Zakovat savollari (Oʻquvchilar ligasi)
Bahodir Anorov tomonidan tayyorlangan savollar paketi
Assalomu alaykum, qadrli o‘quvchilar!
Qoidalarni eslatib o‘tamiz.
Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so‘ng aytilgan yoki aytilmagan barcha jumlalar bevosita savolga aloqador. Savollar izohlarini diqqat qilib tinglashni unutmang.
Shuningdek aniq qilib yozib bering, 2 so‘z yoki 1 so‘zdan iborat javob degan holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto‘g‘ri hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so‘zlar so‘ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O‘ZBEK TILINING LOTIN ALIFBOSI nazarda tutiladi. Jamoalarni o‘yin paytida turli moslamalardan va telefondan foydalanmaslik borasida ogohlantiramiz.
1. 2018-yilning o‘zida Germaniyada 300 dan oshiq bolalar basseynlarda cho‘kib halok bo‘lishgan. Bunga sabab bolalarning o‘zlariga tegishli bo‘lmagan bir narsa hisoblanadi.
Savol: Nima u?
Javob: Telefon.
Izoh: Ota-onalar shunchalik telefonga mukkasidan ketishyaptiki, basseynga tushib ketgan bolasini ham etibordan chetda qoldirishmoqda va bu halokatli yakun topmoqda. Telefonlarni o‘chirib qo‘yishni so‘raganimiz esingizda bo‘lsa kerak.Manba: https://www.theguardian.com/lifeandstyle/2018/aug/15/parents-fixated-by-phones-linked-to-child-drownings-in-germany
2. Bir filmda maxsus topshiriqqa otlangan guruh a'zolari o‘zlariga sayyoralar nomlarini laqab qilib tanlashadi. Yagona qiz josusga Venera nomi beriladi. Savol: Josuslardan biri qaysi sayyora nomini laqab qilib berishganida "tez orada safingizni tark etarkanman-da" deb norozilik bildiradi?Javob: Pluton.Izoh: Pluton sayyorasi 2006-yilda 9-sayyora statusini boy berdi va sayyoralar safidan chiqib ketdi. Josus shu faktdan kelib chiqib fikr bildirgan.Manba: http://asilmedia.org/8150-uddalab-bolmas-topshiriq-4-missiya-nevypolnima-protokol-fantom-uzbek-ozbek-tilida-tas-ix-skachat-download.html
3. Savol matnida harf tushirilgan!Xristofor Kolumb ko‘plab hududlarning ovqatlanish tartiblari va muhim mahsulotlarini hozirgi ko‘rinishga kelishiga sababchi bo‘lgan. Kolumb bo‘lmaganida Ekvador bananlari, Florida apelsinlari va Gavayining orollari o‘z ANANALARI bilan mashhur bo‘lmasdi. Savol: Harfi tushirilgan so‘zni asl holida yozib bering!Javob: Ananas.Izoh: Gavayi orollarining eng mashhur mevasi ananas hisoblanadi.Manba: https://selfish.ua/plants/
4. Bu so‘zning birinchi qismini o‘lchov deb, ikkinchi qismini tana a’zosi deb hisoblash xatodir. Birinchi qism qadimgi turkiy tilda g‘iybat ma’nosini bildirgan, ikkinchi qism esa ba’zi turkiy lahjalarda ko‘chma ma’noda mish-mish ma’nosiga ega bo‘lgan. Savol: Bu so‘zni uchta bir xil unli qatnashtirgan holda yozib bering!Javob: Uzunquloq.Izoh: Uzunquloq so‘zidagi uzun va quloq so‘zlari o‘lchov va tana a
zosini ifodalab kelmagan. Uzun ham, quloq ham etimologik jihatdan ishonchsiz gap-so‘zlarni anglatgan. Shunday qilib, uzunquloq gaplar iborasini gʻiybat, mishmish, ogʻizdan-ogʻizga oʻtgan gaplar deb tushunish mumkin.
Manba: https://t.me/oriftolib/3140
5. Ko‘plab muhim ixtirolari bilan mashhur bo‘lgan Selchuk Bayraktar o‘zini Ilon Mask bilan taqqoslashlarini ma’qullamaydi. Samolarni zabt etayotgan yangiliklar muallifi o‘zini olim Ismoil al Jazariy, molekulyar biolog Aziz Sanjar va VIII asr oxirida yurtimizda tug‘ilib, IX asrda Misrda vafot etgan alloma izdoshi deb atashni xush ko‘radi.
Savol: Qaysi alloma?
Javob: Ahmad al-Farg‘oniy.
Qabul: Alfraganus, al-Farg‘oniy.
Izoh: "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum" asari muallifi bo‘lgan mashhur alloma samolarni zabt etayotgan Selchukning havas qiladigan insonlaridan biri hisoblanadi. Darvoqe, Bayraktar "Farg‘oniy" nomli startapga ham asos soldi.
