Zakovat savollari (katta sinflar uchun )
1. U o‘z nomiga mos emas, ya’ni uning rangi sabzirang bo‘lib, bu qurilma samolyotlarda parvoz ma’lumotlarini va ovozlarni yozib oladi. Halokatga uchragan samolyotlarda dastlab u tekshiriladi.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Qora quti.
2. Bir shouda yumoristlardan biri parashyutdan sakrashdan va parashyuti ochilmay qolishidan qo‘rqishini aytadi. Shu sababli yumorist USHBU o‘yinni yoqtirmayman deb ta’kidlagan. USHBU o‘yin “Krafton” kompaniyasi tomonidan 2017-yilda ishlab chiqilgan.
Savol: O‘yin nomini toping.
Javob: PUBG.
3. Usmonlilar imperiyasi tugatilgandan soʻng, 1924-yil 3-apreldagi hukumat qarori bilan imperiyaga tegishli Toʻpqopi saroyi yaxlit U sifatida faoliyatini yuritadi. U qadimgi yunoncha “muzalarga atalgan joy” degani.
Savol: Uni toping.
Javob: Muzey.
4. BU anjomning ilk ko‘rinishi neolit davrida paydo bo‘lgan. Bunda yog‘och yoki suyakli dastakka o‘tkir tig‘li tosh bo‘lagi mahkamlangan ekan. Uning eng zamonaviy ko‘rinishlari haqidagi maqolada kombaynlar ham eslab o‘tilgan.
Savol: Uni toping.
Javob: O‘roq.
5. U yer Finlandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Rossiyaning bir qismi bo‘lib, Rudolf boshchiligidagi bug‘ular u yerdan turli mamlakatlarga, uylarning mo‘rilariga qarab yo‘lga chiqishadi degan afsona bor.
Savol: Qayer?
Javob: Laplandiya
Izoh: Laplandiya Santa Klaus yashaydigan joy degan afsona bor. Santa esa bug‘ulari bilan birga, bolalarga sovg‘a ulashadi.
6. Bir versiyaga ko‘ra, O‘rta Osiyodagi bu millat nomi “xos sak” ya’ni “haqiqiy sak” so‘zining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan ekan.
Savol: Bu qaysi millat?
Javob: Qozoq.
Izoh: “Xos Sak” so‘zi o‘zgarishga uchrab “qozoq” shakliga kelgan ekan.
7. “Nemislar nega aqlli?” degan bir maqolada aytilishicha nemislarning ajdodlari qaysi shaharni bosib olishsa BU ISHni qilishmagan. Mo‘g‘ullar esa aksincha qayerni bosib olishsa BU ISHNI maksimal darajada bajarishgan.
Savol: BU ISH deganda nima nazarda tutildi?
Javob: Kitoblarni yoqish.
8. Qadimgi Ossuriyada qirol Ashurbanipal kutubxonasiga o‘t ketadi, lekin birorta ham qo‘lyozmaga zarar yetmaydi, aksincha qo‘lyozmalar yanada chidamliroq bo‘ladi. Sababi qo‘lyozmalar Undan yasalgan edi.
Savol: U nima?
Javob: Loy. Qabul: Sopol.
9. Fransiyada juda g‘alati qonun-qoidalar ko‘p. Shunday qoidalardan biriga ko‘ra, Ular tokzorlar ustiga qo‘nishi taqiqlanadi. Ularni o‘rganadigan fan Ufologiya deb ataladi.
Savol: Ular nimalar?
Javob: Uchar likopcha. Qabul: Noma’lum uchar jism.
10. Ko‘pchilik kitobxonlarda “Book sniffing” mavjud. Shuning uchun ular odatda varoqli kitobni afzal ko‘rishadi, yangi kitobdan ko‘ra eski kitobni. “Book sniffing” mavjud kitobxonlar Uni yoqtirishadi.
Savol: U nima?
Javob: Kitobning hidi.
11. Bir kasb egalari hech qachon oq rangli kiyim kiymas ekan, chunki bu ularning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.
