1953-yilda yozilgan Rey Bredberining “Farangeyt
boʻyicha 451 daraja” asaridan ilhomlanib yozilgan. Farangeyt boʻyicha 451 daraja, Selsiy boʻyicha 233 ga
teng hisoblanadi.
Zachot: Qabul emas: Farangeyt.
7-savol:

Tarqatmada 19-asr oxirlarida AQShda

Tarqatmada 19-asr oxirlarida AQShda amalda bo‘lgan 1000 [ming] dollarlik kupyura. Kupyuraning
nominalidagi o‘xshashlik sabab uni “Katta IKS” deb atashgan. IKSning ingliz tilidagi nomi tarkibidagi suv
miqdori,IKSning o‘zidagi suv miqdoridan kamroq Savol: IKS bir so‘zda yozib bering.
Javob:Tarvuz.
Izoh: Kupyuradig nollar tarvuzni eslatib yuborgani uchun “Katta tarvuz” degan nom berishgan. Tarvuz
ingliz tilida “Watermelon” deb ataladi va uning teng yarmi ya’nu 50 foizini suv so‘zi tashkil qiladi.
Tarvuzning tarkibida esa 90 foizdan ko‘proq suv bor.
8-savol:
Voqealari Shimoliy Amerika hududida boʻlib oʻtuvchi kompyuter oʻyini bosh qahramoni Daydi laqabli odam.
Daydi oʻyin davomida bir personaj ta’siriga tushib qoladi. Ushbu personaj jangchilar kerakligini aytib,
Daydini qo‘shinga taklif qiladi. Savol: Shlyapada tasvirlanuvchi ushbu personajning qisqa ismini yozib
bering.
Javob:Sem.
Izoh: Personajga AQSh ramzi boʻlgan Sem amaki prototip qilib olingan. Jahon urushi davrida Sem
Amakining "I Want You For U.S. Army " chaqiriqli plakatlari mashhur boʻlgan. “Ex Machina: Meridian 113”
kompyuter oʻyini
9-savol:
Versiyalardan biriga ko‘ra, Oltoy o‘lkasida joylashgan Bu joy nomining birinchi qismi “boruan”, ya’ni
“bo‘rilar” so‘zidan, ikkinchi qismi esa ovul so‘zidan kelib chiqqan ekan. Bir mashhur filmda esa bolakaydan
Bu joyda uning bir yaqin qarindoshi bor yoki yo‘qligi ikki marta so‘ralganini ko‘rishimiz mumkin. Savol: Bu
joy nomini yozib bering
Javob:Barnaul.
Izoh: Abdullajon filmidagi Toʻti Yusupova personajining “О малчик, иди сюда! Малчик, где твоя мама?
Маруся где? Новосибирск? Барнаулда? Барнаулдами?!" jumlasi sizga yaxshi ma’lum.
10-savol:

Qo‘shiqchi Glyukozaning albomidagi qo‘shiqlarda jinoyatchilik olami haqida ham kuylanadi. Savol: Biz
albom nomida qaysi italyancha so‘zni tushirib qoldirdik?

Javob:Nostra.
Izoh: Italiyan mafiyasi Koza Nostra sitsiliyanchadan “bizning ishimiz” deb tarjima qilinadi.
11-savol:
2022-yil sur’atga olingan “Taklif” mini seriali ushbu filmning suratga olish jarayonlari va ekran orti
mashaqqatlari haqida hikoya qiladi. Film katta obro‘ga ega Jo Kolombo nazorati ostida ishlangan va hatto
bir nechta aktyor Jo Kolombo bilan gaplashgach, filmda ishtirok etishni rad qila olishmagan. Savol: Ushbu
film nomini yozib bering
Javob:Choʻqintirgan ota.
Izoh: Bir necha aktyorlarga Jo Kolombo xuddi filmdagi mashhur jumla kabi rad etib bo‘lmas taklif bergan.
12-savol:
Slatestarcodex.com [Sleyt star kodeks nuqta kom] saytiga joylashtirilgan “Faylasuflar Starbucks
[Starbaks]ga qahva xarid qilgani kirganida” nomli hazillar bor. Hazillardan birida barista Undan
“Oxirgisidan yana bir martami, janob?” deb soʻraydi. U esa “Ahmoq boʻlmang, bir qahva takroran
buyurtma qilinmaydi” deya javob qaytaradi. Savol: Efeslik bo‘lgan Uni yozib bering.
Javob:Geraklit.
Izoh: Geraklitning fikriga koʻra, “Bir daryoga ikki marta tushib boʻlmaydi”, shu sababdan ham bir qahva
ham ikki marta buyurtma qilinmaydi
13-savol:
Savolda BU ISHNI QILISH bir necha so‘z o‘rnida keladi. Azim Suyun ijodidan parchani tinglang. “Biz kichik
elmiz”, — der qoraqalpoq doʻst, Yoqut, qoʻmiq, totor: “Biz ham...” — dedilar Qoʻshildi qorachoy, oltoyu
hakas... Va lekin BU ISHNI QILAR edilar, Savol: BU ISHNI QILMASLIK oqibatida oxiriga yetmay qolgan
obyektni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Bobil minorasi.
Izoh: BU ISHNI QILISH – bir tilda soʻzlashish. Afsonalarga koʻra Bobil minorasi bir necha tilda soʻzlashadigan
ustalar bir-birini tushunmasligi oqibatida qurilishi yakunlanmay qolgan.
14-savol: Блиц
1.
Blits. Blits mavzusi “3 tana muammosi” serialida eslab o‘tilgan olimlar haqida. Eslatma, javoblarni
topishingiz uchun serialni ko‘rishingiz shart emas. 1. Serialda qahramonlardan biri, olam markazi bo‘lgan