Manba:
1. https://www.google.com/amp/s/www.trtrussian.com/amp/tehnologii/selchuk-bajraktar-turciya-prevrashaetsya-v-razvivayushuyu-tehnologii-stranu-10141484
2. https://goo.su/GkWoE
6. Savolda almashtirilgan so‘zlar bor!
Bananlarning ajratilmagan holatdagi to‘plami ingliz tilidagi head (hed), ya’ni bosh deb ataladi. To‘plamdan ajratib olingan bir dona bananni esa hair (heyr), ya’ni soch deyishadi.
Savol: Savol matnida almashtirilgan so‘zlarni xoh inglizcha, xoh o‘zbekchada to‘g‘ri ko‘rinishda yozib bering!
Javob: Hand, finger!
Qabul: Qo‘l, barmoq.
Izoh: Shaklan banan to‘plami qo‘lni, alohida olingan banan esa barmoqni esga solib yuboradi.
Manba: https://www.researchgate.net/figure/Organisation-of-a-banana-bunch_fig2_225303755
7. YO‘Q, bu savolimiz Janubiy Koreya avtobrendi haqida emas!
Usmon Dembelening PSJ tarkibida jarohat olmayotgani haqidagi hazil videoda toshbaqa Mbappe tayoq bilan Usmonning oyog‘iga uradi, Donnarumma oyoqqa seyf tashlab yuboradi, Hakimi esa bir brendning afsonaviy markasini oyoqqa uradi.
Savol: Qaysi brend?
Javob: Nokia.
Izoh: Nokia 3310 markasi yong‘oqchaqar laqabini olgan va mustahkamligi tufayli turli hazillar mavzusiga aylangan. Savol boshidagi gap No va Kia so‘zlariga ishora edi.
Manba: https://youtube.com/shorts/6qwP96hmBR0?si=5dkCGkvJicSB4B1n
8. Amerikancha futbolda bir jamoa tarkibida 10 ta ishtirokchi qatnashadi. Yomon ob-havo sharoitida amerikancha futbol jamoalari yopiq binolarda shug‘ullanishga majbur bo‘lishgan.
Savol: Qaysi sport turining paydo bo‘lishiga bu voqea ta`sir ko‘rsatgan?
Javob: Basketbol.
Izoh: 10 nafar sportchi ikki jamoaga 5 kishidan bo‘linishgan. 1897-yildan beri basketbolda bir jamoada 5 kishi bo‘lishi belgilangan.
Manba: https://goo.su/v8kywPV
9. Savol matnida bir so‘zda bir necha harflar tushirilgan!
Qanchalar ajablanarli tuyulmasin, sovuq shimolda yashovchi eskimoslar yeguliklari muzlab qolmasligi uchun UZATKICHLARDAN foydalanishadi.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni to‘liq holatda yozib bering!
Javob: Muzlatkich.
Izoh: Havo harorati tashqarida shunchalik sovuqki, hatto muzlatkich ichidagi harorat eskimoslar uchun qulayroq va foydaliroq bo‘larkan.
Manba: https://dzen.ru/a/YRVrYQ96q0VHEFHb
10. Asarning original versiyasida aka-ukalar o‘zgacha talqinni taqdim etishgan. Unga ko‘ra, bosh qahramon opalarini yolg‘on uchun jazolashga qaror qilib, kabutarlarga opalarining ko‘zlarini cho‘qib, ko‘r qilishni buyuradi.
Savol: Bu bosh qahramonning ismini toping!
Javob: Zolushka.
Qabul: Ashenputtel, Sindrella, Kuloyim.
Izoh: Ertakning aka-uka Grimmlarga tegishli asl versiyasida yakun biroz vahshiyroq bo‘lgan. Biz bilgan versiyada ham Zolushkaga kabutarlar aralashib ketgan mahsulotlarni ajratishda yordam berganini eslasangiz kerak.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Cinderella
11. Marcgravia evenia (markgravia evenia) o‘simligining barglari o‘zgacha ko‘rinishga ega va shu tufayli o‘simlik aks-sado qaytarish xususiyatiga ega bo‘lib, biosonarlarni tarqata oladi.
Savol: Bu o‘simlikning yagona changlantiruvchisi qaysi jonzot?
Javob: Ko‘rshapalak.
Izoh: Ko‘rshapalaklar exolokatsiya orqali yo‘nalish olishini bilasiz.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Marcgravia_evenia
12. Savol matnidagi bir so‘zdagi 2 harf boshqa 2 harfga almashtirilgan!
Kompyuter tomografiyasi jarayonida bemor tanasi SAROSIMADAGI inson singari jiddiy zararlanishi mumkin. O‘tgan asr 1-yarmida 90 mingdan 166 minggacha bo‘lgan odamlar SAROSIMADA bo‘lgani uchun hayotdan ko‘z yumishgan.