Savol: Qaysi kasb egalari oq rangli kiyim kiyishmaydi?
Javob: Alpinistlar.
Izoh: Sababi baxtsiz hodisa yuz bersa ularni topish qiyin bo‘ladi.
12. Bir koreys filmida bir nechta odam va U kimsasiz orolga tushib qolishadi. Bir maqola muallifi ushbu filmni fantastika deb ataydi, chunki barcha koreys qahramonlar singari U ham film so‘ngida tirik qoladi.
Savol: U nima?
Javob: It. Qabul: Kuchuk.
Izoh: Koreyslar itlarni ham tanovvul qilishi hech kimga sir emas. Shu sababdan kimsasiz orolda koreyslar orasida itning ham tirik qolishini maqola muallifi fantastika deydi.
13. Asli italiyalik bo‘lgan bu inson o‘ta qattiqqo‘lligi va baxilligi bilan dovrug‘ qozongan. Dastlab uning familiyasi Stramballi bo‘lgan, Sobiq ittifoqda esa u fransuzcha ism va familiya hamda “Qo‘g‘irchoq fanlari doktori” unvoni egasi sifatida tanilgan.
Savol: U kim?
Javob: Karabas Barabas.
14. Erkak pingvinglar urg‘ochilariga Uni sovg‘a qilish orqali o‘z muhabbatini izhor qilishar ekan. Mashhur o‘yinda Uning o‘rniga quduq ham ishlatilishi mumkin.
Savol: U nima?
Javob: Tosh.
Izoh: Tosh, qaychi, qog‘oz o‘yini haqida edi.
15. Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan.
Dizaynerlarning fikricha, OT shaklidagi sigaret qutilarini ishlab chiqarish, sigaret qutilaridagi “chekish sog‘liq uchun zarar” mazmunidagi yozuvlardan samaraliroq natija beradi.
Savol: Harflari tushurilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Tobut.
16. Yunon haykaltaroshi Fidiy bir safar ibodatxonadaligi vaqtida ibodatxonaga chaqmoq tushadi, buni ilohiy chorlov deb bilgan usta Uning haykalini yaratadi.
Savol: Kimning?
Javob: Zevs.
17. Bir inson rus rassomlari dunyoqarashini, uslubini yaxshiroq tushunmoqchi bo‘lgan, oqibatda esa u Moskvaning eng mashhur kishilaridan biriga aylangan.
Savol: Uning familiyasini toping.
Javob: Tretyakov.
Izoh: Tretyakov galereyasi jahondagi eng yirik rus sanʼati muzeyi hisoblanadi.
18. Mashhur aktyor Al Pachino teatrda rol o‘ynashni dorda yurish bilan tenglashtirgan.
Savol: Aktyor nimani yerga chizilgan arqonda yurish bilan tenglashtiradi?
Javob: Kinoda rol o‘ynash.
Izoh: Kinoda dubl bor.
19. Qadimgi gallar va germanlar turli ko‘rinishdagi yogʻlarni oʻsimlik kuli, ohak va tabiiy ishqorlar bilan aralashtirib Uni tayyorlaganlar. Kreativ ko‘rinishdagi Ulardan biri mikrofon shaklida ishlab chiqarilgan.
Savol: U nima?
Javob: Sovun.
Izoh: Ko‘pchilik dush qabul qila turib qo‘shiq kuylagani bois sovun mikrofon shaklida ishlab chiqarilgan.
20. Hanbok - bu koreys milliy kiyimi bo‘lib, anʼanaviy ayollar hanboki jeogori - koʻylak va chima - uzun yubkadan iborat. Bunday ansambl koʻpincha “chima chogori” deb ataladi. Koreys madaniyatini yosh avlodga singdirish maqsadida koreyaning ko‘plab joylarida “Chima-chogori” qizlar uchun majburiy U etib belgilangan.
Savol: Uni toping.
Javob: Maktab formasi.
📌Telegram: @zakovat_savollarii