quyosh harakatini aniqlab, sivilizatsiyalarni saqlab qolishi kerak edi. Savol: Qahramon Krakov universitetida
o‘qigan qaysi inson nomi bilan ataladi?
Javob:[Nikolay] Kopernik
Izoh: Kopernik Olamning markazi quyosh ekanligi haqida fikrlarni ilgari surgan. Qahramonga ham bu nom
berilgani bejiz emas edi
2.
Serialda qahramonlardan biri, quyosh harakati muammosini jonli kompyuter orqali hal qilishga harakat
qiladi. Savol: Uni XX asr boshlarida Vesministerda tug‘ilgan qaysi inson nomi bilan atashadi?
Javob:[Alan] Tyuring,
Izoh: Ingliz matematigi Tyuring Enigma sirini ochgan va bunda maxsus kompyuter ham yaratgan.
3.
Epizodlardan birida, osmonda yulduzlar pirpiraydi va qandaydir xabarlarni insonlarga yetkazayotganday
bo‘ladi. Savol: Bu vaqtda qahramonlar XVIII asr oxirida Bostonda tug‘ilgan kimni eslab o‘tishadi?
Javob:[Samuel] Morze.
Izoh: Morze o‘z nomi bilan atalgan alifbo yaratgan, yulduzlar pipirashini Morze alifbosida yuborilgan xabar
sifatida qabul qilishadi
15-savol:
Savolda SHUNDAY IKS so‘lari ikki so‘z o‘rnida qo‘lanilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, SHUNDAY IKSlarni ko‘p
miqdorda iste’mol qilish, qon bosimi, buyrak kasalliklari va hatto oshqozon rakiga ham olib kelishi mumkin.
Savol: 1984-yilgi manbada IKSning SHUNDAY bo‘lishiga sababchi bo‘lgan bolakay ismini yozib bering ?
Javob:Abbos.
Izoh: SHUNDAY IKS bu – sho‘r ovqat. “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmida Abbos ovqatga ko‘p miqdorda tuz
solganini ko‘rishimiz sahna ko‘pchilikka tanish.
16-savol:
Futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov fikricha, Yevropa chempionlar ligasidan chiqib ketadigan jamoalar
o‘yinchilarining “Oltin to‘p” mukofoti uchun imkoniyatlari kamayib ketadi. Bu fikrni aytar ekan Hamidov,
Yevropa chempionlar ligasini oltin to‘pni kim olishini aniqlab beruvchi INKga o‘xshatadi. Vikipediyaning INK
haqidagi maqolasida Lakmus qog‘oziga ham havolani ko‘rish mumkin. Savol: Savolda ikki o‘rinda harflari
tushib qolgan, kelib chiqishi lotincha bo‘lgan so‘zni yozib bering
Javob:Indikator.
Izoh: Kislotali va ishqoriy muhitni aniqlashga xizmat qiladigan Lakmus qog‘ozi ham indikator hisoblanadi