Savol: Harflari almashgan so‘zni asl holida yozib bering!
Javob: Xirosima.
Izoh: Kompyuter tomografiyasi jarayonida bemor tanasi Xirosimadagi atom bombashi portlashini boshdan kechirgan inson singari kuchli radiatsiya qabul qiladi. Xirosimiga tashlangan atom bombasi paytida va undan keyingi nurlanish tufayli yuzaga kelgan kasalliklar oqibatida 90-166 ming odam halok bo‘lgan.
Manba:
1. https://spb24mrt.ru/kt-info/doza-oblucheniya-pri-kt
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Атомные_бомбардировки_Хиросимы_и_Нагасаки
13. Insoniyat tarixidagi ulkan imperiyalaridan biriga nega bunday nom berilgani haqidagi ma’lumotda imperiya asoschisi bo‘lgan xonning chodiri ustiga tilla ipli mato yopilgani aytiladi.
Savol: Bu imperiya qanday atalganini 2 so‘zda yozib bering.
Javob: Oltin O‘rda.
Izoh: Asoschi – Jo‘chixon.
Manba: https://goo.su/6ME5s
14. Erkin Vohidov o‘z she’rida inson qalbiga shifo istasa, yomon so‘zdan yiroq bo‘lishi kerakligini, yurakka yaxshiroq bo‘lishini xohlasa, KARVALOL ichishi shart emasligi, shunchaki BUNDAY va SHUNDAY bo‘lishi kerakligini aytadi.
Savol: BUNDAY va SHUNDAY o‘rnidagi ikki qisqa so‘zlarni toping!
Javob: Kar va Lol.
Izoh: Qalbga istarsan shifo gar,
bo‘l yomon so‘zdan yiroq,
«Karvalol» ichmoq kerakmas,
kar va lol bo‘lmoq kerak.
Manba: https://t.me/Elektron_Kutubxona/26178
15. Kangatarianlik bu vegetarianlikning o‘ziga xos ko‘rinishi hisoblanib, bu yo‘nalish tarafdorlariga faqatgina bir turdagi go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishga ruxsat beriladi.
Savol: Kangatarianlik qaysi davlat fuqarolari orasida eng ko‘p tarqalgan?
Javob: Avstraliya.
Izoh: Kangatarianlarga kenguru go‘shtini yeyishga ruxsat berilgan.
Manba: https://www.factroom.ru/eda/myaso/chto-takoe-kangatarianstvo
16. Kaspiy va Qora dengizlardagi baliqdan qora ikra olinadi. Bu mahsulot shunchalik mazali va kamyobki, dunyodagi eng qimmat delikateslar safiga kiradi. Narxi tufayli qora ikrani NEFT ham deb atashadi.
Savol: Neft so‘zi bilan qaysi 2 so‘z almashtirilgan?
Javob: Qora oltin.
Izoh: Oltinga xos narxga ega yegulikni qora oltin deyishadi. Bilasizki, neft ham qora oltin deb tariflanadi.Manba: https://www.forbes.ru/forbeslife/490793-cernoe-zoloto-rossii-kak-ikra-iz-desevoj-zakuski-stala-simvolom-roskosi
17. Alisher Navoiy UNING hidiga “hayot hidi” deya ta’rif bergan. “U” nomli filmda tandir yonida o‘tirgancha qizlarining raqsini kuzatayotgan onani ko‘rish mumkin.Savol: U o‘rnidagi 2 so‘zni yozib bering!Javob: Issiq non.Izoh: Navoiy issiq nonga shunday yuksak ta
rif bergan. O‘zbek kinoijodkorlari tomonidan ishlangan filmlardan birining nomi “Issiq non” hisoblanadi.
Manba:
1. https://goo.su/Mgl3WI
2. https://www.afisha.uz/ru/movies/goryachaya-lepeshka
18. Rustam Mirvohidning she’rida U insonga chiroy bag‘ishlashi, agar U bo‘lmasa, qizlarning holiga voy bo‘lishi, yigitlar esa qizlar chiroyiga yetisholmay qoshlari chimirilishi aytiladi. Shoir UNING nomiga etiroz bildirib, she
r oxirida UNGA “o‘s” deya dalda beradi.
Savol: U nima?
Javob: O‘sma.
Izoh: “Garchi u qoshlarga chiroy bersa ham, Nega uni bilmam deydilar o‘sma”.
“Axir u chamanda unib-o‘smasa, Shu kamon qoshlarning holi bo‘lar voy, Qizlar o‘sma qo‘ymay ko‘zin suzmasa, Chimirilar yigitlar qoshi hoynahoy”.
“O‘sma emas, deyman: Gulla, yashna, o‘s”.
Manba: https://www.ziyouz.com/books/uzbek_zamonaviy_sheriyati/Rustam%20Mirvohid.%20Bu%20oshiq%20so‘zim.pdf
19. Agniya Bartoning she’rida bola bayram munosabati bilan hamma yaqinlariga sovg‘a ulashgisi keladi va bu uchun o‘z ukkisidan qutilishiga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, ukki IKS bo‘lgan. IKSNING ingliz tilidagi nomlanishida “cho‘chqa” ni ko‘rish mumkin, qizig‘i IKSNING cho‘chqa ko‘rinishidagi turlarini ko‘plab uchratish mumkin.
Savol: IKS nima?
Javob: Aqchadon.
Qabul: Puldon, pul to‘plagich, pul saqlagich, kopilka, piggy bank.
Izoh: Bola sovg‘a sotib olish uchun ukki shaklidagi aqchadonini sindiradi va pullarini oladi. Ingliz tilida aqchadon piggy bank deb ataladi, ammo piggy so‘zi cho‘chqaga emas, tuproq turiga ishora.
Manba:
1. http://ksk-svetogorsk.lenobl.muzkult.ru/meropriyatia_detotdel?mobile=0
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Piggy_bank
20. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida UNDA kam uchrovchi zamburug‘lar va yana ba’zi mikroorganizmlar aniqlandi. Shundan keyin UNING nomi endi mantiqan munosib bo‘lmay qoldi. Qiziqchi Erik Haydar “U mening qo‘limda jon bergan” deb aytgan.
Savol: UNI 2 so‘zda ayting.
Javob: O‘lik dengiz.
Izoh: Bu yerda yuqori sho‘rlanish darajasi tufayli jonzotlar yashashi imkonsiz deb hisoblab kelingan. Ammo yangi topilmalar bu nomni shubha ostiga qo‘ydi. Mubolag‘a uslubida gapirishni xush ko‘ruvchi Elmurod Haqnazarov tomonidan gavdalantiriluvchi Erik Haydar obrazi “O‘lik dengiz akalaringni qo‘lida jon bergan” deb hazillashgan.
Manba:
1. https://goo.su/yxdBKT
2. https://www.youtube.com/watch?v=U8OSWbPF9T8
21. 20 shved kronasida bir ayolning, ya’ni Selma Lagerlyofning portreti bor. Banknotaning boshqa tarafida esa bola, ya’ni Xolgersson familiyali bolaning tasviri bor.
Savol: Boladan tashqari shu tomonda qaysi jonzot tasvirini ko‘rish mumkin?
Javob: G‘oz.
Izoh: Selma Lagerlyofning eng mashhur asarlaridan biri “Nils va yovvoyi g‘ozlar” hisoblanadi.
Manba: http://surl.li/rvmsi
22. 1952-yilgi Londondagi "Buyuk SMOG" paytida hammayoqni quyuq zaharli tutun qoplaydi va odamlar halok bo‘lishi olib keladi. Hukumat ma'lumotlarni yashirishga uringan, ammo aholi sotib olish uchun tobut va gullar topa olmayotgani ma'lum bo‘lgach haqiqat yashirilgani, ammo baribir fosh bo‘lib qolgani aytilgan.
Savol: Bu jarayonga nisbatan maqola muallifi qaysi o‘zbek maqolini ishlatgan?
Javob: Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.
Qabul: Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi.
Manba: https://goo.su/EHZUF
23. Ispan konkistadori Kortes va uning askarlari Janubiy Amerika hududiga ilk bor qadam qo‘yganida o‘zlari bilan GUL olib kelishadi. GUL 80 yil ichida 21 million mahalliy aholining hayotiga zomin bo‘ladi.
Savol: GUL o‘rnidagi so‘zni yozib bering!
Javob: Chechak.
Izoh: Chechak kasali mahalliy aholi uchun butkul begona edi va organizmlari bu kasallikka qarshi kurasha olmaydi.
Manba: https://gotomexico.today/mexico/people/2229.html
24. Ibratli qisqa filmda bosh qahramon ko‘plab insonlarni norozi qilib, pullarni bermay ketadi. Film so‘ngida qahramon kompyuter o‘yini o‘ynab o‘tirganida katta pulga chuv tushgani haqidagi xabarni eshitadi va hamma qilgan yomon ishlari uchun jazolanayotganini tushunadi.
Savol: Bu paytda kompyuterda qaysi ikki inglizcha so‘z paydo bo‘ladi?
Javob: Game over.
Izoh: Bizda ham o‘yin yakuniga yetdi, GAME OVER!
Barchaga ishtirok uchun rahmat, kamchilik va xatolar uchun uzr!
Manba: https://www.youtube.com/watch?v=5fefhp5QaWE