17-savol:
Savolda bir so‘zdan ikki o‘rinda harflar tushirib qoldirilgan. Ursula Le Guinning asarida nafaqat yerda, balki
butun galaktika bo‘ylab yashayotgan odamlar ittifoqi OY deb ataladi. Buyuk yunon koloniyalashtirish
davridan so‘ng Sitsiliya va Sardiniya hududlarini ham yunonlar OY deb atay boshlashgan. Savol: Harflari
tushirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Oykumena.
Izoh: Oykumena yunon tilidan odamlar yashaydigan joy, yashashga yaroqli dunyoni anglatgan.
18-savol:
“Uni rivojlantirishning OLTI usuli” nomli maqolada, jismoniy nazorat, telepatiyani yoqish, shablonlarni
oʻchirish, tongi mashqlar, assotsiativ bogʻliqlik va ichki ovozni tinglash kabilar keltirilgan. Bosh qahramoni
bolalar psixologi boʻlgan 1999-yilgi film nomi ham U. Savol: Intuitsiyangizga ishongan holatda Uni ikki
soʻzda yozib bering
Javob:Oltinchi hissiyot.
Izoh: Maqolada oltinchi hissiyotni rivojlantirishning olti usuli aytib oʻtilgan. 1999-yilgi “Oltinchi hissiyot”
filmida Bryus Uills bolalar psixologi Malkolm Krou rolini oʻynagan. Intuitsiyani ko‘pincha oltinchi hissiyot
deb atashadi.
19-savol:
Erkin Vohidov Furqat haqidagi bir she’rida tuni bilan uxlamasdan ham Furqatni o‘qiganligi va uning
ohlariga yig‘lab yuborganini aytar ekan, hattoki unga qo‘shilib IKS ham yig‘laganini aytadi. Qadimgi Misrda
IKS sifatida o‘ralgan papirus bo‘lagini mumga botirib olib foydalanishgan. Savol: IKSni bir so‘zda ayting
Javob:Sham
Izoh: She’rda sham erishini ko‘z yoshlarga o‘xshatib chiroyli o‘xshatish qilingan.
20-savol:
Tarqatmada Guanjou shahrida qurilgan sport markazining surati berilgan. Bu sport markaziga ko‘rinishi va
suv bo‘yida qurilgani sababli U deb nom berishgan. Yunon afsonasiga ko‘ra IKS nimfa Lotidaning ta’qibdan
qochayotib yashirinib olishidan paydo bo‘lgan ekan. Savol: IKSni o‘zbekcha bo‘lmagan so‘z bilan yozib
bering.
Javob:Lotus.
Izoh: Nimfa Lotida ta’qibdan qochayotib suvga sakragan va lotus shakliga kirib olgan ekan.

21-savol:
Savolda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Tarqatmada DC komikslarida uchrovchi TOSH nomli
personajning surati. Futbol matchlarning birida Zenit forvardi Danko Lazovich golni futbolkasini yechib,
muxlislar oldida nishonlagani uchun tartibni saqlash xodimlari tomonidan TOSH bilan jazolanadi. Savol:
Harflari tushirib qoldirilgan so‘zini asl holida yozib bering.
Javob:Elektroshoker.
Izoh: Zenit hujumchisi Danko Lazovich gol urganidan so‘ng futbolkasini yechib golni tribunadagi muxlislar
bilan nishonlaydi. O‘z navbatida stadiondagi Militsiya xodimlari uni tartibsizlik keltirib chiqarishga
urinayotgan muxlis deya unga nisbatan “elektroshoker”dan foydalanadi. Elektroshoker nomli personaj DC
korporatsiyasi tomonidan ishlangan Betmen multserialining antogonisti hisoblanadi.
22-savol:
Tahlilchilar “Uzuklar humdori” personaji Gollumni uchinchiga o‘xshatishadi. Chunki Gollum ham hasad
tufayli o‘z yaqinini o‘ldiradi. “Moida” surasida uchinchi odamlar orasida adovat va qon to‘kilishiga sababchi
sifatida keltiriladi. Savol: Uchinchi bilan almashgan ismni yozib bering.
Javob:Qobil.
Izoh: Hasad sababli Qobil ukasi Hobilni, Gollum esa yaqin do‘stini o‘ldiradi. Qobil yerdagi uchinchi inson
sifatida talqin etiladi.
23-savol:
Aksariyat german tilli hududlarda, shuningdek Shvetsiyaning Skane hududlarida nishonlanadigan bir
bayramning asosiy taomlaridan biri g‘oz go‘shti bo‘lib, bayram avliyo Martin sharafiga o‘tkaziladi. Savol:
1906-yili nashr etilgan qaysi asardan keyin bu bayram yanada ommalashgan.
Javob:“Nilsning ajoyib sarguzashtlari”
Izoh: Asardagi g‘ozning nomi ham Martin bo‘lgan. Shundan keyin bayramga qiziqish ortib ketgan ekan
24-savol:

“Detroit lions” jamoasining eng mashhur sobiq oʻyinchilarini SHARAFlash uchun yaratilgan zalda
tarqatmadagi yozuvni koʻrish mumkin. Savol: Yulduzchalar o‘rnidagi bir inglizcha soʻzni yozib bering.
Javob:Pride [prayd].
Izoh: Jamoaning ramzi sher. Sher toʻdasi pride (prayd) deb nomlanadi. Shuningdek bu so‘zni sharaf, g‘urur
deb ham tarjima qilish mumkin.

https://t.me/Zakovat_Savollarii